gram news
Аватар канала Teacher Azam

Teacher Azam

@teacherazam

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +99878

ПроектыENОбразование

38,543подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Teacher Azam

    25 сент., 13:09

    Prezidentning “noqonuniy” taqiqi bloklandi…Aytgandim, Tramp CNN, MS NOW va Politico nashrlarini Oq Uydan ban qilgandi. Kuni kecha esa CNN AQSh prezidentining BMT Assambleyasidagi nutqini yoritish uchun kelgan payti, “Siz meni yoritmasligingiz kerak, nimaga yorityapsiz?”, deya savol bergan.Bu orada taqiqqa uchragan va uchramagan barcha media nashrlar bir ovozdan Oq Uyni boykott qilishga ham ulgurgandi. Shu payti juda qiziq voqea sodir boʻlgan, Oq Uyda Prezident gapirayotgan paytda uni ovozini yozib olish uchun hech qaysi nashr mikrofon tutib turmagan va u goʻyoki oʻziga oʻzi gapirgan, hech kim uni eshitmagan. Kulgili, kulgili…Kecha esa bu ban olib tashlandi. AQSh sudi ushbu taqiqni “noqonuniy” deb topdi va barcha media nashrlarni Oq Uyda yana bemalol oʻz faoliyatlarini olib borishga ruxsat berdi.✅@TeacherAzam
    Иллюстрация к посту канала Teacher AzamИллюстрация к посту канала Teacher Azam
    1,73044124311Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    24 сент., 12:30

    Hop, endi man nimaga bu narsalarni soʻradim? Hammaga qiziq.Lekin aytmiman) Oʻzi payti kelganda bilvolasilar, ungacha yangi postni kutib turilar. Qiziq mavzu bor)✅@TeacherAzam
    6,240384622415109Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    23 сент., 13:41

    “Hafta Tahlili”ning 24-sonida aytgandim AgeraR77 foydalanuvchisining donatlariga izoh beraman.Ha, to‘g‘ri aytganlar, hamma gaplariga qo‘shilaman. Aynan mana shu tizim yo‘lga qo‘yilgan paytda, birinchi marta fuqarolar va davlat o‘rtasida ijtimoiy “kontrakt” tuzilgandi, ya’ni, davlat odamlarga ishongandi va “Bo‘ldi, mana, avtobusdan foydalanmelar diyilmadi, o‘zila pulini to‘lelar, joyini o‘zida to‘lov qililar”, degandek shartnoma edi. Odamlar o‘z xohishi bilan pul to‘lashi kerak edi, lekin natijada judayam katta foiz odamlar avtobuslarga pul to‘lamasdan tushib ketayotgani aniqlandi.O‘zi, O‘zbekistondagi jamoat transporti eng arzon jamoat transportlari sirasiga kiradi. Ko‘pchilik aytadi “oylik past, transport narxi qimmat”. Yo hammasi joyida, jamoat tranporti oyligimizga nisbatan ham boshqa mamlakatlarnikidan ancha arzon. Hozirgi jarima tizimi esa, o‘ylashimcha, adolatli. Odam yurgan yo‘liga pul to‘lashi kerakda, baribir.Sizda nima fikr bor, bunga qanday qaresilar? Moʻylovni oʻylab aytaman)✅@TeacherAzam
    Иллюстрация к посту канала Teacher AzamИллюстрация к посту канала Teacher AzamИллюстрация к посту канала Teacher AzamИллюстрация к посту канала Teacher Azam
    7,9901124218964Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    22 сент., 15:04

    24-son | Dunyo bo‘ylab 46 daqiqadaYangi son, yangi xabarlar va yangi muhokamalar.Bu safar dunyo va O‘zbekistonda kun tartibida bo‘lgan siyosiy va ijtimoiy mavzularni muhokama qildik. Oddiy yangiliklarni sanab o‘tish bilan cheklanmay, ortidagi sabablar, jarayonlar va jamiyatga ta’siri haqida ham fikr yuritdik.46 daqiqa davomida dunyoda va O‘zbekistonda nimalar bo‘layotgani, bu voqealar bizga qanday ta’sir qilishi va ular haqida nimalarni bilish muhimligi haqida suhbatlashamiz.Video uchun havola: https://youtu.be/noLgPbXgd-cTomosha qiling, fikringizni izohlarda qoldiring.✅@TeacherAzam
    Иллюстрация к посту канала Teacher AzamИллюстрация к посту канала Teacher Azam
    8,61088331143Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    21 сент., 14:59

    Oʻzbekiston gʻalaba qozondi.46-FIDE xalqaro shaxmat olimpiadasining 6-turida Oʻzbekiston Hindistonni 2.5–1.5 hisobda yutdi.4 oʻyinning 3 tasi durang boʻlgan, lekin oxirida Nodirbek Yakubbayev yutib ketdi.Barakalla, bolalar.Biz esa “Hafta Tahlili”ning 24-sonida shu va boshqa mavzularni muhokama qildik. Kutyapsilami?✅@TeacherAzam
    7,470видео29381241432Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    21 сент., 13:09

    7,620опрос82242012Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    20 сент., 13:34

    “Ular feyk xabar tarqatadi” — Prezident Tramp.Prezident Tramp oʻzining Truth Social platformasida shunday yozgan:Men darhol soxta yangiliklar tarqatuvchi CNN, MSNOW (yaqinda tomoshabinlar soni va ishonchsizlik tufayli nomini MSNBC dan oʻzgartirgan!) va Politico kanallarini taqiqlayotganimni eʼlon qilishdan faxrlanaman... Bu roʻyxat hali kengayadi.Xabar berishlaricha, hozir CNN, Politico, MSNOW, New York Times nashrlar Oq Uyga kiritilmayapti, lekin bu AQSh konstitutsiyasiga qarshi vaziyat va tez orada bu “ban” sudga tortishga sabab boʻlishi mumkin.Oʻzi Trampni ikkinchi prezidentlik davri shu media nashrlar bilan olishish bilan oʻtyapti. Kimdir u haqida yomon gapirsa, ular bilan olishyapti. Hozirgi Oq Uydan “ban” qilish qarori esa Amerikadagi oraliq saylovlar (midterm elections) oldidan sodir boʻlyapti. Qizigʻ-a?✅@TeacherAzam
    9,250видео10444331533Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    19 сент., 13:27

    Xitoydan yana bir ixtiro…Shu xitoyliklar tinib-tinchimas odamlarda. Qarang, tilla ajdaho baliqning avtonom robotini yaratibdi.Bu 3 kiloli biomimetik dron suvda bemalol suzib, sayoz suvlarda kuzatuv va razvedka qilish uchun ishlatilishi mumkin.Silar nima deb oʻylesilar, bu yaxshi narsami, yomonmi? Izohlarda yozib ketamiz✍✅@TeacherAzam
    9,910видео157432511119Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    18 сент., 09:05

    Sun'iy intellekt bilan ingliz tilini 2x tezroq o'rganib, 0 dan 30 kunda gapirishni boshlashIngliz tili o'rganishdagi eng katta to'siqlarga yechim ko'rsatish uchun master-klass qilyapman.❗️ 1. "Tilni tushunasiz, lekin gapirolmaysiz"❗️ 2. Har safar boshlab, yarmida tashlab ketasiz❗️ 3. IELTS yoki boshqa sertifikat kerak, lekin vaqtingiz kam, yo'l esa juda uzoq ko'rinadi✅ Hammasini yechimi bor: • gapirishni boshlash uchun nima qilish kerak, • yarmida tashlab ketmaslik siri, • qisqa vaqt ichida sertifikat olish uchun kerakli mavzularni saralash yo'llarini master-klassda ko'rsatib beraman.22-23-24-sentyabr kunlari 20:00 da, jonli efirda darsimiz bo'lib o'tadi. Darsda qatnashish mutlaqo bepul, lekin kanalga hozir qo'shilib qo'yish kerak.Kanalga qo'shilish 👉https://t.me/+bmFDZ1ToOT0zYzU6Qo'shiling, savollaringiz bo'lsa hozirdan izohda yozing, ular haqida ham gaplashamiz.
    Иллюстрация к посту канала Teacher AzamИллюстрация к посту канала Teacher Azam
    11,00046361422Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    17 сент., 11:41

    Bu haqida “Hafta Tahlili”ning 24-sonida batafsil gaplashamiz. Hali yangi “insight”lar juda koʻp.Seshanba kuni, soat 20:00da kuting!✅@TeacherAzam
    12,30017439251221Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    17 сент., 11:32

    San’atkorlar mazlumlar tarafini olib gapirganlarida, ularning ovozini o‘chirmasliklari kerak.Men Ed Sheeran bilan bo‘ladigan bo‘lajak konsert gastrollarida qatnashishdan bosh tortishga qaror qildim.Men Falastin va uning xalqi tarafidaman. — Finneas (bastakor, Billie Eilish’ning akasi)Dunyoning boshqa burchaklarida oilalar o‘zlari sevgan insonlarini dafn qilayotganini ko‘rish juda og‘ir. Qayerda yashashlaridan, boshlari ustida qaysi bayroq hilpirashidan qat’i nazar, biz urush haqida, begunoh tinch aholi o‘ldirilayotgani haqida, ulg‘ayishga haqli bo‘lgan bolalar haqida ochiq gapira olishimiz kerak…Biz qolgan konsert kunlarida ishtirok etishdan bosh tortamiz. U yerda bo‘lolmasligimizdan afsusdaman. Bu og‘ir qaror, lekin men qat’iy turishim kerak bo‘lgan qarordir. 🍉🍉🍉 — Lukas Graham (Irlandiyalik guruh)✅@TeacherAzam
    Иллюстрация к посту канала Teacher AzamИллюстрация к посту канала Teacher AzamИллюстрация к посту канала Teacher Azam
    12,500162491841Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    17 сент., 11:20

    ​Ed Sheeran Maklmor bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi: «Bu mening qarorim emas edi» — Ed Instagram postida.​Avvalroq amerikalik reper Maklmor sahnada «Ozod Falastin» deb chiqqani uchun Ed Shiranning gastrolidan chiqarib yuborilgani haqida xabar bergan edik. Ed Shiran ham mazkur shov-shuvli holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.​Ed Sheeran nimalarni ma’lum qildi?​Qaror kim tomonidan qabul qilingan? Edning ta’kidlashicha, Maklmorni turdan chetlatish uning emas, promouterlar va stadion egalarining yakuniy qarori bo‘lgan. Konsertlar o‘tkaziladigan maydon egalari (jumladan Robert Kraft) agar Maklmor chiqsa, konsertlarni bekor qilish bilan tahdid qilgan.​Muzokaralar natija bermagan: Xonanda butun hafta davomida maydon egalari va har ikki tomon faollari bilan kelishuvga erishishga uringanini, ammo stadion egalarining pozitsiyasini o‘zgartira olmaganini aytdi.​Konsertlarni bekor
    11,9007622191411Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    17 сент., 11:10

    «Zolim va mazlum o‘rtasida betaraflik bo‘lmaydi» — Maklmor postlari.Bosim va ultimatum: «MetLife» stadionidagi konsertda Maklmor «Free Palestine» shiori bilan chiqqanidan so‘ng, AQShdagi nufuzli stadion egalari (jumladan milliarder Robert Kraft) Ed Shiranga ultimatum qo‘ygan: agar Maklmor sahnaga chiqishda davom etsa, konsertlar o‘tkazilishiga ruxsat berilmaydi.Do‘stlik va betaraflik: Maklmor Ed Shiran bilan 13 yillik do‘st ekanini, ammo Edning «Men hech kimning tarafini olmayman» degan pozitsiyasini qabul qilolmasligini aytdi: «Bir tomonning qo‘lida bombalar va cheksiz harbiy yordam turgan paytda taraf tanlashdan bosh tortish seni neytral qilib qo‘ymaydi».Haqiqiy jabrdiydalar: Repper o‘zini yoki shou-biznesdagi boshqalarni qurbon deb hisoblamasligini, haqiqiy jabrlanuvchilar — har kuni qamal va bombardimon ostida qolayotgan, 20 mingdan ortiq begunoh bolalari halok bo‘lgan
    11,200266504022Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    17 сент., 11:04

    Bunaqa skandal hali boʻlgan emas…Amerikalik repper Maklmor Ed Sheeran’ning konsertidan chetlatildi. Bu boʻyicha videoni instagramga joyladim.Lekin Instagramda mashhurlar yozib qoldirgan postlarni tarjimasi bilan pastda qoldiraman…✅@TeacherAzam
    Иллюстрация к посту канала Teacher AzamИллюстрация к посту канала Teacher Azam
    10,7001043242Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    16 сент., 13:07

    Ingliz tilidagi maqollardan bilasizmi? (Part 1)Haste makes waste — Shoshilgan qiz erga yolchimasBeauty is in the eye of the beholder — Har kimniki oʻziga oy koʻrinar koʻzigaIgnorance is bliss — Bildim deb tutuldim, bilmadim deb qutuldimDon’t bite the hand that feeds you — Tuzini yeb, tuzlug‘iga tupurmaLook before you leap — Yetti oʻlchab bir kesFamiliarity breeds contempt — Ishongan togʻda kiyik turmasBirds of a feather flock together — Ko‘r ko‘rni qorong‘ida topadiIt takes two to tango — Qars ikki qoʻldan chiqadiFortune favours the bold — O‘ychi o‘yini o‘ylaguncha, tavakkalchi ishini bitiradi
    12,5001618335964Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    15 сент., 15:00

    23-sonBu sonimizda jamiyatimizni larzaga solayotgan mavzular, qo‘shtirnoq ichidagi “shaxslar” va dunyoda sodir bo‘layotgan muhim siyosiy voqealarni muhokama qildik.Turli qarashlar, keskin fikrlar va albatta, o‘zimizga xos kinoyalar bilan mavzularni tahlil qildik.Ba’zi kinoyalarimizni to‘g‘ri tushunasiz, deb umid qilamiz. 😉Tomosha qiling, fikringizni izohlarda qoldiring va siz uchun eng qiziq mavzu qaysi bo‘lganini yozing.Video uchun havola: https://youtu.be/fYcks4IN-fs✅@TeacherAzam
    Иллюстрация к посту канала Teacher AzamИллюстрация к посту канала Teacher Azam
    12,2001384714843Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    14 сент., 12:51

    12,50023375572195Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    14 сент., 06:47

    Kaminai kamtarin, Teacher A’zam Cool Show’da…Qiziqarli mavzularda suhbat quramiz. Qanaqa mavzuligini aytmayman. Syurpriz)Oʻzingiz kelib shouni koʻring, maza qilib kuling, baxt gormonlarini oling. Albatta, chipta olishni unutmang)Chiptani shu yerdan olishingiz mumkin.17-sentyabr, 19:00 da koʻrishamiz.Dildan suhbat quramiz, kulishamiz. Men hammangizni shouda kutaman😎✅@TeacherAzam
    Иллюстрация к посту канала Teacher AzamИллюстрация к посту канала Teacher Azam
    14,2001253516631Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    13 сент., 12:45

    SI matematikadagi 7 ta yechilmagan masaladan birini yechdi(mi?)…Matematikada 7 ta yechilmagan “Millenium Prize Problems” bor va uni yechgan har qanday shaxsga $1 million mukofot va’da etilgan. Ulardan biri yechilgan va qolgan oltitasi shu kungacha turgan edi, 5 kun oldin OpenAI (ChatGPT yaratuvchisi) shu masalalardan ikkinchisini yechganini aytib chiqdi. Masalaga to‘xtalmiman.Bu yerda eng qiziq narsa - OpenAI ikkita matematik bu masalani yechimi ustida ishlayotganini va u matematiklardan biri Anthropic (Claude yaratuvchisi)da ishlashini bilgandan keyin bu ishga kirishib ketgan. Demak, bu olimlarga qarshi OpenAI bahsi emas, balki Anthropic’ga qarshi OpenAI bahsi deb qabul qilinishi mumkin.Ikki olim nafaqat Claude’dan balki ChatGPT’ning Codex dasturidan ham foydalanganligi aytgan, lekin hali natijalar insonlar o‘qiy oladigan maqola sifatida chiqarishga tayyorlanayotgan bo‘lgan.
    13,60011026261261Открыть в Telegram
  • Teacher Azam

    12 сент., 12:33

    Z avlod, X avlod, Y avlod: Kimlar oʻzi?Tepadagi grafikda hamma avlodni boshlanish va tugash nuqtalari koʻrsatilgan. Oʻzi har bir avlod bir-biri bilan nimasi bilan farq qiladi?Yoʻqolgan avlod — ular ispan grippini boshidan kechirganlar;Buyuk avlod — I Jahon urushi va Buyuk depressiya vaqtida tugʻilganlar;Sokin avlod — ular II Jahon urushi davrida tugʻilganlar;Bumerlar — insoniyat juda tez rivojlangan va bolalar eng koʻp tugʻilgan payt;X avlod — Sovet davrining gullab-yashnagan davrida tugʻilganlar;Y avlod (Milleniallar) — Sovet davrining parchalanishi, internetning paydo boʻlish davrida dunyoga kelganlar;Z avlod (Zumerlar) — internet koʻp sohaga kirib borgan, smartfonlar, ijtimoiy tarmoq rivojlangan paytda tugʻilganlar;Alfa avlod — qoʻlida telefon bilan tugʻilayotganlar, CoViD paytida tugʻilganlar, dunyoda eng katta ulushga ega avlod (2 mlrd.)
    Иллюстрация к посту канала Teacher AzamИллюстрация к посту канала Teacher Azam
    16,300265663518159Открыть в Telegram