gram news
Аватар канала Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi

Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi

@temurbeklar_maktabi_hal

FVV Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" HAL

ПроектыUZВоенное

2,300подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi

    10 сент., 14:53

    PAYSHANBA — HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNIShahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida “Davlat va harbiy sirlarni saqlash” hamda “Raqamli zamonda xavfsizlikni ta’minlash: zamonaviy kiber tahdidlar va ularga qarshi choralar” mavzularida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Qashqadaryo viloyati IIB Kiber jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi katta inspektori, katta leytenant Razaqov Mirjalol olib bordi. Tadbirda davlat va harbiy sirlarni saqlash, axborot xavfsizligi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻlingBizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:🌎Web | 🎥 YouTube |📸Facebook |📱 Instagram
  • Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi

    10 сент., 08:44

    O‘QUV JARAYONI — DOIMIY NAZORATDA ❇️Bugun Shahrisabz «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi direktori tomonidan o‘quv jarayonining tashkil etilishi o‘rganildi. Nazorat davomida dars mashg‘ulotlarining borishi, pedagoglarning darsga tayyorgarligi, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish holati, o‘quvchilarning darsdagi faolligi hamda o‘quv intizomiga alohida e’tibor qaratildi. ✅O‘rganish natijalari bo‘yicha mas’ul xodimlar va pedagoglarga ta’lim sifatini yanada oshirish, dars mashg‘ulotlarining samaradorligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻlingBizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:🌎Web | 🎥 YouTube |📸Facebook |📱 Instagram
    6011121Открыть в Telegram
  • Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi

    9 сент., 15:34

    🍽 O‘quvchilar oshxonasida navbatdagi nazorat ishlari olib borildi O‘quvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish sharoitini ta’minlash maqsadida oshxonada navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi. Nazorat jarayonida mas’ul navbatchilar, sanitariya uchun mas’ul xodimlar hamda autsorsing xizmati vakillari ishtirok etib, tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, to‘liqligi, saqlanishi va sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. 🔹 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va yaroqlilik holati; 🔹 Taomlarning belgilangan talablar asosida tayyorlanishi; 🔹 Oshxona va jihozlarning sanitariya holati; 🔹 O‘quvchilarga taomlarni xavfsiz va sifatli yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bunday nazorat ishlari o‘quvchilarning sog‘lom, sifatli va xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash hamda oshxonada sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishini
  • Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi

    9 сент., 11:14

    "ENG YAXSHI YOSH KITOBXON” TANLOVI O‘TKAZILDI ❇️ Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi. ❇️ Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, adabiy bilimlari hamda mutolaa ko‘nikmalarini namoyish etdilar.https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻlingBizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:🌎Web | 🎥 YouTube |📸Facebook |📱 Instagram
  • Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi

    9 сент., 10:41

    Uch avlod uchrashuviShahrisabz Madaniyat saroyida Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari, Shahrisabz yoshlari hamda nuroniylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbir davomida nuroniylar va yoshlar o‘rtasida samimiy suhbatlar o‘tkazilib, hayotiy tajriba, milliy qadriyatlar, odob-axloq va yosh avlod tarbiyasi borasida fikr-mulohazalar almashildi.https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻlingBizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:🌎Web | 🎥 YouTube |📸Facebook |📱 Instagram
  • Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi

    7 сент., 12:32

    SOG‘LOM TURMUSH TARZI❇️Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. ❇️Tadbirni Shahrisabz shahar 3-sonli poliklinikasi bosh vrachi Hamdamova Zulayho hamda “Salomatlik klubi” asoschisi Ermanov Uchqun olib bordi. ❇️Tadbir davomida sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, kun tartibiga rioya qilish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda salomatlikni asrashning muhim jihatlari haqida yetarlicha ma’lumot berildi.https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻlingBizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:🌎Web | 🎥 YouTube |📸Facebook |📱 Instagram
    9288421Открыть в Telegram
  • Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi

    5 сент., 05:07

    🇺🇿 Harbiy-akademik litseyda harbiy tayyorgarlik ❇️ “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 1-kurs o‘quvchilari bilan harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari otkazildi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning harbiy safda harakatlanish, harbiy qadamlarni to‘g‘ri bajarish, buyruqlarni aniq va birgalikda o‘rnatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi. ❇️ Bunday amaliy mashg‘ulotlar yoshlarni yuqori intizom, jismoniy chiniqish, jamoaviylik va Vatan himoyasiga tayyorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Intizom — kuch, birlik — g‘alaba! Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🌎 Web | 🎥 YouTube |📸Facebook |📱 Instagram
    1,4601576Открыть в Telegram
  • Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi

    5 сент., 02:19

    🌅 Kunni tetiklik va yaxshi kayfiyat bilan boshlaymiz!✅Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotini HAL direktori Z.Toʻrayev boshqardi. ✅Mashgʻulotda turli jismoniy mashqlar orqali ishtirokchilarning chaqqonligi, bardamligi va jamoaviy ruhini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻlingBizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:🌎Web | 🎥 YouTube |📸Facebook |📱 Instagram
    1,47016321Открыть в Telegram