gram news
Аватар канала Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

@termizshh

🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali ☎️Murojaat uchun: ➡️+998 (76) 224-13-12

ПроектыUZПолитика

6,760подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 17:14

    Termiz shahar hokimligida navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.Bugun Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev rahbarligida tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, mas’ul rahbarlar, shuningdek, “Zoom” platformasi orqali shahardagi barcha 37 ta mahalla “yettiligi” vakillari ishtirokida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda mahallalarda amalga oshirilayotgan kundalik xatlov jarayonlarini tizimli tashkil etish hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, shahar budjetiga kundalik soliqlarning o‘z vaqtida undirilishi hamda belgilangan reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi atroflicha tahlil qilindi.Muloqot davomida ba’zi mahallalarda obodonlashtirish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgani keskin tanqid qilinib, barcha 37 ta mahallada tozalik va obodlikni ta’minlash,
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 16:54изменён

    #newsTermiz shahrida yangi avtobus yo’nalishi ishga tushdi📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram | YouTube | Facebook | Web-site|Instagram
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 16:26изменён

    “Abdulla Avloniy” mahallasida issiqlik ta’minoti bo‘yicha amaliy ishlar nazoratdaYangi O‘zbekiston qiyofasini yaratish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini ta’minlash hamda hududlarda infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ishlar deputatlik nazoratida.Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan “Abdulla Avloniy” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.Tashrif davomida mahalla hududida Investitsiya dasturi asosida qozonxona va issiqlik tarmog‘ini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan loyihaning joriy holati, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan vazifalar ijrosi hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash masalalari yuzasidan pudratchi tashkilot rahbari bilan suhbatlashildi.Shuningdek,
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 15:35изменён

    Joylardagi ishlar holati o‘rganilib, yangi vazifalar belgilandi.🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram | YouTube | Facebook | Web-site|Instagram
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 15:27изменён

    #SavolJavobPedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi❓Chegirma kimlarga beriladi❓Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.Chegirmadan qanday foydalaniladi❓1️⃣ Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi. 2️⃣ Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi. 3️⃣ Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi.Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.Endi eng muhim savol: qancha
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 15:24изменён

    KORRUPSIYANING NARXI PUL BILAN EMAS, UMR BILAN O‘LCHANADIBu illat uchun hukm — qatʼiy, jazo —muqarrar, ammo vijdon hukmi undan ham og‘ir va umrbod.Yo‘qotilgan vaqt ortga qaytmaydi, ishonch esa oson tiklanmaydi, pushaymonlik ham ba'zan hech narsani o'zgartirolmaydi. Mazkur hayotiy hikoya ana shu kech anglangan haqiqat haqida. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram | YouTube | Facebook | Web-site|Instagram
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 13:54

    🚍 Termiz shahrida yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushdiTermiz shahrida aholiga jamoat transporti xizmatlarini yanada qulaylashtirish maqsadida 2-sonli yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etildi.Endilikda fuqarolar Termiz avtoshoxbekati va Istiqbol maydoni o‘rtasida yangi yo‘nalish orqali qatnashlari mumkin.🚌 2-sonli avtobus yo‘nalishi: Termiz avtoshoxbekati ↔️ Istiqbol maydoniAvtobuslar harakati quyidagi asosiy ko‘chalar orqali amalga oshiriladi: 📍Shimoliy Darvoza ko‘chasi 📍Ibn Sino ko‘chasi 📍Al-Termiziy ko‘chasi 📍A. Navoiy ko‘chasi 📍I. Karimov ko‘chasiShuningdek, yo‘nalish davomida aholi gavjum yashash hududlari
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 12:40

    🕌 Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligi nishonlanadi.Noyabr oyida Termiz shahrida “Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.Anjumanda islom olamining taniqli olim va ulamolari ishtirok etishi kutilmoqda. Hakim Termiziyning bizgacha yetib kelgan 60 ga yaqin asarida ilm, adolat, poklik, to‘g‘rilik va yuksak axloq kabi qadriyatlar targ‘ib etilgan.🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram | YouTube | Facebook | Web-site|Instagram
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 11:52изменён

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 11:49изменён

    Mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali tizim joriy etiladiKambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026-yil 1-dekabrga qadar "dmi.mehnat.uz" axborot tizimida nodavlat tashkilotlar uchun ixtiyoriy ravishda foydalanish maqsadida qarorning 3-bandida nazarda tutilgan imkoniyatlarni yaratishi belgilandi.👍Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga doir murojaatlar, ularni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash hamda ularning qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda oshkor etilishi va tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan javobgarlik barcha darajadagi tashkilotlar rahbarlarining zimmasiga yuklatildi.👍 Yangi tartibga muvofiq,▫️davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va mansabdor shaxslari har yili Agentlik bilan kelishilgan
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 10:56

    🥊 Termizda Respublika boks turniri boshlandiTermiz shahrida "1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan xalqaro toifadagi hakam, ustoz Alisher Alimov sovrini uchun Respublika turniri boshlandi.Musobaqaning ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi, oliy toifali trener Alisher Alimovning sport rivojiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etilib, ustozga zarrin to‘n kiydirildi.Turnirda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan o‘smir o‘g‘il-qizlar ishtirok etmoqda. Bellashuvlar 20 ta vazn toifasida qizg‘in davom etayapti.📅 Musobaqa 24-sentabr kuniga qadar davom etadi.🥊 Barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tilaymiz!🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram | YouTube | Facebook | Web-site|Instagram
  • Channel name was changed to «Termiz shahar hokimligi»

    22 сент., 10:53

  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 10:50

    Termiz shahrida “Silk Road Uzbekistan” va “Talaba yugur” ommaviy yugurish marafoni oʻtkazildi.“Talaba-yugur”, “Inson uchun” hamda “Silk Road” ommaviy yugurish marafonlarining navbatdagi bosqichi Termiz shahrida ham bo‘lib o‘tdi. Unda 5 ming nafardan ortiq sportsevar yoshlar, talabalar, o‘quvchilar, harbiy xizmatchilar, nuroniylar hamda imkoniyati cheklangan fuqarolar faol ishtirok etdi.Tadbir Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, oliy ta’lim muassasalari va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘tkazildi. 3 kilometrli masofani bosib o‘tgan ishtirokchilar finish chizig‘ini katta ishtiyoq bilan qarshi oldilar.Musobaqaning eng faol va yuqori natija qayd etgan ishtirokchilari tashkiliy qo‘mita tomonidan munosib taqdirlandi. G‘olib va sovrindorlarga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 10:44изменён

    Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:Telegram | YouTube | Facebook | Web-site| Instagram
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 10:22

    Termiz shahar hokimi Sh.Lolayev va shahar hokimining oʻrinbosarlari tomonidan shahar Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar uchun oʻtkaziladigan qabul kunlari.🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh Telegram | YouTube | Facebook | Web-site| Instagram
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 09:43изменён

    Termiz shahrida “Silk Road Uzbekistan” va “Talaba yugur” ommaviy yugurish marafoni oʻtkazildi.🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram | YouTube | Facebook | Web-site|Instagram
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 07:08изменён

    Telegram | YouTube | Facebook | Web-site|Instagram
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    22 сент., 07:05

    Xavfsiz xonadon — xotirjam hayotSurxondayo viloyati IIB huzuridagi Qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan Termiz shahrining Bog‘ishamol mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Tadbir davomida fuqarolarga xonadon va obyektlarni ishonchli qo‘riqlash, zamonaviy signalizatsiya vositalaridan foydalanish hamda markazlashtirilgan qo‘riqlov tizimining imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi.Qo‘riqlash xizmatining tezkor harakatlanuvchi guruhlari faoliyati, qo‘riqlovga ulash tartibi haqida maʼlumotlar yetkazildi.Hududlarda xavfsizlikni ta’minlash, mol-mulklarning turli tajovuzlardan himoya qilish bo‘yicha aholining hushyorligini oshirishga qaratilgan profilaktik ishlar davom etmoqda.Telegram | YouTube | Facebook | Web-site|Instagram
    684видео1Открыть в Telegram
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    10 сент., 18:26

    Shahar hokimligida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi​Bugun Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev rahbarligida hokim o‘rinbosarlari, sohaviy korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, soliq va bank mas’ullari hamda Kambag‘allikdan chiqarish shtabi a’zolari ishtirokida navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.​Yig‘ilishda dastlab mahallalar kesimida kunlik soliq rejasining bajarilishi tahlil qilinib, ko‘rsatkichlari past bo‘lgan mahallalar va mas’ullar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi hamda tushumlarni o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.Shuningdek, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi xatlov jarayonlari sarhisob qilinib, biriktirilgan tijorat banklari va mas’ullarga ishlarni tizimli tashkil etish hamda ehtiyojmand oilalarga individual yondashuv asosida ko‘maklashish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.Faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim mas’ullarga qat’iy ogohlantirish berilib, kelgusi ustuvor vazifalar kelishib olindi.🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram | YouTube | Facebook | Web-site|Instagram
  • Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

    10 сент., 16:40

    Termiz shahrida aholi murojaatlari tinglandi: Navbatdagi qabul o‘tkazildi​Xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholining murojaat va muammolariga tezkor hamda samimiy yechim topish – davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.​Shu munosabat bilan Termiz shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimi Sharofiddin Lolayev rahbarligida hamda mutasaddi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi.​Uchrashuv davomida 40 nafar fuqaroning ijtimoiy-iqtisodiy hamda maishiy sohalardagi murojaatlari atroflicha tinglandi. Sayyor qabul jarayonida ijtimoiy va tibbiy qo‘llab-quvvatlash (moddiy yordam, bolalar puli, davolanish va "Ijtimoiy reyestr" masalalari), uy-joy va infratuzilma (yong‘indan zarar ko‘rgan xonadonlarga ko‘mak, ta’mirlash hamda qurilish masalalari) hamda tadbirkorlik va ta’lim (imtiyozli kreditlar va kontrakt to‘lovlari) va boshqa yo‘nalishlarda murojaatlar ko‘rib chiqildi.​Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning 7 nafari joyida o‘z yechimini topdi. Muayyan muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi shahar hokimligi tomonidan qat’iy nazoratga olindi.Shuningdek, huquqiy tushuntirish talab etgan murojaatlarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram | YouTube | Facebook | Web-site|Instagram

Ссылки