Последние посты

Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)
22 сент., 17:31
🔵 BITIRUVCHILAR UCHUN YANGI ISH IMKONIYATI! 🎓 O‘zDJTU bitiruvchilari diqqatiga! Xorijiy tillarni yaxshi bilasizmi va o‘z kasbiy faoliyatingizni yirik kompaniyada boshlashni xohlaysizmi? 🇬🇧 Ingliz tili 🇨🇳 Xitoy tili 🇹🇷 Turk tili tillarini biladigan bitiruvchi
Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)
22 сент., 17:30
🔵 BITIRUVCHILAR UCHUN YANGI ISH IMKONIYATI! 🎓 O‘zDJTU bitiruvchilari diqqatiga! Xorijiy tillarni yaxshi bilasizmi va o‘z kasbiy faoliyatingizni yirik kompaniyada boshlashni xohlaysizmi? 🇬🇧 Ingliz tili 🇨🇳 Xitoy tili 🇹🇷 Turk tili tillarini biladigan bitiruvchi talabalar uchun MMG kompaniyasida ish imkoniyati mavjud! 💼 Sizni nimalar kutmoqda? 🔹 Lavozim: bitiruvchi talabalar uchun ish o‘rinlari 🔹 Boshlang‘ich ish haqi: 4–5 mln so‘m 🔹 Kelgusida: ish haqining oshishi va lavozim bo‘yicha karyera o‘sishi imkoniyati 🔹 Ish grafigi: 6/1, 09:00–18:00 🔹 Rejada: 5/2 ish grafigiga o‘tish 🔹 🚌 Transport: Toshkent shahridan xodimlarni ish joyiga olib borish va qaytarish xizmati mavjud 🔹 🍽 Ovqatlanish: kompaniya hisobidan 📍 Manzil: Toshkent viloyati, Pskent tumani, Ko‘lota MFY, Ko‘lboshi ko‘chasi, 78-uy. ✨ Xorijiy til bilimingizni real ish tajribasi, barqaror daromad va karyera
Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)
21 сент., 16:45
🇺🇿 BITIRUVCHI KURS TALABALARI VA MAGISTRANTLAR BILAN ILMIY-USLUBIY UCHRASHUV🗓Bugun Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri E.T.Tursunnazarova bitiruv malakaviy ishlari (BMI) hamda magistrlik dissertatsiyalari (MD) mavzularini tasdiqlash jarayoni oldidan bitiruvchi kurs talabalari va magistrantlar bilan ilmiy-uslubiy uchrashuv tashkil etildi.✅Uchrashuv davomida talabalarga BMI va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash, ilmiy tadqiqotni to‘g‘ri tashkil etish hamda rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.✅Xususan, mavzuning dolzarbligini asoslash, tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash, obyekt va predmetni aniqlash, ilmiy manbalar bilan ishlash, tadqiqot metodlarini tanlash, akademik halollik va iqtibos keltirish
Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)
21 сент., 15:14
Tarjimonlik fakultetida Yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovisi S.Kodirov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.Tadbir Kechki ta’lim dekan muovini M. Xo‘jamurodov tomonidan talabalar ishtirokida olib borildi. Dars “35-10-10” formati asosida tashkil etilib, talabalar bilan dars jarayonida kichik guruhlar va fakultetlar kesimida jonli muloqot olib borildi. Mazkur format orqali yurtimizning 35 yil oldingi holati, 2016-yilgacha bo‘lgan davr hamda so‘nggi 10 yillikdagi islohot va o‘zgarishlar aniq raqamlar hamda dalillar asosida qiyosiy tahlil qilindi. Mazkur dars yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, Vatanga bo'lgan tuyg‘usini oshirish hamda mamlakatimizning taraqqiyot yo‘lini chuqurroq anglashga xizmat qildi.Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:Telegra
Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)
21 сент., 11:31изменён
🕊 TARJIMONLIK FAKULTETI TALABALARI “QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYIGA TASHRIF BUYURISHDIToshkent davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetining tyutorlari X.Xatamova va L.Murtazoyeva TITA-2421, TING-2428 va TARB-2426-guruh talabalari “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdilar.Tashrif davomida talabalar yurtimiz tarixining murakkab va og‘riqli davrlari, qatag‘on yillarida nohaq ta’qib qilingan va qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti hamda faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.Mazkur tashrif yosh avlodning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash hamda milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.🕊 Tarixni bilish — kelajakni anglashdir.Bizni kuzatishda davom eting!🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:✅Telegram. ✅Telegram
Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)
21 сент., 09:00
FAKULTET DEKANI 3-BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHDIBugun, 21-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida 3-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida fakultet dekani U.Yo’ldoshev va fakultet rahbariyati tomonidan talabalarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, quyidagi masalalar yuzasidan tushunchalar berildi:•Universitetning ichki tartib-qoidalari va odob-axloq me’yorlari; •O‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda kredit-modul tizimi tartib-taomillari; •Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ilmiy va jamoat ishlaridagi faolligini oshirish masalalari.Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, fakultet rahbariyatidan batafsil javob oldilar.Bizni kuzatishda davom eting!🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:✅Telegram. ✅Telegram
Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)
18 сент., 12:45
🟦🟦 DISSERTATSIYA ISHINING KENGAYTIRILGAN KAFEDRA ILMIY MUHOKAMASI BO‘LIB O‘TDI18-sentabr kuni 🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Nazarov Sherdor Rustamovichning 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Ingliz va o‘zbek latifalarida kulgu hosil qiluvchi til birliklarining lingvomadaniy xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi.✅Muhokama davomida dissertatsiya ishining mazmun-mohiyati, ilmiy yangiligi, tadqiqot natijalari hamda mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ingliz va o‘zbek latifalarida
Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)
18 сент., 06:53
🇺🇿 MILLIY QADRIYATLAR KUNI🇺🇿Milliy qadriyatlar — xalqimizning asrlar davomida shakllangan ma’naviy boyligi, urf-odatlari, an’analari va milliy o‘zligining yorqin ifodasidir.🇺🇿🇺🇿Joriy yilning 18-sentabr kunida ,Tarjimonlik fakulteti IPMBIB mutaxassisi X.Xatamova va tyutor E.Vohidova o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan “Milliy qadriyatlar kuni” ga bag’ishlab talabalar ishtirokida milliy an’analarimizni keng targ‘ib etish, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlarni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida milliy liboslar, urf-odatlar, xalq amaliy san’ati va madaniy merosimiz namoyish etildi. Yoshlarimiz milliy qadriyatlarimizning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida1,200Открыть в Telegram
Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)
18 сент., 04:55
🇺🇿 MILLIYLIK — O‘ZLIGIMIZ, VATANPARVARLIK — IFTIXORIMIZ!🇺🇿🇺🇿Joriy yilning 18-sentabr kuni O’zbekiston jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti tyutori Boboqulova Sabohat o’ziga biriktirilgan 2603 ,2604 va 2601-guruh talabalari bilan birgalikda talaba-yoshlar o‘rtasida 🇺🇿milliylikni, milliy kiyinish madaniyatini va vatanparvarlik hissini targ‘ib qilish maqsadida milliy chellenj o‘tkazildi.🇺🇿Chellenj davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va milliy liboslarimizning o‘ziga xosligi namoyon etildi.🇺🇿 Milliy qadriyatlarimizni asrash — o‘zligimizni asrashdir!🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)
17 сент., 12:14
переслано из @uzswlu
FAN OLIMPIADASI TASHKIL ETILDIO‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2026-yil 16-sentabrdagi 303/11-08-son buyrug‘i asosida Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi hamkorligida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining iqtidorli yoshlari o‘rtasida fan olimpiadasi tashkil etildi.Olimpiada soha rivojiga katta hissa qo‘shgan ijodkorlar faoliyatiga bag‘ishlanib, yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etish, ularning ijodiy hamda intellektual qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.Tanlov adolat, xolislik va oshkoralik mezonlari asosida o‘tkazildi.Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash — kelajak taraqqiyotiga qo‘yilgan muhim qadam!🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)
17 сент., 09:48
BIRINCHI BOSQICH TALABALARI VA UNIVERSITET PSIXOLOGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI🗓17-sentabr kuni 🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Tarjimonlik fakultetining birinchi bosqich talabalari uchun talabalik muhitiga tezroq moslashish, o‘z ustida ishlash va yangi marralar sari intilishga qaratilgan motivatsion-psixologik uchrashuv tashkil etildi.✅Tadbirda fakultet dekani U.R.Yo’ldoshev, IPMBIB mutaxassisi X.Xotamova hamda universitet psixologi Z.T. Xayrullayeva ishtirok etdi.✅Muloqot davomida talabalik davrining dastlabki bosqichida yuzaga keladigan moslashuv jarayonlari, o‘qishga bo‘lgan qiziqishni saqlab qolish, maqsadlarni aniq belgilash va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish haqida fikrlar bildirildi.
Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)
17 сент., 09:48
“TALABA QIZLARNING IJTIMOIY FAOLLIGI, HUQUQIY MADANIYATI VA PSIXOLOGIK FAROVONLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN UCHRASHUV”🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Tarjimonlik fakultetida 1-kurs talaba qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda psixologik farovonligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi.✅Uchrashuvda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh.Shamutalova ,profilaktika inspektori M.Nurmuhammedova,fakultet IPMBIBM mutaxassisi X.Xotamova, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Qurbonova ishtirok etdi.✅Suhbat davomida talaba qizlarning milliy va ma’naviy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, odob-axloq me’yorlariga rioya qilishi, o‘zaro
