Последние посты

TIBBIY LUG‘AT
22 сент., 15:01
переслано из @dofamin_jamoasi
‼️Dofamin jamoasi Medical English kursiga qabul boshlandi!🔻Kurs davomida: - tibbiy matnlarni oʻqish, tinglash va tahlil qilish koʻnikmalari - klinik holatlarni ingliz tilida muhokama qilish - har bir sistemaga oid kasalliklar, ularning simptomlari, tashxislash va davolashni ingliz tilida toʻgʻri ifodalash o‘rgatiladi - darslar tibbiyot va ingliz tilini yuqori darajada biladigan, IELTS 7+ sertifikatiga ega malakali ustozlar tomonidan olib boriladi👉Tibbiyotni ingliz tilida o‘rganing!🔻Batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun: @dofamin_admin🎙Dofamin jamoasi
TIBBIY LUG‘AT
20 сент., 15:01
переслано из @anatomiya_dofamin
📚 Anatomiya va 🦷 StomatologiyaAnatomiyani (0 dan boshlab) oʻrganmoqchi boʻlgan va Stomatologiya yoʻnalishidagi talabalar diqqatiga!• Anatomiya va • Stomatologiya uchun maxsus anatomiya online kurslarimiz uchun qabul boshlandi!👥 Kurs formatlari: ⭐ VIP mini-guruh — atiga 10 nafar talaba ✔ Har bir talaba uchun individual darslar ✔ Savollaringizga batafsil javob. ✔ Bilimingiz bo'yicha muntazam nazorat.Har bir mavzu yuzasidan: • video darslar • prezentatsiya • viktorina shaklidagi testlar • yozma savollar taqdim etiladi!📍Joylar cheklangan. Mini-guruhda faqat 10 ta o'rin mavjud. Bugunoq ro'yxatdan o'ting!
TIBBIY LUG‘AT
15 сент., 05:23
Hoy birinchi kurslar, o‘zga sayyoraga tushgandek bo‘lib yuribsizlarmi? 😜Mendan sizlarga kichkina sovg‘acha bor, mana: TIBBIYOT — 103 BOT.Lyuboy darslik, qo‘llanma, videodars kerak bo‘lsa topasizlar!OMAD, STUDENTLAR!
TIBBIY LUG‘AT
26 мая, 17:18
➡️ Biopsiya — davolash va kasallikni aniqlash maqsadida tirik odamning to'qima yoki biror a'zosidan bir qismini kesib olib tekshirish.Asosan, xavfli o'smalar va qon yaratish tizimi kasalliklarini aniqlashda qo'llaniladi. Ilmiy tekshirish ishlari olib borishda ham biopsiyadan foydalaniladi. To'qima, biror a'zoni qisman olib tashlash ham biopsiya (davolash biopsiyasi) hisoblanadi. Biopsiya maxsus tibbiy asboblar (endoskop, qisqich, shpatel, jarrohlik pichog‘i) va jarrohlik usullari (punksiya, qirib olish va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. Bu muolajada organizmga zarar yetmaydi.✅ Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
TIBBIY LUG‘AT
24 апр., 16:27
переслано из @kasalliklar_uz
📚 KITOB JAVONINGIZ UCHUN ENG ZARUR ELEKTRON ADABIYOTLAR:▶ UASH'lar uchun amaliy ko‘nikmalar to‘plami▶ Методическое пособие по диагностике и лечению внутренних болезней▶ Ichki kasalliklar (A.Gadayev)▶ Umumiy amaliyot shifokori uchun pediatriya▶ Klinik farmakologiyadan qo'llanma▶ SSV tasdig'idan o'tgan asosiy dori vositalari ro'yxati, chiqarilish shakllari bilan▶ Amaliyotda eng ko‘p ishlatiladigan dori vositalari klassifikatsiyasi▶ Anesteziologiya va reanimatologiya hamda tez yordam sikllaridan amaliy ko‘nikmalar▶ EKG bo‘yicha qo‘llanma (konspekt
TIBBIY LUG‘AT
15 февр., 17:53
ENDOSKOPIYAEndoskopiya — bu bemorning ichki organlarini koʻrib chiqish va ularni tekshirish uchun qoʻllaniladigan tibbiy usul. Bu usulda endoskop deb ataladigan maxsus asbob yordamida ichki organlarning holati toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrib chiqiladi. Endoskop ingichka, egiluvchi trubka shaklida boʻlib, uning uchida kichik kamera va yorugʻlik manbai mavjud. Bu asbob bemorning tanasiga ogʻiz, burun, toʻgʻri ichak yoki boshqa tabiiy teshiklar orqali kiritiladi.Batafsil quyida o‘qing:🩺 Endoskopiya turlari:Endoskopiya turli organlarni tekshirish uchun qoʻllaniladi va tekshiriladigan organga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi:1. Gastroskopiya — oshqozon va oʻn ikki barmoq ichagini tekshirish. 2. Kolonoskopiya — yoʻgʻon ichakni tekshirish. 3. Bronxoskopiya — nafas yoʻllari va oʻpkani tekshirish. 4. Sistoskopiya — siydik pufagini tekshirish. 5. Laparoskopiy
TIBBIY LUG‘AT
9 февр., 08:36
➡️ Parkinson kasalligi (titroq, falaj) — markaziy nerv tizimining surunkali kasalligi; ateroskleroz, ensefalit, jismoniy shikastlanish va boshqa(lar)da bosh miyaning po'stloq osti yadrolari zararlanishidan paydo bo'ladigan klinik sindrom.Ingliz shifokori J. Parkinson 1817-yili ta'riflab bergan. Parkinsonizmda mushaklar taranglashadi, yuz harakatsiz bo'lib qotib qoladi, bemor mayda qadam tashlab yuradi, harakatlari cheklanadi, hatto kiyinish, tugmalarni qadashda qiynaladi. Titroq, falaj ko'proq qo'l panjalaridan boshlanadi (bemor go'yo barmoqlari bilan sharchalar yasayotgandek harakat qiladi); bemorning boshi, oyoqlari ham titraydi, bemor qimirlamay turganda yoki juda hayajonlanganida, odatda, titroq kuchayadi, harakatlanganida kamayadi va uxlagan paytida bosiladi. Bemor buyruq bilan osonroq harakat qiladi. Uy sharoitida shifokor tavsiyasiga ko'ra, mushaklar taranglashuvini turli xil
TIBBIY LUG‘AT
8 февр., 15:41изменён
➡️ Anevrizma – tomir devorining cho'zilishi va bo'rtib chiqishi natijasida qon tomir yoki yurak bo'shlig'ining chegaralangan kengayishi.Miokard infakti, ateroskleroz, zaxm va boshqa kasalliklar, shuningdek, shikastlanish (travmatik anevrizma) sabab bo'ladi.Haqiqiy va soxta turlari bor. Haqiqiy anevrizma arteriya devorining shikastlanmay kengayishidan, soxta anevrizma esa tomir shikastlanganda devori yorilib, atrofdagi to'qimalarga qon quyilishidan vujudga keladi. Tomir devorining tug'ma nuqsonlari ham kasallikka olib kelishi mumkin.Ko'pincha, kasallik belgilari yaqqol ko'rinmaydi (simptomsiz kechadi). Anevrizma zararlangan tomir oziqlantiradigan to'qimalarning qon bilan ta'minlanishi buzilishiga sabab bo'ladi, u kattalashib ketsa yaqin joylashgan a'zo va to'qimalarni ezib qo'yishi mumkin. Yurakka yaqin joylashgan bo'lsa, yurak faoliyati buziladi. Ba'zan uning yorilishi va qon
TIBBIY LUG‘AT
7 февр., 05:01
➡️ Agnoziya — fahmlash, tushunish qobiliyatiga ega bo'lmaslik.Bunda bemor sezgi a'zolari bilan narsalarni idrok qila olmaydi. Bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'ining ba'zi qismlari zararlanganida kuzatiladi. Ko'rish, eshitish, taktil sezgi agnoziyasi va boshqa(lar) mavjud. Ko'rish agnoziyasida bemor so'zlarni o'qiy olmaydi, raqamlarni tanimaydi. Eshitish agnoziyasi (ruhiy karlik)da tanish tovushlar (parovoz ovozi, qo'ng'iroq jarangi, suvning shovullashi va h.k.) ni bemor aniqlay olmaydi, shuningdek, aytilgan so'zlarning ma'nosini anglamaydi. Taktil sezgi agnoziyasida bemor o'zi ushlab turgan narsaning nima ekanligini aytib berolmaydi va hokazo.✅ Foydali: @TIBBIY_LUGAT
TIBBIY LUG‘AT
4 февр., 15:56
переслано из @tibbiy_lugat
LUG‘AT MUNDARIJASI:A: Absess • Ambulatoriya • Asfiksiya • Adenoma • Anoreksiya • Angiospazm • Agnoziya • Amputatsiya • Analgeziya • Anafilaksiya • Affekt • Arrenoblastoma • Anevrizma • Ankiloz • Anoftalm • Abstinensiya • AtrofiyaB: Bifurkatsiya • Bronxoskopiya • Biopsiya • Blokada • BronxD: Dispepsiya • Displaziya • Disfagiya • Divertikul • Dermatomiozit • DerealizatsiyaE: Eklampsiya • Elektrokardiografiya • Emboliya • EndoskopiyaG: Gemodializ • Giperkeratoz • Giperemiya • Gipoplaziya • Glikozuriya • Gemiplegiya • GepatosplenomegaliyaI: Infiltrat • Immobilizatsiya • Infarkt • Ishemiya • Irradiatsiya
TIBBIY LUG‘AT
3 февр., 03:02
FurunkulShikoyatlari: yallig‘lanish joyida og‘riq, ba’zida tana haroratini ko‘tartlishi.Anamnez: soch qopchasini ter bezlari va uni atrofidagi teri osti yog‘ to‘qimasini yiringli yallig‘lanishi. Asosan belda, bo‘yinda, dumbada, biqinda, yuzda bo‘ladi. Eng xavflisi yuzdagi — burun va yuqori lab qismdagisi hisoblanib, yuz venasi tromboziga bu esa bosh miya po‘stloq qismi va sinuslarini tarqalgan yallig‘lanishiga olib keladi.Ko‘rik: og‘riqli, giperemiyalangan, shishgan, yiringli-nekrotik, markazi o‘zakli yallig‘lanish.Muolaja: 1. Furunkul lokalizatsiyasi yuzda og‘iz liniyasidan yuqorida bo‘lishi yuz-jag‘ xirurgiya bo‘limiga gospitalizatsiya qilishga absolyut ko‘rsatma bo‘ladi. 2. Qolgan hollarda poliklinika sharoitida davolanadi.━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ @TIBBIY_LUGAT - tibbiyotga oid atamalarning izohli baza-kanali!
TIBBIY LUG‘AT
28 дек. 2025 г., 08:35
🥳 OTIT — quloq yalligʻlanishi👂📌 Otit — quloqning yalligʻlanishi bo‘lib, 3 turga bo‘linadi: ⬇️ Tashqi otit — quloq yo‘liga infeksiya tushishi ⬇️ O‘rta otit — ko‘proq bolalarda, og‘riq va isitma bilan ⬇️ Ichki otit (labirintit) — eng og‘ir shakli⚠️ Belgilar: quloq og‘rig‘i, isitma, eshitish pasayishi, yiring oqishi🦠 Sabablari: shamollash, gripp, noto‘g‘ri quloq kovlash, tumov✅ Muhim! O‘z vaqtida davolanmasa — meningit, sepsis kabi xavfli asoratlar bo‘lishi mumkin.📱 Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ⚡️ @TIBBIY_LUGAT - tibbiyotga oid
TIBBIY LUG‘AT
3 дек. 2025 г., 16:53
✔️ OS SPHENOIDALE - Ponasimon suyak — bosh suyagining markazida joylashgan murakkab shaklli suyak bo‘lib, u boshqa ko‘plab bosh suyaklari bilan tutashadi. U bosh miya asosining asosiy qismini tashkil etadi va miya, asablar hamda qon tomirlarni himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi.🔹 Tuzilishi: 🦴 Markaziy tana (corpus ossis sphenoidalis) 🦴 Katta qanotlari (alae majores) 🦴 Kichik qanotlari (alae minores) 🦴 Pastki o‘simtalari – qanotsimon o‘simtalar (processus pterygoidei)📍 Muhim tuzilmalar: Sella turcica (Turk egarchasi) – gipofiz bezi joylashadigan chuqurcha Sinus sphenoidalis – ponasimon bo‘shliq, burun bo‘shlig‘i bilan bog‘liq📱 Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ⚡️ @TIBBIY_LUGAT - tibbiyotga oid atamalarning izohli baza-kanali!
TIBBIY LUG‘AT
3 дек. 2025 г., 06:30
🥳BRUKSIZM— bu insonning anglamagan holda tishlarini g‘ijirlatishi yoki juda qattiq qisishi bilan kechadigan funksional buzilish bo‘lib, asosan uyqu vaqtida, ba'zida esa kunduzgi faoliyat davomida ham kuzatiladi.🤩✅ U quyidagi holatlar bilan xarakterlanadi: 🔴tishlarning bir-biriga kuchli ishqalanishi, 🔴jag‘ mushaklarining zo‘riqishi, 🔴tish sathining silliqlanishi yoki yemirilishi, 🔴bosh, jag‘ va yuz mushaklarida og‘riq bilan namoyon bo‘lishi.✅BRUKSIZM HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOTP/s: Bruksizm odatda stress, psixologik bosim, okkluzion buzilishlar, irsiy omillar, uyqu buzilishlari yoki mushak-tonik disfunktsiyalar fonida
TIBBIY LUG‘AT
2 дек. 2025 г., 11:26
🤩 FLYUOROZ - endemik nokaries kasallik💉 Sababi: Organizmga tushadigan oziq-ovqat va suvdagi ftor me’yordan ortiq bo‘lsa, tish emali o‘zgaradi.🥳BELGILARI: ⬇️ Tish emali rangining o‘zgargani (oq dog‘lar, sariq yoki jigarrang dog‘lar) ⬇️ Emal qattiqligi kamayishi ⬇️ Tish yuzasida nozik chiziqlar yoki dog‘lar paydo bo‘lishi✅ FLYUOROZ HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOT📱 Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ⚡️ @TIBBIY_LUGAT - tibbiyotga oid atamalarning izohli baza-kanali!
TIBBIY LUG‘AT
1 дек. 2025 г., 15:01
🥳AKROSIANOZ — qo‘l-oyoq barmoqlari, burun va quloq uchlarining ko‘kimtir rangga kirishi bilan tavsiflanadigan holat.🔍 Ta’rif: Akrosianoz periferik (chekka) qon aylanishi sustlashganda yoki to‘qimalarga kislorod yetib bormaganda yuzaga keladi. Teri odatda sovuq, nam va ko‘kish tusda bo‘ladi.⚠️ Qaysi holatlarda uchraydi? ⬇️ Yurak poroklari va tug'ma nuqsonlarda ⬇️ Surunkali yurak-qon tomir yetishmovchiligi ⬇️ O‘pka kasalliklari (bronxit, pnevmoniya, bronxial astma va boshqalar) ⬇️ Periferik qon aylanishi buzilishlari📌P/s: Akrosianoz — mustaqil kasallik emas. U organizmdagi boshqa jiddiy muammolarning belgisidir. Sababini
TIBBIY LUG‘AT
28 нояб. 2025 г., 15:11
❗️ KO‘Z ORBITA SIRLARI: Ekzoftalmiya va Enoftalmiya👁 EKZOFTALMIYA — ko‘zning oldinga chiqishi:⚠️ Kelib chiqish sababi: 〽️ Endokrin kasalliklar (Basedov–Graves) 〽️Yallig‘lanish (orbital flegmona) 〽️O‘smalar 〽️Travma (gematoma)🟠 Klinik belgilari: 🔸 Ko‘zning oldinga chiqishi 🔸 Qovoq to‘liq yopilmasligi 🔸 Ko‘z qizarishi, yosh oqishi 🔸 Diplopiya (ikki ko‘rish) 🔸 Ko‘z ichi bosimi oshishi🔴Asoratlari: 🔺Keratit va shox parda yaralari 🔺Optik nerv siqilishi → ko‘rish pasayishi
TIBBIY LUG‘AT
30 окт. 2025 г., 18:04
ENDOSKOPIYAEndoskopiya — bu bemorning ichki organlarini koʻrib chiqish va ularni tekshirish uchun qoʻllaniladigan tibbiy usul. Bu usulda endoskop deb ataladigan maxsus asbob yordamida ichki organlarning holati toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrib chiqiladi. Endoskop ingichka, egiluvchi trubka shaklida boʻlib, uning uchida kichik kamera va yorugʻlik manbai mavjud. Bu asbob bemorning tanasiga ogʻiz, burun, toʻgʻri ichak yoki boshqa tabiiy teshiklar orqali kiritiladi.Batafsil quyida o‘qing:🩺 Endoskopiya turlari:Endoskopiya turli organlarni tekshirish uchun qoʻllaniladi va tekshiriladigan organga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi:1. Gastroskopiya — oshqozon va oʻn ikki barmoq ichagini tekshirish. 2. Kolonoskopiya — yoʻgʻon ichakni tekshirish. 3. Bronxoskopiya — nafas yoʻllari va oʻpkani tekshirish. 4. Sistoskopiya — siydik pufagini tekshirish. 5. Laparoskopiy
TIBBIY LUG‘AT
27 окт. 2025 г., 14:19
🥳 GETEROXROMIYA — KO‘ZLARDA YASHIRINGAN SAN’AT! 🥳⁉️ Siz hech qachon kimningdir ko‘zlariga qarab, “Nega bittasi moviy, boshqasi esa jigarrang?” deb o‘ylaganmisiz? Bu mo‘jizaviy holat – Geteroxromiya!✔️👁Geteroxromiya — bu ko‘zdagi melanin pigmenti taqsimotidagi farqlar tufayli yuzaga keladigan holat bo‘lib, ko‘zlar o‘rtasida yoki bitta ko‘zning o‘zida turli ranglar paydo bo‘ladi.🎚 U uch xil ko‘rinishda uchraydi:1️⃣- To‘liq (komplet) – ikki ko‘z butunlay turli rangda.2️⃣- Sektorial (qisman) – irisning bir qismi boshqa rangda.3️⃣- Markaziy – qorachiq atrofida turli rangli halqalar.
TIBBIY LUG‘AT
22 окт. 2025 г., 17:29
👁 GIFEMA (HYPHAEMA) — KO‘Z OLDI KAMERASIGA QON QUYILISHI🩸Gifema — bu ko‘zdagi shox parda va rangdor parda orasida joylashgan old kameraga qon quyilishi holati.✅ Asosiy sabablari: 🥳Ko‘zga jarohat (to‘satdan urilish, travma) 🥳 Glaukoma (ko‘z ichki bosimining oshishi) 🥳 Yallig‘lanish yoki qon ivishiga ta’sir qiluvchi kasalliklar 🥳 Ko‘zda bajarilgan operatsiyalardan so‘ng (jarrohlik asorati sifatida)⚠️ Alohida e’tiborli jihatlar: ➡️ Ko‘rish qobiliyati vaqtinchalik pasayishi mumkin ➡️ Old kamera tubida "qizil chiziq" ko‘rinadi — bu to‘plangan qondir
