Последние посты

Tiki-taka
5 нояб., 12:10
U endi rostdan ketdi)
Tiki-taka
21 окт., 09:43изменён
Murabbiy bo‘lganingda, sen uchun o‘zingniki yoki begona o‘yinchilar bo‘lmaydi.@tikitaka_tg
Tiki-taka
19 окт., 08:43изменён
"Midlsbro" muxlisi talkSPORT telekanalida Maykl Karrikning "Manchester Yunayted"dagi muammolarini nima uchun oldindan bashorat qilinishi mumkinligini tushuntirib berdi:"Karrik "Midlsbro"ni boshqarishidan oldin, jamoa Kris Uaylder boshchiligida qiyin davrni boshdan kechirayotgan edi. U mavsumning o‘rtasida keldi va darhol o‘yinchilarni asosiy ishlarni sifatli bajarishga majbur qildi. U jamoani ilhomlantira oldi va biz uning "Manchester Yunayted"ga tayinlanganidan keyin ham xuddi shu holatni ko‘rdik.U oddiy narsalarni yo‘lga qo‘ydi, kerakli o‘yinchilarni to‘g‘ri pozitsiyalarga joylashtirdi va bu bir muncha vaqt ish berdi. Ammo raqiblar uning yondashuvini tushunib yetgach, muammolar yaqqol namoyon bo‘la boshladi.Hattoki, "Midlsbro"da ham uning moslasha olmasligi haqida gapirishardi. Men barcha murabbiylarning B rejasi bo‘lishi shart deb hisoblamayman, lekin shunday paytlar bo‘ladiki, maydonda sodir bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirish kerak. Karrik esa bunga qodir emas.Uning o‘zagrtirishlariga qarang. Go‘yo 62-daqiqada uning soatidagi budilnik ishga tushadi va u kimnidir almashtirish vaqti kelganini tushunadi. Ammo bu har doim pozitsiya bo‘yicha almashtirish. Hech qanday taktik tuzatishlar, sxemada hech qanday o‘zgarishlar, hech qanday yangilik yo‘q.Endilikda biz xuddi shu manzarani "Manchester Yunayted"da ham kuzatmoqdamiz".Biz bu pasayishni kutganmidik? Albatta. Biz hatto uning ishlari yaxshi ketayotganda va u to‘liq shartnoma olganida ham bu haqda hazillashardik. "Midlsbro" muxlislari: "Raqiblar uning taktikasini tushunib yetgach, nima bo‘lishini ko‘rasiz," deyishardi.U qaysar. U atrofdagilar nima deb o‘ylashidan qat’i nazar, o‘z qarashlariga sodiq qoladi. Uning ba’zi matbuot anjumanlaridan so‘ng, "Midlsbro" muxlislari o‘zlariga savol berishdi: "Biz har gal bir xil o‘yinni tomosha qilyapmiz?"Muxlislar uchun jamoaga o‘zgarishlar kerakligi aniq edi, ammo Karrik o‘zgarishlarni amalga oshira olmadi.Bu holat Karrik hozirgi vaziyatni ham o‘zgartira olmasligidan dalolat beradimi?Bilmadim. Odamlar vaqt o‘tishi bilan tajribali bo‘lib boradilar. Va bu nafaqat o‘z ustimizda ishlash tufayli, balki bizni o‘rab turgan odamlar va biz tushib qolgan vaziyatlar tufayli ham sodir bo‘ladi. Va atrofdagilar haqida gapirganimizda, afsuski, Karrikning atrofidagilar unga umuman yordam bermayotganini ham aytish lozim. Yozgi transferlar buning isboti. Bu esa Kerrik uchun yana bir minus.Karrik o‘zgarishga qodirligini ko‘rsata oladimi? Albatta! Axir u Amorim emas-ku ))Karrik hali ham moslashishga, o‘z o‘yinini qurishga harakat qilmoqda, o‘yinchilarning to‘g‘ri uyg‘unligini qidirmoqda, tajribalar o‘tkazmoqda. Ammo hozircha bularning barchasi juda zaif ko‘rinmoqda. U xuddi bir xil uslub bilan harakat qilayotgandek.Bizning fikrimiz xato ekanligini isbotlash uchun noyabr tanaffusigacha yana yetarlicha o‘yinlar bor. Avvalgidek yana boshqaruvni o'z qo'liga olib, uni mahkam ushlab turganini ko‘rsatish kifoya.Men butun qalbim bilan Kerrik buning uddasidan chiqishini xohlayman. Ehtimol, ETX muvaffaqiyatga erishishini istaganimdan ham kuchliroq. Sababi, tinimsiz murabbiylar almashinuvi, barchasini har safar yangidan boshlash o‘zini oqlamadi.Bo‘laqol, Maykl. Shunchaki bajar!@tikitaka_tg
Tiki-taka
12 окт., 08:16
Bugun klublarimiz Saudiyaning nomdor jamoalariga qarshi o'ynashadi 👀18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya 23:15 Al-Nassr - Neftchi@tikitaka_tg
Tiki-taka
11 окт., 08:23
Bugun Angliyada olovli bahs bor 🔥 🏴Liverpul - 🏴Manchester Siti Vaqti ham ideal - 20:30 😱 @tikitaka_tg
Tiki-taka
11 окт., 08:17изменён
Bugun Angliyada olovli bahs bor 🔥🏴Liverpul - 🏴Manchester SitiVaqti ham ideal - 20:30 😱@tikitaka_tg
Tiki-taka
10 окт., 16:19изменён
“Chelsi” o’yinni 2:0dan boshladi 😅 @tikitaka_tg
Tiki-taka
10 окт., 14:07
“Chelsi” o’yinni 2:0dan boshladi 😅@tikitaka_tg
Tiki-taka
22 сент., 14:04
Sadio Mané o‘z tug‘ilib-o‘sgan shahri Bambaliga yana 20 million dollar sarmoya kiritmoqda. Mané avvalroq Bambalida maktab, shifoxona, masjid va yonilg‘i shoxobchasi qurilishlarini moliyalashtirgandi. Endilikda esa u “SM10 AGRO” nomli yirik mango loyihasiga 20 million dollar investitsiya qilmoqda. 🥭 Loyiha doirasida: 🔹 mango plantatsiyalari; 🔹 meva qayta ishlash korxonalari; 🔹 qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘quv markazi; 🔹 tadqiqot markazlari tashkil etiladi. Eng muhimi, loyiha 1000 dan ortiq ish o‘rni yaratishi kutilmoqda. 💪 “Boyligimiz o‘zimizda qolishini istayman. Foyda xalqimizga xizmat qilishi kerak”, — dedi Mané Bambalida mango loyihasining taqdimot marosimida. 🗣🇸🇳 👏 #Respect, SADIO!@tikitaka_tg
Tiki-taka
22 сент., 13:02
🇪🇸 Real Madrid: Fede Valverdeda to‘piq chiqishi aniqlanganini ma’lum qildi.Bunday jarohatning odatiy tiklanish muddati, avvalgi holatlarga ko‘ra, taxminan 2–3 oyni tashkil qiladi. Masalan, Eden Hazard «Real Madrid»da xuddi shunday jarohat olganida uzoq muddat safdan chiqqandi. Ammo klubga yaqin bir nechta manbalar hozircha Valverdening jarohati kutilganidan yengilroq kechishiga klub optimistik qarayotganini xabar qilmoqda. Fede 2–3 hafta ichida safga qaytishi va terma jamoalar tanaffusidan keyin maydonga tushishi kutilmoqda. 🔥@tikitaka_tg
Tiki-taka
22 сент., 11:04
Salah EffektiDam olish kunida misrlik futbolchi Turkiyaning mahalliy diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi va bir qoyada suratga tushdi. Endilikda bu joy mahalliy aholi orasida “Salah qoyasi” deb atalmoqda. 😅 Qoya shu qadar mashhur bo‘lib ketdiki, odamlar Salah o‘tirgan joyda suratga tushish uchun ataylab bu yerga mashinalarda kelishmoqda. 😳@tikitaka_tg
Tiki-taka
22 сент., 09:33
Mbappé: “Oltin To'pni qo‘lga kirita olmasam, hafsalam pir bo‘ladi”Kilian Mbappé OT uchun kurash va o‘tgan mavsumi haqida fikr bildirdi:“Individual jihatdan yilim ajoyib o‘tdi. Men barcha yirik musobaqalarda eng yaxshi to‘purar bo‘ldim. Bu Ballon d’Or uchun asosiy mezonlardan biri.”Sizningcha Oltin To'pni kim oladi?@tikitaka_tg
Tiki-taka
22 сент., 08:34
Krishtiano Ronaldu Junior ham "Al-Nassr" yoshlarining g'alabalariga xissa qo'shishni boshladi. 17 yoshlilar Saudiya Chempionatida kichik Ronaldu 2ta o'yin o'tkazdi va 3ta gol kiritdi.16 yoshli futbolchining "Al-Ahli"ga qarshi o'yinidagi harakatlarini videoda tomosha qilishingiz mumkin. Jismoniy xolati xuddi otasidek.@tikitaka_tg
Tiki-taka
22 сент., 08:14
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi "Osiyo o'yinlari"ning guruh bosqichini 100%lik natija bilan yakunladi.Turnir oldidan Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoaning maqsadi chempionlik emas edi, sababi tarkibga 23yoshli futbolchilar emas, 20 21 yoshdagi futbolchilar jalb qilingan. Buning sababi bu chempionat olimpiadaga yo'llanma bermaydi. Bu musobaqadan maqsad tarkibni shakllantirish. Lekin yoshlarimizning o'yini chempionlikka tortyapti, minimum medallar bilan qaytishadi.@tikitaka_tg
Tiki-taka
22 сент., 07:51
Futbol juda emotsional o'yin, bunday paytda o'zini boshqara oladiganlarni hurmat qilish shart, #respect@tikitaka_tg
Tiki-taka
16 сент., 17:47
⚽️⚽️⚽️⚽️ 🇺🇿 Behruz Karimov "Lugano" safida debyut golini urdi!"Sankt-Gallen"ga qarshi uchrashuvda "Lugano" 4:0 hisobida g‘alaba qozonmoqda. Behruzjon esa jamoasining 4-golini kiritdi@tikitaka_tg
Tiki-taka
12 сент., 19:00
"Qirollik" klubi yarim himoyasida bugun Federiko Valverde va O'rilien Chuameni juftligi o'ynashi mumkin.
Tiki-taka
12 сент., 12:04
APLning avgust oyidagi "Oy seyvi"ni "Everton" darvozaboni Jordan Pikford oldi. 1-turda "Kristal Peles"ni Moyes shogirdlari mag'lub eta olishida shu seyv xissasi katta edi, sababi ushbu seyvgacha Londonliklar ketma-ket hujumlarda tashkil qilishayotgandi, Pikford esa sardor sifatida jamoasining g'alabasiga yordam bergan edi va munosib ravishda taqdirlanyapti.@tikitaka_tg
Tiki-taka
12 сент., 11:24
Bugun "Real Madrid" o'z uyida "Rayo Vallekano"ni qabul qiladi. Uchrashuv bugun 23:59da bo'lib o'tadi."Qirollik" klubi yarim himoyasida bugun Federiko Valverde va O'rilien Chuameni juftligi o'ynashi mumkin. O'tgan mavsum so'nggida bu futbolchilar janjallashgani haqida eshitgansiz, shundan beri ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushishlari mumkin, "Inter"ga qarshi o'yinda 11 daqiqa birgalikda o'ynashdi.Mourinyo matbuot anjumanida bu futbolchilar allaqachon eng yaqin do'stlardek yurishganini aytgandi, kuzatamiz...@tikitaka_tg
Tiki-taka
12 сент., 10:34изменён
Italiya futboli ham o'zgaryaptimi 👀Seria Ada bu mavsum o‘tgan mavsumdagidan ham ko‘proq xet-trik qayd etildi! 🤯 • 2025/26: 380 ta o‘yinda — 1 ta xet-trik • 2026/27: atigi 31 ta o‘yinda — 2 ta xet-trikEndi 31 ta o‘yin o‘tkazildi. 😭@tikitaka_tg
Бот обратной связи для своего канала — бесплатно
Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.
Как это работает →