Последние посты

Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti
22 сент., 07:46
🏢 “MANGUBERDI IZDOSHLARI” MAVZUSIDA MA’RUZA O‘TKAZILDI📚 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 24-iyuldagi 05/61-6223-sonli xati ijrosi yuzasidan Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix yo‘nalishi 25/1-guruh talabalari uchun “Manguberdi izdoshlari” mavzusida ma’ruza tashkil etildi.🔹Ma’ruzani Ijtimoiy fanlar fakulteti dotsenti X. Mamadaliyev olib bordi. Unda Jaloliddin Manguberdi siymosi, uning Vatan ozodligi va yurt himoyasi yo‘lidagi jasorati, shuningdek, bugungi avlod uchun ibrat bo‘ladigan vatanparvarlik fazilatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.🔹Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan fikr va mulohazalar almashdilar.bizni kuzating📲telegram 📲instagram 📲 youtube 📲 facebook
Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti
22 сент., 07:10
#AMALIY_DARS👩🏫 XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH — MUHIM MASALA🏢 Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti professori N.A. Yuldasheva tomonidan Boshlang‘ich ta’lim sirtqi 22/2-guruh talabalari uchun “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.📝 Mashg‘ulot davomida oila, uning asosiy vazifalari, jamiyat hayotidagi o‘rni hamda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha fikr almashildi.👥 Shuningdek, talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, oila institutining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va uning jamiyatdagi ahamiyati yuzasidan muhokamalar olib bordilar.bizni kuzating📲telegram 📲instagram 📲 youtube 📲 facebook
Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti
22 сент., 05:51
#ILM_FAN_FIDOYISI🏢Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Moliyaviy boshqaruv va axborot texnologiyalari fakulteti dekan o‘rinbosari Egamberdiyeva Dilnoza Abduraximovna O‘zbekiston Respublikasi “SCIENTIFIK PUBLICATION” ilmiy matbuot markazining “ILM-FAN FIDOYISI” nominatsiyasi doirasida ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.🔹Ushbu e’tirof Egamberdiyeva Dilnoza Abduraximovnaning ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan munosib hissining e’tirofi sifatida alohida ahamiyatga ega.🔹 Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti rahbariyati va jamoasi Egamberdiyeva Dilnoza Abduraximovnani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi!bizni kuzating📲telegram 📲instagram 📲 youtube 📲 facebook
Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti
21 сент., 12:36изменён
#DIQQAT_E'LON!#Talabalar_ligasi🏢Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Sirtqi ta'lim talabalari o'rtasida “Talabalar ligasi” shiori ostida STOL TENNISI o'yinlari bo'lib o'tadi.✨ 2026-yil 22-sentyabrl kuni Universitet "green zone" da soat 12:30 start oladi.Barcha talabalarni taklif etamiz!bizni kuzating📲telegram 📲instagram 📲 youtube 📲 facebook
Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti
21 сент., 12:32
#YUKSAK_E’TIROF🏢Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Iqtisodiyot fakulteti dotsenti Nazarova Munavvar Soatmurod qizi O‘zbekiston Respublikasi “SCIENTIFIK PUBLICATION” ilmiy matbuot markazining “Yuksak e’tirof” nominatsiyasi doirasida ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.🔹Ushbu e’tirof dotsent Nazarova Munavvar Soatmurod qizining ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan munosib hissining e’tirofi sifatida alohida ahamiyatga ega.🔹 Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti rahbariyati va jamoasi dotsent Nazarova Munavvar Soatmurod qizini ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi!bizni kuzating📲telegram 📲instagram 📲 youtube 📲 facebook
Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti
21 сент., 12:08
#Maʻrifat_darsi🔺 “Ma’rifat darsi”da – siyosiy-ijtimoiy yangiliklar tahlili🏢 Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universitetida "Kelajak soati" rukni ostida 2-smena kunduzgi ta'lim yo'nalish talabalariga "Ma'rifat darsi" mashgʻulotlari o’tkazildi.🔺 Ushbu darsda Universitet professor -o'qituvchilari talabalarga O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealar haqida muhim ma’lumot va tushunchalar berib oʻtishdi.✔️ Maʼlumot oʻrnida: Mazkur "Ma’rifat darsi", yoshlarga bilim va dunyoqarashni kengaytirish, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘nalishlari bilan tanishtirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.bizni kuzating📲telegram 📲instagram 📲 youtube 📲 facebook
Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti
21 сент., 09:51
📚 ILMIY ETIKA QOIDALARI BO‘YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI🏢 Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universitetida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda magistrantlar uchun “Ilmiy etika qoidalari: akademik halollik, noshirlik etikasi va sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi.🔹Seminar Xalqaro hamkorlik, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, i.f.d., professor v.b. Sh.X. Sattarov tomonidan o‘tkazildi.🔹Seminar davomida ilmiy etika, akademik halollik, noshirlik etikasi hamda sun’iy intellektdan mas’uliyatli va to‘g‘ri foydalanish haqida ma’lumotlar berildi.🔹Xususan, plagiat, fabrikatsiya, falsifikatsiya, dublikatsiya, shuningdek, ilmiy materiallarni tayyorlash va nashrga taqdim etishda rioya qilinishi lozim bo‘lgan talablar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.bizni kuzating📲telegram 📲instagram 📲 youtube 📲 facebook
Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti
21 сент., 09:29
#TITU_yoshlarittifoqi #SuvniBirgalikdaAsraymiz🏢Toshkent iqtisodiyot va texnalogiyalar universiteti Yoshlar ittifoqi tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida “Suvni birgalikda asraymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.➡️ Tadbir davomida suv — bebaho tabiiy boylik ekani, undan oqilona va tejamkor foydalanish, suv resurslarini asrash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.🔹Har bir tomchi suv — kelajak uchun muhim! Suvni asrash — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!🔹Keling, bugundan boshlab suvni tejaylik, tabiatni asraylik va kelajak avlod uchun musaffo muhitni birgalikda yaratamiz!💥 Birgalikda asraymiz — birgalikda kelajak yaratamiz!🇺🇿 Yoshlar ittifoqi - orzularingiz kaliti!bizni kuzating📲telegram 📲instagram 📲 youtube 📲 facebook
Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti
21 сент., 07:38
#Maʻrifat_darsi🔺 “Ma’rifat darsi”da – siyosiy-ijtimoiy yangiliklar tahlili🏢 Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universitetida "Kelajak soati" rukni ostida "Ma'rifat darsi" mashgʻulotlari o’tkazildi.🔺 Ushbu darsda Universitet professor -o'qituvchilari talabalarga O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealar haqida muhim ma’lumot va tushunchalar berib oʻtishdi.✔️ Maʼlumot oʻrnida: Mazkur "Ma’rifat darsi", yoshlarga bilim va dunyoqarashni kengaytirish, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘nalishlari bilan tanishtirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.bizni kuzating📲telegram 📲instagram 📲 youtube 📲 facebook
Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti
21 сент., 05:24
🎨 #OZBEKISTON_YOSHLAR_NIGOHIDA🇺🇿 “VATAN TARAQQIYOTIGA MENING HISSAM”🏢 Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida “O‘zbekiston yoshlar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.🤝 Tanlovda universitetning barcha fakultetlaridan talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarining ijodiy ishlari bilan qatnashdilar.🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — Sobitova Aziza, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 26/1-guruh talabasi. 🥈 2-o‘rin — Nafasova Sevinch, Iqtisodiyot yo‘nalishi 26/1-guruh talabasi. 🥉 3-o‘rin — Sobutova Dilafruz, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 26/1-guruh talabasi. 🥉 3-o‘rin — Zaynobiddinova Oydinoy, Axborot xavfsizligi yo‘nalishi 26/1-guruh talabasi.👏 G‘oliblarni muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi ijodiy faoliyatida yangi marralar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!bizni kuzati
Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti
5 сент., 16:16
#Elon #TALABALAR_DIQQATIGA! 📚 Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universitetida 1-bosqich talabalari uchun 2026/2027-o‘quv yili uchun dars mashg‘ulotlari 7-sentyabr dushanba kuni boshlanadi. 🗓 Kunduzgi ta'lim talabalari uchun — 7-sentyabr soat 8:00 da; 🗓 Kechki ta'lim talabalari uchun —1,430Открыть в Telegram
Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti
5 сент., 09:42
#BITIRUVCHI_2026 #TALABALIKKA_BAG‘ISHLOV 🏢Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Green Zone hududida talabalar uchun quvonchli va unutilmas "Bitiruvchi-2026" va "Talabalikka bag'ishlov" tadbir bo‘lib o‘tadi! 📅 Sana: 8-sentabr, 2026-yil 🕚 Vaqt: 11:00 📍 Manzil: TITU Green Zone 🎓1,850Открыть в Telegram
Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti
5 сент., 08:42
#Tayinlov Muqimov Zarip Majlisovich - Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Namangan manzili direktori lavozimiga tayinlandi. Muqimov Zarip Majlisovich - 1972-yilda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida tug‘ilgan. Oilali. To’rt nafar farzandi bor. O'z sohasi bo'yicha uzoq yillik1,590Открыть в Telegram
Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti
3 сент., 16:07
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi. 📚 Tanlovda qatnashish1,770Открыть в Telegram
