gram news
Аватар канала Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati hokimligi

@toshvilpressa

Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimlik?igs Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz Ishonch telefon:(71) 200 88 11 Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192

ПроектыENПолитика

15,300подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Toshkent viloyati hokimligi

    27 сент., 11:22

    переслано из @rasmiy_axborot_official

    🇺🇿 O‘ZBEKISTON — IKKI KARRA SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI!✅Samarqandda tarix yozildi!O‘zbekiston Ukraina bilan uchrashuv tugashidan oldin chempionlikni matematik jihatdan kafolatladi. Chunki Hindiston so‘nggi turda Vengriya bilan 2:2 durang o‘ynadi. O‘zbekiston 10 turdan keyin Hindistondan bir ochko oldinda edi: 18 ga 17.Bu yo‘l oson bo‘lmadi. O‘zbekiston musobaqaning dastlabki 7 turining barchasida g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bahslarda Hindiston ustidan 2.5:1.5, Xitoy ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonildi. 8-turda Germaniya g‘alabali seriyani to‘xtatdi, ammo jamoamiz darhol o‘zini tikladi: 9-turda turnirning birinchi raqamli saralangan jamoasi — AQSh mag‘lub etildi, 10-turda esa Armaniston 3.5:0.5 hisobida taslim etildi.Va nihoyat — Ukrainaga qarshi so‘nggi g‘alaba oltin medal masalasini hal qildi.🇺🇿O‘zbekiston tarkibi:✔️Javohir Sindarov ✔️Nodirbek Abdusattorov ✔️Nodirbek Yakubboyev ✔️Shamsiddin Vohidov ✔️Muhiddin Madaminov✍️Jamoa sardori — sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov. Ushbu tarkibdagi to‘rt nafar shaxmatchi 2022-yilda Chennai Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan jamoada ham o‘ynagan.O‘zbekiston shaxmatining so‘nggi uch Olimpiadadagi natijasi esa alohida e’tiborga loyiq:🥇2022, Chennai — OLTIN 🥉2024, Budapesht — BRONZA 🥇2026, Samarqand — OLTINDemak, O‘zbekiston ketma-ket uchta Shaxmat olimpiadasini medalsiz tark etmadi va to‘rt yil ichida ikkinchi bor Open bo‘limida jahonning eng kuchli terma jamoasi bo‘ldi.Eng o‘ziga xos jihati — bu safargi chempionlik o‘z uyimizda, Samarqandda qo‘lga kiritildi. 2022-yilda O‘zbekistonning Olimpiadadagi oltin medalini tasodif yoki bir martalik muvaffaqiyat deb baholaganlar ham bor edi. Ammo 2026-yilda jamoamiz butun turnir davomida kuchli va ishonchli o‘yin namoyish etib, yana shohsupaga ko'tarildi.Bu safar yigitlarimiz faqat chempion bo‘libgina qolmay, 2022-yildagi oltin tasodif bo‘lmaganini va O‘zbekiston bugun dunyoning eng kuchli shaxmat terma jamoasi ekanini amalda isbotladi.🏆 🇺🇿 O‘ZBEKISTON — 46-BUTUNJAHON SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI!https://t.me/Rasmiy_axborot_official
    Иллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligi
  • Toshkent viloyati hokimligi

    27 сент., 09:00

    #muloqotIjtimoiy reyestrdagi oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i S. Hamdamov Bo‘stonliq tumanidagi “Boymirzayev” mahallasida ijtimoiy reyestrda turgan oilalar bilan muloqot qildi.Suhbat davomida oilalarning mavjud muammolari, ehtiyoj va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.Shuningdek, oilalar daromadini oshirish, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalladagi “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.Muloqot yakunida yurtimizda hech bir oila e’tibordan chetda qolmasligi, aholini qo‘llab-quvvatlash va ularning farovonligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani ta’kidlag‘di.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
    Иллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligi
  • Toshkent viloyati hokimligi

    26 сент., 13:46

    #musobaqaViloyat hokimi kubogi: g‘oliblar aniqlandiYangiyo‘l shahar sport maktabida viloyat, shahar va tuman hokimliklarida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.Sport tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat boshqaruv tizimisa faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda jamoaviy ruhni mustahkamlash.Musobaqa davomida jamoalar g‘alaba uchun murosasiz kurash olib borib, maydonda o‘zlarining sport mahorati va jamoaviy harakatlarini namoyish etdi.Yakuniy natijalar:🥇 1-o‘rin — Bekobod tumani hokimligi jamoasi🥈 2-o‘rin — Toshkent viloyati hokimligi jamoasi🥉 3-o‘rin — Ohangaron shahri hokimligi jamoasiG‘olib va sovrindor jamoalar musobaqa yakunida munosib taqdirlandi.Bunday sport musobaqalari xodimlarning jismoniy faolligini oshirish bilan birga, jamoalar o‘rtasida do‘stona muhit va sog‘lom raqobatni mustahkamlashga xizmat qiladi.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
    Иллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligi
  • Toshkent viloyati hokimligi

    26 сент., 13:20

    #imkoniyatToshkent viloyatidagi "Kelajak markazlari"da minglab bolajonlar maktab sari ilk qadamlarini qo‘ymoqda.Maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan jajji bolajonlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularga sifatli ta’lim va mehr ulashish eng ezgu maqsadimizdir.Bugungi kunda viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridagi Kelajak markazlarida 194 ta to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularga 3 041 nafar bola maktabgacha tayyorlov bosqichiga qamrab olindi. Ayniqsa, ijtimoiy adolat tamoyili asosida to‘garak tarbiyalanuvchilarining 844 nafari “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dagi oilalar farzandlari bo‘lib, ularning tengdoshlari qatori bepul va sifatli bilim olishi uchun to‘liq sharoit yaratildi.Bolalarga bugun ko‘rsatilayotgan har bir e’tibor ertangi porloq kelajagimiz poydevoridir!✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
  • Toshkent viloyati hokimligi

    26 сент., 12:30

    #sana26-sentabr — Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni!El-yurt osoyishtaligi, davlatimiz xavfsizligi va barqaror taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan fidokorona xizmatlaringiz, yuksak mas’uliyatingiz va matonatingiz tahsinga loyiq.Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat va yangi muvaffaqiyatlar tilayman.Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
  • Toshkent viloyati hokimligi

    26 сент., 08:47

    #ehtiromUstoz bu...✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
  • Toshkent viloyati hokimligi

    26 сент., 07:13

    #vatanparvarlik_saboqlari“Vatan tayanchi" — yoshlarda vatanparvarlik ruhini oshirmoqdaZangiota tumanida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.Zangiota tumani hokimligi hamda Mudofaa ishlari bo‘limi hamkorligida tumandagi 14-sonli umumta’lim maktabida “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolarining “Tantanali va’da berish” marosimi o‘tkazildi.Tantanali tadbirda Toshkent viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik F. Alimxodjayev, Zangiota tumani hokimi o‘rinbosari I. Dostonov, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari, maktab jamoalari hamda 200 nafar “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari ishtirok etdi.Marosim davomida yoshlar Vatanga sadoqat, ona yurt tinchligi va xavfsizligini asrash, ajdodlar merosiga munosib bo‘lish hamda jamiyat oldidagi burchlarini sidqidildan ado etishga tantanali va’da berdilar.Tadbir ko‘tarinki ruhda, yuqori saviyada tashkil etilib, unda yosh avlod qalbida vatanparvarlik, jasorat, mas’uliyat va yurtga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
    Иллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligi
  • Toshkent viloyati hokimligi

    26 сент., 05:44

    #xushxabar🏆 AICHI-NAGOYA-2026: Toshkent viloyati sportchilaridan navbatdagi medallar shodasi Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarida Toshkent viloyati vakillari ham yuqori natijalarni qayd etmoqda. 🥇Xususan, navbatdagi kungi bellashuvlarda viloyatdoshimiz Shahriyor Mahkamov baydarkada eshkak eshish bo‘yicha K1 dasturining 500 metr masofasida barcha raqiblarini ortda qoldirib, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi.🥈Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha esa yana bir viloyatimiz o‘g‘loni Vladlen DenisovNilufar Zokirova bilan birgalikda mikst dasturida ikkinchi natijani qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.Shu tariqa, Toshkent viloyati sportchilari Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga oltin va kumush medallarni qo‘shishga muvaffaq bo‘ldi.Sportchilarimizni ushbu yuksak natija bilan muborakbod etib, kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilaymiz.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
    Иллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligi
  • Toshkent viloyati hokimligi

    22 сент., 14:45

    #muloqotToshkent harbiy okrugi tasarrufidagi Angren garnizonida 4-mavsum “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘ini ishtirokchilari bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
  • Toshkent viloyati hokimligi

    22 сент., 13:45

    #mavsum_yumushlariSamarali mehnat — yuqori hosil garoviBo‘ka tumanidagi paxta dalalarida mavsum qizg‘in pallaga kirdi. “Oybek Bo‘ston Agro” fermer xo‘jaligi dalalarida “Shinjon” usulida Xitoy chigiti ekilib, yuqori hosildorlikka erishilmoqda.Ayni paytda dalalarda gektaridan 80 sentnerdan yuqori hosil olinmoqda. Terim jarayonlari esa zamonaviy maxsus texnikalar yordamida amalga oshirilmoqda.Albatta, bunday mo‘l xirmon yil davomida olib borilgan samarali agrotexnik tadbirlar va ilmiy yondashuvning amaliy natijasi deyish mumkin.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
  • Toshkent viloyati hokimligi

    22 сент., 12:03

    #qabul_vaqtiXalq qabulxonasida aholi murojaatlari ko‘rib chiqildiToshkent viloyati Xalq qabulxonasida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunov ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.Ochiq muloqot davomida fuqarolarning bandlik, uy-joy, yer munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi.Qabulning muhim jihati – murojaatlarni shunchaki tinglash bilan cheklanmay, ularning amaliy yechimini topishga e’tibor qaratilgani bo‘ldi. Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan esa mutasaddilarga joyiga chiqib, holatni o‘rganish, muammoni bartaraf etish va natijasi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish topshirildi.✅Telegram 🌐Website
    Иллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligi
  • Toshkent viloyati hokimligi

    22 сент., 10:58

    #musobaqaAichi-Nagoya-2026: Toshkent viloyatidan 48 nafar sportchi ishtirok etmoqdaAyni kunlarda Yaponiyada XX yozgi Osiyo o‘yinlari — Aichi-Nagoya-2026 musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.Mazkur nufuzli sport musobaqasida Toshkent viloyatidan 18 ta sport turi bo‘yicha 48 nafar sportchi O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.Ular orasida Akbar Jo‘rayev, Aytjan Xalmaxanov, Svetlana Saidova (Osipova), Feruza Kazakova hamda To‘rabek Habibullayev kabi taniqli sportchilarimiz ham bor.E’tiborli jihati, To‘rabek Habibullayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori sifatida maydonga chiqdi. Toshkent viloyati sportchilari Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.Sportchilarimizga omad va zafarlar tilaymiz!✅Telegram 🌐Website
    Иллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligi
  • Toshkent viloyati hokimligi

    22 сент., 10:04

    переслано из @rasmiy_axborot_official

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
  • Toshkent viloyati hokimligi

    22 сент., 09:37

    #sport🏆 “Vatan tayanchi” – sport maydonidaChirchiq shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari o‘rtasida sportning yozgi biatlon turi bo‘yicha Respublika chempionati o‘tkazildi.Musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 50 nafardan ortiq yosh sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.Bahslarda Toshkent viloyatidan saralab olingan “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari ham munosib ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va nishonga aniq urish mahoratini namoyish etdi.Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.Mazkur chempionat yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.✅Tele
    Иллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligi
  • Toshkent viloyati hokimligi

    22 сент., 08:47

    #muloqotToshkent viloyati va Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni o‘rtasida huquqiy hamkorlik masalalari muhokama qilindiToshkent viloyati adliya boshqarmasida Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Adliya departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Muloqot davomida tomonlar o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.Uchrashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri advokatura institutining investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rniga bag‘ishlandi.Ayni paytda Toshkent viloyatida Xitoy Xalq Respublikasi ishtirokidagi 1 500 ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Ular savdo, sanoat, xizmat ko‘rsatish, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda ish olib bormoqda.Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar
    Иллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligi
  • Toshkent viloyati hokimligi

    22 сент., 06:49

    #totuvlikO‘rta Chirchiq tumanida uzoq yillardan buyon istiqomat qilib kelayotgan koreys diasporasining tarixi, bugungi hayoti, milliy qadriyatlari va jamiyatimiz rivojiga qo‘shayotgan hissasi — “O‘zbekiston 24” telekanalining “O‘zbekiston vaqti bilan” ko‘rsatuvida.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter 🌐Instagram
  • Toshkent viloyati hokimligi

    22 сент., 03:37

    переслано из @sshmirziyoyeva

    Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное
    Иллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligi
  • Toshkent viloyati hokimligi

    21 сент., 14:36

    #eslatma❗️Toshkent viloyatida 2026-yil 3-oktabrdan boshlab, Xalq deputatlarining viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi to‘lov taʼriflari amal qiladi.✍️ Eslatma o‘rnida: Isteʼmolchilar 3-oktabr sanasigacha bo‘lgan davrda oldindan to‘lovlarni oldingi arzon narx bo‘yicha amalga oshirish imkoniga egalar.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
  • Toshkent viloyati hokimligi

    21 сент., 13:40

    переслано из @rasmiy_axborot_official

    👩🏻‍🏫 Turizm va mehmondo'stlik sohasi uchun yangi onlayn ta'lim platformasi ishga tushdiXalqaro turizm akademiyasining Samarqand kampusi turizm va mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislari uchun rasmiy onlayn ta’lim platformasi hamda mobil ilovasini ishga tushirdi.Endi tinglovchilar istalgan joyda, o‘zlariga qulay vaqtda zamonaviy kasblarni o‘rganish imkoniyatiga ega.📌 Onlayn ta’lim yo‘nalishlari:🔷Front Office — mehmonlarni kutib olish va joylashtirish, bron qilish hamda mijozlar bilan xalqaro standartlar asosida ishlash. 🔷Housekeeping — mehmonxona xo‘jaligini yuritish, xonalar tozaligi va sanitariya-gigiyena talablarini professional darajada boshqarish.🗣️Platforma imkoniyatlari: 🔵amaliy va tushunarli video
  • Toshkent viloyati hokimligi

    21 сент., 12:24

    #qabul_vaqtiFuqarolar murojaatlari tinglandiNurafshon shahridagi viloyat Xalq qabulxonasi binosida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Arzikulovning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.Qabul davomida aholi tomonidan bandlik va mehnat munosabatlari, ijtimoiy himoya, shuningdek, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.Fuqarolarning har bir murojaati alohida ko‘rib chiqilib, imkon qadar masalalarni joyida hal etishga e’tibor qaratildi. Murojaatlarning aksariyati qabul jarayonining o‘zida ijobiy yechim topdi.Qo‘shimcha o‘rganish va joyiga chiqishni talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Ularning ijrosini ta’minlash, belgilangan muddatlarda natijasi haqida ma’lumot taqdim etish bo‘yicha mas’ul ijrochilar biriktirilib, murojaatlar nazoratga olindi.✅Telegram
    Иллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligiИллюстрация к посту канала Toshkent viloyati hokimligi