Последние посты

TRM Metodik yordam
25 сент., 05:33
#Meet_up2026-2027-o‘quv yilida pedagoglarni kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish va metodik qo‘llab-quvvatlash💻 Vebinarda ishtirok etish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/86704142729ID: 867 0414 2729 Kod: 2026Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika


TRM Metodik yordam
20 сент., 07:38
переслано из @trm_uz
20-sentyabr — Butunjahon tozalik kuniUshbu sana BMT Bosh Assambleyasining 2023-yil 8-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan Butunjahon tozalik kuni sifatida e’lon qilingan bo‘lib, har yili dunyo bo‘ylab atrof-muhitni asrash va chiqindilarni mas’uliyatli boshqarish muhimligini eslatib turadi.Butunjahon tozalik kuni odamlarni hududlarni obodonlashtirish, chiqindilarni kamaytirish, ularni saralash va tabiatga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga chorlaydi.Ekologik madaniyatni shakllantirish esa bolalikdan boshlanadi. Shu bois ta’lim jarayonida o‘quvchilarda tozalik, tabiatga ehtiyotkor munosabat va ekologik mas’uliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi barchani atrof-muhit tozaligiga o‘z hissasini qo‘shishga va tabiatni asrashga chorlaydi.Zero, toza atrof-muhit — sog‘lom hayot va barqaror kelajak garovidir.
TRM Metodik yordam
11 сент., 05:05
#SinfBoshqaruvi #Metodik_yordam #tavsiya🎯 Bolaga buyruq berish kerakmi yoki tanlash huquqini?Nega ba’zan o‘quvchiga: “Buni qil!” desangiz, u bajarishni xohlamaydi, lekin: “Qaysi birini tanlaysan?” desangiz, munosabati birdan o‘zgaradi?🧠 Buning muhim sababi erkinlik — insonning asosiy ehtiyojlaridan biri.Bizga nima qilishimizni doimo boshqalar belgilab berishi yoqmaydi. Bolalarda ham xuddi shunday.📚 Tasavvur qiling, o‘qituvchi:“Mana mavzu. Hamma shu mavzuda ikki bet insho yozadi. Aynan mana shu tartibda. Ertagacha.” dedi.O‘quvchi uchun deyarli barcha qarorlar qabul qilib bo‘lingan. Undan faqat buyruqni bajarish talab qilinmoqda.🔄 Endi shu vazifani boshqacharoq beramiz:


TRM Metodik yordam
10 сент., 07:47
#maslahat #Pedagoglar #tavsiya📚 3 darajali bilim: hamma narsani bir xil chuqurlikda o‘qitish kerakmi?Tasavvur qiling, o‘qituvchiga bir yil ichida 100 ta tushunchani o‘rgatish vazifasi berildi. Ularning hammasiga bir xil vaqt ajratilsa, nima bo‘ladi?Eng muhim bilim ham, bola bir marta eshitib qo‘ysa yetadigan ma’lumot ham bir xil darajada o‘qitiladi. Natijada dastur tugaydi. Lekin bolaning boshida savol qoladi:🤔 “Xo‘sh, shularning qaysi biri haqiqatan muhim edi?”Standards-based education yondashuviga ko‘ra, o‘quv mazmunini uch darajaga ajratish mumkin:🔴 Essential to know — bilishi shart. 🟡 Important to know — bilishi muhim. 🟢 Nice to know — bilsa yaxshi.Farqi nimada?


TRM Metodik yordam
9 сент., 13:23
#Metodik_yordam #maslahat #Pedagoglar🎓 O‘quvchi o‘zini baholashni o‘rgansa nima o‘zgaradi?Tasavvur qiling, o‘quvchi topshiriqni tugatdi va darhol: “Ustoz, to‘g‘rimi?” deb sizga olib keldi. O‘qituvchi xatolarni topdi, tuzatdi, baho qo‘ydi.Keyingi topshiriqda ham xuddi shu holat. Bola bu holatda asta-sekin nimani o‘rganadi? “Mening ishimni tekshirish — o‘qituvchining vazifasi.”📚 Zamonaviy pedagogika bugun boshqa bir taklif bilan chiqmoqda: o‘quvchini faqat o‘qituvchi baholamasligi kerak. O‘quvchi o‘z ishini o‘zi baholashni ham o‘rganishi kerak.Lekin “Ishingni o‘zing bahola”, deyishning o‘zi yetarlimas. Chunki sifat nima ekanini bilmagan bola sifatni qanday baholaydi?📝 Namuna:Masalan, bir o‘qituvchi yozma ish boshlanishidan oldin o‘quvchilariga to‘rtta oldingi ish namunasini beradi. Bittasi juda kuchli. Bittasi yaxshi. Bittasi o‘rtacha. Bittasi esa talabga javob bermaydi.


TRM Metodik yordam
8 сент., 14:27
#maslahat #Pedagoglar #tavsiyaBaho: u motivatsiya beradimi yoki o‘rganishga xalaqit qiladimi?🎯 Tasavvur qiling, ikki o‘quvchi nazorat ishidan “4” oldi. Birinchi o‘quvchi avval “3” olib yurgan. Uning uchun bu — katta yutuq. Ikkinchisi esa doim “5” oladi. Uning uchun “4” — muvaffaqiyatsizlik.📌 Baho bir xil. Ammo uning bola uchun ma’nosi mutlaqo boshqacha.💡 Shuning uchun bahoning o‘zi bolaning qancha o‘rganganini ham, qanchalik rivojlanganini ham har doim to‘liq ko‘rsatib bera olmaydi. Biz o‘quvchini tashqi nazorat vositalari bilan boshqarishga haddan tashqari bog‘lanib qolganmiz.⚖️ Baho ham shunday vositaga aylanishi mumkin.🎁 “5 olsang — sovg‘a bor.” 📵 “2 olsang — telefoningni olib qo‘yaman.” ⚠️ “Yaxshi o‘qimasang, ko‘rasan...”🤔 Bunday vaziyatda bolaning diqqati nimaga qaratiladi?


TRM Metodik yordam
7 сент., 12:55изменён
#Meet_up2026-2027-o‘quv yilida pedagoglarni kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish va metodik qo‘llab-quvvatlash💻 Vebinarda ishtirok etish uchun havola: https://us06web.zoom.us/launch/jc/86591466177ID: 865 9146 6177 Kod: 2026Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika


TRM Metodik yordam
6 сент., 14:14
переслано из @rtm_metodik_xizmat
#matematika_mashq_daftari✅Matematika fanidan mashq daftari o‘quvchilarning darsda olgan bilimlarini amaliy topshiriqlar orqali mustahkamlashi, mustaqil fikrlashi va masalalarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.➖Videorolikda mashq daftarining mazmuni, undan dars jarayonida va mustaqil ta’limda samarali foydalanish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berilgan.📎Videoni tomosha qiling va mashq daftaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishing!👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating! 🌐Veb-sayt
TRM Metodik yordam
4 сент., 10:58
#Bolalar_xavfsizligi #Ogoh_bola #Raqamli_xavfsizlik🌐 Internetdagi xavfsizlik qoidalariInternet — bilim olish, muloqot qilish va yangi narsalarni o‘rganish uchun katta imkoniyatlar yaratadigan qiziqarli olam. Biroq undan foydalanishda turli xavf va firibgarliklarga duch kelish mumkin.Internetdagi xavflarni tanish va shubhali vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish muhim:➖ Noma’lum ilovalarga ishonmang. Ilovani o‘rnatishdan oldin uning kim tomonidan yaratilgani, izohlari va boshqa foydalanuvchilar fikrlarini tekshirib ko‘ring.➖ Kuchli paroldan foydalaning. Parolda ism, tug‘ilgan sana yoki oson topiladigan boshqa ma’lumotlardan foydalanmang. Turli akkauntlar uchun bir xil parolni ishlatmaslikka harakat qiling.➖ Ikki bosqichli himoyani yoqing. Ushbu funksiya akkauntingizga begona shaxslarning kirishidan qo‘shimcha himoya qiladi.➖ Login, parol va tasdiqlash kodlarini boshqalar bilan
TRM Metodik yordam
2 сент., 14:05
#7_sentyabr_sindromi #metodik_yordam #ota_onalarga_maslahat“7-sentyabr sindromi”: tartib, tushunish va ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi nega muhim?Yangi o‘quv yilining dastlabki kunlaridagi hayajon o‘tgach, ayrim bolalarda charchoq, diqqatning pasayishi, kayfiyat o‘zgarishi, uyqu yoki ishtahaning buzilishi kuzatilishi mumkin.Bu holat ba’zan shartli ravishda “7-sentyabr sindromi” deb ataladi. Aslida esa bu bolaning yozgi erkin rejimdan maktab tartibiga o‘tishi va yangi yuklamalarga moslashish jarayoni bilan bog‘liq holat.🔹 Bu davrda ota-onalar nimalarga e’tibor berishi kerak?➖ Uyqu va kun tartibini barqarorlashtirish;➖ bolani dastlabki haftalarda ortiqcha mashg‘ulotlar bilan yuklamaslik;➖ ochiq havoda sayr va jismoniy faollikka vaqt ajratish;➖ uyqu oldidan gadjetlardan foydalanishni kamaytirish;
TRM Metodik yordam
2 сент., 09:51
#metodik_yordam #inklyuziv_talim“Inklyuziv muhit” nomli oʻquv uslubiy qoʻllanma ishlab chiqildiInklyuziv taʼlim tashkil etilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari, psixologlari, maxsus pedagoglari, yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi)larni metodik qoʻllab-quvvatlash maqsadida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida “Inklyuziv muhit” nomli oʻquv uslubiy qoʻllanma ishlab chiqildi.O‘quv-uslubiy qo‘llanmada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inklyuziv muhitni shakllantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, maxsus ta’limdan inklyuziv ta’limga o‘tish jarayonini tashkil etish hamda pedagogik jamoaning hamkorlikdagi faoliyati yoritilgan.Qo‘llanma 2026-yilning 5-8-avgust kunlari Samarqand shahrida tashkil etilgan “Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish: muammolar


TRM Metodik yordam
23 авг., 12:10
Ustozlar milliy forumi doirasida tashkil etilgan “O‘zbek tili” sho‘basi ma’ruzachilarining taqdimotlariMa’ruzachi: Saidaxmedova Dono Ulug‘bek qiziTaqdimot mavzusi: O‘zbek tilini o‘qitishda kommunikativ yondashuv (CLT), topshiriqqa asoslangan ta’lim (TBL) va kontentga asoslangan ta’limni (CBL) amaliyotga tatbiq etishMa’ruzachi: Bakirova Iroda YuldashevnaTaqdimot mavzusi: Davlat tilini o‘qitishda interaktiv metodlar va amaliy nutqqa yo‘naltirilgan topshiriqlarni loyihalash texnologiyalariMa’ruzachi: Ismanov QobuljonTaqdimot mavzusi: Raqamli ta’lim resurslari va sun’iy intellekt vositalaridan metodik yordam ko‘rsatishda foydalanish hamda masofaviy metodik xizmat ko‘rsatishMa’ruzachi: O‘runboyeva Umida OblaqulovnaTaqdimot mavzusi: O‘zbek tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishda KRK va KRS doirasida zamonaviy mentorlik hamda hamkorlikda o‘qitish tizimini tashkil
TRM Metodik yordam
21 авг., 10:37
Maktab sumkasining og‘irligi qancha bo‘lishi kerak?➖ 1-sinf o‘quvchilarining darsliklari og‘irligi qancha bo‘lishi kerak?➖ 1 kunlik dars soatlarida o‘quvchilar maktabga qancha og‘irlikdagi kitob va daftarlarni olib borishadi?Ko‘pchilikni qiziqtiradigan ushbu savollarga batafsil javoblar videolavhada.Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
TRM Metodik yordam
21 авг., 10:13
переслано из @rasmiy_axborot_official
❗ Va’dadan amalga: Saida Mirziyoyeva tashrifidan so‘ng Buxorodagi bog‘cha tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi👍 Buxoro tumani “Shayxoncha” mahallasida joylashgan 140 o‘rinli 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 1977 yilda qurilgan. Qariyb 50 yillik bino texnik jihatdan eskirib, bir yarim barobar yuklama bilan ishlayotgan, bolajonlar va tarbiyachilar uchun sharoitlar og‘ir ahvolga kelib qolgandi.Bir necha oy avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mazkur muassasaga tashrif buyurib, mavjud ahvolni shaxsan o‘rgangan va bog‘chani zamonaviy talablar asosida to‘liq yangilash bo‘yicha aniq topshiriqlar bergan edi.⚡️ Berilgan topshiriqlar qisqa fursatda to‘liq ijro etildi. Homiylik mablag‘lari hisobidan 10,5 milliard so‘m yo‘naltirilib,




TRM Metodik yordam
20 авг., 14:31
#Pedagoglar #Metodik_yordam #maslahat📌 Mas’uliyat: bolaga javobgarlikni qanday o‘rgatamiz?“Necha baho olding?” “Ustoz menga 2 qo‘ydi.” “Nega?” “Savollar qiyin edi.” “Ustoz meni yoqtirmaydi.” “Vaqt yetmadi.” “Boshqalar ham ishlay olmadi.”👉 E’tibor bering: bu javoblarning barchasida natijaning sababi tashqarida.Bolaga mas’uliyatni o‘rgatish — uni aybdor qilish emas. Unga o‘z hayotiga qanchalik ta’sir qila olishini ko‘rsatishdir.Bolalar nafaqat muvaffaqiyatsizliklari, muvaffaqiyatlari uchun ham mas’uliyatni his qilishlari kerak.


TRM Metodik yordam
13 авг., 05:02
#Metodik_yordam #BolalarXavfsizligi #maslahat🚨 INTIZOM MUAMMOSIDarsni "buzayotgan" bola — yomon bola emas. Bu gapni chuqur tushunish kerak.Har bir xulq ortida sabab bor. Hech kim shunchaki bekorga darsni buzmaydi.🗣 Agar bola gaplashayotgan bo‘lsa — u e’tibor izlayapti.🕊 Agar qarshilik qilayotgan bo‘lsa — u erkinlik xohlayapti.😶 Agar befarq bo‘lsa — u o‘zini muvaffaqiyatsiz his qilayapti.Lekin biz nima qilamiz?❗️ Biz jazolaymiz.


TRM Metodik yordam
12 авг., 09:46
#Metodik_yordam #BolalarXavfsizligi #maslahat📌 INTIZOM NIMA?Ko‘pchilik intizomni jazolash deb tushunadi. Lekin aslida: intizom — bu o‘rgatish.Maqsad — faqat bo‘ysunish emas, balki hayot uchun zarur ko‘nikmalarni rivojlantirish.👩🏫 O‘quvchilarga quyidagi ko‘nikmalarni o‘rgatish kerak:O‘zini anglashO‘zini boshqarishMas’uliyatli qaror qabul qilishMunosabat qurish ko‘nikmalari


TRM Metodik yordam
9 авг., 14:24
#BolalarXavfsizligi #RaqamliXavfsizlikBolalarga internetdagi har bir xabar va havola xavfsiz bo‘lavermasligini tushuntirish muhim.Noma’lum havolalarni bosmaslik, parol, telefon raqami, manzil va surat kabi shaxsiy ma’lumotlarni hech kimga yubormaslik kerak.Aziz ota-onalar, farzandlaringizga shubhali xabarlarni ochmasdan avval kattalarga ko‘rsatish, internetdan me’yorida foydalanish va ekran qarshisidagi vaqtni nazorat qilish zarurligini muntazam eslatib turing.Telefon sizni emas, siz telefonni boshqaring!© Taʼlimni rivojlantirish markaziKanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
TRM Metodik yordam
6 авг., 07:01
#Ota_onalarga #tavsiya #maslahat🎒 Farzandingiz maktabni qanday tasavvur qilmoqda?Yangi o‘quv yili yaqinlashar ekan, bolani darsga tayyorlash faqat daftar-kitob xarid qilish yoki o‘qish-yozishni takrorlashdan iborat emas.Eng muhim tayyorgarlik uning qalbida maktabga nisbatan qiziqish, ishonch va xotirjamlik uyg‘otishdir.“Yomon baho olma”, “Xato qilma” kabi gaplar bolani intizomli qilgandek tuyulishi mumkin. Aslida esa ular bolada xato qilish, savol berish va o‘z fikrini bildirishda ortiqcha ehtiyotkorlikni shakllantirishi mumkin.Farzandingizga shuni tez-tez eslatib turing:➖ “Xato qilsang ham mayli, undan saboq olamiz.”➖ “Tushunmasang, savol berishing mumkin.”➖ “Bahong qanday bo‘lishidan qat’i nazar, biz seni qo‘llab-quvvatlaymiz.”Bola maktabga qo‘rquv bilan emas, yangi bilimlar sari qiziqish bilan qadam qo‘ysin.
TRM Metodik yordam
1 авг., 10:05
#RaqamliXavfsizlik #RaqamliSalomatlik🧠 Internet muhitida emotsional va ruhiy salomatlikIjtimoiy tarmoqlardagi “ideal hayot”ni o‘zingiz bilan solishtirmang va layklar sonini qadriyat mezoni deb bilmang.Telefonni vaqti-vaqti bilan chetga qo‘yib, jonli muloqot, sport, sayr va foydali mashg‘ulotlarga vaqt ajrating.Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
