Последние посты

ToshDO‘TAU | RASMIY
22 сент., 14:51
#konferensiya⚡️ToshDO‘TAU olimlari Turkiyada o‘tkazilayotgan “UBMK_2026” xalqaro konferensiyasida o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda. Anjumanda o‘zbek kompyuter lingvistikasi, Uzcorpora va Alisher Navoiy korpusi bo‘yicha tadqiqotlar taqdim etilmoqda.🔗Batafsil👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇Telegram / Facebook / Instagram/ X
ToshDO‘TAU | RASMIY
22 сент., 14:51изменён
🗓2026-yil 24-sentabr 🕛Soat 10:00 📍 210-auditoriya (B blok) O’zbek tilshunosligi kafedrasining yig’ilishi👩🏻🎓Shukurova Matluba Xoshimovnaning “Badiiy matnda gender konsepti: lingvopoetik, lingvomadaniy, lingvokognitiv yondashuv” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilinadi.📚 Ilmiy daraja: Filologiya fanlari doktori (DSc) 🔍 Ixtisoslik: 10.00.01 – O‘zbek tili.👩🏻🏫 Ilmiy maslahatchi: f.f.d., prof. Ra’no Sayfullayeva📝Taqrizchilar: – f.f.d. prof. Hakimova Muhayyo Karimovna – f.f.d., prof. Umurzoqova Marhabo Egamberdiyevna – f.f.d., prof. Qurbonova Munavvara Abdujabbarovna🎓 Ilmiy jamoatchilik, doktorantlar va magistrlarni muhokamada faol ishtirok etishga taklif etamiz!
ToshDO‘TAU | RASMIY
22 сент., 13:25
переслано из @eduuz
#XalqaroAvtomobilsizKun22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
ToshDO‘TAU | RASMIY
22 сент., 13:25
переслано из @eduuz
#7_MilliyDasturMustaqillik — o‘z yo‘lingni tanlash imkoniyatiKimdir o‘z mahorati bilan dasturxonimizga fayz kiritadi, kimdir zamonaviy texnologiyalar orqali yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etadi. Yana kimdir ijodi, mehnati va kasbiy mahorati bilan insonlar hayotiga go‘zallik baxsh etadi.🎥 Bugun turli kasb egalarining mustaqillikning inson hayotidagi o‘rni, yaratgan imkoniyatlari va kelajak haqidagi fikrlarini tinglaymiz.🇺🇿 Mustaqil yurtimizda o‘z kasbimiz bilan kelajakni birga yaratamiz!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
ToshDO‘TAU | RASMIY
22 сент., 08:52изменён
#tabrik #iftixor🖌 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilganining 10 yilligi munosabati bilan Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan videolavha tayyorlandi. Mazkur videolavhada universitetimizning 10 yillik qutlug‘ sanasi, ta’lim va ilm-fan yo‘nalishidagi faoliyati hamda universitet hayotiga oid lavhalar aks etgan.Universitetimizda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Xorijiy tillarni o‘qitish va o‘rganish, talabalarning til kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro ta’lim makoniga integratsiyalashuvini ta’minlash universitet faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.________________________________________🖋 To commemorate the 10th
ToshDO‘TAU | RASMIY
21 сент., 04:02
#OAVda_biz📑 "Yangi O'zbekiston" gazetasining 2026-yil 20-sentyabrdagi 195-sonida universitetimiz professori, O'zbek tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi mudiri Saodat Muhamedovaning "O'zbek alifbosi islohoti" sarlavhali maqolasi chop etildi.🗞 Maqolani oʻqish👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇Telegram / Facebook / Instagram/ X
ToshDO‘TAU | RASMIY
21 сент., 03:58
#OAV_biz_haqimizda📑 Qashqadaryo viloyatining ma'rifiy nashri "Xazina" gazetasining 2026-yil 15-sentyabrdagi 17-sonida universitetimiz haqida "Alisher Navoiy dorilfununi" sarlavhali maqola chop etildi. Unda universitetimizning mamlakat ma'naviy-ma'rifiy hayotidagi roli, buyuk mutafakkir nomining bu universitetga berilishi bilan bog'liq mantiqiy uzviylik haqida so'z boradi🗞 Maqolani oʻqish👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇Telegram / Facebook / Instagram/ X
ToshDO‘TAU | RASMIY
20 сент., 07:51
переслано из @shmirziyoyev
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz. — Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
ToshDO‘TAU | RASMIY
20 сент., 07:02
#Yutuq🏅ToshDO‘TAUning Kompyuter lingvistikasi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Mohinur Shukurullayeva “Uzbekistan Digital Inclusion Project” doirasidagi “AI & Machine Learning Fundamentals” dasturini muvaffaqiyatli tamomlab, “Student Learning Segmentation” loyihasi bilan tanlov g‘olibi bo‘ldi.🔗Batafsil👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇Telegram / Facebook / Instagram/ X
ToshDO‘TAU | RASMIY
19 сент., 23:46
переслано из @eduuz
#rasmiy_xabarKontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.Bu muddat:• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar; • oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar; • oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
ToshDO‘TAU | RASMIY
19 сент., 11:05изменён
2026-yil 25-sentabr 🕛 Soat 11:00 📍 210-auditoriya (B blok)Oʻzbek tilshunosligi hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi qoʻshma yigʻilishida👩🏫Muhsinjonova Shirinoy Asliddin qizining “Devonu lug‘otit-turk” asarida oziq-ovqat nomlari va ularning hozirgi o‘zbek tilida voqelanishi” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilinadi.📚 Ilmiy daraja: Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)🔍 Ixtisoslik: 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik👨🏫 Ilmiy rahbar: f.f.d., prof. Hamidulla Dadaboyev📝 Taqrizchilar: f.f.d., prof. Nishonboy Husanov f.f.f.d. dots. Mushtariy Xolmuradova🎓 Ilmiy jamoatchilik, doktorantlar va magistrlarni muhokamada faol ishtirok etishga taklif etamiz!
ToshDO‘TAU | RASMIY
19 сент., 06:44
переслано из @shmirziyoyev
Prezidentimiz “Pearson” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan texnikumda bo‘ldi. — Президент нашей страны посетил техникум, в котором внедрена международная программа Pearson.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
ToshDO‘TAU | RASMIY
18 сент., 16:05
#Mahorat_darsiToshDO‘TAU professori, filologiya fanlari doktori Zulxumor Xolmanova hamda Kastamonu universiteti dotsenti, PhD Mustafa Said Arslan ishtirokida “Tilning ijtimoiy tabiati” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Binar ma’ruzada til va jamiyat munosabati, tillarning ijtimoiy maqomi hamda Turkiyada o‘zbek tilini o‘qitish tajribasi yuzasidan fikr almashildi.🔗Batafsil👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇Telegram / Facebook / Instagram/ X
ToshDO‘TAU | RASMIY
18 сент., 13:28
🗓 2026-yil 24-sentabr 🕙Soat 10:30 📍309-auditoriya (B blok)Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasining yig’ilishida:👩🏼🎓 Bekmuratova Shohsanam Muxtorbek qizining “Ingliz va o’zbek maqollari tarjimasida vatanparvarlik konsepti ifodalanishi” mavzusidagi filologiya fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi bo’lib o’tadi📚Ilmiy daraja: Filologiya fanlar bo’yicha falsafa doktori(PhD)🔍Ixtisosligi: 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik.👩🏫Ilmiy rahbar: f.f.d.,prof. Ziyoda Teshaboyeva📝 Taqrizchilar: -f.f.f.d.,dots. Sabohat Qahhorova -f.f.d.,dots Gulnoz MamarasulovaIlmiy jamoatchilik,doktorantlar va magistrantlarni ushbu ilmiy muhokamada faol ishtirok etishga taklif etamiz!
ToshDO‘TAU | RASMIY
18 сент., 11:42изменён
#giyohvandlikka_qarshimizAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Yoshlar ittifoqi va “Yosh targ‘ibotchilar guruhi” tomonidan yoshlar taqdiriga daxldor muhim masalaga e’tibor qaratilmoqda.❗️Giyohvandlik insonning nafaqat sog‘lig‘ini, balki sha’ni, ishonchi va kelajagini ham yemiradi. Bir noto‘g‘ri qadam esa ortga qaytmas iz qoldirishi mumkin. 🎥 Ushbu video orqali yoshlarni befarq bo‘lmaslikka, har bir tanlovining oqibatini anglab yashashga chorlaymiz. 💪 Mustahkam iroda — eng katta qalqon. 📌 Hayotingiz yo‘lini ham, taqdiringiz natijasini ham o‘zingiz belgilaysiz. Barchasi o‘z qo‘lingizda.👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇Telegram / Facebook / Instagram/ X
ToshDO‘TAU | RASMIY
18 сент., 11:29
переслано из @eduuz
#Qonunchilik_yangiliklar❗️ Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiHukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.📌 Chegirma davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.❌ Chegirma: ▪️ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlarida; ▪️ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida ; ▪️qo‘shimcha va
ToshDO‘TAU | RASMIY
18 сент., 10:37
#yoshlar_kuni #kelajak_soati🤝 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etildi.📹 Video reportaj👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇Telegram / Facebook / Instagram/ X
ToshDO‘TAU | RASMIY
18 сент., 06:56
#Uchrashuv🤝Universitetda “Hayot” jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, o‘zbek tilini raqamlashtirish va til.uz elektron platformasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar folklor va shevalarga oid materiallarni raqamlashtirish, ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.🔗Batafsil👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇Telegram / Facebook / Instagram/ X
ToshDO‘TAU | RASMIY
18 сент., 04:09
#oav_biz_haqimizda🎓 Universitetimiz tashkil etilganiga 10 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan ona tilimiz, milliy adabiyotimiz va ijodkor ziyolilarga davlat rahbari darajasida ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, shuningdek, o‘tgan o‘n yil davomida ta’lim va ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlar haqida “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan maxsus ko‘rsatuv tayyorlandi.👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇Telegram / Facebook / Instagram/ X
ToshDO‘TAU | RASMIY
17 сент., 09:57
2026-yil 21-sentyabr 🕛 Soat 11:00 📍 322-auditoriya (A blok)O'zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik hamda Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedralari qo'shma yig’ilishida👨🎓 Yakubov Odil Isaxanovichning "Oybek asarlarini ilmiy-biografik o‘rganish muammosi” mavzusidagi dissertațsiyasi muhokama qilinadi.📚Ilmiy daraja: Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)🔍Ixtisoslik: 10.00.14 - XX asr o'zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon👩🏫 Ilmiy rahbar: f.f.d., prof. v.b. Tozagul Matyoqubova📝Taqrizchilar: - f.f.d., prof. v.b. Gulbahor Ashurova - f.f.n., prof. Abdulla Ulug'ov🎓 Ilmiy jamoatchilik, doktorantlar va magistrantlarni muhokamada faol ishtirok etishga taklif etamiz!
