Последние посты

Tuproqqal'a.uz
22 сент., 12:32
переслано из @sshmirziyoyeva
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное




Tuproqqal'a.uz
22 сент., 12:31
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
Tuproqqal'a.uz
22 сент., 08:03
переслано из @uztelecompress
#SAYYOR_QABUL🔺 Hurmatli Tuproqqal'a tumani aholisi!📆 2026-yil 23-sentabr kuni soat 11:00 da Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumani “Muhabbat” mahallasi, Mustaqillik ko‘chasi 1-uy manzilida “O‘zbektelekom” AK Shimoliy filiali rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.✅ Sayyor qabul davomida “O‘zbektelekom” AK faoliyatiga oid murojaatlari, taklif va muammolari qabul qilinadi Barcha fuqarolarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz.Bu sayyor qabulda quyidagi masalalar yuzasidan o'z savollaringizga javob olishingiz mumkin: ➖Internet xizmati; ➖Mobil aloqa; ➖Telekommunikatsiya; faoliyati yuzasidan muammo va o‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa ;✅ Shu bilan birga, o‘z fikr-mulohaza va takliflaringizni bildirish, mavjud muammolarni bevosita muhokama qilish


Tuproqqal'a.uz
21 сент., 10:03
🗣Hurmatli fuqarolar!Tuproqqal'a tuman hokimi hamda tarmoqlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlarining hafta davomida o‘tkaziladigan fuqarolar qabuli kunlari bilan tanishing. Qabul jarayonlarida aholini qiynab kelayotgan masalalar, taklif va murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.⏺️Quyidagi grafik orqali qabul kunlari va mas’ullar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.👉@tuproqqala_uz


Tuproqqal'a.uz
21 сент., 08:16
🚀 Tuproqqal'ada yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!Bugun Tuproqqal'a tumanidagi 1-son texnikumda Xalq banki tashabbusi bilan "Mini texnologiyalar yarmarkasi" tashkil etildi.Yarmarkada bank tomonidan ixcham texnologiyalar va daromadli, tayyor biznes loyihalar namoyish etildi. Bu o'z ishlab chiqarishini va shaxsiy biznesini yo'lga qo'yish istagidagi shijoatli yoshlarimiz uchun ayni muddao bo'ldi.Tadbirda yoshlar uskunalar ishi bilan tanishib, tadbirkorlikni boshlash hamda imtiyozli kreditlar olish bo'yicha bank mutaxassislaridan kerakli maslahatlar olishdi.👉@tuproqqala_uzSayt | Facebook | Instagram | YouTube




Tuproqqal'a.uz
19 сент., 07:35изменён
Amudaryo sohillarida o‘z biznesingizni yo‘lga qo‘ying! 🌊💼Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani, “Sharlauq” MFY hududida joylashgan istiqbolli yer maydonlari ijara huquqi asosida elektron auksion savdolariga chiqarildi.Ushbu yer maydonlarida 10 yil muddatga ijara huquqi asosida zamonaviy turistik xizmatlar ko‘rsatish maskanlarini tashkil etish yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish loyihalarini amalga oshirishingiz mumkin. Savdolar “E-auksion” elektron platformasi orqali shaffof va ochiq tarzda o‘tkazilmoqda.Barcha lotlar bu yerdaHar bir muvaffaqiyatli biznes to‘g‘ri vaqtda qabul qilingan jur’atli qarordan boshlanadi. Suv bo‘yidagi xushmanzara hududda o‘z g‘oyalaringizni hayotga tatbiq eting, ertangi daromadingiz va biznesingiz poydevorini bugundan quring. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermay, savdolarda ishtirok eting! 🚀✨👉@tuproqqala_uzSayt | Facebook | Instagram |


Tuproqqal'a.uz
19 сент., 05:04
Tuproqqalʼa tumanida bronza davriga oid qabriston aniqlandiXorazm Maʼmun akademiyasi arxeologik ekspeditsiyasining dala tadqiqotlari davomida Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani hududida ilgari nomalum boʻlgan, dastlabki maʼlumotlarga koʻra bronza davriga mansub qabriston topildi. Yodgorlik hududida toshdan qurilgan, yashiksimon shakldagi 19 ta qabr roʻyxatga olindi.Batafsil👉@tuproqqala_uzSayt | Facebook | Instagram | YouTube




Tuproqqal'a.uz
19 сент., 04:48
🇺🇿 Tuproqqal'ada Sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildiBugun yoshlar kuni munosabati bilan Tuproqqal'a tumanida sportchi yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.Unda Xorazm viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Nodira Djumaniyazova tuman sportchi yoshlari bilan uchrashib, yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Shuningdek, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va javoblar berildi.




Tuproqqal'a.uz
17 сент., 09:53изменён
IJTIMOIY HIMOYAIjtimoiy xizmatlar — fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar.🎬 Tuproqqalʼa tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga qollab-quvvatlash va ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar haqida batafsil — videoda.
Tuproqqal'a.uz
17 сент., 06:26изменён
Endi kompyuterlarda ham virus tarqalmoqda!Xorazm viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshish kurashish boshqarmasi yurtdoshlarimizni kompyuter qurilmalarini zararlovchi yangi dasturiy virus to‘g‘risida ogohlantiradi.👉@tuproqqala_uz
Tuproqqal'a.uz
16 сент., 15:55
переслано из @xorazm_uz_rasmiy
🏛️ Yirik buyurtmachilar bilan yangi kooperatsiya imkoniyati: “Milliy sanoat zanjiri” JizzaxdaMahsulotingizni avtomobilsozlik sanoatining yirik korxonalariga taklif qilmoqchimisiz? Yoki ushbu tarmoq uchun yangi mahsulot va butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapsizmi?29–30-sentabr kunlari Jizzax shahrida avtomobilsozlik sanoati yo‘nalishidagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.“Milliy sanoat zanjiri” — mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik buyurtmachilar bilan bevosita bog‘lash, ularning real xarid ehtiyojlarini tadbirkorlarga yetkazish va yangi kooperatsiya loyihalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi amaliy platforma.📈 Oldingi ko‘rgazmalar buning amaliy natijasini ko‘rsatdi.Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida qayd


Tuproqqal'a.uz
16 сент., 11:18изменён
📌 IJTIMOIY HIMOYAGA AJRATILAYOTGAN MABLAG‘LAR NAZORAT QILINDITuman Kengashi deputati S. Allayarov tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi xodimlari bilan birgalikda aholining ijtimoiy himoyasi uchun ajratilayotgan mablag‘larning belgilangan tartib va manzillilik asosida yetkazilishini nazorat-tahlil doirasida o‘rgandi.🔹 O‘rganish davomida ajratilayotgan mablag‘larning belgilangan maqsadga yo‘naltirilishi, ularni fuqarolarga o‘z vaqtida va manzilli yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.🔹 Shuningdek, mablag‘lardan samarali foydalanish hamda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.


Tuproqqal'a.uz
15 сент., 17:28
Tuproqqal'ada kambag‘allikni qisqartirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindiYig‘ilishning mantiqiy davomida tumanda kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish kabi eng dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.Xususan, yangi investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish, yangi obyektlarni ishga tushirish orqali odamlarni doimiy ish bilan ta'minlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, bo‘sh turgan binolardan unumli foydalanib, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish muhimligi ta'kidlandi.Aholi bandligini ta'minlashda Davlatimiz rahbarining PF-193-sonli farmoni ijrosiga alohida e'tibor qaratildi. Fuqarolarga o‘z biznesini boshlashi uchun imtiyozli kreditlar ajratish masalalari chuqur tahlil qilindi.Maqsad bitta — Tuproqqal'ada har bir oila o‘zining mustahkam daromad manbaiga ega bo‘lishi kerak!👉@tuproqqala_uzSayt | Facebook | Instagram | YouTube




Tuproqqal'a.uz
15 сент., 17:28
Tuproqqal’ani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari tanqidiy ko‘rib chiqildi 🏢Bugun Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Davletov raisligida Tuproqqal'a tumanini har tomonlama rivojlantirish choralariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. 📊Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzod Berdiyev so‘zga chiqib, tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini batafsil tahlil qildi.Xususan, maktab va bog‘chalarda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sog‘liqni saqlash muassasalaridagi bugungi holat tanqidiy o‘rganildi.Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga aniq muddatli vazifalar belgilandi.👉@tuproqqala_uzSayt | Facebook | Instagram | YouTube




Tuproqqal'a.uz
15 сент., 11:10изменён
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:📌Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi;📌Koreya biznesi O‘zbekistonda shunchaki faoliyat yuritishga emas, balki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirishga investitsiya kiritishga taklif qilindi;📌Maqsad – O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy ishlab chiqarish, texnologik va eksport maydonlaridan biriga aylantirish;📌Mamlakatimizda muhim minerallar sohasida yaqin yillarda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 120 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan;📌O‘zbekistonning tabiiy resurslari,


Tuproqqal'a.uz
15 сент., 04:56
Tuproqqal’ada "Sog‘lom hayot uchun 5 000 qadam" aksiyasi bo‘lib o‘tdi! 🏃♂️✨Bugun tumanda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida ommaviy yurish aksiyasi tashkil etildi. Tadbirda korxona va tashkilot rahbarlari, harbiy xizmatchilar, nuroniylar, sportchilar hamda faol yoshlar bir tanu bir jon bo‘lib ishtirok etishdi. 🤝🏛Aksiya qatnashchilari o‘z shaxsiy namunalari bilan barchani faol hayot kechirishga va salomatlikka e'tiborli bo‘lishga chaqirishdi. 💪🌿Sog‘lom turmush tarzi — salomatlik garovi! Har kuni harakatda bo‘ling! 🚶♀️🚴♂️👉@tuproqqala_uzSayt | Facebook | Instagram | YouTube




Tuproqqal'a.uz
14 сент., 15:35
💼 Ўзбекистонда бизнесни рўйхатга олиш тадбири ўтказиладиЎзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 10 сентябрдаги ПФ–190-сон Фармонига мувофиқ, мамлакатимизда 15 октябрдан 30 ноябрга қадар бизнесни рўйхатга олиш тадбири ўтказилади.Рўйхатга олишнинг асосий мақсади мамлакатда амалда фаолият юритаётган иқтисодий бирликлар, уларнинг фаолият йўналишлари, бандлик ҳолати ва асосий иқтисодий кўрсаткичлари тўғрисида ишончли статистик маълумотларни шакллантиришдан иборат.Тадбир доирасида юридик шахслар, якка тартибдаги тадбиркорлар, ўзини ўзи банд қилган шахслар, деҳқон хўжаликлари, ҳунармандлар, оилавий тадбиркорлар, нодавлат нотижорат ташкилотлари ҳамда рўйхатдан ўтмасдан фаолият юритаётган иқтисодий бирликлар қамраб олинади.Маълумотлар респондент тоифасига қараб, рўйхатга олувчилар томонидан планшет қурилмалари ёрдамида юзма-юз сўров асосида ёки интернет орқали мустақил равишда
Tuproqqal'a.uz
14 сент., 06:13
🗣Hurmatli fuqarolar!Tuproqqal'a tuman hokimi hamda tarmoqlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlarining hafta davomida o‘tkaziladigan fuqarolar qabuli kunlari bilan tanishing. Qabul jarayonlarida aholini qiynab kelayotgan masalalar, taklif va murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.⏺️Quyidagi grafik orqali qabul kunlari va mas’ullar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.👉@tuproqqala_uz


Tuproqqal'a.uz
12 сент., 15:10
переслано из @xorazm_fvb
#Brifing📶◀️ “Yong‘indan ogohlik — umummilliy kampaniyasi oyligi” doirasida Tuproqqal'a tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Elyor Rahimov ishtirokidagi brifing!Boshqa yangiliklar👇 Sayt| Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Tuproqqal'a.uz
5 сент., 05:46
📢 E’LON! Fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda ularning murojaatlarini o‘rganish maqsadida: 🗓 2026-yil 6-sentyabr, yakshanba kuni ⏰ soat 10:00 dan 13:00 gacha 📍 Tuproqqal'a tumani Obod mahalla fuqarolar yig'ini binosida1,440Открыть в Telegram
