gram news
Аватар канала Turan Security

Turan Security

@turansecurity

Turan Security Information Security services provider founded by heavily experienced guys | turansec.uz www.instagram.com/turan.security www.linkedin.com/company/turansecurity Aloqa uchun: @turan_admin , info@turansec.uz

ПроектыUZТехнологии

2,550подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Turan Security

    1 сент., 17:19изменён

    😎Turan Security Xavfsizlik Byulleteni — Proxmox VE 7.4 Authentication BypassXavf darajasi: KritikProxmox Virtual Environment (PVE) 7.4 muhitlarida autentifikatsiyani chetlab o‘tishga imkon berishi mumkin bo‘lgan zaiflik haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.Mazkur zaiflik muvaffaqiyatli ekspluatatsiya qilingan taqdirda, hujumchiga autentifikatsiyasiz Proxmox boshqaruv interfeysiga kirish va virtualizatsiya infratuzilmasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatish imkonini berishi mumkin.Ayniqsa, Proxmox boshqaruv interfeysi Internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq bo‘lgan tashkilotlar ushbu holatga alohida e’tibor qaratishi lozim.Tavsiyalar:1. Proxmox VE versiyangizni zudlik bilan tekshiring. 2. PVE 7.4 ishlayotgan tizimlarni imkon qadar tezroq qo‘llab-quvvatlanadigan va xavfsiz versiyaga yangilang. 3. Proxmox boshqaruv interfeysini Internetga bevosita ochiq
    1,98014311Открыть в Telegram
  • Turan Security

    25 авг., 09:39изменён

    ☠️Turansecurity xavfsizlik byulleteni — Keycloak CVE-2026-18963 Zaiflik darajasi : KritikParolni tiklash orqali autentifikatsiyasiz hisob egallash. Darhol yangilang yoki vaqtinchalik chorani qo'llang.Keycloak'ning reset-credentialsdagi kritik zaiflik (CVE-2026-18963, CVSS 9.1) autentifikatsiyasi istalgan foydalanuvchi (shu jumladan administratorlar) uchun parol tiklashni yakunlash va yangi parol o'rnatish imkonini beradi. Pochtadagi havolani bosish shart emas. Autentifikatsiya talab qilinmaydi, foydalanuvchi ishtiroki kerak emas, MFA yordam bermaydi. Sabab: holat tekshiruvining noto'g'ri amalga oshirilishi (CWE-640). Hozircha ekspluatatsiya kodi tarqalmagan, lekin CVE tasdiqlangan.Ta'sirlangan versiyalar 26.7.2, 26.6.6 va 26.4.15 (LTS) dan oldingi barcha. Qo'llab-quvvatlanmaydigan tarmoqlar (26.5, 26.3 va eskilar) tuzatilmaydi va yangilanmaguncha
    1,9901285Открыть в Telegram
  • Turan Security

    15 авг., 17:52

    переслано из @oqdoppi_uzbekistan

    🚀 Oqdoppi platformasida yangi dasturlar e’lon qilindi!Sizlar uchun yana bir ajoyib yangiligimiz bor. Oqdoppi bug bounty platformasi yangi dasturlar bilan kengayishda davom etmoqda.Platformada quyidagi dasturlar o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda:🔹 DOMO.uz — O‘zbekistonda elektr, gaz, suv, chiqindi, internet va boshqa uy-joy bilan bog‘liq xizmatlarni yagona platforma orqali boshqarish va to‘lash imkonini beruvchi mobil platforma. 🔹 ishGO.uz — ish beruvchilar va ish izlovchilarni yagona tizimda bog‘lovchi, O‘zbekistondagi ish qidirish va xodim yollash platformasi. 🔹 pDaftar.uz — kichik va o‘rta biznes uchun nasiya savdosini raqamlashtirishga xizmat qiluvchi fintech platforma. 🔹 AIBA.uz — bizneslar uchun sun’iy intellekt asosida moliyaviy va biznes boshqaruviga yordam beruvchi platforma.Sizdan ethical tarzda ishlab zaifliklarni aniqlash va mas’uliyatli tarzda xabar qilishingizni
    1,7001532Открыть в Telegram
  • Turan Security

    14 авг., 13:54

    Xabaringiz bor, Turan Security kiberxavfsizlik tashkiloti rasmiy CNA sifatidagi faoliyatini 2026-yil mart oyida boshlagan.Ushbu davr mobaynida biz kiberxavfsizlik tadqiqotchilari va dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilari bilan yaqindan hamkorlik qilib, CVE dasturi talablari asosida mas'uliyatli zaifliklarni oshkor etish (Responsible Vulnerability Disclosure) jarayonini qo‘llab-quvvatladik hamda 204 ta CVE (Common Vulnerabilities and Exposures)ni muvaffaqiyatli e'lon qildik.Avgust oyida katta sakrash kuzatildi. Oyning dastlabki 13 kunida TuranSec CNA tomonidan 172 ta CVE e'lon qilingan. Bu ko'rsatkich jahondagi IBM, Red Hat, Microsoft kabi 534 ta CNA tashkilotlari orasida TOP-10 ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi - havolaTushunishingiz uchun bundan 2 yil oldin ham CVE bo'yicha tadqiqotchilar bir nechtani tashkil etardi. Oxirgi 6 oy ichida 50 dan ortiq mahalliy kiberxavfsizlik
    3,5102376Открыть в Telegram
  • Turan Security

    21 июл., 06:25изменён

    🧿 WordPressda 9.8 reytingdagi jiddiy zaiflik aniqlandi (CVE-2026-63030)!Agar veb-saytingiz WordPress CMS platformasida bo'lsa, zudlik bilan chora ko'ring! WordPress tizimi va REST API mexanizmidagi jiddiy zaiflik sabab hujumchi hech qanday qo'shimcha ma'lumotlarsiz (masalan, login-parol) serverga masofadan buzib kirishi mumkin (RCE).Zaiflik WordPress 6.9.x (6.9.5 gacha) va 7.0.x (7.0.2 gacha) versiyalarida mavjud.Nima qilish kerak? Saytni WordPress 7.0.2 yoki 6.9.5 versiyasiga zudlik bilan yangilash, WAF va REST API so'rovlari loglarini tekshirish va /wp-content/uploads/ da yangi .php fayllar mavjud emasligini tekshirish kerak.@turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz
    2,62018744Открыть в Telegram
  • Turan Security

    6 июл., 18:01изменён

    🎉 Tarmoq Asoslari kursi rasman boshlandi!😎Turan Security YouTube kanalida ko'pchilik kutgan Tarmoq Asoslari kursining ilk darsi e'lon qilindi!Internet qanday ishlaydi? IP, MAC, Router, Switch, DNS, TCP/IP, Subnetting va boshqa muhim tarmoq tushunchalarini 0 dan boshlab amaliy misollar bilan o'rganasiz.💻 Agar siz Cyber Security, System Administration, DevOps yoki Networking sohasiga kirishni rejalashtiryotgan bo'lsangiz, aynan shu kurs siz uchun mustahkam poydevor bo'ladi.⭐️ Kanalga obuna bo'ling va yangi darslarni birinchilardan bo'lib o’rganing!🎬 YouTube: Turan Security 🚀 Telegram: @turansecurity🚀 Bugun boshlang, ertaga esa kuchli mutaxassis
    3,46018661Открыть в Telegram
  • Turan Security

    28 июн., 18:08изменён

    😎 Yangi darslar Turan Securityning YouTube kanalida!😎 Turan Security YouTube kanalida yangi darslar e'lon qilindi:🛡 Information Security (InfoSec) – Axborot xavfsizligi asoslari, tahdidlar va himoyalanish usullari. 🌐 Web Pentesting – Veb-ilovalardagi zaifliklarni aniqlash, Burp Suite bilan ishlash va amaliy pentest jarayonlari. 🤒 Linux Administrator- Linux tizimlarini o’rganish.1️⃣ Darslar o‘zbek tilida. 2️⃣ Boshlovchilar va tajribali foydalanuvchilar uchun mos. 3️⃣ Nazariya va amaliyot birgalikda.⭐️ Hoziroq videolarni tomosha qiling, kanalga obuna bo‘ling va yangi darslarni
    5,30014121Открыть в Telegram
  • Turan Security

    27 июн., 09:27

    🔴 Red Team: Infratuzilma va Active DirectorySiz Active Directory bilan ishlashni bilasiz. Lekin uni qanday buzishlarinichi?Ushbu kurs davomida haqiqiy xakerning yo'lini bosib o'tasiz — oddiy foydalanuvchidan Domain Admin darajasigacha: 3 oylik o'quv dasturi tarkibida:🐧 Linux Privilege Escalation — SUID, Cron, Kernel exploits 🪟 Windows PE — DLL hijacking, Token impersonation, GodPotato 🎯 AD-hujumlar — BloodHound, Kerberoasting, DCSync, Pass-the-Hash 🕸 Lateral Movement — WMI, LOLBins, MITRE ATT&CK metodologiyasi asosida haqiqiy hujum usullariKurs yakunida — to'liq hujum bosqichlari: PE → Lateral Movement → Domain Admin yordamida amaliyot o'tkaziladi va hisobot yoziladi.🤝 Turan Security bilan hamkorlikda📍 Toshkent · Oflayn 📅 Boshlanish sanasi: 6-iyul 👥 Guruhga 10 nafargacha o'quvchi qabul qilinadi · Til: o'zbek
    3,38019431Открыть в Telegram
  • Turan Security

    27 мая, 05:07изменён

    Qurbon Hayiti- samimiy niyat,ezgu amallar alohida qadr topadigan davr. Qurbon Hayit bayrami muborak bo‘lsin!Qurbon Hayit — bu avvalo uyning mehri, yaqinlarga g‘amxo‘rlik va avlodlarni birlashtiruvchi ezgu an’analar yanada qadrlanadigan muborak ayyomdir. Ushbu bayram kunlari oilalaringizga qalb osoyishtaligi, diydor quvonchi, samimiy tabassumlar va chinakam fayz-u baraka olib kelsin. Har bir xonadonda tinchlik, farovonlik va hamjihatlik hukm sursin.@turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz
    4,680видео1194Открыть в Telegram
  • Turan Security

    18 мая, 06:51

    Toshkentda kiberxavfsizlik, sun'iy intellekt va bulutli texnologiyalar bo'yicha xalqaro konferensiya🗓 21-may | Soat 9:30 da boshlanadi 📍 Uztelecom ofisi, Mo'minov ko'chasi, 4/2Uztelecom va Code IB ushbu xalqaro konferensiyaga IT va axborot xavfsizligi mutaxassislarini, shuningdek, biznes vakillarini taklif qiladi.Dastur uchta tematik yo'nalishni o'z ichiga oladi: 🔐 Kiberxavfsizlik 🌐 Sun'iy intellekt ☁️ Bulutli texnologiyalar📶 Nima uchun ishtirok etish kerak? — Eng yaxshi amaliyotlar va real hayotdagi holatlar — Bozor yetakchilari tajribasi — Biznes barqarorligi va samaradorligi uchun texnologiyalar — Professionallar bilan aloqalar🔗 Oldindan
    4,790117321Открыть в Telegram
  • Turan Security

    9 мая, 10:11

    Xotirani asrab-avaylash, faxriylarga g‘amxo‘rlik va hurmat ko‘rsatish, keksalarimizni ardoqlash,avlodlarimizni tinchlik, insonparvarlik va shukronalik ruhida tarbiyalash – bizning burchimiz. Vatanimiz ozod va obod bo'lsin.🕊Har bir xonadonda tinchlik-xotirjamlik hukm surib, bizga musaffo osmon ostida yashash imkonini bergan insonlar jasoratiga hurmat tuyg‘usi doimo bardavom bo‘lsin.☠️Xotira va qadrlash kuni bilan azizlar !@turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz
    3,260видео10531Открыть в Telegram
  • Turan Security

    30 апр., 18:56

    30-aprel kuni Cyber University va Turan Security hamkorligida CUTF CTF final bosqichi bo‘lib o‘tdi 🌐🎆Final bosqichiga saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 9 ta jamoa yo‘l oldi. Ishtirokchilar real kiberxavfsizlikka yaqin vazifalarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi — zaifliklarni aniqlash, ekspluatatsiya qilish va turli holatlarni tahlil qilish orqali bellashishdi.Dastur davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, yangi tanishuvlar orttirish va professional muhitda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.✨Musobaqa yakuniga ko‘ra:✨G‘olib jamoalar aniqlanib, mukofotlar topshirildi ✨Barcha ishtirokchilar uchun amaliy tajriba va yangi bilimlar berildi ✨Kiberxavfsizlik
    4,52019152Открыть в Telegram
  • Turan Security

    25 апр., 18:28

    🔥 Team1337 JAMOAMIZ — AITU CTF 2026 XALQARO MUSOBAQA G'OLIBI!Kompaniyamiz mutaxassislari kiberxavfsizlik yo‘nalishida yana bir yirik xalqaro musobaqada g‘alabani qo‘lga kiritdi.🇰🇿 24–25-aprel kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida o‘tkazilgan AITU CTF 2026 musobaqasining final bosqichida Team1337 jamoamiz Rossiya 🇷🇺, Qozog‘iston 🇰🇿, Janubiy Koreya 🇰🇷, Mo‘g‘iliston 🇲🇳, Yaponiya 🇯🇵 va boshqa davlatlardan kelgan TOP-20 jamoa orasidan faxrli 1-o‘rinni egallab, musobaqa chempioniga aylandi.Jamoa a'zolari tadbir doirasida o'tkazilgan GeoGusser musobaqasida 2-o'rinni qo'lga kiritdi.Mazkur musobaqa Astana IT University hamda FR13NDS TEAM tomonidan tashkil etildi. Tashkilotchilarga yuqori saviyada o‘tkazilgan
    7,43058299Открыть в Telegram
  • Turan Security

    23 апр., 06:43

    переслано из @inha_uz

    From a graduate of Inha University in Tashkent to a founder of Turan SecurityOur graduate, Akmal Sodiqov, is currently the founder of Turan Security — one of the leading cybersecurity companies in Uzbekistan.In this video, he shares his experience of his student life and how studying at Inha shaped him as a leader.Inha is the start that opens the door to great opportunities! ➖➖➖ Toshkent shahridagi Inha Universiteti bitiruvchisidan — Turan Security kompaniyasi asoschisigachaBizning bitiruvchimiz Akmal Sodiqov hozirda O‘zbekistondagi yetakchi kiberxavfsizlik kompaniyalaridan biri — Turan Security asoschisi hisoblanadi.Ushbu videoda u o‘zining talabalik davri va Inha Universitetida tahsil olish uni yetakchi sifatida shakllanishida qanday muhim ro‘l o‘ynagani haqida bo‘lishdi.Inha
    2,170видео44185Открыть в Telegram
  • Turan Security

    15 апр., 13:16изменён

    💻CUTS CTF 2026!Turan Security kiberxavfsizlik tashkiloti tomonidan sovrin jamg‘armasi 50 mln so'm bo'lgan navbatdagi yirik CTF musobaqasiga start berilmoqda!Kiberxavfsizlik sohasida o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni amalda sinab ko‘rish uchun juda zo'r imkoniyat!Ushbu musobaqa Cyber University davlat universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Kiberxavfsizlik sohasi bo'yicha amaliyot qidirib yurgan barcha talabalarni kiberpoligonda ishtirok etishga taklif qilamiz.🎯Musobaqa bosqichlari: Saralash bosqichi onlayn tarzda 2026-yil 18-aprel kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha davom etadi. Final bosqichi esa oflayn formatda 2026-yil 30-aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha o‘tkaziladi.Saralashdan eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP-10 jamoa final bosqichiga yo‘l oladi.🧾Ro'yxatdan
    8,060видео31193Открыть в Telegram
  • Turan Security

    31 мар., 11:29

    Kiberxavfsizlik bo'yicha seminar-trening!O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvida belgilangan vazifalar doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarining kiberxavfsizlik sohasidagi amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida sohadagi yetakchi kompaniya mutaxassislari bilan seminar-trening tashkil etildi.Tadbirda kompaniyamiz vakillari ham o‘zlarining amaliy tajribalari va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar.Akmaljon Sodiqov - Turan Security asoschisi: 📌 CNA nima? Kiberxavfsizlikda o'qib pul ishlash mumkinmi? Yoldoshali Esonaliyev - Team Lead: 📌 Web ilovalar xavfsizligi. Abdumutal Abdumutalov - Team Lead: 📌 Android ilovalari xavfsizligida statik tahlil usullari.Seminar yakunida universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.@tur
    3,6201572Открыть в Telegram
  • Turan Security

    21 мар., 17:51изменён

    🇺🇿 O‘zbekistonda ilk Bug Bounty platformasi — Oq Doppi Prezidentimiz tomonidan belgilangan 2030-yilgacha kiberxavfsizlikni rivojlantirish strategiyasiga muvofiq, mamlakatimizda axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlash va zaifliklarni oldindan aniqlash muhim vazifalardan biridir. Shu yo‘nalishda TuranSecurity tomonidan O‘zbekistonda birinchi Bug Bounty platformasi — Oq Doppi ishga tushirildi.🔎 Bug Bounty nima? Bu kompaniyalarga o‘z tizimlaridagi xavfsizlik zaifliklarini mustaqil va professional ethical (white hat) mutaxassislar yordamida aniqlash imkonini beradigan zamonaviy yondashuvdir. Natijada muammolar erta bosqichda aniqlanadi va xavflar oldi olinadi.🎩 Nega “Oq Doppi”? “White hat hacker” — tizimlarni himoya qilish uchun ishlaydigan mutaxassislarni anglatadi. “Oq Doppi” esa ushbu tushunchaning milliy talqini bo‘lib, ishonch, himoya va mas’uliyat ramzidir.🤝 Siz uchun
    7,1705062Открыть в Telegram
  • Turan Security

    20 мар., 02:29изменён

    🌙 Turan Security jamoasi Barchangizni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy qutlaydi!Hurmatli yurtdoshlar, Ushbu muqaddas va fayzli ayyomda Sizga hamda yaqinlaringizga sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik va baraka tilaymiz. Barcha ezgu orzu va niyatlaringiz ijobat bo‘lsin.✨ Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!@turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz
    3,010видео1783Открыть в Telegram
  • Turan Security

    8 мар., 09:54изменён

    🌸 8-MART - Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak!Barcha mu'tabar onajonilarimizni, mehribon opa-singillarimizni, go'zallikda tengsiz qizlarimizni xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklaymiz!Har qanday jamiyatning haqiqiy kuchi ayollar irodasi, sabr-toqati va donogligida mujassamlashgan.Har bir xavfsiz uy, barkamol avlod onalarimizning mehnati va muhabbati bilan quriladi.Sizlarga mustahkam sog'liq, oilaviy baxt va umringiz bahordek gullab-yashnashini tilaymiz! 🌷@turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz
    2,7501665Открыть в Telegram
  • Turan Security

    4 мар., 07:03изменён

    Markaziy Osiyo kiberxavfsizlik tarixida yangi bosqich Turan Security kompaniyasi rasmiy ravishda CVE Numbering Authority (CNA) maqomini oldi.Bu degani, Turan Security endi aniqlangan xavfsizlik zaifliklari uchun CVE identifikatorlarini berish vakolatiga ega bo‘ldi va shu orqali Markaziy Osiyodagi birinchi CNA tashkilotiga aylandi. CVE (Common Vulnerabilities and Exposures) — butun dunyo bo‘yicha xavfsizlik zaifliklarini yagona identifikatsiya qilish tizimi bo‘lib, unga qo‘shilish katta ishonch va mas’uliyatni anglatadi.Endilikda Turan Security:- yangi zaifliklarni aniqlaydi - ularni tekshiradi - va ularga rasmiy CVE ID biriktiradiShu orqali global vulnerability disclosure jarayoniga o‘z hissasini qo‘shadi.Bu natija jamoamizning professional mehnati va Markaziy Osiyoda kiberxavfsizlikni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarining natijasidir.Batafsil https://cve.org/Media/Ne
    6,0106791Открыть в Telegram