Последние посты

UNESCO Uzbekistan
22 сент., 13:26
переслано из @npu_uz
Kompetensiyaga asoslangan pedagogik amaliyot modeli taqdim etildi⚡️YUNESKO bilan hamkorlikda tashkil etilan SmartEd loyihasi doirasida pedagogik amaliyotni takomillashtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.😄 Tadbir davomida O‘zbekiston uchun ishlab chiqilgan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan 4+2 tartibidagi pedagogik amaliyot modeli taqdim etildi.Model talabaning universitetda olgan nazariy bilimlarini maktabdagi amaliy faoliyati bilan uzviy bog‘lash, pedagogik ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirishga qaratilgan.✅ Shuningdek, xalqaro ekspert Eleyn Sharplin boshchiligida pedagogik amaliyot yo‘nalishda universitetimiz va 12 ta pedagogika oliygohlari mutaxassislari, shuningdek, ularga biriktirilgan maktab o‘qituvchilari ishtirokida mashg'ulotlar tashkil etiladi.Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube
UNESCO Uzbekistan
22 сент., 09:39
переслано из @hunarmand_uyushmasi
ÖZBEK MİLLİ KUMAŞI ATLAS🇹🇷Özbekistan’ın Margilan kentinde 7.Uluslararası Atlas Festivali düzenlendi...🇺🇿Marg‘ilon shahrida VII Xalqaro atlas festivali bo‘lib o‘tdi...✅ Faсebook| ✅ Instagram ✅ Youtube | ✅ Murojaat yo'llash
UNESCO Uzbekistan
22 сент., 07:26изменён
📹 Atlas Bayrami festivali doirasida Marg‘ilon shahar tarixi muzeyida tashkil etilgan "To'qimachilik san'ati: an'analar muloqoti" xalqaro an'anaviy to'qimachilik ko'rgazmasi va "O'zbekiston hunarmandchiligi: barhayot an'analar" foto ko‘rgazmasining ochilish marosimidan lavhalar.___📹 Highlights from the Opening of the International Traditional Textiles Exhibition "The Language of Textiles: Traditions in Dialogue" and the Photo Exhibition "Crafts of Uzbekistan: A Living Tradition" in Margilan City History Museum within the Atlas Bayrami Festival#YUNESKO #AtlasBayrami #EU4Education #EU4UZ #Margilon #ToqimachilikMerosi #Hunarmandchilik #MadaniyAloqalar #Festival📱 Instagram | 📱 Facebook |📱 Website
UNESCO Uzbekistan
21 сент., 17:51изменён
ENGLISHAtlas Bayrami to‘qimachilik merosi, ijodkorlik va hunarmandchilik tantanasi bilan yakunlandi“Atlas Bayrami” VII Xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali 19-sentabr kuni Marg‘ilonda o‘z nihoyasiga yetib, uch kun davom etgan madaniy almashinuv, ijodkorlik va to‘qimachilik merosiga bag‘ishlangan tadbirlarni yakunladi.📌 Festivalning so‘nggi kunida hunarmandchilik yarmarkalari, folklor chiqishlari va an’anaviy tomoshalar tashkil etildi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar “To'qimachilik san'ati: an'analar muloqoti" xalqaro an'anaviy to'qimachilik ko'rgazmasi va "O'zbekiston hunarmandchiligi: barhayot an'analar" fotoko‘rgazmasi bilan tanishib, an’anaviy hunarmandchilikning boyligi va rang-barangligini kashf etdilar.🎉 Festival gala-konsert va yopilish marosimi bilan yakunlanib, unda ishtirokchilar to‘qimachilik an’analarini asrab-avaylash va targ‘ib etishga qo‘shgan hissalari
UNESCO Uzbekistan
21 сент., 14:02
ENGLISH✨ Atlas Bayrami yorqin lahzalari: Xalqaro moda namoyishi va ekspertlar muloqotlariVII Xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali Atlas Bayramining ikkinchi kuni Marg‘ilonni yana bir bor madaniyat, hunarmandchilik va ijodkorlik markaziga aylantirdi.📌 18-sentabr kungi dastur festival ishtirokchilari va mehmonlarini turli qiziqarli tadbirlar orqali birlashtirdi. Kun davomida tashkil etilgan hunarmandchilik yarmarkalari, folklor chiqishlari va dorbozlar tomoshalari festival maydoniga o‘ziga xos bayramona muhit bag‘ishladi.💬 Xalqaro konferensiyaning navbatdagi sessiyasi, “An’anaviy to‘qimachilik ijodiy industriyalarning muhim yo‘nalishi sifatida” mavzusiga bag‘ishlanib, unda ekspertlar va amaliyotchilar sohadagi dolzarb tendensiyalar hamda istiqbollar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, kun davomida Marg‘ilon Hunarmandchilik markazida Yagona xomashyo logistika markazining
UNESCO Uzbekistan
19 сент., 08:10
ENGLISH17-sentabr kuni Marg‘ilonda VII Xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali “Atlas Bayrami” rasman boshlandi.Festivalning ilk kuni an’anaviy to‘qimachilik merosi, hunarmandchilik va zamonaviy ijodkorlikni o‘zida mujassam etgan mazmunli tadbirlar hamda fikr almashuvlarga boy bo‘ldi.🔸 Kun davomida ishtirokchilar va mehmonlar festivalning ochilish marosimi, an’anaviy to‘qimachilikning kreativ industriyalardagi o‘rniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya hamda qator mahorat darslarida qatnashdilar.🔹 Hunarmandchilik yarmarkalari va xalq tomoshalari esa hududning boy madaniy an’analarini namoyon etib, festival maydonlariga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.Kunning yorqin voqealaridan biri innovatsion dizayn bo‘yicha mentorlik dasturi doirasida tashkil etilgan moda namoyishi bo‘lib, u an’anaviy bilim va zamonaviy dizayn bir-birini qanday ilhomlantirishi mumkinligini namoyish etdi.✨ Atl
UNESCO Uzbekistan
19 сент., 02:49
переслано из @uzbektourismofficial
#Fergana #Margilan #Atlas_bayrami #festivalFarg‘ona viloyatining qadimiy va hamisha navqiron Marg‘ilon shahrida milliy hunarmandchilik, an’anaviy to‘qimachilik va etno-dizayn sohasidagi muhim xalqaro tadbir — xalqaro “Atlas bayrami” festivali boshlandi.Festival doirasida Marg‘ilon shahridagi “Vodiy gavhari” — “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida “Atlas bayrami»ning tantanali ochilish marosimi hamda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, hunarmandchilik yarmarkasi, xalq sayillari va tomoshalari, jumladan, askiya va dorbozlik chiqishlari o‘tkazilmoqda.Tadbirlar dasturidan «An’anaviy to‘qimachilik — kreativ industriyaning muhim segmenti» mavzusidagi xalqaro konferensiya, an’anaviy to‘qimachilik va gilamdo‘zlik bo‘yicha mahorat darslari, shuningdek, innovatsion dizayn bo‘yicha mentorlik dasturi doirasidagi moda namoyishi ham o‘rin olgan.
