Последние посты

O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
8 сент., 11:55изменён
TADBIRKORLAR UCHUN XUSHXABAR! Soliq qarzini yil oxirigacha yopganlar penya to‘lamaydiPrezidentning PF–175-sonli farmoni bilan kichik va o‘rta biznes uchun “Ikkinchi imkon” iqtisodiy amnistiyasi eʼlon qilindi.Yangi tartibga ko‘ra:✅ 1 sentyabrgacha yuzaga kelgan soliq qarzi 31 dekabrgacha to‘liq yopilsa, penya bekor qilinib, ijro ishlari tugatiladi.⏳ “Ikkinchi imkon” iqtisodiy amnistiyasidan foydalanishning oxirgi kuni — 2026 yil 31 dekabr.Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
7 сент., 11:53
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik❓Qaysi bank ilovasida Uzkard kartasidan boshqa bank Uzkard kartasiga pulni foizsiz o‘tkazish mumkin?Javob: Hozirda kartadan – kartaga foizsiz pul o‘tkazish mumkin bo‘lgan bank ilovalari bilan tanishing:🏦 ASIA ALLIANCE BANKning "Alliance Pay" ilovasida bir oyda 10 million so‘mgacha;🏦 Open bank ilovasidan - bir oyda 6 million so‘mgacha;🏦 BRB ilovasida bir oyda 5 million so‘mgacha;🏦 MK bankning "Mavrid" ilovasida - bir oyda 5 million so‘mgacha;🏦 Hamkorbankning "Hamkor" ilovasidan - bir oyda 5 million so‘mgacha;🏦 Davr bankning "Davr Mobile" ilovasidan - bir oyda 3,5 million so‘mgacha;
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
4 сент., 06:10изменён
2026 yilning birinchi yarim yilida O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan jami 115,9 mlrd so‘mlik imtiyozli taʼlim kreditlari ajratildi.Ushbu kreditlardan 8 946 nafar talaba foydalandi.Ajratilgan mablag‘larning asosiy qismi — 89,4 mlrd so‘m yoki umumiy hajmning 77,1 foizi — talaba qizlarga berilgan foizsiz taʼlim kreditlariga to‘g‘ri keldi. Foizli taʼlim kreditlari bo‘yicha esa banklar tomonidan 26,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.Eng ko‘p taʼlim krediti Xalq banki tomonidan ajratilgan. Bank 3 386 nafar talabaga 42,4 mlrd so‘m miqdorida kredit bergan. Keyingi o‘rinlarda:🔹 Agrobank — 1 726 nafar talabaga 21,4 mlrd so‘m; 🔹 Biznesni rivojlantirish banki — 1 296 nafar talabaga 14,9 mlrd so‘m; 🔹 O‘zsanoatqurilishbank — 678 nafar talabaga 12,6 mlrd so‘m; 🔹 O‘zmilliybank — 862 nafar talabaga 10,1 mlrd so‘m; 🔹 Hamkorbank — 385 nafar talabaga 6,1 mlrd so‘m.Asakabank, Aloqabank,
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
3 сент., 09:10изменён
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladiPrezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.📉 Yil boshida Respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foiz bo‘lib, ehtiyojmand aholi soni 2,2 mln nafarni tashkil etgan. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 mln nafarga tushgan.🔹 49 ta tuman va 3 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanmoqda. Biroq 159 ta tuman va shahar hamda 5 536 ta mahallada natijalar yetarli emasligi qayd etildi.🔹 O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trln so‘m resurs ajratilgan. Ammo kreditlar samaradorligi hududlar kesimida bir xil emas.🔹 Hududlarda tashkil etilgan 86 mingta kichik korxonaning 15 mingtasi faoliyatini to‘xtatgan. Bank kreditidan foydalanib, biznesini yo‘lga qo‘ya olmagan 62 ming nafar aholi qarzini qaytarishda2,930Открыть в Telegram
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
3 сент., 07:38изменён
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqdaKredit ajratishda byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, to‘lov muddati va grafiklarini biznes turiga moslashtirish belgilandi.Shuningdek, oilaviy va yoshlar tadbirkorligi uchun imtiyozli kreditlarni boshqarish vakolati tuman shtablariga beriladi.💰 Mavjud resurslar: ✔️ oilaviy tadbirkorlik uchun — 1,37 trln so‘m; ✔️ yoshlar tadbirkorligi uchun — 450 mlrd so‘m.🤝 Lider tadbirkor: ✔️ 10 ta oila bilan hamkorlik qilsa — 500 mln so‘mgacha; ✔️ 100 ta oila bilan ishlasa — 5 mlrd so‘mgacha garovsiz kredit olishi mumkin.Tuman shtablari kredit miqdori, ajratish
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
2 сент., 12:12
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik❓Qaysi bankda yuqori foizli valyutada omonatlari ochish mumkin?Javob: Hozirda Respublikada faoliyat yuritayotgan 34 ta bankdan 26 tasida valyutada omonat ochish mumkin. Muddati 36 oygacha.💵 Valyutadagi eng yuqori foizli omonatlar berayotgan banklar:🏦 Poytaxt Bank— 9 % 📞 (+99871)-214-20-00;🏦 Universal bank – 8,5 % 📞1355🏦 GarantBank – 8% 📞 1326🏦 Hayotbank – 8 % 📞 1320;
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
31 авг., 04:40изменён
O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaydiMustaqillik — xalqimizning buyuk qadriyati, erkin va farovon hayotimiz, tinchligimiz va yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev:Yangi O‘zbekistonning eng katta natijasi, bu o‘zgargan inson, o‘z kuchiga ishongan fuqaro, ertangi kunga daxldorligini his qilayotgan jamiyatdir! deya ta'kidlamaydilar.Bugun O‘zbekiston yangi taraqqiyot bosqichida dadil qadamlar bilan ildamlab, iqtisodiyotning barcha sohalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirmoqda. Mamlakatimiz bank-moliya tizimi ham ushbu jarayonlarda muhim o‘rin tutib, iqtisodiy o‘sish, tadbirkorlik va aholi farovonligini taʼminlashga munosib hissa qo‘shmoqda.O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni yana
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
31 авг., 04:39

O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
28 авг., 06:53изменён
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasining bir guruh xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.Mazkur yuksak eʼtirof mustaqillik yillarida mamlakatimiz bank-moliya tizimini takomillashtirish, zamonaviy moliyaviy xizmatlarni joriy etish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini oshirish hamda iqtisodiyot barqarorligini taʼminlash yo‘lida mehnat qilib kelayotgan soha vakillariga bildirilgan yuksak ishonch va ehtiromning yorqin ifodasidir.Assotsiatsiya jamoasi taqdirlangan hamkasblarini ushbu yuksak eʼtirof bilan samimiy muborakbod etadi va ularga mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, bank-moliya tizimi ravnaqi hamda xalqimiz farovonligi yo‘lidagi masʼuliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
28 авг., 06:53

O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
27 авг., 12:48изменён
✍️ “Vatanning obro‘si — bizning obro‘yimiz”: Amerikadagi 500 vatandoshdan Prezidentga maktub keldiAQSH va Kanadada yashayotgan 500 nafar o‘zbekistonlik Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llab, Yangi O‘zbekistondagi o‘zgarishlar va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalayotganini alohida eʼtirof etdi.Murojaatda so‘nggi yillarda davlatning ochiqligi, xorijdagi vatandoshlar bilan munosabat mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani, ular bilan muloqot qilish, fikrini eshitish va Vatan bilan aloqalarini mustahkamlashga katta eʼtibor qaratilayotgani qayd etilgan.🇺🇸🇺🇿 Ayniqsa, O‘zbekiston va AQSH munosabatlarining yangi bosqichga ko‘tarilayotgani vatandoshlarda katta umid uyg‘otayotgani taʼkidlangan. Ular Prezident Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan bo‘lajak bevosita va ishonchli muloqoti, oliy darajadagi uchrashuvlar, shuningdek, AQSH hukumati, Kongressi va ishbilarmon
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
26 авг., 09:22изменён
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik❓Imtiyozli taʼlim kreditini qaysi bankdan olsa bo'ladi?Javob: Imtiyozli taʼlim kreditini ajratayotgan banklar bilan tanishing:🏦 Agrobank – 1216;🏦 Asakabank – 1152;🏦 Aloqabank—(+99871)-230-7777;🏦 BRB – 1254;🏦 MKbank 1285;🏦Hamkorbank — 1256;🏦 O‘zSQB 1180;
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
26 авг., 09:04изменён
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimida ishtirok etib, xalqni bayram bilan tabrikladi.– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi, – dedi Prezident.Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani taʼkidlandi.So‘nggi o‘n yilda:✔️mamlakat iqtisodiyoti 2,5 barobardan ziyod o‘sdi; ✔️O‘zbekistonga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kiritildi; ✔️Joriy yilda YAIM 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda; ✔️5,7 million doimiy ish o‘rni yaratildi; ✔️Yangi maktab,
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
26 авг., 09:03

O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
24 авг., 09:18изменён
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi (UBA) hamda AlHuda Islomiy Bank ishi va Iqtisodiyot Markazi (CIBE) hamkorligida “Islomiy darchalar uchun islomiy bank mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy etish – Murobaha, Mudaraba, Salam va Istisno” mavzusida 3 kunlik ixtisoslashtirilgan o‘quv seminari tashkil etiladi.📅 14–16 sentabr 2026-yil 📍 Toshkent shahri, O‘zbekiston banklari AssotsiatsiyasiSeminarda:🔹 Islomiy darcha operatsion modeli 🔹 Murobaha moliyalashtirish 🔹 Mudaraba 🔹 Salam moliyalashtirish 🔹 Istisno moliyalashtirish 🔹 Mahsulotlarni Shariat nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish va tasdiqlash 🔹 Hujjatlashtirish va bank operatsiyalariga amaliy joriy etish masalalari ko‘rib chiqiladi.O‘quv seminari haqida batafsil ma’lumot: www.alhudacibe.com/diibp2026/Ro‘yxatdan o‘tish uchun: AlHuda Islomiy Bank ishi va Iqtisodiyot Markazi (CIBE) 📧 Email: zaib.nisa@alhudacibe.com
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
20 авг., 09:39
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamkorligida “MASTER AI” MCHJ tomonidan bank sohasida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan munozara sessiyasi o‘tkazildi.Tadbirda Xitoydagi sunʼiy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalar tajribasi, LLM (katta til modellari), ML (mashinali o‘qitish) hamda AGI (umumiy sunʼiy intellekt) yo‘nalishlaridagi ilg‘or ishlanmalar taqdim etildi.Munozara davomida bank sektorini raqamli transformatsiya qilish, moliyaviy xizmatlarda inson omilini kamaytirish, raqamli yechimlarni amaliyotga joriy etish va banklarning texnologik rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.Tadbir yakunida bank sohasida zamonaviy sunʼiy intellekt yechimlaridan foydalanish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
19 авг., 12:51изменён
Uyni «rassrochka»ga sotib olish taqiqlanmaydiMuddatli to‘lov xizmatlariga oid yangi talablardan keyin ko‘pchilikda «Endi uyni bo‘lib to‘lashga sotib olib bo‘lmaydimi?» degan savol paydo bo‘ldi.Adliya vazirligi bu bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirish berdi. Prezidentning 2026 yil 14 avgustdagi PQ–294-son qarori uy-joyni quruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri “rassrochka”ga olishni taqiqlamaydi.Yaʼni gap uy-joyni umuman bo‘lib to‘lashga sotish haqida emas, balki vositachi operator orqali ko‘chmas mulkni “rassrochka”ga rasmiylashtirish haqida ketmoqda.Agar quruvchi o‘z uy-joyini xaridorga bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartida sotsa, bu holat muddatli to‘lov operatori xizmati hisoblanmaydi.Shu bois, uy-joyni quruvchining o‘zidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri “rassrochka”ga sotib olish imkoniyati saqlanib qoladi.✅ Demak, quruvchi ↔️ xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri «rassrochka» savdosi mumkin.
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
18 авг., 10:52
Tadbirkorlarga kredit olishda yangi imkoniyatlar yaratiladiPrezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim yangiliklar maʼlum qilindi.Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi.🔵 Biznes uchun kredit portfeli so‘nggi besh yilda qariyb 3 baravar oshib, 450 trln so‘mga yetdi.🔵Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
18 авг., 06:55изменён
# Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti:Banklar kredit portfelida kichik biznes ulushi 45 foizdan 63 foizga oshdi. Birinchi yarim yillikning o‘zida kichik va o‘rta biznesga 76,5 trillion so‘m resurs ajratildi.Yaqinda “kredit xizmatlari yagona raqamli portali” ishga tushdi. Tadbirkor bitta ariza beradi, banklar esa mijoz uchun raqobat qiladi, biznesni endi boshlayotganlar 5 milliard so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirishi mumkin boʻladi.“Biznes start” doirasida tadbirkorlar sunʼiy intellekt yordamida loyiha, kredit hujjatlari va hisobot yuritishni o‘rganadi. Bu maqsadga 100 milliard so‘m ajratilib, tayyor biznes-reja va 200 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.– Tadbirkorga kredit berish emas, uni birinchi qadamidan katta biznesga aylangunicha boshidan oxirigacha qoʻllab-quvvatlaydigan kompleks tizim yaratamiz, – dedi davlatimiz rahbari.
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
17 авг., 12:22
✔️ O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik❓ Qaysi bankdan UZCARD Kids ochsa bo‘ladi?Javob: Hozirda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 34 ta tijorat bankidan 13 tasida UZCARD Kids bolalar kartasini rasmiylashtirish mumkin.🏦 Agrobank – 1216; 🏦 Anorbank – 1290; 🏦 ASIA ALLIANCE BANK – 1270; 🏦 Aloqabank—(+99871)-230-7777; 🏦 BRВ– 1254; 🏦 Ipoteka-bank – 1233; 🏦 GarantBank – 1326; 🏦 MKbank – 1285; 🏦 Kapitalbank – 1340; 🏦 Poytaxt Bank—(+99871)-214-20-00;
