gram news
Аватар канала UBS Namangan | Rasmiy kanal

UBS Namangan | Rasmiy kanal

@ubsnamanganrasmiy

“University of Business and Science”ning Namangan shahri kampuslari ijtimoiy hayoti va faoliyati rasmiy kanali. Onlayn murojaatlar uchun bot: @ubsuzbekistan_bot Murojaat uchun: +998555202626

ПроектыUZОбразование

4,770подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    22 сент., 14:30

    🤍 FOUNDER MODE: G‘OYADAN REAL BIZNESGACHAYaxshi g‘oya — bu faqat boshlanishi. Uni real muammoga bog‘lash, o‘z mijozini topish va ishlaydigan biznes modelga aylantirish esa startapning eng muhim bosqichidir.Startup Garage va UBS hamkorligida tashkil etilayotgan seminar-treningda siz g‘oyangizni shunchaki o‘ylab qolmasdan, uni biznesga aylantirish uchun zarur bo‘lgan ilk amaliy qadamlarni o‘rganasiz.Trening davomida: ▫️ g‘oyani to‘g‘ri shakllantirish; ▫️ mijoz va uning haqiqiy muammosini aniqlash; ▫️ dastlabki biznes modelni ishlab chiqish; ▫️ startapni boshlash uchun keyingi qadamlarni belgilashni o‘rganasiz.🤍25-sentabr, juma 🤍11:00
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    22 сент., 14:14

    🤩 Kelajak haqida 100 marta eshitgandan, uni 1 marta ko‘rgan afzalUBS talabalari ICT Week-2026 ishtirokchisiga aylanib, raqamli kelajak yo‘nalishini belgilayotgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yechim va istiqbolli startaplar muhitiga sho‘ng‘ish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.🤩 Bu kabi tadbirlarning afzalligi — boshqalarning yutuqlari yangi innovatsion g‘oyalarga sabab bo‘lishida.Zero, bugun texnologik o‘zgarishlarni yaqindan kuzatayotgan yoshlar ertaga ularning yaratuvchisiga aylanishadi.👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching!UBS Namangan rasmiy sahifalari: 😊Telegram | 😊Instagram |😊ubsu.uz
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    22 сент., 07:33

    🤩 Toma-toma ko‘l bo‘lur: o‘zbek xalq maqollarining UBScha talqinini chiqarish vaqti keldi (mi)?Xalq donishmandligi asrlar sinovidan o‘tgan. Ammo UBS talabalari sinovidan o‘tishi kerakligini ota-bobolarimiz hisobga olmaganga o‘xshaydi.💡 Ogohlantiramiz, bu videodan keyin ayrim maqollarning asl variantlari esdan chiqa boshlashi mumkin.🌚 Siz qaysi o‘zbek xalq maqolini UBScha talqin qilgan bo‘lardingiz? O‘z variantingizni Instagram sahifamiz izohlarida yozib qoldiring.👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching!UBS Namangan rasmiy sahifalari: 😊Telegram | 😊Instagram |😊ubsu.uz
    960видео82111Открыть в Telegram
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    22 сент., 04:59

    🎁 Sevimli asaringiz muallifi bilan uchrashsangiz, undan nimalarni so‘rardingiz?Asar g‘oyasi qanday tug‘ilgani haqidami? Qahramon taqdiri nega aynan shunday kechgani haqidami? Yoki kitob sahifalariga sig‘may qolgan fikr va hikoyalar haqida?24-sentyabr kuni UBSda adiba Adolat Xusanova bilan ijodiy uchrashuv hamda uning “Qo‘shig‘imda yashayman” va “Qalbim ardog‘i” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tadi.📘 Bu — asarlar bilan jonli muloqot orqali yaqindan tanishish, ularning yaratilish tarixini muallifning o‘zidan eshitish va, albatta, boshida tilga olganimiz o‘sha savolni bevosita unga berish imkoniyati.📅 24-sentyabr, payshanba ⏰ 10:00 📍 UBS HospitalUchrashuvga o‘z savolingiz bilan keling. Ehtimol, aynan sizning
    9923111Открыть в Telegram
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    21 сент., 13:40

    🤩 UBS. Eng katta orzular shu maskanda ro‘yobga chiqadi​Universitet ostonasidan xatlab o‘tgan har bir yoshning o‘z yo‘li bor: kimdir iqtisodiyotni rivojlantirib, biznes barpo etsa, kimdir yangi avlodga ustozlik qiladi, yana kimdir oq xalat kiyib, o‘zini insonlar hayotini asrashga bag‘ishlaydi.University of Business and Science ushbu turfa yo‘llarni yagona maqsad atrofida birlashtirib, har bir talabaning orzularini mustahkam bilim, yuksak professionalizm va qat’iyatga aylantiradi.🤩 ​Rektor Dilshodjon Xolmatov alohida ta’kidlaganidek, talabalik yillari shunchaki diplom uchun berilmaydi.Bu davr — yetuk shaxs bo‘lib shakllanish, keng fikrlashni o‘rganish hamda o‘z mehnati va bilimi bilan oilasi, xalqi va butun yurt tayanchiga aylanadigan mutaxassis bo‘lib yetishish fursatidir.​Bugundan boshlab UBS
    1,900видео4111Открыть в Telegram
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    21 сент., 09:53

    переслано из @ubsuzbekistan

    ➕ Shifokor tayyorlash — ertangi tibbiyot uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish demakdirPrezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasiga yaqinda amalga oshirgan tashrifi mamlakatimiz tibbiy ta’limi oldidagi muhim vazifani yana bir bor belgilab berdi: zamonaviy shifokor nafaqat chuqur bilimga, balki mustahkam amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, ilg‘or texnologiyalar bilan ishlay olishi va doimiy kasbiy rivojlanishga tayyor turishi zarur.Qoraqalpog‘istonda tashkil etilgan mazkur akademiya ta’lim, ilm-fan va tibbiyot amaliyotini yagona tizimda birlashtirib, minglab tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, klinik ordinatorlarni tayyorlash hamda xalqaro standartlar asosida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan tibbiyot kadrlarini tayyorlashda
    1,0105111Открыть в Telegram
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    21 сент., 04:32

    переслано из @ubs_hospitali

    🩺 UBS Hospitalda xalqaro ilmiy-amaliy darslarAyni damda UBS Hospitalda hindistonlik mutaxassis doktor Ahmad Mir boshchiligida Farg‘ona vodiysining gastroenterolog shifokorlari ishtirokida ilmiy-amaliy darslar bo‘lib o‘tmoqda.📚 Dars mavzulari:— “Liver Transplantation and Its Complications” Jigar transplantatsiyasi va uning asoratlari— “What’s New in Endoscopy?” Endoskopiyadagi eng so‘nggi yangiliklarMashg‘ulotlar davomida jigar transplantatsiyasi, undan keyingi asoratlar, endoskopiya sohasidagi zamonaviy yangiliklar hamda ilg‘or diagnostika va davolash usullari bo‘yicha bilim va tajribalar almashilmoqda.UBS Hospital — xalqaro tajriba va zamonaviy tibbiyot uyg‘unligi!📞 +998 95 517 25 25 📞 +998 95 517 26 26✈️ Telegram | 🔹 Instagram
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    20 сент., 07:12

    переслано из @ubs_hospitali

    Ayni damda UBS Hospitalda hindistonlik doktor Ahmad Mir boshchiligida Farg‘ona vodiysining gastroenterolog shifokorlari ishtirokida “Liver Transplantation and Its Complications” — “Jigar transplantatsiyasi va uning asoratlari” mavzusida ilmiy-amaliy dars bo‘lib o‘tmoqda. 🩺📚
    1,420511Открыть в Telegram
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    20 сент., 07:12

    переслано из @ubs_hospitali

  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    19 сент., 13:22

    👍👍👍👍👍👍💊Shifokor bo‘lish orzusi yengilmas kuchga aylanadigan maskan: UBS Hospitalga xush kelibsiz!Shifokor bo‘lish — shunchaki diplom olish emas, inson hayotini asrashdek muqaddas burchga qasamyod qilish demakdir.University of Business and Science dargohida tibbiyot sari yo‘l shunchaki darsliklar bilan cheklanmay, ko‘p tarmoqli UBS Hospital klinikasi, zamonaviy simulyatsiya markazlari hamda amaliyotchi ustozlar ilk kunlardanoq talabalarda harakatlar aniqligi, teran fikrlash va qasamyodga cheksiz sadoqatni shakllantiradi.1-kurs talabalari va ularning ota-onalari bilan o‘tgan tantanali uchrashuvda rektor Dilshodjon Xolmatov yoshlarga xalqimiz
    1,640видео32211Открыть в Telegram
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    19 сент., 11:33

    переслано из @ubsuzbekistan

    📸 Ular yulduz bo‘lib tug‘ilgan!University of Business and Science talabalarning ijodkorligi, media ko‘nikmalari va universitet hayotini talaba nigohi orqali yoritish maqsadida “Mening 1 kunim” VLOG TANLOVIni e'lon qiladi.😍 Ishtirok etish uchun:😍 UBSdagi bir kuningiz haqida kreativ VLOG suratga oling; 😍 videoni o‘z Instagram sahifangizda Reels formatida joylang; 😍 postda UBSning rasmiy Instagram sahifasi @ubs.uz ni belgilang; 😍 videoda #Mening1Kunim va #UBS heshteglaridan foydalaning.😍 Eng yaxshi 3 ta VLOG muallifi bilan video UBSning asosiy sahifasida "collab" formatida e’lon qilinadi va g‘oliblar UBS Student Media Team safiga qo‘shilish
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    19 сент., 08:44

    переслано из @ubsuzbekistan

    👍👍👍👍 👍👍👍👍 💎 Yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘yicha qayta imtihon Hurmatli talabalar! 2026-yil 21-sentyabr kuni Yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘yicha qayta imtihonlar tashkil etiladi. Qayta imtihonda ishtirok etishi belgilangan talabalar quyida berilgan
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    19 сент., 08:44

    переслано из @ubsuzbekistan

    👍👍👍👍 👍👍👍👍💎 Yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘yicha qayta imtihonHurmatli talabalar!2026-yil 21-sentyabr kuni Yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘yicha qayta imtihonlar tashkil etiladi.Qayta imtihonda ishtirok etishi belgilangan talabalar quyida berilgan ro‘yxat asosida belgilangan vaqtdan 10 daqiqa oldin imtihon o‘tkaziladigan joyga yetib kelishlari so‘raladi.💎 Barcha talabalarga muvaffaqiyat tilaymiz!🏛UBS bilan ilmga yo‘l oching!Rasmiy sahifalarimiz: 😊Telegram |
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    18 сент., 12:51

    переслано из @ubs_hospitali

    🎓 UBS ta’lim muhiti Oliy Majlis Senati qo‘mita raisi Odiljon Mamatkarimov nigohidaUniversity of Business and Sciencega tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Mamatkarimov yaqinda tashkil qilingan universitet klinikasi hamda UBSning moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishib, bo‘lajak mutaxassislarning amaliy tayyorgarligi uchun yaratilgan imkoniyatlarni batafsil o‘rganib chiqdi.🎓 Tanishuv davomida universitet klinikasining imkoniyatlari, o‘quv infratuzilmasi hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar namoyish etildi.Mazkur imkoniyatlar talabalarga kasbiy bilimlarni auditoriyada egallab, amaliyotda puxta mustahkamlash uchun ham xizmat qiladi.📌 Yetuk mutaxassislarni tayyorlash faqat
    1,3604111Открыть в Telegram
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    18 сент., 11:53

    👍👍👍👍👍♥️ Milliy liboslar — bu muzey eksponati emas. Ular UBSliklar hayotining bir qismiBugun UBS Iqtisodiyot fakulteti talabalari odatdagi kostyumlar o'rniga 2000 yildan ziyod tarixga ega shoxi atlas-u beqasamlarda yal-yal yonib, ko‘zni quvontirdilar.🌸 Beqasam qadim Buyuk ipak yo'li davrida Farg'ona vodiysida yaralgan bo‘lib, dastlab faqat shox-u xonzodalar kiyimi hisoblangan.Bugungi kunda u xon-atlas, adras va shohi bilan birga asrlar davomida avloddan-avlodga o'tib kelayotgan maxsus texnologiya asosida faqat qo‘lda to‘qiladi. Matodagi naqshlar ham bejiz emas: dono ajdodlarimiz vertikal chiziqlar bilan tartib va muvozanatni ifodalashgan.
    1,880511Открыть в Telegram
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    17 сент., 18:46

    👍👍👍👍✏️ Yoshlar tashabbusidan tortib xavfsizlik masalalarigacha: UBSda rahbarlar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdiTalabalarning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqiy savodxonligi va xavfsizligi, shuningdek, ularning taklif va tashabbuslari UBSda tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasidagi ochiq va mazmunli muloqotning asosiy mavzulariga aylandi.Muloqotda UBS Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektori F. Asqarov, Namangan viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik A. G‘afurov hamda Namangan shahar IIB boshlig‘i, polkovnik I. Sotvoldiyev ishtirok etib, talabalarni qiziqtirgan masalalarni ular bilan bevosita muhokama qildilar.
    1,7203111Открыть в Telegram
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    17 сент., 13:17

    переслано из @ubsuzbekistan

    👍👍👍👍👍🤩 Yoshlar va rahbariyat: kelajakni belgilaydigan muloqotUBSda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” formatidagi ochiq muloqot tashkil etilib, unda Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Mamatkarimov, UBS rektori Dilshodjon Xolmatov hamda universitet talabalari ishtirok etdilar.Bevosita muloqot davomida yoshlar o‘z fikrlarini bildirish, ularni qiziqtirayotgan masalalarni o‘rtaga tashlash va rahbarlarning bu boradagi pozitsiyasini ochiq suhbat orqali eshitish imkoniga ega bo‘ldilar.📎 Zero, yangi avlodga daxldor masalalar yuzasidan muloqot yoshlarning o‘zlari uning bevosita ishtirokchisiga
    1,3504111Открыть в Telegram
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    17 сент., 09:47

    🥌 Sog‘lom avlod — kuchli kelajak poydevoriNamangan viloyati hokimligi tashabbusi bilan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida tashkil etilgan mega-marafonda University of Business and Sciencening Sport faoliyati yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalari munosib ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzi va faol hayot qadriyatlarini qo‘llab-quvvatladilar.Sport nafaqat jismoniy kuch va bardoshlilikni, balki intizom, mas’uliyat va sog‘lom hayotga ongli munosabatni shakllantirgani bois yoshlarni zararli odatlardan yiroq bo‘lib, faol hayot tarzini tanlashga undaydi.👍 UBS har tomonlama barkamol avlodni shakllantirishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni doim qo‘llab-quvvatlaydi.UBS Namangan rasmiy sahifalari: 😊Telegram | 😊Instagram |
    1,6502211Открыть в Telegram
  • UBS Namangan | Rasmiy kanal

    16 сент., 14:15

    👍👍👍👍👍👧 Kelajakning eng munosib sarmoyasi — bugun kamol topayotgan yosh avlodYurtimizning ertangi kunini nafaqat yirik loyihalar va ulkan rejalar, balki bugun o‘z yo‘lini tanlab, ta’lim olayotgan, ertaga esa yangilik yaratib, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor yoshlar belgilaydi.🎗UBS Namangan Lola binosida yangi o‘quv yilining boshlanishi UBS Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Faxritdin Asqarov ishtirokidagi tantanali marosim bilan nishonlandi.Tadbir e’tibor markazida yosh avlodning ta’limi, kasbiy kamoloti va kelgusida jamiyat oldida o‘z zimmasiga oladigan mas’uliyati haqida so‘z bordi.
    1,8904111Открыть в Telegram