gram news
Аватар канала URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

@urganchshahar_uz

Urganch shahar hokimligi Axborot xizmati Veb-sayt: www.urganchshahar.uz Facebook: www.fb.com/urganchshaharuz Instagram: https://www.instagram.com/urganchshaharhokimligi?igsh=MXVlaGN0bTk1b3dhYw==

ПроектыUZРазное

1,950подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

    22 сент., 11:20

    Taomnomalarning davlat tilida yozilishi o‘rganildiUrganch shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarida davlat tilining amaldagi qonunchilik va adabiy til me’yorlari asosida qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida taomnomalarning davlat tilida yozilishi, taom va ichimliklar nomlarining to‘g‘ri va mazmunan aniq ifodalanishiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, umumiy ovqatlanish shoxobchalari mas’ullariga davlat tilidan foydalanishda imlo va adabiy til me’yorlariga rioya qilish, taomnomalarda so‘z va atamalarni to‘g‘ri qo‘llash yuzasidan tavsiyalar berildi.Urganch shahar hokimligi axborot xizmatiRasmiy sahifalarimiz:Instagram | Telegram | Youtube | Facebook | Veb-sayt |
  • URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

    22 сент., 10:05

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.⚡ Eng muhim kafolatlar✔️Murojaat
  • URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

    22 сент., 10:04

    Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное
  • URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

    22 сент., 07:05

    "E-auksion" platformasida qulay narxlarda davlat mulkini sotib oling!Platformada Xorazm viloyatidan 50 dan ortiq davlat aktivlari savdoda turibdi. Platformadan ro'yxatdan o'tib, mulk egasiga aylaning!🟢 Urganch shahrida 9 ta 🟢 Xiva shahrida 9 ta 🟢 Bog‘ot tumanida 5 ta 🟢 Gurlan tumanida 2 ta 🟢 Qo‘shko‘pir tumanida 3 ta 🟢 Urganch tumanida 7 ta 🟢 Hazorasp tumanida 1 ta 🟢 Tuproqqal’a tumanida 7 ta 🟢 Xonqa tumanida 1 ta 🟢 Xiva tumanida 4 ta 🟢 Shovot tumanida 8 ta 🟢 Yangiariq tumanida 5 ta 🟢 Yangibozor tumanida 2 taBarcha davlat aktivlarini ko'rish
  • URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

    22 сент., 06:59

    Bugun Urganch shahridagi Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Faxriddin Atamuratovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan investitsiya loyihalari, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik, yer ajratish, infratuzilma, kommunal xizmatlar hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat batafsil tinglanib, ularning ayrimlari joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha esa mas'ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.Shaxsiy qabul fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda qonuniy yechim topishga qaratilgan amaliy ishlarning uzviy davomi sifatida tashkil etildi.Urganch shahar
  • URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

    22 сент., 06:58

    21-sentabr kuni Urganch shahridagi Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining birinchi o'rinbosari J.Eshchanovning shaxsiy qabuli bo'lib o'tdi.Murojaatlarning aksariyati huquqiy tushuntirish berish orqali shu yerning o'zida ijobiy yechimini topgan bo‘lsa, qolgan masalalar yuzasidan mas'ul tashkilot xodimlariga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.Shahar hokimi va hokim o'rinbosarlarining Xalq qabulxonasidagi shaxsiy qabullari har hafta belgilangan vaqtlarda bo'lib o'tmoqda.Urganch shahar hokimligi axborot xizmatiRasmiy saxifalarimiz:Instagram | Telegram | Youtube | Facebook | Veb-sayt |
  • URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

    21 сент., 12:07

    MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘, ENG AZIZ NE’MAT!Yurtimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Yangiobod, Mustaqillik, Gulshan, Shodlik, Beshmergan, Olmabog‘, Jingovuz hamda Al-Xorazmiy mahallalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.Unda “mahalla yettiligi”, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etib, yurtimizdagi islohotlar, xalq farovonligi, mahallalar obodligi, tinchlik va hamjihatlik kabi ezgu maqsadlar haqida fikr almashildi.Zero, Mustaqillik — bu shunchaki sana emas, balki erkin va farovon hayotimiz, tinchligimiz va yorug‘ kelajagimizning mustahkam poydevoridir! 🇺🇿Tadbirlar samimiy muloqot va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.Urganch shahar hokimligi axborot xizmatiRasmiy saxifalarimiz:Instagram | Telegram | Youtube | Facebook | Veb-sayt |
  • URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

    21 сент., 07:35изменён

    Urganch shahar hokimi va hokim oʻrinbosarlarining har hafta Xalq qabulxonasi binosida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish reja-grafigi.Urganch shahar hokimligi axborot xizmatiRasmiy saxifalarimiz:Instagram | Telegram | Youtube | Facebook | Veb-sayt |
  • URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

    21 сент., 07:30

    Urganch shahriga qancha mahsulot import qilindi?📊 2026-yil yanvar-iyul oylarida Urganch shahriga xorijdan qiymati 126,9 mln AQSH dollarilik tovar va xizmatlar import qilingan.Bu koʻrsatkich viloyat importi umumiy hajmining 42,9 % ulushini tashkil etadi.📈 2025-yilning tegishli davri bilan taqqoslaganda, import hajmi 18,1 % ga koʻpaygan.📶 Eng koʻp import qilingan tovar (xizmatlar):🔺 mashina va transport asbob-uskunalari – 45,6 mln dollar 🔺 nooziq-ovqat xom ashyo – 34,7 mln dollar 🔺 oziq-ovqat mahsulotlari – 27,8 mln dollar 🔺 sanoat tovarlari – 7,8 mln dollar 🔺 kimyoviy vositalar – 4,2 mln dollar 🔺 turli xil tayyor buyumlar – 3,6 mln dollarRasmiy sahifalar:| Sayt 🌐| Telegram ✈️| Facebook📘
  • URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

    20 сент., 14:05

    Deputat so‘rovi natijasida amalga oshirilgan ishlarga oid📌 DEPUTAT SO‘ROVI — AMALIY NATIJA🏛Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati M.Atayeva tomonidan shaharning “Ko‘hna qal’a” mahallasida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida bir guruh saylovchilar tomonidan mahalla hududidagi Do‘stlik ko‘chasida katta ariq (lotok)ni kichik hajmli ariq sifatida qayta rekonstruksiya qilish hamda mazkur ariq bo‘yida “Yashil belbog‘” barpo etish borasida takliflar bildirilgan edi. Mazkur masalada shahar hokimligiga deputat so‘rovi yuborilgan edi.🤝 Deputat so‘rovi natijasida mazkur masalada rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi.✅Deputat so‘rovi — muammoni ko‘tarish emas, uning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan muhim vositadir.
  • URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

    20 сент., 14:05

    📍FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI👥Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi A.B.Radjapov hamda Urganch shahar Kengashi raisi P.A.Ro‘ziboyevlar hamkorligida Urganch shahridagi Kamolоt ko‘chasi 13-uyda yashovchi fuqaro U.Nazarovaning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.🤝Qabul jarayonida fuqaro tomonidan moddiy ko‘mak hamda ijtimoiy himoya bilan bog‘liq masalalar yuzasidan taklif va murojaat bildirildi.⚖️Mazkur murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
  • URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

    20 сент., 14:05

    🏛Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati, shahar hokimi B.M.Radjapov hamda Kengash raisi P.A.Ro‘ziboyevlar hamkorligida shaharda turizm va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish maqsadida “Istiqlol” mahallasi hududida kecha-yu kunduz (24/7) ishlaydigan maxsus gastronomik va sayyohlik ko‘chalari tashkil etish borasidagi qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.📍O‘rganishlar jarayonida barpo qilish va loyihalash (ko‘cha va xiyoborlarni) murakkab shaharsozlik jarayoni bo‘lib, u aholi uchun qulaylik, xavfsizlik va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.🤝Ko‘cha va xiyoborlarni (alleya, bulvar, istirohat bog‘lari yo‘laklari) tashkil etishning asosiy bosqichlari va muhim qoidalari borasida ko‘rsatma, tegishli fikr va takliflar bildirildi.
  • URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

    20 сент., 14:05

    📌 IJTIMOIY HIMOYA — E’TIBOR MARKAZIDA📍 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati R.Baltayev o‘zi saylangan hududda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Jumaniyozov hamda Tozabog‘ mahallasidagi ijtimoiy xodim, mahalla raisi, yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda Ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalarning holatini o‘rgandilar.🔎O‘rganishlar davomida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda "Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan xonadonlarning yashash sharoitlari yaqindan ko‘zdan kechirildi.📋O‘rganish natijasida aniqlangan qator masalalarni joyida hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ayrim oilalarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilandi.📊Mahalla mas’ullari va ijtimoiy xodimga aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari va imtiyozlarning manzilliligini oshirish, ayniqsa, qish mavsumiga
  • URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

    20 сент., 14:05

    📚 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI BILAN HAMKORLIK🏛Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi kotibiyati xodimi F.Ramanova Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ishtirokida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi. 📌 O‘rganish jarayonida yoshlarnineg intellektual salohiyatidan keng foydalanishning ularning hayotidagi ahamiyati hamda yoshlar manfaatlari bilan bog‘liq jihatlari muhokama qilindi. 🤝Yoshlar tomonidan mazkur masala yuzasidan fikr-mulohazalar, taklif va tashabbuslar bildirildi.
  • URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

    20 сент., 14:05

    👍Xavfsizlik talablari ijrosi — deputatlik nazoratida !🏛 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati R.Baltayev hamda kotibiyat xodimi R.Jumaniyozovlar tomonidan shahar hududidagi 1-son Oilaviy Poliklinikada qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, xususan, muassasasida xavfsizlik talablariga rioya etish holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.✅Mazkur shifo maskanida bugungi kunda mas’ullar tomonidan amaliy ishlar olib borilayotgani, xavfsizlik talablarini to‘liq ta’minlashga qaratilgan choralar ko‘rilayotgani qayd etildi.📌O‘rganish yakunlari bo‘yicha xavfsizlik bilan bog‘liq masalalarni to‘liq bartaraf etish va belgilangan talablar ijrosini doimiy nazorat qilib borish muhimligi ta’kidlandi.
  • URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)

    20 сент., 14:05

    📊 HUDUDIY DASTURLAR IJROSI MUHOKAMA QILINDI.🏛 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.A.Ro'ziboyev va ekspertlar guruhi a’zolari ishtirokida hududiy dasturlarning ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.🔎 O‘rganish jarayonida hududiy dasturlarda belgilangan vazifalarning bajarilish holati, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi hamda mavjud holatlar ko‘rib chiqildi.📌 Shuningdek, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.