Последние посты

UWED Official | JIDU rasmiy
19 окт., 12:13
⚡️ JIDUDA “YUMSHOQ KUCH DIPLOMATIYASI” MAVZUSIDA IKKINCHI MAHORAT DARSI O‘TKAZILDIJahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti Shaxnoza Xatamovna Ganiyevaning ta’lim tashabbusi doirasida ikkinchi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.Mazkur tashabbus talabalarning intellektual dunyoqarashini kengaytirish, yoshlarni xalqimizning boy tarixiy va madaniy merosiga oshno etish hamda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.Mahorat darsining muhim qismi sifatida Sh.Ganiyevaning buyuk musavvir, Sharq miniatyura san’atining yirik namoyandasi Kamoliddin Behzod hayoti va ijodiga bag‘ishlangan mualliflik filmi namoyish etildi. Film talabalarga ulug‘ san’atkor merosi bilan yanada yaqindan tanishish, Sharq miniatyura san’atining o‘ziga xos xususiyatlarini anglash hamda uning jahon madaniyatidagi o‘rnini chuqurroq tushunish imkonini berdi.📎Batafsil...🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
UWED Official | JIDU rasmiy
19 окт., 11:43
🇺🇿 Ayni paytda, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan tadbirlar oyligi doirasida “O‘zbek tilim – iftixorim!” shiori ostida videoroliklar tanlovi va o‘zbek tiliga tarjima qilingan monologlar bellashuvi bo‘lib o‘tmoqda.🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
UWED Official | JIDU rasmiy
19 окт., 11:20
🇺🇿🇪🇸 Toshkent shahridagi Hilton Tashkent City mehmonxonasida Ispaniyaning O‘zbekistondagi konsulligi tomonidan tashkil etilgan Ispaniya Milliy kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir ispan tili va madaniyatining boy merosini namoyish etish, shuningdek, Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy hamda ta’lim sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlash uchun muhim imkoniyat yaratdi.Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yevropa va turkiy tillar kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.📎Batafsil...🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
UWED Official | JIDU rasmiy
19 окт., 10:21
⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari!“Iqtisodiyotda miqdoriy usullar va ma’lumotlar tahlili” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2026–2027 o‘quv yilining 1-semestri davomida talabalar bilimini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda fanlarni chuqurlashtirib o‘rganishga ko‘maklashish maqsadida quyidagi fanlar bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda:👉 “Iqtisodiyotda oyinlar nazariyasi” fani bo‘yicha to‘garakXalqaro iqtisodiyot va menejment 3 kurs talabalari uchun: — Mashg‘ulot kunlari: har dushanba kunlari — Mashg‘ulot vaqti: soat 11.20–12.30 — O‘tkazilish joyi: B-708 (auditoriya o‘zgarishi mumkin) — Mas’ul o‘qituvchilar: Umarova Sh. Xasanova D.✔️Mazkur to‘garak mashg‘ulotlariga qiziquvchi barcha talabalar taklif etiladi.🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
UWED Official | JIDU rasmiy
19 окт., 09:40
🇺🇿🇨🇳 Ayni daqiqalarda, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Raqamli hamkorlik: sun’iy intellekt va yangi avlod ma’lumotlar iqtisodiyoti" mavzusida O‘zbekiston-Xitoy ekspertlar kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
UWED Official | JIDU rasmiy
19 окт., 07:26изменён
⚡️ Ayni damda, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosiy fanlari doktori, professor Sultonova E’tibor Sidiqovnaning 75 yoshlik tavallud ayyomi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda!🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
UWED Official | JIDU rasmiy
17 окт., 07:57
⚡️ Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o'qituvchilari, xodimlari va talabalari!📣 JIDUda siyosiy fanlari doktori, professor Sultonova E’tibor Sidiqovnaning 75 yoshlik tavallud ayyomi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tadi!🗣Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz!📆19-oktabr, 2026-yil ⏰11:00 📍"A" bino, Assembly hall🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
UWED Official | JIDU rasmiy
17 окт., 05:48
⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari!“Iqtisodiyotda miqdoriy usullar va ma’lumotlar tahlili” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2026–2027 o‘quv yilining 1-semestri davomida talabalar bilimini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda fanlarni chuqurlashtirib o‘rganishga ko‘maklashish maqsadida quyidagi fanlar bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda:👉 “Hisoblash 1” fani bo‘yicha to‘garakO‘zbek guruhlari talabalari uchun:Mashg‘ulot kunlari: har seshanba, payshanba, juma (o‘qituvchiga bog‘lanib, mashg‘ulot kunini aniqlashtiring) Mashg‘ulot vaqti: soat 9:50–11:00 (o‘qituvchiga bog‘lanib, mashg‘ulot vaqti va auditoriyani aniqlashtiring) Mas’ul o‘qituvchilar: M. Eshimbetov, M. Kazakova, M. Subhonov, D. Ne’matova, X. Jabborov, T. Abduvahobov, S. Musayev, Sh. Eshmirzayev, M. SolayevaRus guruhlari talabalari uchun:Mashg‘ulot kunlari: har chorshanba va juma Mashg‘ulot vaqti: soat 9:50–11:00 va 11:20–12:30 Mas’ul o‘qituvchilar: A.J. Seytov va L.R. IsmailovaIngliz guruhlari talabalari uchun:Mashg‘ulot kunlari: har juma Mashg‘ulot vaqti: soat 11:20–12:30 Mas’ul o‘qituvchi: D.U. Umaraliyeva✔️Mazkur to‘garak mashg‘ulotlariga qiziquvchi barcha talabalar taklif etiladi.🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
UWED Official | JIDU rasmiy
22 сент., 11:23
🎬 JIDU AMBASSADORLARINI IZLAYAPMIZ!⚡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti videoroliklarida ishtirok etish uchun talabalar o‘rtasida kasting e’lon qilinadi!Kamera qarshisida o‘zingizni erkin his qilasizmi? Muloqot qilishni, yangi kontent yaratishni va universitet hayotini boshqalarga namoyish etishni yoqtirasizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!Biz quyidagi talabalarga qiziqamiz:✔️Kamera qarshisida o‘zini erkin tutadigan; ✔️ Fikrini ravon va to'g'ri ifodalay oladigan; ✔️ Ijodkor va tashabbuskor talabalar.O‘zingiz haqingizdagi qisqacha ma’lumot va rasmingizni quyidagi Telegram akkauntiga yuborishingiz mumkin: 👉 @saodat_sb⏰Nomzodlarni qabul qilish 25-sentabr soat 17:00
UWED Official | JIDU rasmiy
21 сент., 10:20
Khattabov Ne’matjon Kushabaevich 12.00.02. – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha yozilgan “O‘zbekistonda yuridik shaxslarning ma’muriy-huquqiy javobgarligini takomillashtirish” mavzusidagi yuridik fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.11/10.01.2024.yu.24.04 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 26-sentabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.📍Сonference hall🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
UWED Official | JIDU rasmiy
21 сент., 08:27
⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari!Salomatlik — har bir insonning eng muhim boyligi. OIV infeksiyasining oldini olish, uni erta aniqlash va bu boradagi xabardorlikni oshirish maqsadida Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda targ‘ibot-tushuntirish ishlari va aksiya tadbirlari tashkil etilmoqda.📆Tadbirlar sanasi:22-sentabr — Xalqaro munosabatlar fakulteti; 23-sentabr — Xalqaro huquq fakulteti; 24-sentabr — Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti.Tadbir davomida talaba-yoshlar va xodimlarga: ✔️OIV infeksiyasi va uning yuqish yo‘llari; ✔️infeksiyaning oldini olish choralari; ✔️ erta aniqlash va o‘z vaqtida chora
UWED Official | JIDU rasmiy
21 сент., 07:52
#Mustaqillik35Yilligi⚡️ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib birgalikda — buyuk kelajak yaratamiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-psixologik va ijodiy challenge o‘tkazildi.📎Batafsil...🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
UWED Official | JIDU rasmiy
21 сент., 04:44
⚡️ JIDUda “Zakovat” turnirining universitet bosqichi oʻtkazildiJoriy yilning 19-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyinining universitet bosqichi boʻlib oʻtdi.Tanlovga universitetning barcha fakultetlari va kurslaridan 450 ta jamoa roʻyxatdan oʻtdi. Bu koʻrsatkich talabalarning intellektual salohiyatini namoyish etishga, bilim va tafakkurni sinovdan oʻtkazishga boʻlgan yuksak qiziqishidan dalolat beradi.📎Batafsil...🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
UWED Official | JIDU rasmiy
19 сент., 10:22
⚡️ JIDU rektori xorijlik professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdiJoriy yilning 18-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori S.Safoyevning xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish doirasida universitetga tashrif buyurgan xorijlik professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, akademik mobillikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, o‘quv jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.📎Batafsil...🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |
UWED Official | JIDU rasmiy
19 сент., 09:44
🌿 JIDU talabalari ekologik tadbirlarda ishtirok etdiJoriy yilning 19-sentabr kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Green Games” respublika plogging musobaqasi, “Yoshlar va ekologiya” xalqaro yugurish marafoni hamda “Ekologiya va velosport” musobaqalari tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari faol ishtirok etdilar.Tadbirlar yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
UWED Official | JIDU rasmiy
19 сент., 08:09изменён
🇺🇿🇸🇦 JIDU talabalari O'zbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Elchixonasida malakaviy amaliyotni muvaffaqiyatli yakunladilarJoriy yilning 6–29-avgust kunlari JIDU Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari Suvonbek O'rozov va Behruz Xikmatov O'zbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligiadagi Elchixonasida malakaviy amaliyot o'tadilar.Amaliyot davomida talabalar diplomatik vakolatxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, diplomatik va konsullik yo‘nalishlaridagi amaliy jarayonlarda, rasmiy uchrashuv va tadbirlarni tashkil etishda hamda turli diplomatik faoliyatga oid vazifalarni bajarishda faol ishtirok etdilar. Bundan tashqari, talabalar diplomatik xizmatning kundalik faoliyati, rasmiy hujjatlar va yozishmalar bilan ishlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jarayonlar bilan
UWED Official | JIDU rasmiy
19 сент., 07:36
⚡️ JIDUda “1-kurs maktabi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-psixologik uchrashuvlar tashkil etildiHafta davomida “1-kurs maktabi” loyihasi doirasida 1-bosqich talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yo‘nalishida, fakultetlar hamda Besh muhim tashabbus markazi hamkorligida ijtimoiy-psixologik uchrashuvlar tashkil etildi.📎Batafsil...🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
UWED Official | JIDU rasmiy
18 сент., 15:20
⚡️JIDUda 2026/2027-o‘quv yili uchun qo‘shimcha qabul davom etmoqda!Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha qabul jarayonlari davom etmoqda. Endi siz ham JIDU talabasiga aylanish imkoniyatiga egasiz!Qo‘shimcha qabul shartlari, to‘lov miqdorlari va hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni ushbu videolavhada bilib oling!JIDU’da o‘qish orzusi — endi sizga yanada yaqin!🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
UWED Official | JIDU rasmiy
18 сент., 11:38
#Mendonorman⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari!O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi PQ–348-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida JIDUda “Qon donorligi haftaligi” doirasida “Men donorman!” aksiyasi tashkil etiladi.Aksiya davomida OIV, VGS (virusli gepatit S) va zaxm kasalliklariga ekspress-test asosida bepul tekshiruvlar o‘tkaziladi hamda foydali maslahatlar beriladi.Tadbir davomida shuningdek, ko‘ngilli ravishda qon topshirish imkoniyati mavjud. Donorlikning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida mutaxassislar tomonidan
UWED Official | JIDU rasmiy
18 сент., 10:10
⚡️ Ayni damda, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Rektor hamda xorijiy professor-o‘qituvchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
Ссылки
