gram news
Аватар канала O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

@uzal_uz

“O’zagrolizing” AJ rasmiy kanali ■ instagram.com/uzal.uz ■ facebook.com/uzal.uz ■ youtube.com/@uzal_uz 🌐 www.uzal.uz 📨 info@agroleasing.uz 📍 100100, Toshkent sh, Yakkasaroy t, Bobur k, 42A ☎️ 71 207-77-12 | 71 207-30-43 📞 Ishonch tel.: 71 207-30-5

1,780подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    22 сент., 09:44

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    22 сент., 02:06

    🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    21 сент., 05:57

    🔊 Har bir hududda paxta terimi uning pishib yetilish jarayoniga qarab boshlanadi. Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida ham yig‘im-terim mavsumiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.🗣 Xo‘sh, asosiy jarayonlar boshlanishi arafasida fermerlarning kayfiyati qanday, dalalarda ishlar qay darajada tashkil etilgan? Bu savollarga videoreportajimiz orqali javob topamiz.#jarayon 🌎www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    21 сент., 04:55

    🖥 “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturida “Gektariga 100 sentnerdan hosil kutilmoqda” sarlavhasi ostidagi lavha efirga uzatildi.☁️ Unda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Abduhalil Fayz Baraka” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida paxta yetishtirish, g‘o‘za parvarishi va hosildorlikni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yoritildi.🚜 Reportajda “O‘zagrolizing” AJ tomonidan fermer xo‘jaligiga yetkazib berilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari, ularning paxta yetishtirish va agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etishdagi ahamiyati haqida ham so‘z yuritildi.#oav_biz_haqimizda 🌎www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram |
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    19 сент., 09:14

    Yig‘ilishda ko‘cha va mahalla biylari, nuroniylarning jamiyatdagi yuksak obro‘-e’tiboridan samarali foydalanish masalasiga e’tibor qaratildi.Davlatimiz rahbari asosiy maqsad har bir shahar va ovulda qulay turmush sharoitini yaratish ekanini ta’kidladi. Nuroniylarning tajribasi, yoshlarning g‘ayrati va aholi tashabbuskorligini birlashtirish orqali har bir mahallada obod va farovon muhit yaratish mumkin.Rahbarlar mahalla va ko‘cha biylari bilan ishini erta tongdan hududlarni aylanish, aholi bilan muloqotdan boshlashi zarurligi qayd etildi.Ko‘chalar, ariq va zovurlarni toza tutish, daraxt va gullarni ko‘paytirish, har bir insonda o‘z mahallasi taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish muhim.Obodonlashtirish bir martalik hashar yoki bayram oldidan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib qolmasligi, tozalik va obodlik kundalik madaniyatga aylanishi zarurligi qayd etildi.Facebook|Instagram|X
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    19 сент., 09:14

    Taxtako‘pirda Shinjon tajribasi asosida ozuqa yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.Mo‘g‘uliston, Turkiya, Xitoy va Avstraliyadan 5 ming bosh qo‘y-echki olib kelinib, Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘paytiriladi. Buning uchun bir oyda 1 ming gektar yerni belgilab berish topshirildi.Yil yakunigacha 10-15 ming gektarda loyihalarni shakllantirib, bir yil ichida 100 ming bosh qo‘y-echki boqishni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.Prezidentimiz kecha “Kegeyli naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan tanishganini qayd etdi. Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlab, bir yil ichida parranda yetishtirish quvvatini 2-3 karra oshirish va korxonani xoldingga aylantirish topshirildi. Zarur mablag‘ masalasi hal qilinadi.Kegeylidagi texnikumda parranda yetishtirishni o‘rgatadigan kurslar tashkil etiladi.Facebook|Instagram|X
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    19 сент., 09:14

    Chorvachilikda yirik komplekslar tashkil etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.May oyida chorva bosh sonini ko‘paytirishga 1 trillion 600 milliard so‘m resurs ajratilgan. Amalda 5 milliard so‘mgacha bo‘lgan loyihalarga o‘n yilga 10 foizli kredit berilmoqda.Qoraqalpog‘istonlik chorvadorlarning 1-2 ming boshli komplekslar tashkil etish uchun kredit miqdorini 50 milliard so‘mgacha oshirish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.Beruniylik chorvadorlar samolyotda qoramol tashish kompensatsiyasining shartlari yengillashtirilsa, 5 ming bosh chorva olib kelishga tayyorligini bildirgan. Endi Qoraqalpog‘istonga samolyotda olib kelinadigan naslli buqalar qiymatining 10 foizi, har bir bosh uchun 4 million so‘mgacha subsidiya qilinadi.Bir oyda joyi, tashabbuskori va mablag‘i aniq bo‘lgan kamida 100 ming boshli chorva komplekslarining loyihalari shakllantiriladi. Qoramol xaridi uchun kredit
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    19 сент., 09:14

    Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari stavkasi 17,5 foizdan 12 foizga tushiriladi.Kelasi yili resurslar 2 karra oshirilib, Uychi va Zarbdor tajribasi asosidagi “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltiriladi. Shu hisobdan kamida 50 ming odamni daromadli qilish vazifasi qo‘yildi.Ikki yilda biznes infratuzilmasiga 370 milliard so‘m ajratilgani hisobiga 2 ming 200 ta savdo-servis obyekti ishga tushib, 10 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Nukus tumanidagi Diyqan arna mahallasida 60 o‘rinli bog‘cha, futbol va vorkaut maydonchalari tashkil etilgani mahallaga yangicha kayfiyat olib kirgani ta’kidlandi.Tuman hokimlariga shu yil iqtisodiy o‘sish va bandlikka turtki beradigan yana ikkitadan loyiha qilib, 10 ming odamni daromadli qilish topshirildi. Buning uchun 100 milliard so‘m ajratilib, bir haftada moliyalashtirish ochiladi.Facebook|Instagram|X
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    19 сент., 09:14

    Tarmoq rahbarlariga Qoraqalpog‘istonda “xomashyo – tayyor mahsulot – eksport” zanjiri asosida loyihalar, ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymat bo‘yicha aniq rejalar belgilash topshirildi.Amudaryo, Beruniy, Taxtako‘pir, Kegeyli va To‘rtko‘lda to‘qimachilik hamda charm sanoatida kamida 150 million dollarlik loyihalar amalga oshiriladi.Nukus shahri, Nukus tumani va Qorao‘zakda elektrotexnika sanoatida 200 million dollarlik, Qorao‘zak, Bo‘zatov va Beruniyda energiya tejamkor qurilish materiallari bo‘yicha 100 million dollarlik loyihalar tashkil etiladi.Nukus shahrida avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish bo‘yicha 120 million dollarlik, Nukus shahri, Qonliko‘l, Kegeyli, Chimboy va Bo‘zatovda farmatsevtika sohasida 50 million dollarlik loyihalar yo‘lga qo‘yiladi.Italiyaning “Bonifika Ferrarizi” kompaniyasi bilan Taxtako‘pirda 50 million dollarlik loyiha boshlanmoqda. 2 ming
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    19 сент., 09:14

    Qoraqalpog‘istonning har bir tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.Bo‘zatovda zamonaviy sanatoriy, Nukusda onkologiya va radiologiya markazi, Qo‘ng‘irotda bolalar shifoxonasi va tug‘uruqxona ishga tushirildi. Amudaryo va To‘rtko‘lda har biri 2 ming o‘rinli amfiteatr, Nukus shahrida gimnastika markazi va Konservatoriya filiali foydalanishga topshirildi.Osiyo taraqqiyot banki bilan 384 million dollar hisobiga A-380 magistral yo‘lining Qo‘ng‘irotdan o‘tgan 240 kilometri to‘liq beton qoplamaga o‘tkazildi. Kecha yo‘lning To‘rtko‘l, Ellikqal’a va Beruniydan o‘tgan yana 92 kilometrini qurish boshlandi. Mazkur loyihaning qiymati 233 million dollar.Natijada tranzit 1,5 karra oshadi. To‘rtko‘lga kirgan yuklar Qozog‘iston chegarasiga bir sutka o‘rniga 10 soatda yetib boradi.Kelasi yil mart oyidan Toshkent – Nukus
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    19 сент., 09:14

    So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda 860 megavattli yangi energetika quvvatlari ishga tushirildi. Beruniy va Qorao‘zakda shamol stansiyalarining qurilishi hisobiga “yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi. Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshib, 5 milliard 330 million kilovatt-soatni tashkil etdi. Bu aholi va korxonalarning yillik talabidan qariyb 3 barobar ko‘p.Kecha 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi. Jumladan, Qo‘ng‘irotda 2 milliard 600 million dollarlik, quvvati 1,5 ming megavattli shamol stansiyasini qurish boshlandi. Loyiha doirasida 1,5 ming kilometr yuqori kuchlanishli tarmoq va 500 kilovoltli 3 ta podstansiya barpo etiladi.2030-yilgacha jami quvvati 3 ming 300 megavattli shamol stansiyalari ishga tushirilib, “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi, 400 megavattli energiya saqlash quvvati yaratiladi.Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    18 сент., 16:33

    🇺🇿 Davlatimiz rahbari 24/7 ko’chada aholi bilan suhbatlashmoqda.@minbar_ortida
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    18 сент., 16:33

    “Mendirman o’sha”. Prezident va jonli ijroda kuylayotgan nukuslik yoshlar 🎸@minbar_ortida
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    18 сент., 09:04

    переслано из @shmirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga keldi. Safarni boshlashdan avval mamlakatimiz yetakchisi marhum davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi. — Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Республику Каракалпакстан. Перед началом поездки глава нашего государства посетил дом покойного государственного и общественного деятеля Каллибека Камалова.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #xotiraPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    18 сент., 07:06

    📹 “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida Arnasoy tumanidagi paxtachilik tajribasiga bag‘ishlangan maxsus lavha namoyish etildi. Unda Xitoyning “Shinjon” usuli asosida paxta yetishtirish, agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish hamda zamonaviy texnikalar yordamida mexanizatsiya darajasini oshirish borasidagi amaliy tajribalar yoritildi.🚜 Mazkur jarayonlarning samaradorligini ta’minlashda qishloq xo‘jaligi texnikalaridan to‘g‘ri va unumli foydalanish muhim omillardan biridir. Zamonaviy texnikalar agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish, mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirish imkonini bermoqda.#oav_biz_haqimizda 🌎www.uzal.uz 🕊Telegram |
    268видео1Открыть в Telegram
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    18 сент., 06:54

    Zamonaviy agrotexnika — yuqori samaradorlik garovi🌱 Qishloq xo‘jaligida yuqori natijaga erishish nafaqat ilg‘or agrotexnologiyalarni, balki zamonaviy va unumdor texnikalardan samarali foydalanishni ham talab etadi. Ayniqsa, paxta yetishtirish va hosilni yig‘ib-terib olish jarayonlarini mexanizatsiyalashda malakali mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalari muhim o‘rin tutadi.🚜 Ana shu maqsadda Toshkent davlat agrar universiteti Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti talabalari “Yangi agronom” dasturi doirasida Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanining “Ipak yo‘li” hududidagi paxta dalalarida amaliy mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.👍 Dual ta’lim asosida tashkil etilgan amaliyot jarayonida talabalar zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini boshqarish, ulardan samarali foydalanish
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    18 сент., 05:08

    переслано из @press_secretary_uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ladi.Ikki kunlik safar davomida davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan.Tashrif doirasida Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетит Республику Каракалпакстан.В ходе двухдневной поездки глава нашего государства ознакомится с проектами в сферах промышленности, сельского хозяйства, образования, медицины, транспорта, туризма и спорта, а также с работой по обеспечению занятости населения и благоустройству махаллей. Планируется также
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    18 сент., 05:08

    переслано из @press_secretary_uz

    Bugun Toshkent viloyatidagi Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli "Sevarsoy" sihatgohida o‘tkazilayotgan "Axborot xizmati faoliyati: tahlil, tajriba va rivojlanish" mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qildik. Sohadagi ishlarni tanqidiy tahlil qilib, mavjud muammolar va ustuvor vazifalarni ko‘rib chiqdik.Raqamli muhit shiddat bilan o‘zgarayotgan bugungi kunda axborot xizmatlaridan tezkorlik, tashabbuskorlik va yuqori kasbiy mas’uliyat talab etiladi. Jamoatchilik uchun muhim axborotni o‘z vaqtida, aniq va tushunarli yetkazish, ehtimoliy inqirozli vaziyatlarga oldindan tayyor bo‘lish, OAV bilan konstruktiv hamkorlik qilish hamda axborot ochiqligi va xavfsizligi o‘rtasida muvozanatni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik.Axborot xizmatlari faoliyati bo‘yicha tahliliy o‘rganish
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    16 сент., 09:58

    #no_commentPaxta dalalari — bizning rakursda🌎www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
    377видео2111Открыть в Telegram
  • O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

    16 сент., 08:00

    #uzagrolizing_sarhisob🚜 2026-yil 1-sentyabr holatiga “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan respublika hududlariga jami 2 309 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berildi.👍 Yetkazib berilgan texnikalarning umumiy qiymati 940 mlrd 017,2 mln so‘mni tashkil etdi.Batafsil infografikada:🌎www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
    3861111Открыть в Telegram