gram news
Аватар канала UzASBO yangiliklari

UzASBO yangiliklari

@uzasboyangiliklari

UzASBO ДМда ишлаш бўйича тезкор маълумотлар

ПроектыKKНовости

13,400подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • UzASBO yangiliklari

    21 сент., 06:56изменён

    2026-yil 1-sentyabrdan bazaviy hisoblash miqdori oshirilishi sababli quyidagilar summasi ham oshirildi, mos ravishda dasturning Hujjatlar-Bolalar-Bolalar davomati tabeli qismida hujjat tuzilganda ham mazkur oshgan summalar chiqadi:Maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga toʻlovlar miqdori;Akademik-litseylarda ota-onalar to'lovi miqdori;Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdori;«Kelajak» markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalar badali toʻlovi, mazkur to'lov BHM oshishidan tashqari 2026-yil 1-sentyabrdan qarorning o'zida 2 baravar oshishi belgilab ketilgandi.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar davomati tabeli 2026-yil sentyabr oyidan boshlab o'z tizimlarida yuritilishi sababli UzASBO DMda ular tabel yuritishiga cheklov qo'yilgan va buxgalteriya hisobi uchun har bir bola kesimida hisoblangan
  • UzASBO yangiliklari

    2 сент., 10:14изменён

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.06.2026 yildagi PF-115-son farmoni bilan 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshirildi va 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab: - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 360 000 soʻm; - bazaviy hisoblash miqdori — 440 000 soʻm etib belgilandi.Dasturda ham indeksatsiya hujjatini kiritish imkoniyati ochildi. O'tgan yili kiritilgan o'zgarishlarga asosan indeksatsiya hujjatida faqat summa asosida bo'lgan to'lov turlari chiqadi. Ya'ni, avvalgidek, okladdan yoki bazaviy miqdorlardan foiz asosida shakllanadigan to'lov turlari chiqmaydi.Agar xodimning okladi razryad asosida emas, bazaviy oklad asosida aniqlansa, indeksatsiyada oklad summasi ko'tarilgan holda chiqishi uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli sohalarga mas'ul xodimlari tomonidan boshqaruv
  • UzASBO yangiliklari

    25 авг., 06:54

    переслано из @uzasbonewsrk

  • UzASBO yangiliklari

    21 авг., 10:25изменён

    Xodimlardan xizmat safari boʻyicha qarzdorlik summasini plastik vedomost tuzishda avtomatik tortib keladigan qilindi. Buning uchun Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Toʻlov vedomosti (plastik karta) qismida hujjatni tuzishda Xizmat safari (Aliment) toʻlov turi tanlansa, Toʻldirish tugmasi qoʻshildi. Mazkur tugma bosilsa, vedomostda koʻrsatilgan sana boʻyicha xodimlarda qancha qarzdorlik boʻlsa, oʻsha summani vedomostga tortib keladi.Debitorlik va kreditorlik qarzlarni qayta hisoblash hujjatining ishlashi optimallashtirildi. Shu vaqtgacha tegishli oydagi barcha kontr provodkalar oʻchirilib, qaytadan berilardi. Endilikda esa hujjatlarni tasdiqlash va bekor qilish natijasida oʻzgarishi yoki qayta koʻrib chiqilishi zarur boʻlgan hujjatlarning oʻzigagina qaytadan kontr provodka beriladigan qilindi. Natijada aylanmada maʼlumoti koʻp boʻladigan tashkilotlarda hujjatning tasdiqlanishiga avvalgidek
  • UzASBO yangiliklari

    28 июл., 04:29

    переслано из @uzasbojiz

    Uzasbo.uz tizimida "Qayta hisob-kitob" turidagi tabelni kiritish tartibi, shuningdek, o'tgan davr uchun qayta hisob-kitob hujjatini kiritishning yangi tartibi.
  • UzASBO yangiliklari

    23 июл., 11:56изменён

    01.07.2026-yildan kalendar yildagi mehnatga layoqatsizlik davrining 6-kunidan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali toʻlanadi. Mazkur holatda byudjet tashkilotlari turli vaziyatlarda qanday yo'l tutishi kerakligi bo'yicha mazkur havolada ma'lumot berilgan.@uzasboyangiliklari
    TeletypeKasallik varaqasi 01.07.2026 danIsh beruvchi qaysi davrlarni to\'laydi?
  • UzASBO yangiliklari

    21 июл., 09:42

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26–iyundagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-105-son farmonida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga qonunchilik buzilishi bilan bogʻliq moliyaviy xavflarni “E-risk” dasturiy majmuasida avtomatik aniqlash va aniqlangan xavflar asosida ogohlantirish hamda xabardor qilish mexanizmini joriy qilish vazifasi yuklatilgan. Mazkur Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida “UzASBO 2.0” dasturiy majmuasining “Gʻazna mijoz” boʻlimida “Risk nazorati” maxsus funksiyasi yaratildi. Moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida yuzaga kelgan risklar boʻyicha tashkilotlarni real vaqt rejimida ogohlantirish imkoniyati yaratildi.Oʻzbekiston Respublikasi
  • UzASBO yangiliklari

    16 июл., 11:31

    UzASBO-2 DMda ko'pchilik bilmaydigan quyidagi ba'zi qulayliklar to'g'risida mazkur havolada ma'lumot berilgan:- Tashkilotni o'zgartirish tugmasi;- Dasturda chiqayotgan ma'lumotlardan nusxa olish;- Hujjat ustida sichqonchaning o'ng tugmasi bosilsa, tegishli tugmalar ro'yxati chiqishi;- Ekran rejimlari.@uzasboyangiliklari
    TeletypeUzASBO-2 dagi ko'pchilik bilmagan qulayliklarMarkazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga o\'tkazilgan tashkilotlarda foydalanuvchiga bir nechta tashkilot biriktirilgan bo\'lsa...
  • UzASBO yangiliklari

    1 июл., 11:53

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarda oziq-ovqat chiqimi 2026-yil 1-apreldan dan ERP tizimi orqali qilinyapti va bunda barcha mahsulotlar kg da yuritilyapti. Agar hisobvaraq-fakturada tonna boʻlsa, tashkilotlar ham tonnada kirim qilishga majbur boʻlayotgandi. Shu holatda kg da kirim qilish uchun oziq-ovqat kirimi hujjatiga uchta ustun qoʻshildi: - Konvertatsiya tugmasi; - Oʻlchov birligini oʻzgartirish nomli maʼlumot, bu yerda hozircha faqat tonnani kg ga oʻtkazishni tanlash mavjud. Bu ham TMZ maʼlumotida oʻlchov birligi kg boʻlganlarda chiqadi; - Invoys boʻyicha qiymati ustunida fakturadagi miqdor kiritiladi, sonini tizim avtomatik hisoblab chiqaradi. Faktura va kirim hujjatidagi miqdorni tekshirishda ham mana shu ustunga qaraladi.Hozircha bu funksiya faqat oziq-ovqat kirimida qilindi, kelgusida dori-darmon kirimi kabi kirim boshqa oʻlchov birligida, chiqim esa
  • UzASBO yangiliklari

    30 июн., 05:04изменён

    ⚡️⚡️⚡️ To'lov hujjatida shartnoma (yuridik majburiyat) tanlangan bo'lsa, uni rahbar yuborishga tayyor qilganda, O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining masofaviy audit dasturiga yuborilib, ulardan DMBAT dasturiga yuborishga ruxsat beradigan status kelsa, keyin yuborishga tayyor statusiga o'tadigan qilindi. Bunda to'lov hujjatining statusi avtomatik risk tahlilidan o'tkazilmoqda bo'ladi. Ya'ni endilikda to'lov hujjatida tanlangan shartnoma bo'yicha Hisob palatasining masofaviy audit dasturida ham turli tekshiruvlar bo'ladi va qandaydir kamchiliklar aniqlanadigan bo'lsa, to'lov topshiriqnomada tegishli xatolik ko'rsatilgan holda qaytib keladi. Agar barcha tekshiruvlar muvvaffaqiyatli o'tsa, unda to'lov hujjati ham yuborishga tayyor statusga o'tadi va uni keyin DMBATga yuborish mumkin bo'ladi.@uzasboyangiliklari
  • UzASBO yangiliklari

    10 июн., 12:05

    https://teletype.in/@uzasboyangiliklari/ushlanmani-qayerga-kochirish-mumkin@uzasboyangiliklari
    TeletypeUshlanmani qayerga ko'chirish mumkin?Bu bo\'yicha avval ham ma\'lumot berilgandi. Faqat avval cheklov to\'lov hujjatini tasdiqlashda chiqardi. Hozir so\'rovnoma bo\'yicha to\'lov...
  • UzASBO yangiliklari

    22 янв., 05:18

    «УзАСБО» ДМнинг «Ҳужжат - Кадр ҳисоби» бўлимидаги барча ҳужжатларда «Ҳужжат протоколи» маълумоти чиқадиган қилинди. Мазкур маълумотда ҳужжатларнинг ким тарафидан ва қайси вақтда яратилганлиги, шунингдек шу каби бошқа маълумотларни кўриш мумкин.
  • UzASBO yangiliklari

    29 сент. 2025 г., 10:40

    G‘aznachilik tizimida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi markaziy apparatini ogohlantirish uchun dasturning G‘azna mijoz qismiga “Tegishli asoslarsiz qaytarish holatlari” moduli yaratildi.Bunda to‘lov topshiriqnomasi, shartnoma hamda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatidagi to‘lov reyestri hujjatlarini o‘tkazilmasdan asossiz qaytarilish holati yuzasidan tegishli ma’lumotlarni to‘ldirib yuborish imkoniyati qo‘shildi.Ushbu ma’lumot to‘g‘ridan-to‘g‘ri G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining markaziy apparati tomonidan muntazam o‘rganib boriladi hamda murojaatchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor etilmaydi.@uzasboyangiliklari
  • UzASBO yangiliklari

    7 авг. 2025 г., 06:25

    Dasturdagi maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida foydalanuvchilar oʻzlariga tegishli loginning parolini har 30 kunda yangilab turishi majburiy qilindi. Parol quyidagi shartlarga javob berishi kerak: - kamida 6 ta belgi; - kamida 1 ta raqam; - kamida 1 ta belgi yoki harf. Misol uchun abc123, 111—-, test1+ kabi.Parol esdan chiqqani sababli tizimga kirolmayotgan boʻlsangiz, uni tashkilot rahbarining kabinetiga kirib almashtirib olish mumkin. Bunda boshqaruv menyusidagi Tashkilot sozlamalari-Tashkilot foydalanuvchilari qismiga kiriladi va tegishli foydalanuvchi tahrirlab, parol joyiga yangi parol kiritiladi. Agar tashkilot rahbarining paroli esdan chiqarilgan boʻlsa, unda dasturga elektron raqamli imzo kaliti bilan kirib, xuddi shu tartibda parolni yangilash mumkin.@uzasboyangiliklari
  • UzASBO yangiliklari

    15 апр. 2025 г., 13:17

    Mehnat ta'tilini summasining to'g'ri hisoblanganligini tahlil qilish va o'zgargan tartibda o'rtacha ish haqini hisoblab chiqarishning o'ziga xos xususiyatlari@uzasboyangiliklari
  • UzASBO yangiliklari

    11 апр. 2025 г., 14:29

    O'rtacha ish haqi hisoblash tartibiga kiritilgan o'zgarish bo'yicha dasturda mehnat taʼtili va ijtimoiy ta'tillar va ishdan ozod etish bo‘yicha boshqa buyruqlarga o‘rtacha kunlik ish haqini hisoblash tartiblari yuzasidan@uzasboyangiliklari
  • UzASBO yangiliklari

    8 апр. 2025 г., 04:06

  • UzASBO yangiliklari

    8 апр. 2025 г., 04:04

  • UzASBO yangiliklari

    8 апр. 2025 г., 04:04изменён

    O'rtacha ish haqi hisoblash tartibiga o'zgarish kiritildiMehnat ta'tili, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi kabi to'lovlarni hisoblashda eng avvalo o'rtacha ish haqini hisoblab olish kerak bo'ladi. Bunda Mehnat kodeksining 257-moddasi asos bo'lib xizmat qiladi. 2025-yil 13-fevralda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi va 257-moddaning ham bir qancha qismlariga o'zgarish kiritildi. Eng asosiy o'zgarish esa uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilandi:“Mehnatga haq to‘lashning barcha tizimlaridagi xodimlarning o‘rtacha ish haqi xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi o‘n ikki kalendar oy uchun xodimga hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida belgilanadi.”Quyidagi video va faylda shu bo'yicha
  • UzASBO yangiliklari

    3 апр. 2025 г., 05:38

    2025-yildan boshlab dasturda avval tashkilot faoliyat turi tanlanmaydigan quyidagi 4 ta hujjatga ham uni tanlash qo'shildi:- asosiy vositalarni qayta baholash; - asosiy vositaning eskirishini hisoblash; - debitorlik va kreditorlik qarzlarni qayta hisoblash; - valyutani qayta baholash.https://teletype.in/@uzasboyangiliklari/4-ta-hujjatga-tashkilot-faoliyat-turi-qoshildi@uzasboyangiliklari
    Teletype4 ta hujjatga tashkilot faoliyat turini tanlash qo'shildi2025-yildan boshlab dasturda avval tashkilot faoliyat turi tanlanmaydigan quyidagi 4 ta hujjatga ham uni tanlash qo\'shildi: