Последние посты

Uzbekistan chess federation
22 сент., 19:49
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida dam olish kuni munosabati bilan barcha ishtirokchilar uchun Samarqand shahri bo‘ylab madaniy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi🧢Batafsil videoda tomosha qiling!#ChessOlympiad #Samarkand2026🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Uzbekistan chess federation
22 сент., 16:00
⚡️Shaxmat taxtasidan yashil maydonga: Olimpiadachilar futbol bahsidaSamarqandda davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari uchun futbol musobaqasi tashkil etildi.“Dinamo” stadionida o‘tkazilgan futbol bahsi avvalida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va jamoalar juftligi aniqlandi. Shundan so‘ng ishtirokchilar yashil maydonda o‘zaro kuch sinashdi.Murosasiz kechgan uchrashuvlarda olimpiada qatnashchilari nafaqat sport mahorati, balki jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini ham namoyon etdi. Tezkor hujumlar va keskin vaziyatlar futbol bahslariga alohida shukuh bag‘ishladi.Mazkur musobaqa shaxmatchilarning jismoniy faolligini oshirish, navbatdagi shaxmat bahslari oldidan ularga yangi kuch va yuqori kayfiyat bag‘ishlashga xizmat qildi.#ChessOlympiad #Samarkand2026🕊Telegram
Uzbekistan chess federation
22 сент., 14:49

Uzbekistan chess federation
22 сент., 14:48
Bugun, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida dam olish kuni munosabati bilan barcha ishtirokchilar uchun Samarqand shahri bo‘ylab madaniy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildiEkskursiya dasturidan Samarqandning tarixiy va me’moriy obidalari — Shohi Zinda majmuasi, Imom al-Buxoriy ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasi hamda Registon maydoniga tashrif buyurish o‘rin olgan.Turli mamlakatlardan Samarqandga tashrif buyurgan shaxmatchilar uchun ushbu ekskursiya shaharning boy tarixi, noyob me’moriy merosi va milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini bermoqda.46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi nafaqat sport, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun ham muhim xalqaro maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.#ChessOlympiad #Samarkand2026🕊Telegram 📱Instagram 🔹
Uzbekistan chess federation
22 сент., 11:35
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 6-turdan keyingi turnir jadvali (Ayollar)6 ta turdan so‘ng Xitoy jamoasi 12 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston ayollar birinchi jamoasi hozirda 18-pog‘onadan joy olgan.Shuni esdan chiqarmasligimiz kerakki, turnir hali tugagani yo‘q — qizlarimiz oxirgi mag‘lubiyatga qaramay, oldinda hali ko‘p imkoniyatlarga egalar va Olimpiadaning kuchli uchligi uchun kurashni to‘laqonli davom ettirmoqdalar!#ChessOlympiad #Samarkand2026🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Uzbekistan chess federation
21 сент., 16:57
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 6-turdan keyingi turnir jadvali (Erkaklar)6 ta turdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston jamoasi ta’qibchilardan yaqqol o‘zib ketib, turnirda peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi!#ChessOlympiad #Samarkand2026🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Uzbekistan chess federation
21 сент., 16:56
🇺🇿O‘zbekiston – 🇮🇳Hindiston: 2.5 : 1.5Erkaklar terma jamoamiz amaldagi chempion Hindiston ustidan ilk tarixiy g‘alabaga erishdi. Bu Olimpiadaning eng muhim va taqdirni hal qiluvchi jangi bo‘lib, oltin medallar sari ulkan qadam tashlandi.Ko’plab tahlillarda hal qiluvchi partiya 4-doska bo’ladi deyilgan o‘yinda Shamsiddin Vohidov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi o‘ta qiyin bahsda durang o‘ynadi, qolgan ishtirokchilarimiz ham o‘z partiyalarini durang bilan yakunladi, Nodirbek Yakubboyev esa Nihal Sarinni mag‘lub etib, jamoamizga hal qiluvchi zafarni taqdim etdi!6-turdagi boshqa jamoalarimiz natijalari:🇪🇸Ispaniya — 🇺🇿O‘zbekiston-2 (Erkaklar): 1.5 – 2.5 🇲🇰Shimoliy Makedoniya —
Uzbekistan chess federation
21 сент., 14:37
переслано из @alisher_sadullaev

Uzbekistan chess federation
21 сент., 14:30
переслано из @alisher_sadullaev

Uzbekistan chess federation
21 сент., 10:47изменён
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 🇺🇿O'zbekiston vs 🇮🇳Hindiston!🔴jonli efir#ChessOlympiad #Samarkand2026🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Uzbekistan chess federation
20 сент., 19:03
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 6-tur!Olimpiadaning eng uzoq kutilgan va eng muhim markaziy to‘qnashuvi — O‘zbekiston va Hindiston jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi!Ochiq turnir juftliklari:🇺🇿O‘zbekiston — 🇮🇳Hindiston 🇪🇸Ispaniya — 🇺🇿O‘zbekiston-2 🇦🇺Avstraliya — 🇺🇿O‘zbekiston-3Vakillarimizga bu muhim uchrashuvda omad va zafarlar tilaymiz!#ChessOlympiad #Samarkand2026🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Uzbekistan chess federation
20 сент., 19:03
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 6-tur!Ayollar turniri juftliklari:🇬🇪Gruziya — 🇺🇿O‘zbekiston 🇲🇰Shimoliy Makedoniya — 🇺🇿O‘zbekiston-2 🇸🇪Shvetsiya — 🇺🇿O‘zbekiston-3Qizlarimizga navbatdagi bahslarda zafarlar tilaymiz!#ChessOlympiad #Samarkand2026🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Uzbekistan chess federation
20 сент., 17:47
переслано из @alisher_sadullaev

Uzbekistan chess federation
20 сент., 17:25
⚡️46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 5-tur natijalari!O‘zbekiston terma jamoalarining 5-turdagi o‘yin natijalari:Erkaklar terma jamoalari:Vengriya — O‘zbekiston: 0 – 4 O‘zbekiston-2 — Filippin: 2.5 – 1.5 Avstriya — O‘zbekiston-3: 2 – 2Ayollar terma jamoalari:AQSh — O‘zbekiston: 2 – 2 O‘zbekiston-2 — Tunis: 4 – 0 O‘zbekiston-3 — Madagaskar: 3.5 – 0.5Vakillarimizga keyingi tur bahslarida ulkan zafarlar tilaymiz!#ChessOlympiad #Samarkand2026
Uzbekistan chess federation
20 сент., 11:28
переслано из @alisher_sadullaev

Uzbekistan chess federation
20 сент., 11:13
⚡️Registonda tafakkur maydoniSamarqandning tarixiy Registon maydonida shaxmat va yoshlar tafakkuri uyg‘unlashgan musobaqa bo‘lib o‘tdi.46-Butunjahon shaxmat olimpiadasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi, Shaxmat federatsiyasi hamda Elite Chess Academy shaxmat klubi hamkorligida samarqandlik yoshlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.Musobaqada 100 nafardan ortiq yosh ishtirok etib, o‘zining mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi va tezkor qaror qabul qilish mahoratini namoyish etdi.Registonning tarixiy muhiti, shaxmat taxtasidagi keskin bahslar va yoshlarning intilishi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.#ChessOlympiad #Samarkand2026🕊Telegram 📱Instagram
