gram news
Аватар канала "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

"O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

@uzenergosotish_rasmiy

WEB-SAYT https://www.ues-jsc.uz/ FACEBOOK https://www.facebook.com/profile.php?id=61565687450200&sk=about INSTAGRAM https://www.instagram.com/uzenergosotish?igsh=dHNscDlkZXZmcXJq&utm_source=qr

ПроектыUZРазное

3,380подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    22 сент., 15:43

    “O‘zenergosotish” AJ rahbariyatining navbatdagi muloqoti Xitoy kompaniyasi vakillari bilan bo‘ldiBugungi kunda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida “China Datang” kompaniyasi tomonidan qurilgan quvvati 263 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi faoliyat yuritmoqda.Kompaniya vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvda shartnomaviy majburiyatlar, stansiyaning infratuzilma obyektlari hamda to‘lovlar bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.Mavjud muammolarni hal etish, quyosh elektr stansiyasi faoliyati barqarorligini ta'minlashga qaratilgan keyingi chora-tadbirlar yuzasidan kelishib olindi.
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    22 сент., 15:41изменён

    “O‘zenergosotish” AJ rahbariyati Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdiUchrashuv davomida ishlab chiqarish jarayonlari va hamkorlikka oid bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan:— atrof-muhit shovqinini nazorat qilish hamda ushbu yo‘nalishdagi mavjud masalalar;— tutun gazlarini chiqarish tizimi va ekologiya sohasidagi amaldagi talablar;— to‘lovlar bilan bog‘liq moliyaviy masalalar;— gaz bosimining keskin oshishi yoki pasayishi natijasida yuzaga kelayotgan ishlab chiqarish jarayonidagi muammolar.Uchrashuv yakunida mazkur masalalar yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud muammolarni birgalikda ko‘rib chiqish va amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashildi.
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    22 сент., 14:55изменён

    Yangi boshqaruv modeli taklif qilindiEndilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.✔ Avval talab aniqlanadi, keyin zarur generatsiya va infratuzilma quvvatlari rejalashtiriladi.🗺 Yer maydoni, tarmoqqa ulanish nuqtasi va texnik yechimlari oldindan tayyor boʻlgan loyiha shakllantirilib, investor ochiq va raqobatli tanlov asosida aniqlanadi.Har bir idoraning vazifa va javobgarligi aniq belgilanadi:✔Iqtisodiyot va moliya vazirligi talab prognozini shakllantiradi;✔Energetika vazirligi strategik rejalashtirish va texnik siyosat uchun javob beradi;✔Energetika bozori regulyatori bozor munosabatlari va tariflarni tartibga soladi.I
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    22 сент., 14:55

    Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    22 сент., 14:54

    Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    22 сент., 14:53изменён

    Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    22 сент., 13:20

    переслано из @shmirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о перспективах развития электроэнергетики и совершенствовании механизмов управления проектами в топливно-энергетической отрасли.#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #istiqbollarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    22 сент., 12:10

    Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    22 сент., 04:54

    Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    21 сент., 11:09

    "O‘zenergosotish" AJ rahbariyati Turkiyaning "Cenergo" MChJ direktori Caner Esat Karabay bilan uchrashdiUchrashuvda kompaniya tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan energetika loyihalari muhokama qilindi.Xususan, Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi quvvati 220 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasi hamda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi bilan bog‘liq qator masalalar ko‘rib chiqildi.Shuningdek, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi quvvati 550 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini ishga tushirish va sozlash ishlari, tijoriy foydalanishga topshirish (COD) bosqichiga chiqish hamda elektr energiyasini xarid qilish shartnomasi (PPA) muhokama qilindi.Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan o‘zaro hamkorlikni davom ettirish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    19 сент., 13:33

    переслано из @shmirziyoyev

    Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni belgilab berdi. — Глава нашего государства обозначил новые возможности для дальнейшего развития Каракалпакстана.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    18 сент., 17:37

    Energy China kompaniyasi bilan hamkorlikning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi“O‘zenergosotish” AJ rahbariyati Xitoyning Energy China kompaniyasi vakillari bilan ham ishchi uchrashuv o‘tkazdi.Muloqot davomida O‘zbekistonda birgalikda amalga oshirilayotgan energetika loyihalarining borishi, ularni amalga oshirish jarayonidagi muhim vazifalar hamda kelgusidagi rejalar atroflicha ko‘rib chiqildi.Shuningdek, moliyaviy hisob-kitoblar, PPA shartnomalarini transfer qilish, COD sertifikatlarini rasmiylashtirish va loyihalar ijrosi bilan bog‘liq boshqa masalalar muhokama qilindi.
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    18 сент., 17:37

    “O‘zenergosotish” AJ rahbariyati Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi vakillari bilan uchrashdiUchrashuv davomida O‘zbekistonda hamkorlikda amalga oshirilayotgan energetika loyihalarining joriy holati hamda hamkorlik doirasidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.Shuningdek, loyihalar doirasidagi to‘lovlar, PPA shartnomalarini transfer qilish, COD sertifikatlarini rasmiylashtirish hamda boshqa qator muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.Uchrashuv yakunida loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish, shuningdek, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    18 сент., 08:58

    17-18-sentabr kunlari Toshkent viloyatidagi Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli "Sevarsoy" sihatgohida o‘tkazilayotgan "Axborot xizmati faoliyati: tahlil, tajriba va rivojlanish" mavzusidagi o‘quv-amaliy seminar doirasida davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Sohadagi ishlarni tanqidiy tahlil qilib, mavjud muammolar va ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.Raqamli muhit shiddat bilan o‘zgarayotgan bugungi kunda axborot xizmatlaridan tezkorlik, tashabbuskorlik va yuqori kasbiy mas’uliyat talab etiladi. Jamoatchilik uchun muhim axborotni o‘z vaqtida, aniq va tushunarli yetkazish, ehtimoliy inqirozli vaziyatlarga oldindan tayyor bo‘lish, OAV bilan konstruktiv hamkorlik qilish hamda axborot ochiqligi va xavfsizligi o‘rtasida muvozanatni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Axborot xizmatlari faoliyati
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    16 сент., 08:56

    переслано из @press_secretary_uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:📌Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik va o‘zaro hurmat asosida barpo etilmoqda. Hamkorlikning maqsadlari mutlaqo ochiq, pragmatik va bunyodkorlik xususiyatiga ega;📌Asosiy vazifa faqat hamkorlik bo‘yicha erishilgan sur’atni saqlab qolish emas, balki bu muvaffaqiyatlarni yanada yuqori sifat bilan oldinga borishning poydevoriga aylantirishdan iborat;📌Markaziy Osiyo jahon bozorlaridagi beqarorlikka qaramasdan, 6 foizdan ziyod o‘sish sur’atini namoyish etmoqda. Umumiy yalpi ichki mahsulot hajmi 500 milliard dollardan oshdi;📌80 milliondan ortiq aholiga ega Markaziy Osiyo ishonch bilan
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    16 сент., 05:07изменён

    Toshkent shiddat bilan kengayib bormoqda, shaharsozlik va ekologiya bilan bog‘liq bugungi vaziyatni inobatga olsak, uning kelajagi har qachongidan ham jiddiy e’tibor va tahlilni talab qilmoqda.Shu maqsadda qator yirik me’moriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    15 сент., 09:48

    переслано из @shmirziyoyev

    O‘zbekiston - Koreya biznes forumida kelishuvlar to‘plami imzolandi va yangi loyihalar ishga tushirildi. — На узбекско-корейском форуме подписан пакет соглашений и запущены новые проекты.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • "O'zenergosotish" AJ Rasmiy kanali

    15 сент., 09:47

    переслано из @shmirziyoyev

    O‘zbekiston – Koreya biznes forumi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Suk ishtirokida salmoqli investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy bitimlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. — По итогам узбекско-корейского бизнес-форума с участием Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Премьер-министра Республики Корея Хан Сон Сук состоялась церемония подписания солидного пакета инвестиционных и торгово-экономических соглашений.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X