gram news
Аватар канала O‘zkomnazorat

O‘zkomnazorat

@uzkomnazoratuz

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi 🌐 https://gov.uz/oz/uzkomnazorat 📞1144 📥 info@uzkomnazorat.uz 📲 https://www.facebook.com/uzkomnazorat 📲https://www.instagram.com/uzkomnaz

ПроектыUZТехнологии

1,790подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • O‘zkomnazorat

    22 сент., 09:38

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
  • O‘zkomnazorat

    22 сент., 04:34

    ▶️“ICT WEEK UZBEKISTAN 2026” OCHILISH MAROSIMINI KUZATIB BORING!Bugun, 22-sentabr kuni soat 09:30 dan boshlab “ICT Week Uzbekistan 2026” haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.🔻 Raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi muhim voqealar, xalqaro hamkorlik va yangi imkoniyatlarga boy haftalikning ochilish marosimini rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali jonli kuzatib boring!🔦Youtube 💙 Facebook❓Haftalik dasturidan nimalar o‘rin olgan?➖Xalqaro forumlar, B2B uchrashuvlar va strategik davra suhbatlari; ➖Sun’iy intellekt, raqamli hukumat, fintex va yangi loyihalar taqdimoti; ➖ICT
  • O‘zkomnazorat

    22 сент., 03:56

    переслано из @rasmiy_axborot_official

    🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
  • O‘zkomnazorat

    22 сент., 03:04изменён

    🌎 22-sentabr — Butunjahon avtomobilsiz kuni!Bugun dunyoning ko‘plab mamlakatlarida avtomobildan foydalanishni qisqartirish va ekologik toza transport vositalarini targ‘ib qilishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda.🌱 Bir kun bo‘lsa-da, shaxsiy avtomobildan voz kechib, jamoat transporti, velosiped yoki piyoda yurishni tanlash — atmosfera havosini asrash va ekologik madaniyatni oshirishga qo‘shilgan kichik, ammo muhim hissadir.📌”O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi jamoasi ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi.🚲 Keling, bugun harakatlanishning ekologik toza usullarini tanlaylik va atrof-muhitga e’tiborimizni amalda namoyon etaylik!Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!🌍Web-sayt🕊Aloqa nazorati🔹Facebook📱Instagram‌‌
  • O‘zkomnazorat

    21 сент., 06:25

    🛡Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish: yosh toifalari qanday belgilanadi?“Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qarori qabul qilingan.📌Mazkur qarorga muvofiq, axborot mahsulotlari bolalarning yoshi va ularga ta’siridan kelib chiqib, bolalar o‘rtasida tarqatilishi cheklangan hamda taqiqlangan axborot mahsulotlariga ajratiladi.🔍 Axborot mahsulotining yosh toifasini belgilashda uning mavzusi, janri, mazmuni va badiiy bezagi, muayyan yoshdagi bolalar tomonidan axborotning qabul qilinishi, shuningdek, uning bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazish ehtimoli hisobga olinadi. Shunga ko‘ra, bolalar o‘rtasida tarqatilishi
    89122211Открыть в Telegram
  • O‘zkomnazorat

    19 сент., 09:07

    переслано из @press_secretary_uz

    Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.Facebook|Instagram|X
  • O‘zkomnazorat

    18 сент., 13:01изменён

    💡Axborot makonida milliy qonunchilik talablari: Nukus shahrida muhim o‘quv-seminar tashkil etildi🔰Axborot makonida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash va axborot tarqatuvchilar mas’uliyatini oshirish maqsadida Nukus shahrida “Axborot makonida milliy qonunchilik talablari, kontent mas’uliyati va bolalarni zararli axborotdan himoya qilishning dolzarb masalalari” mavzusida hududlararo o‘quv-seminar o‘tkazildi.📎Unda mahalliy hokimliklar, ommaviy axborot vositalari, noshirlik sohasi hamda tegishli tashkilotlardan 200 nafardan ortiq vakil ishtirok etdi. Xorazm va Buxoro viloyatlari mutaxassislari esa mazkur muloqotga masofadan turib ulandi.❕Seminarda so‘nggi paytlarda internet muhitida duch kelinayotgan xatarlar — kiberbulling, tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar,
    18,30092211Открыть в Telegram
  • O‘zkomnazorat

    18 сент., 09:02

    переслано из @shmirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga keldi. Safarni boshlashdan avval mamlakatimiz yetakchisi marhum davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi. — Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Республику Каракалпакстан. Перед началом поездки глава нашего государства посетил дом покойного государственного и общественного деятеля Каллибека Камалова.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #xotiraPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • O‘zkomnazorat

    18 сент., 09:02

    переслано из @press_secretary_uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ladi.Ikki kunlik safar davomida davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan.Tashrif doirasida Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетит Республику Каракалпакстан.В ходе двухдневной поездки глава нашего государства ознакомится с проектами в сферах промышленности, сельского хозяйства, образования, медицины, транспорта, туризма и спорта, а также с работой по обеспечению занятости населения и благоустройству махаллей. Планируется также
  • O‘zkomnazorat

    18 сент., 07:59

    переслано из @rasmiy_axborot_official

    Toshkentda shahar muhitini yanada obod va zamonaviy qilish, madaniyat va kino sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayxontohur tumanidagi yangi istirohat bog‘i loyihasi, Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari hamda “O‘zbekfilm” kinostudiyasining faoliyati bilan tanishdi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • O‘zkomnazorat

    17 сент., 05:05

  • O‘zkomnazorat

    16 сент., 10:25

    📲 Elektron davlat xizmatida muammo yuzaga kelsa, nima qilish kerak?Bugungi kunda davlat xizmatlarining asosiy qismi elektron shaklda koʻrsatilmoqda. Xususan, joriy yilning sentabr oyi holatiga koʻra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (my.gov.uz) xizmatlar soni 900 tadan oshdi.➡️Elektron xizmatlardan foydalanishda texnik yoki boshqa muammolarga duch kelganda, xizmat shartlari va muddatlarini tekshirish, muammoni qayd etish hamda zarur hollarda tegishli tartibda murojaat qilish muhim.📌 Infografikada elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda muammo yuzaga kelganda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy jihatlar keltirilgan.Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!🌍Web-sayt🕊Aloqa nazorati🔹Facebook
    8813211Открыть в Telegram
  • O‘zkomnazorat

    16 сент., 08:08

    переслано из @sshmirziyoyeva

    Administratsiyadagi jamoamiz bilan qizg‘in tahliliy muhokama o‘tkazdik. Muhim yo‘nalishlar va yaqin kelajakda amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan yirik loyihalarni atroflicha ko‘rib chiqdik.Biz doimiy ravishda mana shunday ochiq formatda ish olib boramiz: ustuvor vazifalarni belgilaymiz, dolzarb masalalarni tahlil qilamiz, turli yechimlarni o‘rtaga tashlab, ular orasidan eng samaralilarini tanlab olamiz.Har bir mavzuning butun jamoa ishtirokida muhokama qilinishi vaziyatni kengroq baholash, yangi imkoniyatlarni ko‘ra olish hamda eng maqbul yondashuvlarni topishga xizmat qiladi.Yakunda aniq vazifalarni belgilab, Davlatimiz rahbariga taqdim etiladigan asosli takliflarni jamlaymiz.—В Администрации мы с командой провели большой мозговой штурм. Обсудили важные направления и крупные проекты, которые можем реализовать в ближайшее время.Мы регулярно работаем в таком формате.
  • O‘zkomnazorat

    16 сент., 06:01

    ❌Aloqa kabellariga zarar yetkazgan fuqarolarga nisbatan choralar ko‘rilmoqdaTelekommunikatsiya infratuzilmasini muhofaza qilish va aloqa xizmatlarining uzluksizligini ta’minlash muhim vazifalardan biridir. Shu bois aloqa liniyalari va kabel inshootlariga zarar yetkazish bilan bog‘liq holatlar “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan o‘rganilib, aybdorlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilmoqda.❗️Hurmatli fuqarolar, yer qazish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni amalga oshirishda aloqa liniyalari hamda kabel inshootlarining muhofaza zonalarida belgilangan talablarga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz. Mazkur talablarning buzilishi aloqa xizmatlarida uzilishlarga, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.➡️Batafsil: