Последние посты

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
26 сент., 15:22
переслано из @eduuz
Bir orzu — bir imkoniyat — katta natija!Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar ularning bilim va salohiyatini roʻyobga chiqarish, katta maqsadlar sari intilishini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.23-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi doirasida faollar bilan uchrashuvda ham yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning orzu va maqsadlarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida eʼtibor qaratildi.Ana shunday imkoniyatlardan biri Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani Toʻptik MFYda yashovchi, 48-umumtaʼlim maktabining 11-sinfida tahsil olayotgan Marjona Adhamjonova uchun ham katta ragʻbat boʻldi.Marjona maktabdagi oʻqishi bilan bir qatorda xorijiy tillarni oʻrganishga jiddiy eʼtibor qaratib kelmoqda. U ingliz tili hamda ona tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikatlarga ega. Ayni paytda u kelgusi yilda oliy taʼlim muassasasi talabasi boʻlish maqsadida tayyorgarlik koʻrmoqda.Shu munosabat bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Toʻxtasinov, universitet rahbariyati vakillari, Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari Komiljon Komilov, Oltinkoʻl tumani hokimi Otavuolloxon Rasulov hamda Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, “Nuroniy” uyushmasi Andijon viloyati boʻlimi rahbari Oʻktamjon Oxunov Marjonaning xonadonida boʻlib, uni ushbu quvonchli voqea bilan tabrikladi.Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224776👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube|Telegram



O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
26 сент., 12:17
переслано из @sharq_filologiyasi
🟦🟦🟦Butunjahon kasb-hunar ko‘nikmalari tanlovida talabalarimiz sovrindor bo‘ldilar2026-yil 24–27-sentabr kunlari Toshkent davlat transport universitetida Butunjahon kasb-hunar ko‘nikmalari tanlovining Markaziy Osiyo mintaqasi — O‘zbekiston bosqichi o‘tkazildi. Tanlovning tashkilotchisi — Xitoyning Tianjin dengizchilik instituti.Tanlov doirasida kasbiy ko‘nikmalar, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, sun’iy intellekt va innovatsion yondashuvlarni namoyish etishga yo‘naltirilgan yo‘nalishlarda talabalar o‘zaro bellashdilar.Tanlovning “Logistika va ta’minot zanjiri” yo‘nalishida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xitoy filologiyasi kafedrasi talabalari:— Xoshimova Shahrizodabonu; — Norboyeva Maktuba; — Rashidova Shahrizoda3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.Shuningdek, “Sun’iy intellekt” yo‘nalishida Xitoy filologiyasi kafedrasi talabalari:— Abdurahimova Munavvar; — Qodirova Muattar; — Sunnatullayeva Gavhar3-o‘rinni egalladilar.Sharq filologiyasi fakulteti jamoasi barcha talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy muborakbod etadi.Talabalarimizga kelgusidagi ta’limiy, ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻 Telegram|Instagram|Facebook




O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
26 сент., 10:50
переслано из @uzswlusportsclub
🏆🏆🏆⚽️“COCA-COLA STUDENTS CUP” MUSOBAQASIDA O‘ZDJTU TERMA JAMOASI KEYINGI BOSQICHDA!Oliy ta’lim muassasalari talaba-yigitlari o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Coca-Cola Students Cup” musobaqasining 1-tur bahsida O‘zDJTU terma jamoasi TKTI terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.Murosasiz kechgan bahs yakunida O‘zDJTU terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozondiUshbu g‘alaba jamoamizning musobaqadagi keyingi bosqichlar sari dadil qadam tashlashiga xizmat qiladi!🔝O‘zDJTU terma jamoasiga navbatdagi bahslarda omad tilaymiz!🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram




O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
26 сент., 09:49
🟦🟦O‘zDJTU rektorining maqolasi The Korea Herald’da e’lon qilindiO‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinovning O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ta’limiy hamkorlik, inson kapitalini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim va xalqaro hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan maqolasi nufuzli The Korea Herald nashrida e’lon qilindi.“From human capital to innovation: Uzbekistan–Korea educational partnership” sarlavhali maqolada O‘zDJTUning Koreya Respublikasidagi hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalari, universitetda koreys tilini o‘rganayotgan 972 nafar talaba, KOICA ko‘magidagi loyihalar, Koreya tili va madaniyati markazi hamda ikki davlat o‘rtasidagi ta’limiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari haqida so‘z yuritilgan.🔗 Maqolani to‘liq o‘qish: The Korea Herald🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | SaytThe Korea HeraldFrom human capital to innovation: Uzbekistan–Korea educational partnershipThe long-term stability of relations between states depends not only on political agreements or economic projects, but also on the opportunities created for hum
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
26 сент., 09:05
переслано из @rgffaculty
O‘zDJTU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI XALQARO FORUMDA ISHTIROK ETMOQDALARAyni kunlarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida o‘tkazilayotgan IV Markaziy Osiyo nemis tili o‘qituvchilarining xalqaro forumida faol ishtirok etmoqdalar. Forum doirasida zamonaviy tilshunoslik, nemis tilini o‘qitish metodikalari hamda innovatsion yondashuvlar yuzasidan ilmiy-amaliy fikr va tajriba almashilmoqda. Shuningdek, O‘zDJTU hamda Roman-german filologiyasi fakultetining ilmiy-ta’limiy salohiyati, xalqaro hamkorliklari va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Tadbir davomida xorijiy hamkasblar bilan yangi akademik aloqalar o‘rnatilib, nemis tili ta’limini rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinmoqda. 🌐 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Telegram Instagram




O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
25 сент., 14:50
🟦🟦🟦🟦BAA Ilmiy izlanish va tadqiqotchilar markazi delegatsiyasi O‘zDJTUda bo‘ldi25-sentabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Ilmiy izlanish va tadqiqotchilar markazi bosh direktori Dr. Fawaz Habbal, markaz boshqarma boshlig‘i Dr. Firas Habbal, Markaz Ijroiya ofisi direktori Husayn Aldanki hamda koordinator Fadi Nadimdan iborat delegatsiya O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari bilan O‘zDJTUda uchrashuv tashkil etildi. Unda universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, bo‘lim yetakchi mutaxassisi D. Xodjabekova, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo‘ldoshev hamda Arab tili kafedrasi mudiri K. Qodirova ishtirok etdi.Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy salohiyati va xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, universitetda xorijiy tillarni, xususan, arab tilini o‘qitish, tarjimashunoslik va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.Muloqot davomida til ta’limi va tarjimashunoslik sohalarida akademik hamda ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish, arab tili bo‘yicha o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.Tomonlar ta’lim va ilmiy sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish, akademik aloqalarni rivojlantirish hamda istiqbolda hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha kelishib oldilar.🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt




O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
25 сент., 14:20
🟦🟦🟦🟦🟦YEVROPA TILLARI BIR MAYDONDA!30-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yevropa tillari kuni — 2026” doirasida til va madaniyatlar bayrami bo‘lib o‘tadi.🎯 Tadbir davomida ishtirokchilarni:Tillar yarmarkasi Interaktiv o‘yinlar va viktorinalar Turli tillardagi qiziqarli ibora va so‘zlar Film namoyishi va muhokamasi Madaniy almashinuv Musiqiy dasturlar kutmoqda.📍 Manzil: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ⏰ Vaqt: 10:00–13:00Tadbirda Yevropa mamlakatlari diplomatik vakolatxonalari, madaniy tashkilotlar, universitetlar, talabalar, til o‘rganuvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.Yevropa tillari va madaniyatlari bilan yaqindan tanishish, yangi tillarni kashf etish va qiziqarli muhitda vaqt o‘tkazish uchun barchangizni tadbirga taklif qilamiz!📌 Kirish ochiq!🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt


O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
25 сент., 14:02
🎬 O‘zDJTU bitiruvchisining xalqaro muvaffaqiyatiBritaniya kinosanoatida Nodira Aliyeva (Myurrey) nomi bilan tanilgan, qator nufuzli xalqaro mukofotlar sohibi bo‘lgan prodyuser — asli o‘zbekistonlik, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchisi.Nodiraning oddiy o‘qituvchilik va repetitorlikdan boshlangan faoliyat yo‘li London teatrlaridagi aktrisalik, qisqa metrajli filmlarda rejissyorlik va ssenariynavislik, nihoyat, Britaniya kino sanoatida muvaffaqiyatli prodyuserlikkacha davom etdi.Uning dastlabki yirik loyihalaridan biri — “G‘oliblar” (“Winners”) badiiy filmi BIFA (Britaniya mustaqil filmlar mukofoti)ning “Breakthrough Producer” hamda “Discovery Award” nominatsiyalarida g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, film BAFTA “Scotland Awards” tomonidan “Eng yaxshi badiiy film” mukofoti bilan taqdirlangan va 95-“Oskar” mukofotida Buyuk Britaniya nomidan da’vogar bo‘lgan.Maqolada Nodira Aliyevaning ijodiy yo‘li, Britaniya kino sanoatidagi faoliyati va xalqaro muvaffaqiyatlari haqida so‘z yuritiladi.📖 Maqolani o‘qish: Oyina.uz saytidagi maqola🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt


O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
22 сент., 17:35
Magistratura 2-bosqich talabalari bilan suhbat o‘tkazildiO‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Magistratura 2-bosqich talabalari bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.Suhbatda Magistratura bo‘limi boshlig‘i N.A. Maxmudova hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Magistratura bo‘limi maslahatchisi D.D. Kadirova ishtirok etdi.Unda talabalarning odob-axloqi, muomala madaniyati, tashqi ko‘rinishi va kiyinish madaniyatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, universitetda belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, ta’lim jarayonida o‘zini tutish madaniyati, ustozlar va tengdoshlar bilan o‘zaro hurmat asosida munosabatda bo‘lish masalalari yuzasidan fikr almashildi.Suhbat davomida talabalarga jamiyat va ta’lim muhitidagi o‘rni hamda mas’uliyati, zamonaviy va munosib xulq-atvor madaniyatini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Yakunda talabalar



O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
22 сент., 17:05
IJARA XONADONLARIDA YASHAYOTGAN TALABALAR HOLATI O‘RGANILDIO‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti dekani Dilshod Djurayev, universitet profilaktik inspektori Sanjer Sherboyev, fakultet Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ulug‘bek Nazarov, IPMBIB mutaxassisi Maftuna Yuldosheva hamda 3-bosqich tyutori Nilufar Mannonova ishtirokida 3-bosqich talabalarining ijara xonadonlariga tashrif amalga oshirildi.Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlardagi sanitariya-gigiyena holati, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish xavfsizligi o‘rganildi. Shuningdek, gaz plitalari hamda elektr jihozlarining texnik holati ko‘zdan kechirilib, ulardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.Tashrif davomida mas’ullar tomonidan talabalarga xavfsizlik qoidalari batafsil tushuntirilib, kundalik hayotda ehtiyotkorlik


O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
22 сент., 16:51
Komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi22-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida boshqa tashkilotlardan asosiy shtat birligiga ishga qabul qilingan ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlar hamda professor-o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lashni belgilash masalalariga bag‘ishlangan Komissiyaning navbatdagi 5-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda Ishchi komissiya tomonidan 2026-yilda ishga qabul qilingan ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlar hamda professor-o‘qituvchilarning 2025-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan davrdagi ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyati o‘rganildi.Shuningdek, mazkur faoliyatni tasdiqlovchi asoslovchi hujjatlar batafsil ko‘rib chiqilib, belgilangan mezonlar asosida tegishli masalalar muhokama qilindi.




O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
22 сент., 16:15
переслано из @second_faculty_official
ODOB-AXLOQ VA KIYINISH MADANIYATIGA BAG‘ISHLANGAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI📅 Joriy yilning 22-sentyabr sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F. ASHUROVA hamda IPMBIB mutaxassisi O. ARTIKOVA hamkorligida 4-BOSQICH TALABALARI ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.Suhbat davomida universitetning odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati, muomala madaniyati, talaba-yoshlarning mas’uliyati hamda ta’lim muassasasida amal qilinishi lozim bo‘lgan tartib-qoidalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.Tadbir davomida talabalarga ma’naviy yetuklik, o‘zaro hurmat, jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyati va universitet nufuzini saqlash borasidagi tavsiyalar ham yetkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.Ma




O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
22 сент., 15:53
переслано из @thirdenglishfaculty
🏠 Talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilmoqda🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarning ijtimoiy-maishiy holatini yaqindan o‘rganish maqsadida ijara xonadonlariga tashriflar amalga oshirilmoqda.Jarayonda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh. Shamutalova, IPMBIB boshlig‘i F.Xabiyeva, IPMBIB mutaxassisi N.Israilova hamda fakultet tyutorlari G.Mardonova va D.Burxonovalar ishtirok etishdi. Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xavfsizligi va kundalik turmushi atroflicha ko‘zdan kechirilib, ularning taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.Mazkur tashriflar talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ular uchun munosib va qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.Bizni kuzatishda davom eting.https://t.me/thirdEnglishfaculty




O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
22 сент., 15:33
Talabalar uchun psixologik-ma’rifiy mashg‘ulotlar tashkil etildiO‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarining psixologik bilimlarini boyitish, ijtimoiy-psixologik moslashuvini qo‘llab-quvvatlash hamda mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tadbirlar tashkil etildi.Xususan, “Psixologiya soati” doirasida Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari uchun universitet psixologi Sh. Bo‘stonova hamda fakultet tyutori Z. Islomova tomonidan “Kognitiv jarayonlar” mavzusida ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda xotira, diqqat, tafakkur va idrokning kundalik hayot hamda ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritilib, kognitiv jarayonlarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Talabalar savol-javoblar va amaliy mashqlarda faol ishtirok etdilar.Shuningdek, universitet psixologi Z. Xayrullayeva, Uchinchi ingliz tili fakulteti talabalari




O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
22 сент., 15:00
переслано из @uswluangren
📚 Kitobxonlik — ma’naviyat va tafakkur manbaiBugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida IFA 2601-guruh talabalari tashabbusi bilan kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarning mutolaa madaniyatini oshirish maqsadida kitob taqdimoti tashkil etildi.Taqdimot davomida talabalar tomonidan o‘qilgan kitoblarning mazmun-mohiyati, asarlarda ilgari surilgan g‘oyalar hamda kitobdan olgan taassurotlari haqida fikr va mulohazalar bildirildi.Shuningdek, talabalar o‘zlari o‘qigan asarlar yuzasidan o‘zaro fikr almashib, kitob mutolaasining inson dunyoqarashi va fikrlashiga ta’siri haqida suhbatlashdilar.📖 Kitob o‘qigan insonning dunyoqarashi keng, fikri teran bo‘ladi!🌐 Biz ijtimoiy tarmoqda: t.me/Angren_xorijiy_tillar_fakulteti



