gram news
Аватар канала Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati

@uztdi

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

ПроектыUZОбразованиеПодтверждён Telegram

173,000подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Ta'lim nazorati

    23 сент., 16:46

    ⚡️Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan 1 mln 20 ming soʻmgacha mukofot puli beriladi🔰Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat "1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylari kuni" munosabati bilan Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi qayd etilgan.➡️ Bunda mukofot puli miqdorini hisoblashda oʻqituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.Maʼlumot uchun, hozirgi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 360 ming soʻmni tashkil qiladi.✔️ Yaʼni, pedagog va rahbar xodimlarga "1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylari kuni" munosabati bilan 1 mln 20 ming soʻmgacha miqdorida mukofot puli beriladi.📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
  • Ta'lim nazorati

    23 сент., 14:31

    ⚡️ Xorijiy universitetga o‘qishga kirdingiz, kontraktni qanday moliyalashtirish mumkin?Xorijning nufuzli universitetiga o‘qishga kirish katta natija. Ammo undan keyin ko‘pchilik uchun yana bir muhim masala — kontrakt to‘lovini moliyalashtirish turadi.Xalq bankida buning uchun “Ta’lim TOP 300” krediti mavjud. Kredit xalqaro reytinglarning TOP-300 taligiga kirgan xorijiy OTMlarning bakalavriat va magistratura bosqichlariga qabul qilingan talabalar uchun ajratiladi.Kredit shartlari qanday? — miqdori — 20 000 AQSH dollarigacha; — boshlang‘ich to‘lov — 0%; — foiz stavkasi — 14% (Markaziy bankning amaldagi asosiy stavkasi miqdorida); — asosiy qarz rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.Sodda qilib aytganda, TOP-300 universitetlardan biriga bakalavriat yoki magistratura bosqichiga qabul qilingan, ammo o‘qish xarajatlarini moliyalashtirishga ehtiyoji bor talabalar 20 ming AQSH dollarigacha ta’lim krediti olish imkoniyatidan foydalanishi mumkin.Yana bir jihati — bu imkoniyatdan xorijda malaka oshirmoqchi bo‘lgan pedagoglar ham imtiyozli shartlarda foydalanishi mumkin: ular uchun yosh bo‘yicha cheklov belgilanmagan.Kredit milliy valyutadagi ekvivalentda ajratiladi.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
  • Ta'lim nazorati

    22 сент., 13:19

    ⚡️Milliy sertifikat imtihonida qatnashish uchun ariza berish yana qayta ochiladiMilliy sertifikat imtihoniga roʻyxatdan oʻtishga ulgurmagan talabgorlar uchun toʻlov muddati yakunlangach, boʻsh qolgan oʻrinlarga ariza berish imkoniyati qayta ochiladi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlum qildi.Agentlikka koʻra, imtihonlar uchun belgilangan limitlar avvalgi imtihonlar statistikasi asosida shakllantirilgan.Ayni paytda oktyabr oyidagi sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning 60 foizi hali toʻlovni amalga oshirmagan. Toʻlov qilinmagan arizalar bekor qilingach, boʻshagan oʻrinlarga yana ariza qabul qilinadi.Ariza topshirish qayta ochilishi haqida bir kun avval eʼlon beriladi. Masalan, oʻzbek tili va adabiyoti fanidan toʻlov muddati 3-oktyabrda yakunlansa, 4–5-oktyabr kunlari boʻsh oʻrinlar uchun qayta ariza topshirish imkoniyati berilishi mumkin.E
  • Ta'lim nazorati

    22 сент., 08:07

    ⚡️Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi📌Biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 26–30-sentyabr va 2–4-oktyabr kunlari o‘tkaziladi, jumladan:26- va 28-sentyabr kunlari biologiya fanidan; 27–28-sentyabr kunlari kimyo fanidan; 29–30-sentyabr kunlari fizika fanidan; 2–4-oktyabr kunlari matematika fanidan.✔️26–28-sentyabr kunlari biologiya va kimyo fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:⚫️1-smena uchun: 07:00 dan 08:30 ga qadar ⚫️2-smena uchun: 13:00 dan 14:30 ga qadar✔️ 29–30-sentyabr kunlari fizika hamda 2–4-oktyabr kunlari matematika fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:⚫️1-smena uchun:
  • Ta'lim nazorati

    21 сент., 13:39

    ⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish nega tez yopilmoqda?So‘nggi kunlarda milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish ayrim hududlarda qisqa vaqt ichida yopilib qolgani yuzasidan murojaatlar ko‘paydi.Bilim va malakalarni baholash agentligi ushbu holatga munosabat bildirib, imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish endilikda har bir hudud uchun belgilangan o‘tirish o‘rinlari sonidan kelib chiqib amalga oshirilishini ma’lum qildi.Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan joriy etilgan.Qarorga ko‘ra: “Test sinovini o‘tkazish joyi, muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni va sanasi Agentlik tomonidan belgilanadi hamda Agentlikning rasmiy veb-sayti va YIDXP orqali e’lon qilinadi. Bunda talabgorlar muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soniga muvofiq YIDXP orqali ro‘yxatga olinadi”. Bu nimani anglatadi?Sodda qilib aytganda,
  • Ta'lim nazorati

    21 сент., 13:25изменён

    #Rasmiy_munosabat❗️Milliy sertifikat imtihonlariga muayyan hudud boʻyicha oʻtirish oʻrinlari soniga ro'yxatga olinadiSo‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining-2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan
  • Ta'lim nazorati

    21 сент., 12:16изменён

    ⚡️ ATTESTATSIYAGA MUROJAAT YUBORISH UCHUN 10 KUN QOLDI! Hurmatli pedagoglar, 2026-yil avgust–dekabr mavsumida malaka toifasi sinovlarida ishtirok etish uchun murojaat yuborish jarayoni davom etmoqda.📌 Murojaat yuborishning so‘nggi muddati — 2026-yil 30-sentabr.🎓 Attestatsiyada ishtirok etishni rejalashtirayotgan pedagoglar murojaatlarini belgilangan muddatgacha “Pedagog” platformasi orqali yuborishlari mumkin.👉 Murojaat yuborish uchun pedagog.uzedu.uz platformasiga kiring va “Murojaatlarim” bo‘limi orqali tegishli attestatsiya turini tanlang.10 kun qoldi — murojaatingizni oxirgi kungacha qoldirmang!Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar 👉 www.sinovtest.uz saytida namunaviy testlar bilan tanishishlari mumkin.✔️ Ushbu xabarni
    Иллюстрация к посту канала Ta'lim nazoratiИллюстрация к посту канала Ta'lim nazorati
  • Ta'lim nazorati

    21 сент., 07:10

    ❗️Qizlar tezroq ish topmoqda, yigitlar esa ko‘proq maosh olmoqdaBitiruvchilar sifati indeksi (BSI) doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalari jinslar kesimida ham tahlil qilingan.BSI natijalariga ko‘ra, qizlar o‘rtasida bandlik darajasi 85,1 foiz, yigitlarda esa 80,4 foizni tashkil etgan. Qizlar o‘rtacha 2 oyda, yigitlar esa 3 oyda ishga joylashgan.Biroq o‘rtacha ish haqi bo‘yicha manzara boshqacha: yigitlarda bu ko‘rsatkich 6 mln so‘m, qizlarda esa 3,9 mln so‘mni tashkil qilgan.Mehnat bozorida yuqori natija qayd etilgan TOP-5 sohalar tahlil qilinganda, quyidagilarni ko‘rish mumkin:Qizlarda:➖Transport xizmatlari; ➖matematika va statistika; ➖ta’lim; ➖biznes va boshqaruv; ➖Gummanitar fanlar.Yigitlarda esa:
    Иллюстрация к посту канала Ta'lim nazoratiИллюстрация к посту канала Ta'lim nazorati
  • Ta'lim nazorati

    21 сент., 06:16

    📢Matnlaringizni yangi alifboga ötkaziş endi yanada qulay🖋Özbek alifbosidagi yangilanişlar munosabati bilan matnlarni yangi yozuvga moslaştiriş zarurati ortib bormoqda.🔹@YozuvBot — eski alifboda yozilgan matnlarni yangi özbek alifbosiga avtomatik ötkazişga yordam beruvçi Telegram bot.Bot orqali: — matnlarni yangi alifboga tezkor ötkaziş; — Ğ → Ğ, Ö → Ö, Ş → Ş, Ç → Ç kabi özgarişlarni avtomatik amalga oşiriş; — tayyor natijani nusxalab oliş mumkin.📌Talabalar, öqituvçilar, jurnalistlar, taşkilotlar va barça foydalanuvçilar uçun qulay yeçim.📱 @YozuvBot — matnlaringizni yangi alifboga moslaştiring.
    Иллюстрация к посту канала Ta'lim nazoratiИллюстрация к посту канала Ta'lim nazorati
  • Ta'lim nazorati

    19 сент., 17:40изменён

    #rasmiy_xabarKontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.Bu muddat:• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar; • oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar; • oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
  • Ta'lim nazorati

    19 сент., 13:48изменён

    #Yil_oʻqituvchisi #Gʻoliblar_aniqlandi📣 DIQQAT!!!Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.✅ Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.➖ Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.📊 Ma'lumot oʻrnida: joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.📍Gʻoliblar
    Иллюстрация к посту канала Ta'lim nazoratiИллюстрация к посту канала Ta'lim nazorati
  • Ta'lim nazorati

    19 сент., 09:49изменён

    ⚡️Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga imtiyozli kredit beriladiNukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.Yig‘ilishda bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.Hududda xorijiy til sertifikatiga ega 98 ming, axborot texnologiyalari bo‘yicha 127 ming, aniq fanlar bo‘yicha sertifikat olgan 5,5 ming yosh bor. Ularning 10 mingi chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.Koreyadagi vatandoshimizning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatib, ularni yuqori daromadli qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb etib,
    Иллюстрация к посту канала Ta'lim nazoratiИллюстрация к посту канала Ta'lim nazorati
  • Ta'lim nazorati

    19 сент., 08:25

    ⚡️ O‘qishga kirishga ulgurmaganlar bormi? TAFUda hali imkoniyat borAgar hali ham talaba bo‘lolmagan bo‘lsangiz, Toshkent amaliy fanlar universitetiga hujjat topshiring. Oliygoh rasmiy lisenziyaga ega, hozir ro‘yxatdan o‘tganlarga kontraktdan 4 750 000 so‘mgacha chegirma berilyapti.Qabul va onlayn imtihonlar 25 sentyabrgacha davom etadi. Viloyatdan keladiganlar uchun yotoqxona bor, lekin joylar tugab boryapti. Agar imtihondan o‘tib qo‘ygan bo‘lsangiz, hujjatlarni tezroq topshirib, shartnoma qiling. Chunki imtihondan o‘tishning o‘zi joyni kafolatlamaydi.Uydan chiqmay www.utas.uz saytida ariza qoldirish mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
    Иллюстрация к посту канала Ta'lim nazoratiИллюстрация к посту канала Ta'lim nazorati
  • Ta'lim nazorati

    18 сент., 12:17

    #Qonunchilik_yangiliklar❗️ Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiHukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.📌 Chegirma davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.❌ Chegirma: ▪️ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlarida; ▪️ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida ; ▪️qo‘shimcha va
  • Ta'lim nazorati

    18 сент., 12:14

    ❗️ Magistratura to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandiHukumatning “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura bosqichida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 17-sentyabrdagi 500-son qarori bilan Magistratura to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida magistraturada kadrlar tayyorlash tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha nazariy bilimlar, fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot (ilmiy-ijodiy) ishlar, shuningdek, mutaxassislikka mos korxona va tashkilotlarda tadqiqot ishlari hamda amaliyot (stajirovka)larni amalga oshirishni nazarda tutadi.➡️ Nizomga ko‘ra:▪️ magistratura bosqichida kadrlar ishlab chiqarish dasturiga yo‘naltirilgan — kamida 1 yil, ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan — kamida 2 yil muddatda tayyorlanadi;▪️ ta’
  • Ta'lim nazorati

    18 сент., 08:28

    O‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortiladiPrezident tomonidan yaqinda imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritildi. Unga ko‘ra, ta’lim tashkilotida voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlar o‘z zimmasiga yuklatilgan shaxs tomonidan tarbiya va ta’lim berish jarayonida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik sodir etish, shuningdek, uni kamsitish yoki xo‘rlash kabi harakatlarda ifodalangan tarzda haqoratlash, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda (440 ming so‘mdan 2,2 mln so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
  • Ta'lim nazorati

    15 сент., 11:42

    Pensiyaga oid farmon loyihasi muhokamaga qo‘yildiLoyihada pensiya yoshini 2039-yilda erkaklar uchun 63 yoshga va ayollar uchun 58 yoshga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bunda 2028-yil 1-yanvardan boshlab pensiya yoshi har yili 3 oyga oshirib boriladi.2027-yil 1-yanvardan boshlab pensiyani hisoblab chiqarish uchun inobatga olinadigan oxirgi mehnat faoliyati davomidagi besh yillik ish haqi davri har yili bir yilga oshirib borilgan holda yigirma yillikdagi ish haqi davriga yetkaziladi.Pensiya tayinlashda oʻrtacha ish haqini aniqlashda fuqaroning eng past daromadli davrining 10 foizini pensiya hisob-kitobidan chiqarib tashlash tartibi joriy etiladi.Yoshga doir pensiya tayinlash uchun belgilangan kamida 7 yil ish staji har yili bir yilga bosqichma-bosqich oshirilgan holda 2034-yilda 15 yilga yetkaziladi.Bunda eng kam ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolarga umumiy belgilangan pensiya
  • Ta'lim nazorati

    15 сент., 09:33изменён

    #Сўраган_эдингиз❓ Men оlis hududdagi maktabda ishlayman. Bu yerda 4 nafar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi bor. Biri 1-toifa, biri 2-toifa, birida faqat milliy sertifikat bor. Menda esa ham milliy sertifikat (B+), ham 2-toifa bor.Bunday holatda, ustozlar o‘rtasida dars taqsimotini amalga oshirishda nimalarga e’tibor qaratiladi?✅ Mazkur holatda dars taqsimoti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda 3271-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom"ning 15-bandi bilan tartibga solinadi.Unga ko’ra, dars soatlari maktabning joylashgan o‘rni (olis hududda yoki shaharda ekanligi) bo‘yicha emas, balki o‘qituvchilarning malaka toifasi va fan sertifikatining mavjudligi kabi kasbiy ko‘rsatkichlarining ustuvor ketma-ketligi asosida
  • Ta'lim nazorati

    14 сент., 10:36

    ❓Talaba qaysi holatlarda o‘qishdan chetlashtiriladi yoki kursda qoldiriladi?📄Vazirlar mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida talabalarni o‘qishdan chetlatish va kursdan-kursga qoldirish tartiblari belgilangan.❓Qanday holatlarda talaba chetlashtiriladi?Talabalar quyidagi holatlarda oliy ta’lim tashkilotidan chetlashtirilishi mumkin: ➖o‘z xohishiga ko‘ra; ➖o‘qishini boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirganda; ➖OTMning ichki tartib-qoidalari yoki odob-axloq qoidalarini buzganda; ➖bir semestr davomida uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirganda. Bunda salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holatlar bundan mustasno; ➖to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talaba belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganda; ➖sud tomonid
  • Ta'lim nazorati

    14 сент., 10:00

    ❗️Ta’lim kreditini ONLAYN rasmiylashtirish mumkin📌 Kontrakt asosida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar Xalq bankining imtiyozli Ta’lim kreditiga "xazna" ilovasi orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin.Kredit shartlari: 🔵 talaba xotin-qizlar uchun — 0%; 🔵 talaba yigitlar uchun — 14%; 🔵 imtiyozli davr — o‘qish davri + 6 oy; 🔵 asosiy qarz o‘qish muddati tugaganidan keyin 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.✔️ Ta’lim krediti davlat, xususiy va xorijiy oliy hamda professional ta’lim tashkilotlarida, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida kontrakt asosida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalariga ajratiladi.🔍 Ta’lim kreditini xazna orqali rasmiylashtirish bosqichlari bu yerda.Ta’lim nazorati rasmiy kanali