Последние посты

I got a bad idea
20 сент., 17:24
Davomi yutipda.
I got a bad idea
20 сент., 10:08изменён
Ertalabdan kushli depressiya !Kuni kecha 700 dan oshiq obunachi bor edi, bir kun ichida 200 taga kamayib - 511 ga tushib qolibdi. Bu yerda bir fitna borga o‘xshayotir )Kanalda 3000 mingdan ziyod odam bor - 1000 ga chiqarib qo‘yishga qodirmiz deb o‘ylayman. Qarindosh, sinfdosh, ulpatlarni guruhlariga ulashib yaxshilab isiriq tutatvorsak, bu qorong‘u kunlar ortda qolsa kerak, vallahi ))Obuna bo‘lish - qo‘llab-quvvatlash.


I got a bad idea
17 сент., 13:02
Anboksing
I got a bad idea
17 сент., 12:33
переслано из @geekxona
#anonsTemirni issig‘ida bosmoqlik joiz )))


I got a bad idea
16 сент., 16:12
переслано из @geekxona
Istalgan katta masshtabli madaniy hodisa u MCU bo'ladimi, DC koinotimi, video o'yinlar yoki adabiyot insonga va uning psixologiyasiga xuddi shunday chuqur ta'sir ko'rsata oladi. Chunki gap konkret bitta janrda emas, balki koinotning ko'lami, uning ichidagi falsafa va inson o'sha dunyodan o'zi uchun qanchalik kuchli ruhiy suyanchiq topa olishida. Odam o'ziga yaqin deb bilgan va miqyosi keng bo'lgan har qanday muhitga sho'ng'ishi mantiqiy.Shuning uchun buni qandaydir anime kasalligi deb baholamasdan, shunchaki yirik ommaviy madaniyatning inson psixologiyasidagi tabiiy aks-sadosi deb qarash kerak.Biroq bu yerda nozik bir chegara bor. Agar bunday qiziqish insonning dunyoqarashini boyitadigan, unga intellektual va estetik zavq beradigan sevimli mashg‘ulot bo‘lsa, u shaxsiy rivojlanishga xizmat qilishi mumkin. Ammo bu qiziqish real hayot bilan aloqani uzish, kundalik mas’uliyatlardan
I got a bad idea
16 сент., 10:44
Kapitan Fantastik filmidan parcha - Isming nima ? - Bo - Qanday ma’noni anglatadi (hayronlik) - Ma’nosi yo’q, ismimni ota-onam o’ylab topishgan, singillarim va ukalarimnikini ham (Kielyer, Vespyr, Zaja, Nay, Rellian). Barchamizning ismlarimiz takrorlanmas
I got a bad idea
15 сент., 07:28
переслано из @geekxona
Qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun tashakkur. Har doim yaxshiroq bo‘lishga va podkastni rivojlantirishga intilyapmiz.Mehmon chaqirish borasidagi fikrlaringizni ham inobatga olamiz. Umuman olganda, noneym kanalning o‘sishida mehmonlarning o‘rni juda katta. Lekin hozircha bizda resurs va masofa bilan bog‘liq muammolar bor. Podkast Jizzaxda bo‘layotgani sababli taklif qilgan ko‘plab mehmonlarimiz rad javobini berishyapti. Bu, aslida, juda normal holat.Maqsadimiz odamlar shu podkastga chiqishni o‘zlari niyat qiladigan darajaga yetib borish. Shundagina deyarli istalgan mehmonni podkastga jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Hozircha bu darajadan kilometrlab uzoqdamiz. Muhimi, yo‘lda davom etish.Isiriqlab, duo qilishdan to‘xtamang😁Rahmat )
I got a bad idea
14 сент., 17:08изменён
Anime haqidagi 3-sonni ham youtubega joyladik.Taym kodlar qo‘yildi. Yaxshiroq so‘kishilar uchun 4k sifatda yukladik. Xullas hamma shart-sharoit bor - faqat ko‘rib, obuna bo‘lish qoldi.P.s: Biz qashshag'larni layk va izohlar bilan qo‘llab-quvvatlavorasizlar degan umiddaman )


I got a bad idea
12 сент., 06:38
Shuni ham hal qivorilu )


I got a bad idea
12 сент., 06:05изменён
Собир ака: Ҳурматли дўстлар, ошга соат неччида йиғиламиз?Jasur: O'zi har safar shu muammo... Soat 18:00 ga deyishgandi-ku.Şohruh: Jasur, ma’nan orqada qolib ketibsan. Yangi alifbo ma’qullandi - Özi har safar şu muammo... Soat 18:00 ga deyişgandi-ku, böladi. Çiroyli va ixçam, töğrimi ?Doston: e pr6blemalaring tugamaydiya)) man 10 minutda boraman, 6zi 4oyxona o4iqmi hozir ? wuniyam aniq bilinearila..Собир ака: Доston, бу нима деганинг ? 6-зи 4-ойхона ?Jasur: Sobir aka, e'tibor bermang, bu internet tili. Lekin Shohruh, sening yangi harflaringni ko‘rib ko‘zim tinib ketdi. Ç va Ş nima, turk serialidan ssenariy ko‘chirayapsanmi ?Şohruh: Bu islohot, Jasur ! Sening apostroflaring tugmaçani uç marta bosdirardi. Oʻ yozgunça soçingga oq tuşadi. Yangi alifbo ança tejamkor.Doston: oyog'ila yerdan uzilibdi )) amallab 6qivosilaku baribir, nima farqi bor: "choy" yoki "4oy", mazza
I got a bad idea
12 сент., 05:14
Nima gap savodsizlar !
I got a bad idea
6 сент., 15:21
переслано из @nurbekalimov
Америка президентлари, Франция инқилоби, доллар купюраси, Моцарт, Пушкин ва ҳатто Туркистонни нима боғлайди?Конспирологлар учун жавоб оддий: масонлар.Гўёки улар асрлардан бери дунёни парда ортидан бошқаради. Президентлар эса шунчаки уларнинг буйруғини бажаради. Лекин бу даъволарнинг қайси бири ҳужжатлар билан тасдиқланган, қайси бири гипотеза, қайси бири шунчаки чиройли афсона?Янги роликда масонлар ва иллюминатларнинг ҳақиқий тарихини қараб чиқамиз. Доллардаги кўз кимнинг рамзи? Иллуминатлар Франция инқилобини уюштирганми? Туркистонда масон ложалари бўлганми? Энг муҳими — нега одамлар фитна назарияларига бу қадар осон ишонади?Чойни дамланг. Фолгадан шапка бўлса, уни ҳам кийиб олинг 😁📺 Янги роликни томоша қилинг: https://youtu.be/1_Nn4TaYxWAYouTubeSirli tashkilotlar | 300 yillik fitna nazariyasi tahlili | TARIX RAKURSI | @AlimoffJuda zo‘r narhda 50 ta ajoyib kitoblarni sotib olib, o‘z uy kutubxonangizni yarating! https://asaxiy.uz/u/6a2920e8c1195 Loyihani donat bilan qöllab quvvatlovçilar uçun: https://tirikchilik.uz/alimoff Instagram: https://www.instagram.com/nurbek_alimoff/…
I got a bad idea
27 авг., 13:56
Bugungi kun



I got a bad idea
26 авг., 16:54изменён
Bugungi kunda istagan film yoki serialimni o‘zimga qulay vaqtda ko‘rishim mumkin. Kompyuterni ochaman, qidiraman, tanlayman va tomosha qilaman. Ammo, kompyuterdan o‘zim izlab yoqsam, bu ongli va rejalashtirilgan ishga aylanadi. Televizorda esa biror sevimli filming yoki serialingni tasodifan uchratib qolishing butunlay boshqacha tuyg‘u. Miya buni kutilmagan, yoqimli sovg‘adek qabul qiladi. Xuddi ko‘chada anchadan beri ko‘rishmagan eski qadrdoningga duch kelib qolgandek.Merlin men uchun shunaqa serial.Qizig’i qanchalik suymay, biror marta internetdan ataylab qidirib ko‘rmaganman. Ammo televizorda berib qolsa, kanalni almashtirmayman. Shu payt bolaligimda darslarni tezroq tugatib, serialning efir vaqtini kutganlarim, boshlanishi bilan televizor qarshisiga ittey yugurganlarim ko‘z oldimdan o‘tadi.Hozir imkoniyat ko‘p, lekin tanlov horg‘inligidan charchash bor. Televizor esa tayyor
I got a bad idea
26 авг., 11:21
Bugungi kun


I got a bad idea
24 авг., 13:08
переслано из @kitob_ombori
Ilmiy-fantastikaning kinodagi eng yorqin na’munalaridan biri olmonlar tarafidan ishlagan “Zulmat” (Dark) seriyalidir. Ushbu seriyalni nemis tilida, inglizcha subtitlelar bilan koʻrganman. Netflix’dan ham ilk obunani mana shu seriyalga boʻlgan kuchli qiziqish sabab sotib olganman.Seriyal oʻzining murakkab syujeti, pessimistik, sovuq va falsafiy yondashuvi bilan menga gʻoyat ajib hissiyotlarni bergan.Kartinada mening nazarimdagi eng koʻp koʻtarilgan gʻoya “Qilayotgan ishimiz o'tmishni o'zgartiradimi yoki kelajaknimi?” degan savoldir. Voqealar ham aynan mana shu savol atrofida qayta-qayta kesishaveradi.Ishoning, bu mavzu haqida soatlab oʻqiladigan tarzda maqola yozishim mumkin ammo Geekxona’dagilar buni navbatdagi podkast’da juda ajoyib tarzda yoritishibdi.https://youtu.be/F-EdVhENjSI?si=QqLtwN125MvYWpYf


I got a bad idea
24 авг., 12:52
переслано из @geekxona
#anonsUchinchi sonimizning mavzusi Anime olami. Mehmonimiz - LestatAnime bolalar uchun multfilmmi ? Agar siz hali ham shunday deb o‘ylasangiz, keyingi sonimiz aynan siz uchun. Eng qizig‘i, anime bitta janr yoki bitta auditoriyaga mo‘ljallangan olam emas. Bu yerda bolalar uchun sodda va quvnoq dunyolardan tortib, o‘smirlik davrining murakkab kechinmalarini aks ettiradigan asarlargacha, kattalar uchun esa og‘ir, falsafiy va psixologik mavzularni ko‘taradigan ummon-ummon hikoyalar bor.Xullas keyingi sonimizda internetda yillardan beri davom etayotgan anime yosh bolalar uchun degan stereotip va bahslarga nuqta qo‘ymoqchimiz.Youtube sahifamizga obuna bo'lishni unutmang.@geekxona


I got a bad idea
24 авг., 04:55изменён
Ikkinchi sonimizni ham eson-omon youtubega joylavoldik. Xatolar ustida ishladik, o'ylaymanki, bu safar sifatliroq chiqdi - yaxshilanishda davom etamiz. Xullas, ohirgi 10 kunda ichingizga yig'lib qolgan barcha dardni va fikrlarni izohlarda qoldirishingiz
I got a bad idea
24 авг., 04:43
переслано из @alimofflive
Тоба одамлар Ютюбни ишхонада кўрадими дейманда. "Дам олиш кунлари одамлар уйида дамоп Ютип кўради" деб ўйлаб, видео қўйсанг учмайди. Иш кунлари қўйсанг иттай кўрилади🤣
I got a bad idea
23 авг., 13:13изменён
Ikkinchi sonimizni ham eson-omon youtubega joylavoldik.Xatolar ustida ishladik, o'ylaymanki, bu safar sifatliroq chiqdi - yaxshilanishda davom etamiz.Xullas, ohirgi 10 kunda ichingizga yig'lib qolgan barcha dardni va fikrlarni izohlarda qoldirishingiz mumkin. Layk, isiriq va duo ham esdan chiqmasin.Videoni ko'rich uchun bosing.

