Последние посты

NAVOIY BOLALAR TEATRI
25 мар., 17:55
Teatrimizda “Ochiq eshiklar kuni” ko‘tarinki ruhda davom etmoqda! 🎭San’at ixlosmandlari uchun yana bir ajoyib kun — 26-mart kuni siz aziz tomoshabinlarni teatrimiz sahnasida namoyish etiladigan betakror spektakllarga taklif etamiz. Ushbu kun davomida sahnada inson qalbining nozik kechinmalari, hayotiy voqealar va chuqur ma’noga ega asarlar jonli ijroda namoyon bo‘ladi.🕚 Soat 11:00 da — “Tazarru” spektakli Mazkur sahna asari orqali inson qalbining iztiroblari, kechirim va tavba kabi muqaddas tuyg‘ular yoritib beriladi.🕔 Soat 17:00 da — “Toptalgan tuyg‘u” spektakli Bu spektaklda esa hayotning sinovlari, insoniy munosabatlar va qadrsizlangan his-tuyg‘ular ta’sirchan tarzda sahnaga olib chiqiladi.Bizni kuzatishda davom eting!🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
25 мар., 10:22
Bepul spektakllarimiz davom etmoqda!Bugun soat 11:00da teatrimiz sahnasida bolajonlar uchun quvnoq va tarbiyaviy ahamiyatga ega “Cho‘pqo‘g‘irchoq” spektakli bepul namoyish etildi. Kichik tomoshabinlarimiz ushbu sahna asarini katta qiziqish va hayajon bilan tomosha qilib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishdi.Teatrimiz siz aziz bolajonlar va ularning ota-onalari uchun yana ko‘plab qiziqarli spektakllar bilan xizmat qilishda davom etadi!Bizni kuzatishda davom eting! 🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
25 мар., 05:44
🎭 Kulgu va quvonchga boy unutilmas kechaga marhamat!2-aprel kuni Navoiy viloyat qo‘g‘irchoq teatrida siz aziz tomoshabinlar uchun iste’dodli ijodkor Mirjalol Meyliyevning “Sinab ko‘ring” nomli kulgu kechasi bo‘lib o‘tadi.✨ Dastur mehmoni: Baxodir Berdimurodov 🕕 Boshlanish vaqti: 18:00Ushbu kechada sizni samimiy hazillar, quvnoq chiqishlar va ko‘tarinki kayfiyat kutmoqda. Do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan birga kelib, maroqli dam oling!📍 Manzil: M. Tarobiy ko‘chasi, 605-uy📞 Murojaat uchun: +998 97 323 99 46🎉 Kulgu sizni chorlaydi!🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
25 мар., 04:43
Bepul spektakllarimiz davom etmoqda!24-mart kuni teatrimiz sahnasida katta yoshli tomoshabinlar uchun mazmunan boy va ta’sirchan “Chig‘iriq” hamda “Zaharli tomchilar” spektakllari bepul namoyish etildi. Ushbu sahna asarlari tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi. Teatrimiz siz aziz san’at ixlosmandlari uchun yana ko‘plab bepul namoyishlar bilan xizmat qilishda davom etadi.Bizni kuzatishda davom eting!🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
24 мар., 17:46
🎭OCHIQ ESHIKLAR KUNI! 25-mart ✨ 11:00 — "Cho'pqo'g'irchoq" Mehr, do‘stlik va jasorat haqidagi ertaklar farzandlaringizga juda yoqadi! Ertagayoq reja tuzib — teatrga keling!🕚 Soat 17:00 da — “Ur to‘qmoq” Bolajonlar uchun mo‘ljallangan ushbu qiziqarli va ibratli spektakl halollik, adolat va ochko‘zlik oqibatlari haqida hikoya qiladi. Sehrli buyumlar, kulgili voqealar va hayajonli sahnalar kichkintoy tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashadi.🎟 Spektakllar bepul namoyish etiladi.🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
24 мар., 12:43
#xabarlarBugun 24-mart kuni teatrimizning kichik zalida I chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilish davomida teatrda faol ishtirok etgan ijodkor va xodimlarning faoliyati sarhisob qilinib, ayniqsa She’rxonlik tanlovida alohida faollik ko‘rsatgan ishtirokchilar e’tirof etildi. Tanlov g‘oliblari estalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, ularga samimiy tabriklar bildirildi.Shuningdek, chorak yakunlari bo‘yicha o‘z mehnati, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan ajralib turgan namunali xodimlarni rag‘batlantirish masalalari ham alohida ta’kidlab o‘tildi. ✨ Ushbu yig‘ilish jamoamizni yanada birlashtirib, kelgusidagi ijodiy yutuqlar sari yangi ruh va ishonch bag‘ishladi.Bizni kuzatishda davom eting!🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
23 мар., 17:56изменён
#ochiq_eshiklar_kuni🎭 E’lon! Katta yoshli tomoshabinlar uchun spektakllar.24-mart kuni teatrimiz sahnasida katta yoshli tomoshabinlar uchun quyidagi spektakllar bepul namoyish etiladi: 🕚 Soat 11:00da — "Chig'iriq" spektakli 🕔 Soat 17:00da — "Zaharli tomchilar" spektakli.✨ Barchangizni ushbu mazmunli va ta’sirchan sahna asarlariga taklif etamiz! Teatrimizga tashrif buyurib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘ling.Bizni kuzatishda davom eting!🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
23 мар., 17:56

NAVOIY BOLALAR TEATRI
23 мар., 06:59
#ochiq_eshiklar_kuni23-mart kuni soat 11:00da teatrimizda buyuk alloma hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan "Buyuk Beruniy" spektakli tomoshabinlarga havola etildi.Spektakl davomida Abu Rayhon Beruniyning boy ilmiy faoliyati, insoniyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi sahna orqali yorqin va ta’sirchan tarzda aks ettirildi. Tomoshabinlar ushbu tarixiy sahna asarini katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi oldilar.✨ Ushbu spektakl nafaqat madaniy hordiq, balki yosh avlod uchun ham ibrat va ilhom manbai bo‘ldi.Bizni kuzatishda davom eting!🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
22 мар., 06:35
#ochiq_eshiklar_kuni27-mart — Xalqaro teatrlar kuni munosabati bilan bugun soat 11:00 da teatrimiz sahnasida “Laylakcha va qo‘riqchi” spektakli tomoshabinlarga bepul taqdim etildi.Mazkur sahna asari bayramona kayfiyat bag‘ishlab, kichik yoshdagi tomoshabinlar va ularning ota-onalariga unutilmas taassurotlar ulashdi. Teatr san’atiga bo‘lgan mehrni oshirish va aholi o‘rtasida madaniy hordiqni keng targ‘ib etish yo‘lida ushbu spektakl alohida ahamiyat kasb etdi.Bizni kuzatishda davom eting😊🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
22 мар., 03:21
𝑇𝑒𝑎𝑡𝑟𝑔𝑎 𝑡𝑢𝑠ℎ𝑖𝑠ℎ 𝑏𝑖𝑟 𝑏𝑎𝑥𝑡. 𝐵𝑢 𝑏𝑎𝑥𝑡 ℎ𝑎𝑚𝑚𝑎𝑔𝑎 ℎ𝑎𝑚 𝑛𝑎𝑠𝑖𝑏 𝑞𝑖𝑙𝑎𝑣𝑒𝑟𝑚𝑎𝑦𝑑𝑖!Biz sizlarni kutyapmiz. Sizchi teatrga tashrif buyurishga tayyormisiz?Yaqinlarizga xabarni yuborishni unutmang😊🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
21 мар., 08:09
Bugun ijodkorlarimiz Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlarida faol ishtirok etib, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash yo‘lida munosib hissa qo‘shdilar. Ular sahnada ajdodlarimiz siymosini mahorat bilan gavdalantirib, boy tariximiz va bebaho merosimizni yana bir bor namoyon etdilar.🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
21 мар., 02:01
Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin! Yurtimizga bahor nafasi, yangilanish va yasharish faslini olib kiruvchi ulug‘ Navro‘z bayrami bilan Sizni samimiy muborakbod etamiz.Ushbu qutlug‘ ayyom har bir xonadonga fayz-u baraka, totuvlik va ezgulik olib kelsin. Navro‘zning pokiza ruhi qalblaringizni yanada yoritib, yangi marralar sari ilhom va kuch bag‘ishlasin.Bizni kuzatishda davom eting!🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
20 мар., 03:27
Hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaymiz. Ushbu qutlug‘ ayyom har bir xonadonga tinchlik, baraka, mehr-oqibat va farovonlik olib kelsin. Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!Bizni kuzatishda davom eting!🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
19 мар., 09:43
#ochiq_eshiklar_kuni🌟 Xalqaro teatrlar kuni munosabati bilan ajoyib yangilik! 🎭21-martdan 27-martga qadar teatrimiz sahnasida namoyish etiladigan barcha spektakllar mutlaqo bepul tarzda taqdim etiladi! Siz aziz tomoshabinlarni ushbu san’at bayramiga chorlab qolamiz.🌸 Shu bilan birga, 21-mart — Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan teatr jamoamiz viloyat miqyosidagi bayram tadbirlarida ishtirok etadi.📌 Shu sababli, ushbu kunda spektakllar namoyish etilmaydi. ✨ Qolgan kunlarda esa sizni unutilmas sahna asarlari kutmoqda! Teatrga tashrif buyuring va bahorning eng go‘zal onlaridan birini biz bilan birga o‘tkazing! 🎭💐🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
18 мар., 17:25
#xabarBugun 2-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari teatrimizga tashrif buyurib, san’at olamining betakror muhitini yaqindan his etdilar 🎭✨Teatr sahnasida namoyish etilgan spektakl bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, ularni ezgulik va go‘zallik sari yetakladi 🌟O‘quvchilar har bir sahnani qiziqish bilan tomosha qilib, aktyorlar ijrosiga olqishlar bilan javob qaytardilar 👏 Mazkur tashrif ularning qalbida yorqin taassurotlar qoldirib, teatrga bo‘lgan mehrini yanada oshirdi ❤️Barcha maktablarimizni hamkorlikka taklif etamiz.🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
17 мар., 13:27
#xabarBugun 1-sonli maktab o‘quvchilari Navoiy viloyat qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurib, sahnada jonlangan "O‘n ikki oy" nomli sehrli ertakni katta hayajon bilan tomosha qildilar 🎭Spektakl davomida bolajonlar go‘yo mo‘jizaviy fasllar bag‘rida sayohat qilgandek bo‘lib, har bir qahramon bilan birga quvonib, hayratlanib, o‘ziga xos saboq oldilar 🌿❄️🌸☀️Sahnadagi rang-barang voqealar, jonli obrazlar va iliq muhit o‘quvchilarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi 💫 Bunday uchrashuvlar bolajonlarning qalbida san’atga muhabbat uyg‘otib, ularni yanada ilhomlantiradi.Barcha maktablarimizni hamkorlikka taklif etamiz.🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
17 мар., 09:30изменён
#kulgu_vaqti2-aprel – Xalqaro kulgu kuni munosabati bilan sizni quvnoq kayfiyat, samimiy kulgu va unutilmas lahzalarga boy kechaga chorlaymiz! 🎭 Soat 18:00 da iste’dodli ijodkor Mirjalol Meyliyevning “Sinab ko‘ring” nomli kulgu kechasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur kechada sizni: ✨ Qiziqarli sahna ko‘rinishlari 😂 Yurakdan kuldiradigan hazillar 🎤 Yuksak kayfiyat va samimiy muhit kutmoqda! Kundalik tashvishlarni bir chetga surib, yaqinlaringiz bilan birga chin dildan kulishni istasangiz – aynan shu kecha siz uchun!🎟 Shoshiling, joylar soni cheklangan! Chipta narxlari barcha uchun 30.000 so'mdan. 🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
16 мар., 12:21
#ibratli_videoHal qilaman...Teatrimiz ijodkorlari ishtirokidagi video rolik.🚀Telegram 📹YouTube 📝Facebook 💻Instagram
NAVOIY BOLALAR TEATRI
16 мар., 04:42
🎭 MAHORAT MAKTABI OCHILDI.Teatrimizda MAHORAT MAKTABI o‘z faoliyatini boshlaydi! ✨ Bu yerda siz: — Aktyorlik mahorati — Nutq va sahna madaniyati — Harakat va plastika — Obraz yaratish sirlarini — Sahna orti jarayonlarini professional ustozlar bilan birga o‘rganasiz!📌 Eng muhimi — yosh chegaralanmagan va mahorat maktabi kursi pullik. Bolalar ham, yoshlar ham, kattalar ham ishtirok etishi mumkin! Siz xohlasangiz ; Shodiyev Akmal mahorat maktabiga Yoki Meyliyev Mirjalol mahorat maktabiga qatnashishingiz mumkin.Sahna — bu faqat kasb emas, bu qalb ishi. O‘zingni kashf et, iste’dodingni namoyon qil va orzularing sari dadil qadam tashla!
