Последние посты
Live stream scheduled for Sep 26 at 09:00
26 сент., 09:00

WAYU Korea
22 сент., 11:37изменён
#wayu_jobKOREYADA ISH IMKONIYATIIncheon, Suwon, Bucheon yoki Siheung-si (시흥시) atrofida yashaydigan qiz ishchi kerak.Kompaniya: SSANCAR (추) 싼카 Lavozim: Administrative Assistant & Overseas Sales ManagerAsosiy ish faoliyati administrativ vazifalar bilan bog‘liq.Talablar:1. TOPIK 5 yoki undan yuqori 2. IELTS 6.5 yoki undan yuqori 3. Microsoft 365 — Excel, Word, PowerPoint dasturlarini bilish 4. Resume / 이력서 tayyor bo‘lishi 5. Magistratura yoki undan yuqori darajaga ega nomzodlarga ustunlik beriladiVisa support: E-7 yoki F-2
WAYU Korea
22 сент., 08:46изменён
VATANDOSHIMIZ EKATERINA TSAY “SHUHRAT” MEDALI BILAN TAQDIRLANADIErtaga, 23-sentabr kuni soat 10:00 da Incheon shahridagi “Dasturxon” restoranida vatandoshimiz Ekaterina Tsayni “Shuhrat” medali bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.Mazkur taqdirlash Davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. “Shuhrat” medalini O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchisi topshiradi.🇺🇿 Barcha vatandoshlarimizni ushbu muhim tadbirda ishtirok etishga taklif qilamiz!📍 Manzil: Incheon shahri, “Dasturxon” restorani 🕘 Vaqt: kunduzi 10:00 daInstagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
WAYU Korea
22 сент., 06:07изменён
WAYU Women #3 — AYOLNING 4 QIRRASIChuseokni qanday mazmunli o’tkazish haqida o’ylamodamisiz? Unda sizni samimiy suhbat, real tajriba va foydali maslahatlar uchun WAYU Women #3 uchrashuviga taklif qilamiz.Bu safar biz bilan o‘z tajribasi va bilimlari bilan bo‘lishadigan 4 nafar ilhomlantiruvchi ayol:-E’zoza Irgasheva Tadbirkor · Cargo sohasi mutaxassisi •Oila bilan hayot va farzand tarbiyasi-Maftuna Mansurova Tibbiyot mutaxassisi · Hamshira •Ayollar salomatligi va muhim tibbiy masalalar-Shahnoza Alimova Immigratsiya mentori · Seoul Global Center’da 12 yillik tajriba •Ayol sifatida o'zini anglash: ayol, ona, rafiqa-Muslimaxon Rahimova


WAYU Korea
22 сент., 02:19изменён
Ilmni qo’llaymiz!“Assalomu alaykum, men Hoseo Universiteti talabasiman. Janubiy Koreyada tahsil olayotgan O'zbekistonlik talabalar misolida ingliz tilini o'rganishida motivatsiyaning ahamiyati mavzusida magistrlik ilmiy ishimni qilyapman. 3 daqiqa vaqtingizni ajratib ushbu so'rovnomada ishtirok etishingizni iltimos qilaman. Sizning ishtirokingiz ilmiy ishning muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun katta yordam beradi.”https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdChqs1ZHpVd6nMEgtHFOeuM10O01HCGItWDnY14rglhqCFAg/viewform?usp=dialogInstagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedInGoogle DocsSurvey Questions about Intrinsic and Extrinsic MotivationThis questionnaire aims to collect and analyze the type of your motivation in English language learning. The questionnaire uses Likert scale for responses: 1 = Strongly Agree 2 = Agree 3 = Neutral 4 = Disagree 5 = Strongly Disagree. Your answers will…
WAYU Korea
21 сент., 06:54
GLOBAL INFLUENCER EXPO 2026 — KOREYADA!GLOBAL INFLUENCER EXPO 2026 — Instagram, TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yurituvchi influencerlar, blogerlar va kontent yaratuvchilar uchun xalqaro platforma.📅 Sana: 9–11 oktabr, 2026-yil •Manzil: 서울 서초구 강남대로 27 — 양재 aT센터 제2전시장 (Yangjae aT Center, 2-ko‘rgazma zali, Seul)-Expo’da nimalar bo‘ladi?•Turli davlatlardan influencerlar, blogerlar va kontent yaratuvchilar ishtiroki•Xalqaro networking — yangi tanishuvlar va hamkorliklar•Influencer & Buyer Matching — influencerlar, kompaniyalar va xaridorlar o‘rtasida biznes uchrashuvlari•Fan Meeting & Creator Talk Show — kontent yaratuvchilar bilan uchrashuvlar va suhbatlar•K-Food Zone — koreys taomlari, food kontent va mukbang dasturlari


WAYU Korea
21 сент., 02:13изменён
Ilmni qo’llaymiz!Bee Podcast — Koreyadagi O'zbek yoshlari uchun!Koreyada NVIDIA va Coupang'da ishlaydigan ikki vatandoshimiz sizlarga haqiqiy motivatsiya bo'lishi aniq.▪️ AI va Karyera — Muhriddin Ibragimov (NVIDIA, Senior Software Engineer) Global tech kompaniyasida ishlash qanday bo'ladi va qanday ishga kiriladi? 🔗 [YouTube link — Ep.5]▪️ AI va Tezlik — Abdulaziz Sirojiddinov (Coupang, Staff Software Engineer) Amazon offerini rad etib, Coupangda Staff Engineer darajasiga chiqqan hikoya. 🔗 [YouTube link — Ep.6]Savol: Keyingi mehmonimiz kim bo'lishi kerak deb o'ylaysiz? Koreyada tanigan, hikoyasi eshitilishga arziydigan hamyurtingiz bormi? Izoh qoldiring.WAYU Korea ushbu loyihani ulashishdan hech qanday moddiy manfaat ko‘zlamaydi!Instagram | Telegram | YouTube | Facebook


WAYU Korea
20 сент., 11:03изменён
#oʻzimiznikilar #oʻzimiznikilar_podkast #11-son26-sentabr, soat 18:00 KSTMehmonimiz: GULNOZA QO’LDOSHEVA→ Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti, Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (bakalavr, 2015) → Kookmin University, University College London (UCL) (magistr, 2016, 2018) → Westminster International University in Tashkent, Webster University, Xalqaro iqtisodiyot bo‘yicha adjunkt-o‘qituvchi → Lyuksemburg Ijtimoiy-Iqtisodiy Tadqiqotlar Markazi (LISER), doktorant-tadqiqotchi (2024–hozirgacha) → 5 yillik ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqot tajribasi, xalqaro tashkilotlarda konsultantlik va akademik faoliyat → TOPIK 6 (231) | IELTS 8.0 | KIIP 5.0Mavzu: Koreyadan Yevropagacha, chet elda ta'lim va karyeraPodkastda nimalar haqida so‘z boradi?• J. Koreya, Angliya va Luksemburgdagi ta'lim va ish tizimi qanday farq qiladi • Grant va stipendiyalarga topshirishda nimalar ahamiyatli • Ta'limd


WAYU Korea
20 сент., 00:26
#KoreaNewsKOREYA — QAYTA ISHLASH VA CHIQINDI SARALASH QO’LLANMASIKoreyada yashovchi xorijiy fuqarolar uchun qayta ishlash va chiqindi saralash qo’llanmasi tayyor!Foreign Residents Lab jamoasi Koreyada kundalik hayotda qayta ishlash va chiqindi saralash tizimini osonroq tushunish uchun, xorijiy fuqarolar bilan o’tkazilgan intervyular va onlayn so’rovnomalar asosida bu qo’llanmani tayyorladi.Qo’llanma Seul, Ansan va Busan shaharlarida o’tkazilgan tadqiqot asosida yaratilgan bo’lib, Koreyada eng ko’p chalkashlik keltiradigan qayta ishlash va chiqindi tashlash masalalari bo’yicha amaliy ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.📘 Bepul PDF: https://m.site.naver.com/2goOd• Loyiha qo’llab-quvvatlovchisi va moliyalashtiruvchisi: 재단법인 숲과나눔 (Forest & Sharing Foundation) • Nazorat ostida tayyorlangan: IWIK International • Jamoa: Foreign Residents LabInstagram | Telegram | YouTube | Facebook |


WAYU Korea
19 сент., 12:17
#KoreaNewsHamma Birgalikda Seoul Hamjihatlik Festivaliga taklif qilamiz!Xorijiy fuqarolar va mahalliy aholi turli madaniyat va sog'lomlashish tajribalari orqali bog'lanadigan 2- Seoul hamjihatlik festivaliga qo'shiling!📅 Sana va vaqt: 2026-yil 9-oktabr (Juma) — 13:30 dan 17:00 gacha• Manzil: Dongdaemun Design Plaza (DDP)• Dastur mazmuni: 01 Ma'lumot zonasi — Tadbir haqida ma'lumot va xorijiy fuqarolar uchun kundalik hayot konsultatsiyasi 02 K-Beauty zonasi — Go'zallik tajribasi va foto stend 03 K-Health zonasi — Jismoniy test va asosiy tibbiy tekshiruv 04 K-Culture zonasi — An'anaviy madaniy faoliyat 05 Global Culture zonasi — Dunyo bo'ylab madaniy tajribalar Sahna dasturi — Gayageum, K-POP, Taekwondo tomoshalari⚠️ Oldindan ro'yxatdan o'tish shart. Birinchi 100 kishi qatorida bo'ling! Oldindan ro'yxatdan o'ting, tadbirga keling va maxsus sovg'a oling!


WAYU Korea
19 сент., 04:35изменён
Koreyada Soha Bo‘yicha Ishlash: Navbatdagi Netvorking Uchrashuviga Marhamat!HaksengUz Netvorking uchrashuvlari bu safar Wayu Korea bilan hamkorlikda o’tadi.Sizni "From Code to Reality: Scaling Software, Physical AI, and Tech Careers in Korea" deb nomlangan uchrashuvimizga taklif etamiz.Agar sizni robototexnika kelajagi, Physical AI, yirik kompaniyalarga ishga kirish sirlari, kengayuvchan tizim arxitekturasi, SaaS Enterprise tizimlari, F-5 vizasi va fuqarolik masalalari qiziqtirsa — bu uchrashuv aynan siz uchun!Ushbu sonda Koreyaning yetakchi IT kompaniyalarida ko‘p yillik amaliy tajribaga ega 2 nafar hamyurtimiz o‘z bilim va tajribalari bilan bo‘lishadi.🎤 Spikerlar:👤 Eldor Fozilov — Physical AI Engineer @ Samsung Electronics 📌 Mavzu: "Physical AI: The Next Frontier"👤 Obidjon Komiljonov — CTO, Software Architect @ Salesforce 📌 Mavzu: "IT Karyera va Viza strategiyasi"🌟


WAYU Korea
19 сент., 00:52
#KoreaNews"30 DAYS IN SEOUL" — 5-GURUH ARIZALARI OCHILDI!Seul kundalik hayotini yaqindan his eting va kelajak karyerangizga tayyorlaning!- Ariza qabul qilish: 2026-yil 8-sentabr — 21-sentabr• Kimlar uchun: - Seuldagi universitet, kollej yoki magistraturada hozir o'qiyotgan xorijiy talabalar - Seuldagi universitetni so'nggi 2 yil ichida bitirgan va Seulda yashovchi xorijiy bitiruvchilar >Qonuniy yashash maqomi bo'lishi shart👤 O'rin soni: 75 nafar• Ariza topshirish: https://forms.gle/pEVLkzVvupEA85Xo9Dastur haqida to’liq ma’lumot: https://english.seoul.go.kr/recruitment-notice-for-the-5th-cohort-of-30-days-in-seoul/



WAYU Korea
18 сент., 03:05

WAYU Korea
18 сент., 03:02изменён
#wayu_jobJanubiy Koreyada 2 ta ish o‘rniKoreyaning xalqaro tibbiy texnologiyalar kompaniyasi ARMED INC quyidagi lavozimlarga xodim izlamoqda:1. Operations & Logistics CoordinatorManzil: Hanam-si, Gyeonggi-do Ish turi: Full-time, on-site Asosiy vazifalar: import/export hujjatlari, logistika va yuklarni jo‘natish, Excel, hisob-kitoblar hamda kundalik operatsion ishlar.2.Marketing AssociateManzil: Misa Station yaqinida, Hanam-si Ish vaqti: Dushanba–Juma, 09:00–18:00 Ish turi: Full-time, on-siteAriza topshirish: Email: cis@armed.kr WhatsApp: +82 10-7305-5260
WAYU Korea
17 сент., 23:37
#KoreaNews15-GLOBAL KOREA AWARDS- CHET-ELLIK YOSHLAR MUKOFOTIKorea Times gazetasi 15-"Global Korea" mukofoti uchun nomzodlarni qabul qilmoqda. Bu mukofot Koreyada yashovchi ko'p madaniyatli va xalqaro kelib chiqishga ega o'smir va yoshlarning orzulari, ishtiyoqi, iste'dodi va yutuqlarini kashf etish hamda jamiyatimizda xilma-xillikka hurmat va tushunishni oshirish maqsadida ta'sis etilgan.Eng yaxshi natija va faoliyat ko'rsatgan bosh g'olibga Gender Tenglik va Oila Vazirligi raisi mukofoti va 3 000 000 won pul mukofoti beriladi.• Kimlar uchun: Koreyada kamida 3 yil yashagan, ko'chib kelgan oila farzandi bo'lgan barcha maktab (boshlang'ich/o'rta/yuqori) va universitet (bakalavr/magistratura) talabalari - Ko'p madaniyatli oila farzandi: ota-onasidan biri xorijiy fuqaro yoki turli madaniy muhitda o'sgan - Immigrant oila farzandi: ota-onasi chet eldan ko'chib kelgan - Universitet/mag
WAYU Korea
17 сент., 10:01
#oʻzimiznikilar #soʻrovnoma“Oʻzimiznikilar” loyihasining 31-soni uchun qahramonlar qidirmoqdamiz!Mavzu: Koreyada AI/ML Senior Developer bo‘lib ishlayotgan O‘zimiznikilarAgar siz yoki tanishingiz: — Janubiy Koreyada AI/ML sohasida Senior Developer bo‘lib ishlayotgan bo‘lsa; — IT sohasida ko'p yillardan beri professional faoliyat yuritib kelayotgan bo'lsa; — O‘z yo‘li va tajribasi bilan boshqalarga ilhom bera olsa,Quyidagi so'rovnomani to'ldiring yoki izohlarda belgilang!Balki aynan siz tavsiya qilgan qahramonning hikoyasi kimningdir AI/ML sohasidagi ilk qadamiga ilhom bo‘lar!Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn


WAYU Korea
17 сент., 09:29
Koreyada bo’lib o’tgan “O’zbekiston madaniyat kunlari” dan lavhalar!nstagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
WAYU Korea
17 сент., 02:26изменён
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
WAYU Korea
17 сент., 02:23
#KoreaNews2027 GLOBAL KOREA SCHOLARSHIP (GKS-U) — BAKALAVR UCHUN TO'LIQ STIPENDIYAGKS-U — Koreya hukumati tomonidan xorijiy talabalarga Koreyadagi universitetlarda bakalavr yoki kollej darajasida bepul ta'lim olish imkonini beradigan yirik stipendiya dasturi.Ariza topshirish usullari> Embassy Track (O'zbekistondagi Koreya Elchixonasi orqali) - General va R-GKS dasturlari — Koreyadagi tanlangan universitetlarga (Type A yoki Type B) - Har bir davlatga cheklangan kvota beriladiUniversity Track (to'g'ridan-to'g'ri universitetga) - UIC dasturi (Sanoat-Universitet Hamkorligi) — barcha davlatlar uchun ochiq, 13 ta universitetda muhandislik/tabiiy fanlar yo'nalishida 100 o'rin - Kollej (Associate Degree) dasturi — 9 ta universitet, 30 o'rin⚠️ O'zbekiston uchun Embassy Track kvotasi: 3 nafar (1 General + 1 R-GKS + 1 Chet elda yashovchi koreyslik/asrab olinganlar uchun)• Kimlar ariza


WAYU Korea
16 сент., 03:45
Biz konsertni hozirdan boshlab yubordik! Sanatkorlarimiz omon bo’lishsin.Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
