Последние посты

Xalq ta’limi Info
23 сент., 14:25
🎓 Xorijda malaka oshirmoqchi bo‘lgan pedagoglar uchun ham imkoniyat borPedagog uchun xorijda malaka oshirish — yangi tajriba, zamonaviy metodikalarni o‘rganish va xalqaro ta’lim muhitini yaqindan ko‘rish imkoniyati. Ammo buning uchun kerak bo‘ladigan mablag‘ masalasi ham bor.❗️ Xalq bankining “Ta’lim TOP 300” krediti nafaqat xorijiy OTMlarning bakalavriat va magistraturasiga qabul qilingan yoshlar, balki xorijda malaka oshirmoqchi bo‘lgan pedagog xodimlar uchun ham mo‘ljallangan.Muhim tomoni — odatda kredit 30 yoshgacha, shu jumladan 30 yoshdagi fuqarolarga ajratilsa, pedagog xodimlar uchun yosh bo‘yicha cheklov mavjud emas.✅ Asosiy shartlari: 1️⃣ Kredit miqdori — 20 000 AQSH dollarigacha 2️⃣ Foiz stavkasi — 14% (Markaziy bankning amaldagi asosiy stavkasi miqdorida) 3️⃣ Asosiy qarzni qaytarish belgilangan muddatdan so‘ng 7 yil davomida amalga oshiriladi.Demak, xorijda malaka oshirishni rejalashtirayotgan pedagoglar yoshidan qat’i nazar, ushbu imkoniyatni ham ko‘rib chiqishi mumkin.Batafsil — https://t.me/xalqbankinfo/5583Ta’limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
6,120Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
23 сент., 12:42
#BilasizmiIshonchli xususiy universitetni qanday tanlash kerak?Oliy ta’lim — hayotdagi eng muhim tanlovlardan biridir. Maktab bitiruvchilari va abituriyentlar o‘zi uchun eng yaxshi universitetni tanlashda bir nechta omillarni hisobga olishi kerak.Xususiy universitetda o'qimoqchi bo'lgan abituriyent va maktab bitiruvchilari esa quyidagi savollarni berishi tabiiy:➖Xususiy oliygohlar ishonchlimi?➖Litsenziyasini qanday tekshirsa bo'ladi?➖Diplomi O'zbekiston va xalqaro miqyosda tan olinadimi?➖ Bir vaqtning o'zida xorijda ham tahsil olish imkoniyati bormi?➖ Ish bilan ta'minlaydimi?Bugun biz Profi University misolida ko‘pchilik abituriyent va o'quvchilarni qiynab kelayotgan savollarga javob beramiz.Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/843Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
7,470Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
23 сент., 09:31
Samarqandda ham MMTB mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildiSamarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul shaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxlarda xarid qilib, 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qildi.Bundan bir necha kun avval Namangandagi bog‘chalardan birida isitish qozonlari xaridida 1 mlrd so‘m talon-toroj qilingani haqida xabar berilgan edi.Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1746Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
9,990Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
23 сент., 04:58изменён
#Sõragan_edingiz36 nafar o‘quvchini 2 ta sinfga komplektlash mumkinmi?Savol Men maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariman. Maktabning 11-sinf o‘quvchilari soni 36 nafar. Shu sababli, EduERP bazasida titul yaratish qilsam, siz ortiqcha sinf yaratyapsiz, degan yozuv chiqyapti.36 nafar o‘quvchi ikkita sinf bo‘lmaydimi? EduERP bazasi nimaga bunday ma’lumot beryapti?Javob — https://xalqtaliminfo.uz/post/1745Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
11,900Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
22 сент., 14:48изменён
Pullik sinflar, Milliy o'quv dasturi va 1-sinfga qabuldagi "stavkalar"Davlat maktablarida 29 mln so‘mlik pullik sinflarning ochilishi, Milliy o‘quv dasturi va 1-sinfga qabul jarayonida kuzatilayotgan “stavkalar” — jamoatchilik tomonidan eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan."Tanaffus" podkastining 40-sonida ayni shu mavzular ochiqchasiga muhokama qilindi. Podkastimizning doimiy ekspertlari ta'lim bo'yicha ekspet Komil Jalilov hamda jurnalist Dilshoda Shomirzayeva.Ta'lim siyosatiga befarq bo'lmasangiz, podkastimizning ushbu sonini hoziroq tomosha qiling va video ostidagi izohlarda fikringizni yozib qoldiring.▶️ To'liq video — https://youtu.be/_TDRdV5qlfITelegram l Instagram l YouTube
Xalq ta’limi Info
22 сент., 10:39
#Sõragan_edingizYangi ishga kirgan, dekretdan qaytgan yoki ta’tildagi pedagoglar ham mukofot puli olishi mumkinmi?Ayrim ta’lim muassasalarida yangi ishga kirgan, dekret ta’tilidan qaytgan yoki mehnat ta’tilida bo‘lgan pedagoglarga “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan beriladigan mukofot puli to'lanmasligi haqida ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.Ushbu murojaatlarni inobatga olgan holda bizga yetib kelgan savollarga batafsil javob berishga harakat qildik. Ma'lumotlar bilan saytimizda tanishing.Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/858Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
14,900Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
22 сент., 07:56
O‘zbekiston TIMSS 2027 va PISA 2029 tadqiqotida ham ishtirok etadiO‘zbekiston 2027-yilda TIMSS tadqiqotida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, O‘zbekiston 2029-yilda PISA 2029 tadqiqotida ham ishtirok etadi.Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1744Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
13,400Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
21 сент., 15:49
2026-yilda Profi University oliygogini tamomlagan bitiruvchilarining qariyb 80 foizi ish bilan ta'minlangan2025–2026-o‘quv yilida Profi Universityni tamomlagan 2261 nafar bitiruvchining 1791 nafari (79,2 foiz) bugungi kunda turli sohalarda mehnat faoliyatini olib boryapti.Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bitiruvchilarning 1121 nafari xususiy sektorda ishlayotgan bo‘lsa, 244 nafari o‘zini o‘zi band qilgan, 76 nafari MCHJ ta'sischisi, 33 nafari esa yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritmoqda.23 nafar bitiruvchilarning bevosita davlat xizmatchisi sifatida ishlayotgani universitet bitiruvchilarining davlat boshqaruvi tizimida ham o‘z o‘rnini topayotganidan dalolat bermoqda.Yana bir qiziqarli jihat: ayol bitiruvchilarning bandlik darajasi 83,3 foiz, erkaklarda esa bu ko'rsatkich 69,7 foizni tashkil etmoqda.Xo'sh, qaysi yo'nalish bitiruvchilari mehnat bozorida eng talabgir?
12,900Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
21 сент., 11:45
#Sõragan_edingizMaktabdagi barcha xodimga mukofot puli berish mumkinmi?Savol 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan pedagoglardan boshqa toifa xodimlarga ham premiya berish mumkinmi yoki faqat pedagoglarga mukofot berish kerakmi?Javob — https://xalqtaliminfo.uz/post/1344Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
13,200Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
21 сент., 07:25
#Sõragan_edingizO‘qituvchi ta’tilda bo‘lgan davri uchun ham sertifikat uchun ustama to‘lab beriladimi?Savol 2026-yil 14-iyunda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat oldim. Lekin menga ta’til davriga ustama to‘lanmasligini, ta’tildan keyin, ya’ni 28-iyuldan to‘lanishini bildirdi. Savolim shunday, menga sertifikat chiqqan kundan ustama to‘lanadimi?Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1743Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
13,200Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
21 сент., 05:26
O'tgan haftaning ta’limga oid eng muhim xabarlari bilan tanishingPedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazib qo'yish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi ➡️ BATAFSIL30 soat darsni 3 kunga qo‘ydirib, qolgan uch kun dam olsa bo‘ladimi? ➡️ BATAFSILBugungi o‘quvchi — ertangi iqtisodiyot: PISA nimadan ogohlantirmoqda? ➡️ BATAFSILTalabalar tibbiyotni haqiqiy murdalar orqali o‘rganmoqdami? ➡️ BATAFSILMMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi ➡️ BATAFSILVazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi? ➡️ BATAFSIL
11,800Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
20 сент., 14:52изменён
O‘zbekistonlik o‘qituvchilarda Germaniyada ishlash imkoniyati yuqoriAyni vaqtda Germaniyada o‘qituvchilik qilayotgan Behruz Bozorov "Tanaffus" podkastining 39-sonida mehon bo'lgandi.Agar siz ushbu podkastni ko'rmagan bo'lsangiz, hoziroq tomosha qiling yoki o‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo‘yicha belgilab qo‘yilgan vaqt ko‘rsatgichi ustiga bosing:05:22 — Germaniyada o‘qituvchi bo‘lish qanchalik oson? ➡️ BATAFSIL12:16 — Germaniyada o‘qituvchi tanqisligi ➡️ BATAFSIL14:33 — O‘zbekistonda olingan diplom Germaniyada tan olinadimi? ➡️ BATAFSIL18:14 — O‘zbekistonda kamida bir yil o‘qituvchilik qilgan bo‘lsangiz, Germaniyada ishlash uchun yetarli ➡️ BATAFSIL19:24 — Germaniyada maktab tizimi qanday? ➡️ BATAFSILYouTube#38 “Nega buyuk davlatlar boy? Chunki o‘qituvchisi boy” — Behruz Bozorov l "Tanaffus" podkast#germaniya #talim #pedagogy Germaniya ta’lim tizimi, bu mamlakatda o‘qituvchilar maqomi, oylik maoshi haqida ko‘p bora eshitganmiz. Lekin aynan Germaniyada o‘qituvchilik qilayotgan pedagogning o‘zidan bu haqda eshitmaganingiz aniq. "Tanaffus" podkastining…15,200Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
20 сент., 09:49изменён
Hozirgi zamonda oliy ma’lumot kerakmi?Bugun shu savolni oʻziga berayotgan yoshlarni 5-6 yildan soʻng uchratib qolsangiz, katta ehtimol bilan tayinli bir kasbni egallamagan boʻlishlari mumkin.❗️ Nima uchun? Keling, buning ikki muhim sababini koʻrib chiqamiz:1️⃣ Talaba oʻzi qiziqadigan sohani tanlagan boʻlsa ham, universitetdagi noqulay muhit va qiziqarsiz darslar tufayli sohadan koʻngli sovib ketgan.2️⃣ To‘g‘ri oliygoh tanlangan, ammo soha toʻgʻri emas, bunga esa turli omillar sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.✅ Oʻzingiz qiziqqan sohani tanlang va Profi University’ga keling.Milliy sertifikat yoki “DTM” ball natijasi bilan oliygohga qabul davom etmoqda.➡️ Universitet haqida batafsil0️⃣Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'lTa'limga oid eng so‘nggi
13,100Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
20 сент., 03:57
O‘qituvchilar “Yil o‘qituvchisi” mukofot puli hisobidan soliq to‘lamaydiXabaringiz bor, kecha “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi. Tanlov g‘oliblari uchun 100 mln so‘mdan ortiq mablag‘ ularning foydasiga hal bo‘ldi.Agar “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari 1-sentabrga qadar aniqlanib, mukofot puli ham shu paytda rasmiylashtirilganida, har bir g‘olibga 616 mln so‘m emas, 576 mln 800 ming so‘m miqdorda mukofot puli berilgan bo‘lardi.Umuman olganda, g'oliblar 1-sentabrga qadar aniqlanib, mukofot pulidan ham 12 foiz daromad solig‘i undirilganida, 576,8 mln so‘mning 69 mln 216 ming so‘mi soliq sifatida ushlab qolinib, pedagogning qo‘liga 507 mln 584 ming so‘m miqdordagi pul tegishi mumkin edi.Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1742Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
17,600Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
19 сент., 13:51
Tarixda ilk bor har bir tuman (shahar)dan bir nafar o'qituvchi 50 ming AQSh dollaridan ziyod pul mukofoti bilan taqdirlanadiNihoyat, “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi. Xabaringiz bor, bu yil “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga mukofot sifatida 50 ming AQSh dollaridan ziyod pul mablag‘i berish reja qilingandi.Mazkur tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan taqdirlanadi.Joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.Gʻoliblar roʻyxatiTa'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
32,600Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
18 сент., 14:26
Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tan olingan oliygoh haqida bilasizmi?Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti — World Health Organization (WHO) Profi University tibbiyot yo‘nalishini rasman tan olgan va bu haqida o‘z rasmiy saytida e’lon qilgan.Bu nimani anglatadi?Ya'ni, Profi University oliygohining tibbiyot yo‘nalishi diplomi butun dunyoda tan olinadi. Shu sababli, nafaqat o'zbekisonlik talabalar, balki xorijiy talabalar ham ushbu oliygohni ishonch bilan tanlashi mumkin. Chunki WHO ro‘yxatida mavjud bo‘lgan universitet diplomlari xalqaro miqyosda tan olinadi.Bu — Profi University talabalar uchun dunyo bo‘ylab keng imkoniyatlar yaratadi.➡️ Universitet haqida batafsilTelegram l Instagram l YouTube
16,900Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
18 сент., 11:15изменён
O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma berish tartibi qachon kuchga kiradi?

48,500Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
18 сент., 09:23
O‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkinO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 11-sentyabr kuni imzolagan O‘RQ-1174-sonli qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritildi. Unga ko'ra, zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarima jazosi qo'llaniladi.Shuningdek, zo‘ravonlik haqida xabar bermagan pedagoglar ham jazolanishi, pedagoglar tomonidan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati kuzatilsa, bu pedagoglar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinishi ham mumkin.Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1741Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
34,000Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
17 сент., 13:34
#Sõragan_edingizO‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma berish tartibi qachon kuchga kiradi?Ma’lumki, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ota yoki onaning farzandi bo‘lgan, davlat oliy ta’lim tashkilotiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalar to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma berilishi nazarda tutilgan qaror loyihasi e'lon qilingandi.Lekin mazkur hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan hali imzolanmagandi. Xalqtaliminfo.uz mazkur tartib qachondan boshlab kuchga kirishiga aniqlik kiritish maqsadida mas’ullar bilan bog‘landi.Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1740Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
25,100Открыть в Telegram
Xalq ta’limi Info
17 сент., 07:22
#Sõragan_edingizO‘qituvchining ish joyi o‘zgarsa, maktabdagi ustamasi saqlanib qoladimi?Savol Hozirda direktor jamg‘armasi hisobidan 20 foiz ustama olaman. Yaqinda boshqa maktabga ishga o‘tmoqchiman.Ish joyim o‘zgarsa, 20 foizlik ustama saqlanib qoladimi?Javob — https://xalqtaliminfo.uz/post/1077Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
20,600Открыть в Telegram
