gram news
Аватар канала To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

@xatoliklar_lotin

Ushbu kanalda oʻzbek tilida koʻpchilik yoʻl qoʻyadigan turli xatoliklar va ularni bartaraf qilish haqida soʻz boradi. Ma’muriyat: VAQTINCHA O‘CHIQ Reklama: @nuqtavergul Kanal faoliyatini moddiy qoʻllab-quvvatlash: t.me/xatoliklar_lotin/507

3,040подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    20 авг., 17:41изменён

    Endi hamma tadbirkorlar kitob yozadi(mi?)Chet ellik mashhur milliarder va top-menejerlarning kitoblarini koʻp oʻqiymiz. Ular tinimsiz tarjima qilinyapti, doʻkonlarda yaxshigina sotilyapti. Lekin aksariyat hollarda oʻzbek kitobxoni bu hikoyalarni toʻliq hazm qila olmaydi, oʻziga singdirmaydi.Sababi oddiy: u oʻsha afsonaviy Stiv Jobs yoki Ilon Mask. Lekin Oʻzbekiston sharoitida, bizning muhitda va tushunchalar ichida oyoqqa turgan oʻzbek tadbirkori emas. Ularning Kremniy vodiysidagi tajribasi bizdagi bozor realligiga, soliq tizimiga yoki mentalitetga umuman tushmaydi.Bizga oʻzimizning qorakoʻzlarning misoli va timsoli kerak. Noldan boshlab, shu yerning sharoitida yirik kompaniyalarni qurolgan odamlarning tajribasi boshqacha qabul qilinadi.Kecha Prezident tadbirkorlar bilan muloqotda aynan shu haqda taklif berdi. Ogʻir davrlarni, turli toʻsiqlarni boshidan oʻtkazgan
    Иллюстрация к посту канала To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)Иллюстрация к посту канала To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)
    838952Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    28 июл., 12:48

    Kursiv Uzbekistan nashri alifbo yangilanayotgani borasida bir nechta ekspert fikrini jamlab, maqola tayyorlabdi. Baraka topishsin.Qiziq bo‘lsa, maqolada quyidagi mutaxassislar fikrlari bildirilgan: 1. Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i O‘rinboy Boboyorov. 2. Psixolingvist Iroda Azimova 3. @xatoliklar Telegram kanali muallifi Abduazim Rustamxo‘jayev (kamina) 4. Iqtisodchi Behzod HoshimovMaqolani o‘qish 👇 https://uz.kursiv.media/uz/2026-07-28/yangi-harflar-eski-muammo-alifbo-bahsi-kuchaydi/@xatoliklar @xatoliklar_lotin
    1,68086211Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    23 июл., 11:01

    2,310862Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    23 июл., 11:00

    3,6906421Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    7 июл., 11:04изменён

    Bugun ertalabdan alifbo yangilanishi bo‘yicha kutilmagan xabarlar tarqaldi. Ko‘pchilik bu bo‘yicha fikrimni so‘rabdi. Qiziq bo‘lsa, sal keyinroq kanalda yozib qoldiraman.Ungacha asosiy kanaldagi izohlarda muhokama qilib tursak bo‘ladi.@xatoliklar @xatoliklar_lotin
    Иллюстрация к посту канала To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)Иллюстрация к посту канала To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    29 июн., 11:22

    Biror uzunroq maqolada muallif xato qilgan bo‘lsa, mayli deysan. Ammo bor-yo‘g‘i 4 ta so‘zli bannerda xato bo‘lsa, tushunish va kechirish qiyin.Katta brendlar uchun esa mutlaqo yarashmaydigan holat.Hamhor ❌ Hamroh ✅P. S. Rasmda yana qanday xato(lar) bor?Rasm obunachilarimizdan @xatoliklar @xatoliklar_lotin
    Иллюстрация к посту канала To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)Иллюстрация к посту канала To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)
    2,270655Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    19 июн., 12:55

    2,320опрос84Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    13 июн., 00:23

    2,930опрос41Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    9 июн., 13:03

    3,360опрос1254Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    8 июн., 11:38

    2,940опрос7644Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    8 июн., 06:36изменён

    So‘zgar podkastining navbatdagi soniBu safar ko‘pchilik talaffuzda adashadigan “tuproq” so‘zi haqida.🎧 Keyingi audiolarda qaysi mavzularga to‘xtalishimizni istaysiz? Izohlarda takliflaringizni yozib qoldiring 👇#сўзгар @xatoliklar @xatoliklar_lotin
    2,830файл63Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    8 мая, 16:30

    4,640741Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    1 апр., 05:17

    “Boshingni sapchadek uzib tashlayman” — sapcha nima?Badiiy asarlar va xalq dostonlarida qahramonlarning kuch-qudratini tasvirlashda bu ibora tez-tez uchraydi. Xo‘sh, sapcha o‘zi nima?🍈 Sapcha — qovunning palakda tugib, endigina kattalasha boshlagan xomagi.Nega bosh aynan sapchaga o‘xshatilgan? Kichik xomak — sapchaning bandi juda nozik bo‘ladi. Uni uzib olish uchun hech qanday kuch talab etilmaydi, salgina tegib ketsa ham palakdan osongina uzilib tushaveradi.Yozuvchilar va xalq baxshilari qahramonning kuchi va shiddatini bo‘rttirib (mubolag‘a san’ati orqali) ko‘rsatish uchun aynan shu tashbehdan foydalanishgan. Polvon uchun dushmanning boshini tanasidan judo qilish go‘yoki palakdan jajjigina sapchani yulib olishdek oson, arzimas va zahmatsiz ish ekanligi ifodalangan.@xatoliklar @xatoliklar_lotin
    4,65018163Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    20 мар., 18:01

    🌙 Ayyom muborakBu — Hayit tabriklarida eng ko‘p ishlatiladigan jumlalardan biri. Ba’zilar “Ayyom so‘zi ko‘plikni bildiradi, hayit esa 1 kun, demak, bu xato” deydi. Keling, bu holatni qisqacha tahlil qilamiz.Hayit o‘zi necha kun? — Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) Islom shariatida faqat 1 kun (Shavvol oyining 1-kuni) hisoblanadi. Xalqimiz orasida 3 kun davomida yo‘qlovlar qilish odati shakllangan bo‘lsa-da, diniy jihatdan bayram bir kundir.— Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) Bu bayram esa diniy nuqtai nazardan haqiqatan ham 3-4 kun (Zulhijjaning 10-kuni va undan keyingi 3 ta “Tashriq” kunlari) davom etadi.Xo‘sh, unda Ramazon hayitida “Ayyom muborak” deyish xatomi? Arab tili grammatikasi bo‘yicha qarasak: “Ayyom” (أيام) — “yavm” (يوم — kun) so‘zining ko‘pligi, ya’ni “kunlar” degani. Ramazon hayiti 1 kun bo‘lgani uchun arabiy talqinga ko‘ra “kunlar muborak” deyish mantiqsizdek tuyulishi
    5,23016841Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    16 мар., 13:28

    Kanalimiz endi ovozli formatdaNurmuhammad aka Isroilov tashabbusi bilan Avtoradio ko‘magida yangi formatdagi loyihaga qo‘l urdik — “So‘zgar”.Endi ona tilimizga oid keng tarqalgan xatolar, so‘zlarning kelib chiqish tarixi (etimologiyasi), qiziqarli ibora va maqollarning mazmun-mohiyati qisqa, tushunarli va jarangdor audio formatda yoritib boriladi.Ularni sekin-asta kanalimizga ham joylab boramiz.🎧 Keyingi audiolarda qaysi mavzularga to‘xtalishimizni istaysiz? Izohlarda takliflaringizni yozib qoldiring 👇#soʻzgar @xatoliklar_lotin @xatoliklar
    2,690файл12103Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    12 мар., 13:40

    "Boshqa har qanday joyda xato qilsang qilaver, lekin elchixona peshlavhasida emas" , deydigan odam bormi? Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Elchixonasi ekan. Tez orada toʻgʻrilab qoʻyishadi degan umiddamiz. Elchihona ❌ Elchixona ✅ Oʼ ❌ Oʻ
    Иллюстрация к посту канала To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)Иллюстрация к посту канала To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)Иллюстрация к посту канала To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)
    2,87025943Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    12 мар., 12:44

    "Boshqa har qanday joyda xato qilsang qilaver, lekin elchixona peshlavhasida emas" , deydigan odam bormi?Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Elchixonasi ekan. Tez orada toʻgʻrilab qoʻyishadi degan umiddamiz.Elchihona ❌ Elchixona ✅Oʼ ❌ Oʻ ✅@xatoliklar @xatoliklar_lotin
    Иллюстрация к посту канала To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)Иллюстрация к посту канала To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)
    2,420201253Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    11 мар., 02:51

    Ko‘chalarda, turli peshlavha va e’lonlarda imloviy xatolarga tez-tez duch kelib turamiz. Ammo eng achinarlisi — bunday holatlarning aynan ta’lim-tarbiya maskanlarida uchrashi.Rasmga e’tibor qilsangiz, keltirilgan iqtibos Prezident Shavkat Mirziyoyevga tegishli. Ta’lim va yoshlar tarbiyasiga oid shunday muhim fikrni katta qilib yozib qo‘yib, unda bunday qo‘pol imloviy xatoga yo‘l qo‘yilganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.Mumkun ❌ Mumkin ✅@xatoliklar @xatoliklar_lotin
    Иллюстрация к посту канала To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)Иллюстрация к посту канала To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)
    2,4001462Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    2 мар., 15:19изменён

    EMAKDOSH va EMIKDOSHKo‘pincha talaffuzi va yozilishi o‘xshash bo‘lgan so‘zlarni chalkashtirib yuboramiz. Bugun tilimizdagi ana shunday holatlardan birini ko‘rib chiqamiz.1. EMAKDOSH — birga ishlaydigan, hamkasb.Misol: Odatda, ish yuzasidan yelkadosh bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘rtoqlar bir-birlarini butkul tanimay, o‘z emakdoshi qanday zahmat chekayotganini bilmay mehnat qiladi. (Gazetadan)————————2. EMIKDOSH — bir onani emishgan opa-singil, aka-uka.Misol: Bir singlim bor — mening bilan emikdosh, Singlimga arzimni yetkaz, yolg‘iz g‘oz. (“Alpomish” dostonidan)————————Mavzuga oid: • Bedana va bedona • Taʼrif va tarif
    3,140541Открыть в Telegram
  • To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

    28 янв., 11:13

    3,650опрос13653Открыть в Telegram