Последние посты

Xayriniso Ulug‘nazar
22 сент., 18:42
переслано из @amirxudoyberdiyev
УХЛАЙДИ«Ал-қасос ул-минал ҳақ» ояти қонимда ухлайди, Ҳали қасд қилмаган шамшир тиғи жонимда ухлайди.Орзулар бойчечак янглиғ ётурлар замҳарир хобда, Ўн тўрт кунлик келинчакдек ой осмонимда ухлайди.Ичолмам ишқ шаробин заҳри қотилдин кўнгил огоҳ, Жом ичраким оғу солган илон ёнимда ухлайди.Фалак берган кишанни бўйним эрмас, кўксима тақдим, Сиғинмоқ шавқи эркнинг унвону шонимда ухлайди.Исёнсиз дилда шукрона, имоним, ўзлигим, қадрим Ки қорнимни тўйғизган бир парча нонимда ухлайди.Барханлар кўчкиси бирла кўмилди не қадим йўллар, Темурнинг илгидан тушган тиғ Туронимда ухлайди.
Xayriniso Ulug‘nazar
10 сент., 17:00
Men seni o‘ylayman o‘zimdan ko‘proq, Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq
Xayriniso Ulug‘nazar
21 авг., 19:16
Ketgan eshigimizda kelgan eshigimizni unutmadik!@xayrinisoulugnazar
Xayriniso Ulug‘nazar
20 авг., 00:00
O‘limdan qo‘rqmoqlik bizga yarashmas, Axir bitta jonga bir o‘lim derlar. Tolega yozilmish bo‘lsa barchasi, Kor etmas, urinma, qutqarmas yo‘llar.Rozi bo‘lmagaydir o‘lsang-o‘lmasang, Odam o‘g‘illari bilmaydi rizo. Ertami yoki kech, Xudo bo‘lmasang, O‘lursan, unutma, yashamoq — jazo!Qay mahal kelsa ham, qabulim, biroq Ruhimiz nafsdan pastdir, azizim. Aziz jonni toki olguncha Olloh Kuzga yetib olsak, basdir, azizim.© X. U, 2026
Xayriniso Ulug‘nazar
17 авг., 20:53
переслано из @turkkitap_uz
#tarihMillî Türkistan Hürriyet Dâvası✅ Muqovasi yumshoq, 641 bet 💰 200 ming so‘m 📦 Yetkazib berish bepul! 📩 Murojaat: @sitora_qarshiyeva@turkkitap_uz - ko‘p o‘qing, oz to‘lang! 📚🛫
Xayriniso Ulug‘nazar
26 июл., 05:01
переслано из @amirxudoyberdiyev
ЧИНОВНИК ШОИРЛАРЧиновник шоирлар, мақомингиз зўр, Қаламингиз тўмтоқ, ёзганингиз ғўр. Қалб кўзингиз сўқир, пешонангиз шўр, Ғўддаярсиз хода ютгандек доим, Сиртингиз сиподир, ичингиз хоин!Қодирийни отган, Чўлпонни сотган, Турқи совуқ, бети без бўлиб қотган, Покдомон зотларни тўнғиздай қопган, Ўпарсиз унвон деб душманнинг пойин, Сиртингиз сиподир, ичингиз хоин!Ясама савлатда ҳунари оз ғоз Кибр сочиб кунни айлайсиз оғоз, Тирилиб келгандай гўё Ултонтоз, Ғўлдирайсиз ғўлин ютгандай доим, Сиртингиз сиподир, ичингиз хоин!
Xayriniso Ulug‘nazar
25 июл., 18:04
Biriga sig‘maysiz, biriga bora olmaysiz. Ikki dunyoaro yashash shunaqa bo‘larkan.
Xayriniso Ulug‘nazar
24 июл., 11:39
Mana... O‘sha kun ham o‘tdi... @xayrinisoulugnazar
Xayriniso Ulug‘nazar
24 июл., 10:52
Baʼzan odam eng yomon kunlarini eng go‘zal yoshlarida yashaydi. Eng go‘zal kunlari kelganda esa o‘sha yoshlik allaqachon tashlab ketgan bo‘ladi...
Xayriniso Ulug‘nazar
10 июл., 16:50

Xayriniso Ulug‘nazar
7 июл., 11:13изменён
Qozog‘iston va Qirg‘iziston alifbolarida ketma-ket o‘zgarishlar bo‘ldi.Bizda-chi?Bizda ҳам loyiha қабул qilinib, Сенатga юборилди. Xalq vaqtıda бу masalada ciddiy turmadi, çunki ularda, аввало, qorın töyğaziş, оила boqiş kabi boshqa масалалар бор. Natijada o'zlari ҳам katta фоизда кирилda ёзадиган ziyolilardan ёзув işlariga kelganda “лотиндами, kirildami?” дейдиган qatlam, омма uçun uçinçi variant sıfatida яна bır õzgartiriş jarayoni bŏldi...
Xayriniso Ulug‘nazar
3 июл., 11:15
Telegramda @asosiy_aktiv kanali egasi magistraturaga topshirilayotgan “notenglik” haqida yozibdi. Unga ko‘ra, topshiruvchilarning 6 mingdan ortig‘i xotin-qizlar va erkaklar soni 2 mingga ham yetmasligi aytilgan. Sababda esa davlatga “mudhish iqtisodiy yuk bo‘lgan” ayollarning kontrakt pulini davlat(xalqning umumiy solig‘i)ning qoplab berilishi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, “Iqtisodiyot bunday shafqatsiz aralashuvni va resurslarning maqsadsiz sarflanishini kechirmaydi. Qayerda resurs tekin bo'lsa, o'sha yerda raqobat o'ladi va sifat pasayadi. Kontraktni o'z yonidan to'lashi kerak bo'lgan, ammo mablag'i yo'q pragmatik yigitlar chetda qolib, barcha asosiy kvotalar faqat va faqat tekin o'qish imkoniyatidan foydalanib qolishni istagan qatlam tomonidan yopib tashlanmoqda. Biz yuzlab milliard so'm evaziga real sektorga kerakli, rasmda emas amalda raqobatbardosh mutaxassislarni emas, balki
Xayriniso Ulug‘nazar
12 июн., 14:43
переслано из @turonklubi
АА, Хайринисога соғлиқ, саломатлик, хотиржамлик, моддий, маънавий фароғат, бахту иқбол тилаб қоламиз, доимо хайрли эзгу ишларга бош-қош бўлиб юринг! 🤲
Xayriniso Ulug‘nazar
12 июн., 14:39

Xayriniso Ulug‘nazar
5 июн., 08:11
Mana... O‘sha kun ham o‘tdi...@xayrinisoulugnazar
Xayriniso Ulug‘nazar
1 июн., 15:03
Hammasini Nizom bo‘yicha qilish shart, lekin Nizomning o‘zi yo‘q...
Xayriniso Ulug‘nazar
29 мая, 17:19
KEMTIK J. ga Ay yigirma yoshida yuragi sel bo‘lganim, Nomardning qilig‘idan o‘lmasdan ming o‘lganim. Adashib bu yo‘llarda, bo‘lari xo‘p bo‘lganim, Panalab kuzatganlar ko‘ngli bunda to‘qmidi? Ay dahri dun ishiga qoyillikda qotganim
Xayriniso Ulug‘nazar
29 мая, 17:17
KEMTIK J. gaAy yigirma yoshida yuragi sel bo‘lganim, Nomardning qilig‘idan o‘lmasdan ming o‘lganim. Adashib bu yo‘llarda, bo‘lari xo‘p bo‘lganim, Panalab kuzatganlar ko‘ngli bunda to‘qmidi?Ay dahri dun ishiga qoyillikda qotganim, G‘arbdan chiqib gohida, Sharqqa tomon botganim. Bir ko‘zini chirt yumib, mo‘ljal olib otganim Yoydan chiqib nishonga yetmas — qiyshiq o‘qmidi?U dedig-u bu dedik, qismat bildik qadarni, To‘g‘ri so‘zni so‘zlagan hamona darbadarmi? Past ketsak nafsimizga, so‘ngra odam atarmi, Biz Odamning bolasi, unda gunoh yo‘qmidi?!Katta yo‘lning boshida yo‘lchisini kutganim, Hovuchida yuragin ko‘kka qarab tutganim.
Xayriniso Ulug‘nazar
26 мая, 04:09
Agar bevaqt o‘lar ersam, Raqibim baxtiyor o‘lsin...Falakdan intiqom istar jo‘shib ruhimda bo‘ronlar, Na insofni, na vijdonni bilar, yo rab, bu insonlar...Qo‘shiqdan | ✍ Samad Vurg‘un
Xayriniso Ulug‘nazar
25 мая, 16:13
переслано из @turonklubi
YIGIRMA IKKIMDAMen ikki ilkimda ko‘tardim dardni, Bir gard yuqtirmasdan dardlandim, qoldim. Chunki uchratmadim birorta mardni, O‘zimdan qolmayin dedim-da toldim.Bilishmas! Bilmadi! Yurak navosin tinglarga chiqmadi bitta topong‘ir. Yigirma ikkimda qirqning havosi esadir, bu menga og‘irdan og‘ir.Tushundim yelkadosh, do‘stni tushundim, Yor, ag‘yor tushundim — ko‘ngli to‘q edi. Tushundim, tushundim, yana tushundim, Tushunilish chog‘i kimsa yo‘q edi.Ularga ayonmas ko‘nglimdagi roz, Sen dedim, yonimda sen eding doim. Huzuringga olgin va yoki biroz
Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.
Как это работает →