gram news
Аватар канала Xodimga

Xodimga

@xodimga

Kanal Jasur Lutfillayev tomonidan yuritiladi (@xodimga_admin)

1,670подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Xodimga

    6 сент., 07:32изменён

    Bir ishni 10 yil qilish - uning ustasi bo‘lish degani emasBir odamni o’z ishini zo’r qilayotganini ko’rganda, 10 yildan beri bitta ishni qilgandan keyin shunaqa bo’ladida deymiz. Aslida tajriba faqat ishlagan yillar bilan o‘lchanmaydi.Bir odam bir ishni 10 yil qilishi mumkin. Lekin 10 yil davomida bir xil usulda, bir xil xatolar bilan, bir xil darajada ishlagan bo‘lsa, u shunchaki o‘sha ishni 10 yil takrorlagan bo‘ladi.Bu hali u o‘sha ishning ustasi degani emas. Chunki o‘sish uchun shunchaki ishlashning o‘zi yetmaydi.Ishingni tahlil qilish; Xatolarni ko‘rish; “Buni qanday yaxshiroq qilsam bo‘ladi?” deb o‘ylash; Boshqalardan o‘rganish; Yangi usullarni sinab ko‘rish kerak bo’ladi.Eng muhimi - har kuni bir xil ishni avtomatik tarzda bajarib yurmaslik kerak.O‘sish uchun o‘zingga savollar ber
  • Xodimga

    27 авг., 05:04

    Biz ba’zan tanqidiy fikrlash bilan negativ fikrlashni adashtirib yuboryapmiz.Tanqidiy fikrlash - voqelikka har tomondan qarash.Negativ fikrlash esa - yaxshi narsaning ichidan ham yomonini qidirish.Bu ikkalasi bir xil emas.Hayotda hamma narsa mukammal emas.Odamlarda ham, kompaniyalarda ham, shaharlarda ham, davlatlarda ham kamchilik bor.Lekin bu bizni yaxshi narsalarni ko‘rishdan to‘smasligi kerak.Do‘stim, bir narsani tushun:Sen har bir narsadan negativ topishga majbur emassan.Oxirgi paytlarda buni ko‘p kuzatyapman.
  • Xodimga

    25 авг., 11:24

    Kassirning bitta qo‘pol muomalasi - kompaniya uchun katta zararBir kompaniya yaxshi joy tanladi. Chiroyli bino qildi. Mahsulotlarni tanlovi keng. Reklamaga katta pul sarfladi. Hammasi zo’r. Kompaniya har bir mijozni olib kelish uchun reklamaga qancha pul sarflagan.Mijoz o’sha supermarketda kerakli mahsulotlar olib, kassaga boradi.Lekin kassadagi xodim unga sovuq gapiradi yoki oddiy savoliga qo‘pol javob beradi.Mijozning ichidan nima o’tadi?Yuqoridagi harakatlarni hammasini ba’zan shunga o’xshash bitta oddiy muomala yo‘qqa chiqaradi.Nega xodimning muomalasi shunchalik muhim?Chunki mijoz kompaniyaning ichki tizimini ko‘rmaydi.U direktor bilan uchrashmaydi.Boshqaruvchilar qanday ishlayotganini bilmaydi.
  • Xodimga

    22 авг., 03:06

    Eng charchagan (выгорание) paytingda munosabatlaringni buzib qo‘ymaDo‘stim, ishda shunday davrlar bo‘ladi.Mavsum payti, ish ko‘payadi. Vazifalar ustma-ust tushadi. Kun bo‘yi yugurasan, kechasigacha ishlaysan.Shu paytda odamni miyasi qattiq charchaydi. Tez jahli chiqadi. Oddiy gap ham asabga tegadi. Hamkasbining birgina xatosi ham juda katta muammodek ko‘rinadi.Eng xavflisi - bu holat senga oddiy va tabiiydek tuyula boshlaydi.Lekin bir narsani unutma:Sening atrofingdagi odamlar ham xuddi shu davrni boshdan kechirayotgan bo‘lishadi.Ular ham charchagan.Ular ham bosim ostida.Ular ham kechayu kunduz ish haqida o’ylashayapti.
  • Xodimga

    20 авг., 14:56изменён

    Fidoiylik - o‘zingni qurbon qilish emas.Bugun “fidoiy xodim” deganda: ko‘proq ishlash, kechgacha qolish, dam olish kuni ham ishga chiqishnigina tushunamiz.Fidoiylik faqatgina bular emas.Fidoiylik - o‘z ishingga befarq bo‘lmaslik. Muammoni ko‘rib, “bu mening ishim emas” deb chetga chiqib ketmaslik. Kerak bo‘lsa, bir qadam ortiqcha yurish. Qiyin vazifadan qochmaslik.Fidoiylik faqatgina kompaniya uchun foydalimi?Yo’q, albatta.Chunki: kompaniya o‘zgaradi, rahbar almashadi, lavozim o‘zgaradi. Bir kun kelib, bu ishdan ketishing ham mumkin.Lekin shu yerda orttirgan tajribang, biliming, mas’uliyatni ko‘tara olish qobilyating va obro‘ying sen bilan qoladi.Bugun qiyinroq vazifani o‘rganishing - ertaga seni kuchliroq mutaxassis qiladi.Bugun bir muammoni o‘zing hal qilishing - ertaga seni boshqalardan ajratib turadi.
  • Xodimga

    24 июл., 00:46изменён

    Aybdor qidirma. Mas’uliyatni bo‘yningga ol.Yaqinda intervyuda bir yigitdan oldingi ishidan ketish sababini so‘raganimda:- Oxirgi ish joyimdan ketishimga sabab - menejerim juda qattiq tanqid qilib, so‘kib bergani bo‘ldi. - Nima sababdan? - Ozgina vaqtga kechga qolganim uchun. - Birinchi marta kech qolishingga shunaqa so’kdimi? - Yo‘q, uchinchisi edi. - Birinichi ikkitasida nima degan? - Xonasiga chaqirib, chiroyli tanbeh bergan..Xodim o‘z xatosini ko‘rish o‘rniga, menejerni “yomon odam” qilib, o‘zini “qurbon” qilib ko‘rsatyapti.Bir marta kech qolish - bu xatolik.Ogohlantirishlarga qaramay, uchinchi marta kech qolish - bu o‘z tanloving va kompaniya qoidalariga bo‘lgan bepisandligingdir.Odatda talabchan rahbarni “zolim” deb ataladi. Aslida esa, talabchan rahbar - seni tezroq o‘sishingga yordam beradigan odam. Yengil-yelpi munosabat esa seni faqat dangasalikka o‘rgatadi.
  • Xodimga

    6 июл., 06:04

    Kelishuv turlariIsh beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelishuv - bu shunchaki gap yoki qog‘oz emas, bu ikkala tomonning bir-biriga bo‘lgan mas’uliyati. Uni qanaqa turlari bor? Asosiy 2ta turi haqida:1. Vazifa kelishuvi: "Ish bitsa, tamom». Sen qancha vaqt ishlashing muhim emas, muhimi - sifatli natija. Xodim uchun: Sen o‘z vaqtingni o‘zing boshqarasan. Ishingni 2 soatda qilib tugatsang, qolgan vaqt seniki.2. Vaqt kelishuvi: Kompaniya seni 8:00 dan 17:00 gacha bo’lgan vaqtingga pul to’laydi. Sen shu vaqt davomida kompaniya ixtiyoridasan. Kompaniya senga vaqting uchun pul to‘laydi. Xodim uchun: "O‘z ishimni qilib bo‘ldim" degan bahona bu yerda o‘tmaydi. Ish joyida bo‘lgan har bir daqiqang - kompaniyaning resursi. Ijtimoiy tarmoqlar: «reels», «shorts», kompaniya tomonidan ajratilgandan ortiqcha shaxsiy ishlarga vaqt sarflash - bu ochiq-oydin o‘g‘rilik bo’ladi."Ishim kam, vaqtim ko‘p,
  • Xodimga

    30 июн., 00:06изменён

    Solishtirish tuzog‘iO’zingni boshqalar bilan solishtirish - bu komplekslar va ego o‘yini. O‘zingni o‘zing bilan solishtirish - bu o‘sish va taraqqiyot strategiyasi.1. O’zingni boshqalar bilan solishtirish noto‘g‘ri. Chunki sen boshqalarning faqat «senga ko‘rinadigan natijasi"ni (sahna ortini bilmasdan) o‘z "ichki dunyoying" bilan solishtirasan. Bu adolatsiz kurash.Natijada: Boshqalardan yaxshiroq bo‘lsang - kekkayish (ego) paydo bo‘ladi. Boshqalardan yomonroq bo‘lsang - tushkunlik (depressiya) boshlanadi. Ikkala holatda ham sen o‘zingni yo‘qotasan.2. O‘zing bilan solishtirish to‘g‘riroq. Chunki yagona adolatli o‘lchov - bu sen kecha kim eding va bugun kimsan.Natijasi: Bu jarayon seni boshqalarga emas, o‘zingni salohiyatingga fokus qilishga yordam beradi. Sen «u mendan zo‘rroq ekan» deyish o‘rniga, "men kechagi xatomni tuzatdimmi?,» «nima xulosa oldim?», «nimani yaxshiladim?»
  • Xodimga

    17 июн., 05:33

    Muhim bo‘lmagan kasb yo‘qBa'zan bir kasbni boshqasidan muhimroq deb baholaymiz. Masalan, «shifokorning xatosi odam hayotini hal qiladi» deymiz. Bu to‘g‘ri. Lekin bir oz chuqurroq o‘ylab ko‘rsak, deyarli har bir kasb odamlar hayotiga ta'sir qiladi.Masalan, avtobus haydovchisini olaylik. U faqat mashina boshqarmaydi. Uning e'tibori va mas'uliyati bir vaqtning o’zida 40-50 yo‘lovchining to’g’ridan to’g’ri hayoti bilan bog‘liq. Bir necha soniyalik beparvolik jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.Oshpaz ham shunchaki ovqat tayyorlamaydi. U odamlarning sog‘lig‘iga, ilm olishiga, kundalik hayoti, ishiga to’g’rida to’g’ri ta'sir qiladigan ish qiladi. Tozalik yoki mahsulot sifati borasidagi kichik xato ham ko‘plab insonlarning hayotiga katta ta’sir qilishi mumkin.Quruvchi haqida ham shunday deyish mumkin. U qurgan bino yoki inshootda odamlar yashaydi, ishlaydi, farzandlarini
  • Xodimga

    8 июн., 15:23

    Seni har safar qutqarishlari - seni o’sishdan to’xtatishlaridir.Ko‘pchiligimiz o‘z xatolarinimizni to‘g‘rilab beradigan, muammolarimizni yechib tashlaydigan odamlarni "do‘st" yoki "mehribon rahbar" deb o‘ylaymiz. Aslida esa, ular sening rivojlanishingni to‘sib turgan "to‘siq"lardir.Agar sen xato qilsang-u, kimdir uni doim to‘g‘rilab qo‘yaversa, seni o‘smasliging aniq. Nega? Chunki:• «Og‘riq» bo‘lmasa, xulosa yo‘q Inson odatda o‘z tanasida his qilgan "og‘riq" orqali dars oladi. Agar muammo senga yetib kelmasdan "hal" qilinsa, sen bu vaziyatni shunchaki "yo‘q" deb o‘ylaysan. "Muammo yo‘q, demak, hamma narsa joyida" degan yanglish fikr sening ko‘zingni ko‘r qiladi.• Mas’uliyat yukini his qilmaslik Muammoni yechish uchun sarflangan vaqt, kuch va asab - bu seni tajribang. Agar uni boshqa birov bajarsa, sen bu "narx"ni to‘lamaysan. Narx to‘lanmagan joyda esa qadr-qimmat bo‘lmaydi. Sen
  • Xodimga

    3 июн., 03:48

    Ishga kirish va topshirishdagi qo‘rquvlar: Sen yolg‘iz emassanIsh qidirish yoki yangi loyihaga o‘tish - bu qulaylik zonadan chiqib, noma’lumlikka qadam bosish. "Meni qabul qilisharmikan?", "Eplay olarmikanman?" degan savollar ich-etingni yeyishi tabiiy. Lekin eslab qol: ishga topshirish - bu faqatgina imtihon emas, bu hamkorlik taklifi.Nega qo‘rquvlaring asossiz? 1. "Rad etilish" qo‘rquvi. Rad etilish - bu seni qobiliyatsizliging emas, bu shunchaki o‘sha joyni talablari bilan seni hozirgi holatingni mos kelmaganidir. Har bir "yo‘q" - bu keyingi intervyu uchun saboq. 2. O‘ziga ishonmaslik. Hech kim hamma narsani 100% bilib ish boshlamaydi. Ular seni suhbatga taklif qilyaptimi, demak, ular senda nimadir ko‘rishgan. Endi nega aynan seni ishga olishlari kerakligini ko’rsatish vaqti.3. "Tanqid qilinish" qo‘rquvi. Xato qilishdan qo‘rqma. Eng muhimi - xatoni tezda tan olish va uni
  • Xodimga

    1 июн., 13:38

    Bu his hammamizga tanish. Bahslashayotgan paytingda qarshingdagi odamning mantiqsizligi seni hayratga soladi, g‘azabingni keltiradi va ich-ichingdan: «Nahotki shuni tushunish shunchalik qiyin bo‘lsa? oddiy narsa-ku» degan savol o‘tadi.Lekin shu o‘rinda to‘xtab, bir narsani eslab olish kerak: tushunmovchilik - bu ko‘pincha aql darajasidagi farq emas, balki "ko‘rish burchagi"dagi farqdir.Nega ular seni tushunmayapti? Аslida sabablar ko’p, hozir faqat ba’zilari haqida:1. Ular sen ko‘rayotgan "rasm"ni ko‘rmayapti. Sen bir masalaga o‘z tajribang, o‘qigan kitoblaring va bosib o‘tgan yo‘ling orqali qarayapsan. U odam esa butunlay boshqa "prizma" orqali qaraydi. Uning uchun bu "oddiy" narsa emas, chunki uning dunyoqarashida bunday faktlar yoki tajribalar yo‘q. U tushunmayotgani uchun aybdor emas, u shunchaki sening joyingda turmagani uchun o‘sha narsani ko‘rmayapti. 2. G‘azab - aqlning
  • Xodimga

    23 мая, 08:19

    переслано из @azizrakhimov_blog

    Bog’cha ochish bo’yicha savollar so’rab turishadi.Eng ko’p takrorlanadiganlarini yig’ib do’stimiz Jasurbek bilan darslik yozdik.Bog’cha ochmoqchi bo’lganlarga foydali bo’ladi.Ancha xatolardan saqlab qoladi.
  • Xodimga

    22 мая, 06:42изменён

    Oxirgi paytlar bitta narsaga ko‘p duch kelyapmanXabar keladi: “Faylni jo’natib yuboring. Yig‘ilish nechida bo‘ladi? yoki yana nimadirlar. Oxirida: Assalomu alaykum.”Maqsad aytilib bo‘lingan. Oxirida salom qo‘shilgan.Bu menga: “tez-tez ishni aytib, oxirida: ie salom berish kerak a, kel mayli salom berib qo‘yaman” degandek his beradi.Do‘stim, qarshingdagi ham sen kabi odam. Robot emas.Uning ham: kayfiyati bor, charchog‘i bor, hissiyoti borMuloqot esa buyruq yoki so’rovdan emas, odamiylikdan boshlanadi.Avval: “Assalomu alaykum, yaxshimisiz? Ishlar yaxshimi?”
  • Xodimga

    18 мая, 05:53

    "Menga yetarli oylik to‘lashmayapti"Bu fikr miyangda aylana boshladimi, demak, sen "xavfli hudud"ga qadam qo‘yibsan. Nega xavfli? Chunki bu his insonni ich-etidan yeydi, ishga bo‘lgan g‘ayratini so‘ndiradi va oxir-oqibat uni "shunchaki oylik kutib o‘tiradigan robot"ga aylantiradi.Lekin kel, arazlashni chetga surib, vaziyatni tahlil qilamiz:1. Bozordagi narxingni bilasanmi? Aytaylik, sen 5 million olyapsan va bu kam deb o‘ylayapsan. Xuddi sening bilim va tajribangga ega bo‘lgan boshqa odamlar bozorda qancha olyapti?• Agar boshqalar 8-10 million olayotgan bo‘lsa - demak, sen haqiqatdan ham kam olyapsan. • Agar hamma joyda oylik shunday bo‘lsa - demak, muammo kompaniyada emas, sening malakangda. Oylikni oshirish uchun bozorda qimmatroq turadigan yangi bilim o‘rganishing kerak.2. Sen "xarajat"misan yoki "investitsiya"? Kompaniya uchun xodim ikki xil bo‘ladi:Xarajat: U bo‘lmasa
  • Xodimga

    19 апр., 14:04изменён

    Qanday dam olsak, haqiqiy dam olamiz?Dam olish - bu shunchaki divanda yotish yoki yangi joylarga borib, rasmga tushish degani emas. Ba’zan sayohatdan qaytgach, odam ishdagidan ko‘ra ko‘proq charchaganini his qiladi.Dam olishdan keyin chindan tiklanish uchun amal qilishimiz kerak bo‘lgan 3 ta asosiy tamoyil bor ekan:1. Maksimal darajada boshqalar uchun javobgarlikni unutish: Haqiqiy hordiq - qachonki sen hech kim uchun javob bermasang va miyangda kundalik mayda-chuyda tashvishlarni ushlab turmasang boshlanadi. Kimni qayerga olib borish kerak, uni hal qilish kerak, bu ishni tugatish kerak... Bu savollarni miyadan o‘chirib tur. (Oilaviy dam olishlar bundan mustasno, albatta) Hech bo‘lmaganda dam olish vaqtida bu vazifalarni boshqalarga topshirish kerak.2. Dam olish uchun hamma narsa tayyor va rejalashtirilgan bo’lishi muhim. Chunki miya hamma narsa tanish va tushunarli bo‘lganda
  • Xodimga

    9 апр., 08:49изменён

    #boshqaruvchigaDo‘stim, sen "Yong‘indan xabar beruvchi signalizatsiya" emassan!!!“Nega xatoga yo‘l qo‘yding?” “Hisobot nega kechikdi?”Agar seni xodimlaring bilan muloqoting faqat mana shunday gaplardan iborat bo‘lsa, to‘xta. Sen rahbar emassan, sen ular uchun shunchaki "yong‘in signalizatsiyasi"ga aylanib qolibsan. Ya’ni, faqat muammo chiqqandagina ovoz chiqaradigan apparatsan.Tushun. Agar xodimlaring seni telefonida ko‘rganda yoki xonangga chaqirganingda qo’rqib, yuragi havotirlanib tursa, demak, sen boshqaruvda xato qilyapsan. Nega doimiy tanqid va faqat muammo haqidagi muloqot xavfli?• Qo‘rquv muhiti: Xodim yangilik qilishdan, tashabbus ko‘rsatishdan to‘xtaydi. Chunki: "Yangi narsa qilsam xato qilaman, xato qilsam menejerim yana urushadi, menga kerakmi shu? deb o’ylaydi.• Motivatsiyaning o‘lishi: Inson "men faqat xato qiladigan odamman" degan fikr bilan uzoq vaqt ishlay
  • Xodimga

    4 апр., 13:57изменён

    Nega savol berish muhim?“O‘zim eplayman”. “So‘rasam, bilmas ekan deb o‘ylashmasin”. “Savol berib ishidan chalg‘itmay”.Agar shunday o‘ylayotgan bo‘lsang - sen o‘z o‘sish jarayoningni tormozlayapsan. Aqlli xodim - bu hammasini biladigan emas, balki to‘g‘ri savol berishni biladigan odamdir.Nima uchun savol berish va senga o’rgatishlarini so’rash zarur?1️⃣ Vaqtni tejash uchun. Tajribali hamkasbing sen endi qoqilmoqchi bo’lgan yo’llardan allaqachon o‘tgan. Uning bittagina maslahati seni haftalab davom etishi mumkin bo‘lgan mehnatingni tejab qoladi. G‘ildirakni qayta kashf qilishga harakat qilib o’tirma!2️⃣ Chuqurroq anglash uchun. Yo‘riqnomalar senga faqat "nima qilish kerakligi"ni o‘rgatadi. Tajribali hamkasb esa - ishning mantiqi va hech qayerda yozilmagan nozik jihatlarni tushuntiradi.3️⃣ Tezroq natijaga chiqish uchun. Bu paradoks: Ish boshida qancha ko‘p so‘rasang, shuncha
  • Xodimga

    28 мар., 02:42

    10 yil ishlash - bu 10 yillik tajriba degani emas."Mening 10 yillik ish stajim bor". Bu gapni ko‘p eshitamiz.Lekin staj - bu hali tajriba degani emas. Bu shunchaki vaqt o‘tishi xolos.Tasavvur qil: Bir haydovchi 10 yildan beri faqat bitta ko‘chada qatnaydi. Ikkinchisi esa 2 yilda butun mamlakatni aylanib chiqdi, tog‘ yo‘llarida, muzlamali yo’llarda mashina haydadi.Qaysinisining tajribasi ko‘proq? Albatta, ikkinchisining.Ishda ham shunday.Ba’zilarning 10 yillik tajribasi - bu aslida 1 yillik tajribani 10 marta takrorlash xolos. Ular 10 yil oldin qanday ishlagan bo‘lsa, bugun ham shunday. Yangi instrumentlarni o‘rganishmagan.
  • Xodimga

    18 мар., 03:53изменён

    Raqobat endi uzoq kelajakda emas, eshik oldidaYaqin yaqingacha ham raqobat bizneslar orasida edi. Endi esa - xodimlar orasida ham.Sifatli kadr bozori torayib boryapti. Talab oshyapti. Va eng muhimi - tashqaridan kuchli o‘yinchilar kiryapti.Bugun Xitoydan puli bor tadbirkorlar kirib kelyapti. Hozircha ular biznesga raqobat qilyapti.Va tadbirkorlar bitta narsani og‘riq bilan sezishyapti:Xitoyda marja - 1,5%. Bizda esa - karrasiga balandYa’ni ular juda kichik foyda bilan ham ishlashga o‘rgangan. Natijada bizda kattaroq foydaga ko’nikib qolgan bizneslar anchagina qiynalishyapti, raqobatga bardosh berish qiyinlashyapti.Tasavvur qil: Agar ertaga ular o‘z xodimlari bilan kirib kela boshlasa-chi?