Последние посты

XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
10 сент., 14:22
🚨 URGАNCH DEHQON SUPERMARKETIDA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDIXorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Urganch dehqon supermarketida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.Mashq davomida ishtirokchi xizmatlarning hamkorlikdagi harakatlari, xodimlarning tezkorligi hamda mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.Boshqa yangiliklar👇 Sayt | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
10 сент., 13:43
переслано из @mchsuzbek
Mutolaa uchun “VAZIYAT” gazetasining 2026-yil 10-sentyabr 37-sonini to‘lig‘icha elektron holda havola etamiz.Ushbu elektron gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.📌O‘qish uchun: https://gov.uz/oz/fvv/sections/gazetalar — Мутолаа учун “ВАЗИЯТ” газетасининг 2026 йил 10 сентябр 37-сонини тўлиғича электрон ҳолда ҳавола этамиз.Ушбу электрон газета таҳририят томонидан тақдим этилди.📌Ўқиш учун: https://gov.uz/oz/fvv/sections/gazetalar➡️Boshqa yangiliklar📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
10 сент., 10:46
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI: VOLONTYOR QUTQARUVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOTXorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.Tadbirda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik I. Matchanov qutqaruvchi volontyor yoshlar bilan uchrashib, ularning faoliyati, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi. Ochiq muloqot davomida yoshlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda qidiruv-qutqaruv ishlarida ko‘ngilli sifatida ishtirok etishining ahamiyati haqida fikr almashildi. BatafsilBoshqa yangiliklar👇 Sayt | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
10 сент., 10:14
переслано из @mchsuzbek
Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan uch nafar fuqaroni qidirish bo‘yicha qidiruv operatsiyasi yakunlandi. Bugun soat 13:35 da Favqulodda vaziyatlar vazirligi g‘avvoslari uchinchi cho‘kib ketgan odamning jasadini topishdi. Eslatib o‘tamiz, baxtsiz hodisa 2-sentyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan edi. Katerda sayr qilish paytida oila a’zolaridan biri cho‘milish uchun suvga tushgan. Qutqaruv nimchasi bo‘lmagani uchun u cho‘kkan va unga yordam berish maqsadida akasi va otasi ham suvga tushishgan. Oqibatda uchalasi ham cho‘kib ketishgan. Kichik o‘g‘lining jasadi kecha, 9-sentyabr kuni FVV g‘avvoslari tomonidan topilgan. Ta’kidlanganidek, bugun yana bir o‘g‘il va otasining jasadi topilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining tezkor tashkil etilgan shtabi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining qo‘shimcha kuch va vositalarini jalb
XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
10 сент., 07:29
OQ-OLTIN PAXTA TAYYORLASH MASKANIDA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDIXavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarga tezkor hamda hamjihatlikda harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida Urganch tumanida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.Boshqa yangiliklar👇 Sayt | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
10 сент., 06:57
⚖️ HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — DOIMIY E’TIBORDAXorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik R. Chimbergenov hamda Urganch harbiy prokuraturasi mas’ul xodimi I. Eshchanov tomonidan Xiva shahar va tuman FVB harbiy xizmatchilari va xizmatchilari bilan “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuvda harbiy xizmatchilar va xizmatchilar o‘rtasida qonuniylikni ta’minlash, xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, ishtirokchilarga xizmat faoliyatida qonun talablariga rioya etish, huquqiy bilim va mas’uliyatni yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Qonuniylik va intizom — xizmat faoliyatining mustahkam poydevoridir!Boshqa yangiliklar👇 Sayt| Facebook |
XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
10 сент., 05:58
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — DOIMIY E’TIBORDAXorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida xizmat intizomi, qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.“Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Urganch harbiy prokurori, adliya polkovnigi Tohir Jo‘rayev hamda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ilyos Matchanov boshchiligida Yangibozor tumani va Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limlarida o‘rganish ishlari olib borilib, xodimlar uchun yaratilgan xizmat sharoitlari hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, “Korrupsiya — milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, unda halollik, qonuniylik, xizmat intizomi va korrupsiyaga murosasiz munosabat masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Boshqa yangiliklar👇 Sayt| Faceb
XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
10 сент., 05:57
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — DOIMIY E’TIBORDAXorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va xizmatchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, xizmat intizomi va qonuniylikni ta’minlash borasidagi profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Navbatdagi “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Urganch harbiy prokurori, adliya polkovnigi Tohir Jo‘rayev hamda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ilyos Matchanov boshchiligida Yangibozor tumani va Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limlarida o‘rganish ishlari olib borildi. Avvalo, bo‘linmalarda harbiy xizmatchilar va qutqaruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xizmat xonalari, moddiy-texnik ta’minot hamda xizmat faoliyatini samarali tashkil etish holati ko‘zdan kechirildi. BATAFSILBoshqa yangiliklar👇 Sayt |
XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
10 сент., 05:06
Komplayens-nazorat — korrupsiyaviy xavflar, manfaatlar to‘qnashuvi va qonunbuzilishlarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olishga xizmat qiluvchi ichki tizim.Boshqa yangiliklar👇 Sayt| Facebook | Telegram | Youtube | instagram
XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
10 сент., 04:58
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIXorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Urganch harbiy prokuraturasi hamda Urganch tibbiyot instituti mas’ul xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.Unda harbiy xizmatchilar va xodimlarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilishning huquqiy asoslari, shuningdek, korrupsiya va uning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Tadbir davomida qonuniylikka rioya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Boshqa yangiliklar👇 Sayt| Facebook | Telegram | Youtube | instagram
