gram news
Аватар канала Xorazm.uz

Xorazm.uz

@xorazm_uz_rasmiy

Xorazm viloyati hokimligining rasmiy sahifasi Sayt gov.uz/oz/xorazm fb.com/xorazmviloyatihokimligi instagram.com/xorazmviloyatihokimligi Yagona ishonch raqami: (62) 223-00-54 Elektron pochta: info@xorazm.uz Manzil: Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi

ПроектыUZПолитикаПодтверждён Telegram

12,800подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Xorazm.uz

    22 сент., 12:05

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.⚡ Eng muhim kafolatlar✔️Murojaat
  • Xorazm.uz

    22 сент., 05:14

    "E-auksion" platformasida qulay narxlarda davlat mulkini sotib oling!Platformada Xorazm viloyatidan 50 dan ortiq davlat aktivlari savdoda turibdi. Platformadan ro'yxatdan o'tib, mulk egasiga aylaning!🟢 Urganch shahrida 9 ta 🟢 Xiva shahrida 9 ta 🟢 Bog‘ot tumanida 5 ta 🟢 Gurlan tumanida 2 ta 🟢 Qo‘shko‘pir tumanida 3 ta 🟢 Urganch tumanida 7 ta 🟢 Hazorasp tumanida 1 ta 🟢 Tuproqqal’a tumanida 7 ta 🟢 Xonqa tumanida 1 ta 🟢 Xiva tumanida 4 ta 🟢 Shovot tumanida 8 ta 🟢 Yangiariq tumanida 5 ta 🟢 Yangibozor tumanida 2 taBarcha davlat aktivlarini ko'rish
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    22 сент., 01:45

    Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    21 сент., 09:57изменён

    Eng koʻp korxona va tashkilot qaysi sohalarda faoliyat yuritmoqda?📊 2026-yil 1-sentabr holatiga koʻra, viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan 30 624 ta korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turiga koʻra tarkibi (umumiy hajmdagi ulushi bilan, % da):🔹 savdo – 9 387 ta (30,7 %) 🔹 qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 4 270 ta (13,9 %) 🔹 sanoat – 4 168 ta (13,6 %) 🔹 yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 2 052 ta (6,7 %) 🔹 qurilish – 1 704 ta (5,6 %) 🔹 tashish va saqlash xizmatlari – 1 268 ta (4,1 %) 🔹 sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 875 ta (2,8 %) 🔹 axborot va aloqa sohasidagi xizmatlar – 580 ta (1,9 %) 🔹 boshqa turlari – 6 320 ta (20,7 %).Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    19 сент., 17:58изменён

    📣 Diqqat "Yil o‘qituvchisi" tanlovida Xorazm viloyatidan g‘olib bo‘lgan pedagoglar bilan tanishing​Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!​Tanlovda tuman (shahar) bosqichlarida birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) miqdoridagi pul mukofoti bilan mukofotlanadi.​Xorazm viloyati bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan pedagoglar ro‘yxati: ​🔹 Yangibozor tumani: Bobomurod Urozboyev Murodboyevich 🔹 Yangiariq tumani: Dilafro‘z Otojonova Ollanazarovna 🔹 Xonqa tumani: Malohat Matmurotova Azadovna 🔹 Xiva tumani: Dilnura Bekchanova Ravshonbekovna 🔹 Xiva shahri: Shaira G‘ulamova Usmanjanovna 🔹 Urganch tumani: Raximajon Zaripova Maxmudjon qizi 🔹 Urganch shahri:
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    19 сент., 17:45

    ✅ Bugun Xiva shahridagi “Arda Xiva” turizm majmuasida II xalqaro “Xorazm xonlari milliy taomlari” gastronomik festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ikki kun davomida o‘tkaziladigan festival Xorazmning boy tarixiy-madaniy merosi, o‘ziga xos milliy taomlari va qadimiy pazandalik an’analarini keng targ‘ib etish, viloyatning gastronomik turizm salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan.Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    19 сент., 09:57

    Kelasi yili qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludiga 200 yil to‘ladi.Prezidentimiz shoirning “Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, o‘zim dema g‘amxo‘rlik qil xalq uchun” degan hikmatli so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ta’kidladi.Ulug‘ ziyolilarning ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, raqamlashtirish, asrab-avaylash va xalqimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimligi qayd etildi.Kelgusi yili Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildirildi.Mutasaddilarga bir oyda keng qamrovli dastur ishlab chiqib, uni amalga oshirishni boshlash topshirildi.Hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi, Qoraqalpog‘iston faollari bilan muloqot qilindi.Yig‘ilish yakunida ichki ishlar organlari tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Qoraqalpog‘istonni har
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    19 сент., 08:47

    Yig‘ilishda ko‘cha va mahalla biylari, nuroniylarning jamiyatdagi yuksak obro‘-e’tiboridan samarali foydalanish masalasiga e’tibor qaratildi.Davlatimiz rahbari asosiy maqsad har bir shahar va ovulda qulay turmush sharoitini yaratish ekanini ta’kidladi. Nuroniylarning tajribasi, yoshlarning g‘ayrati va aholi tashabbuskorligini birlashtirish orqali har bir mahallada obod va farovon muhit yaratish mumkin.Rahbarlar mahalla va ko‘cha biylari bilan ishini erta tongdan hududlarni aylanish, aholi bilan muloqotdan boshlashi zarurligi qayd etildi.Ko‘chalar, ariq va zovurlarni toza tutish, daraxt va gullarni ko‘paytirish, har bir insonda o‘z mahallasi taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish muhim.Obodonlashtirish bir martalik hashar yoki bayram oldidan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib qolmasligi, tozalik va obodlik kundalik madaniyatga aylanishi zarurligi qayd etildi.Facebook|Instagram|X
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    19 сент., 08:33

    #Қонунчиликдаги_янгиликлар❗️ Ишлаб чиқариш (амалий) дастурига йўналтирилган магистратура тизими жорий этиладиҲукумат қарори (500-сон, 17.09.2026 й.) билан олий таълим тизимида магистратура босқичида кадрлар тайёрлашни такомиллаштириш ҳамда самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари белгиланди.🔰 Қарорга кўра, 2026/2027 ўқув йилидан бошлаб магистратура босқичида кадрлар: ▪️ ишлаб чиқариш (амалий) дастурига йўналтирилган — камида 1 йил; ▪️ илмий-педагогик дастурга йўналтирилган — камида 2 йил муддатда тайёрланади.🎓 Магистратурада таълим жараёни аниқ магистратура мутахассислиги ўқув режалари ва дастурларига мувофиқ кундузги, кечки ёки масофавий таълим шаклларида ташкил этилади.🧑‍💻Ишлаб чиқариш (амалий) дастурига йўналтирилган магистратура битирувчилари мутахассислик хусусиятидан келиб чиқиб: 🔵лойиҳа иши; 🔵 конструкторлик лойиҳаси; 🔵 стартап лойиҳаси; 🔵 рационализаторлик ғояси;
  • Xorazm.uz

    19 сент., 07:41

    Qoraqalpog‘istonda yuqori texnologik tibbiy xizmatlarning ko‘lami ham kengaymoqda.Nukusdagi markaziy shifoxonada jigar va buyrak transplantatsiyasi amalga oshirilmoqda. Orolbo‘yi bolalar shifoxonasida 150 turdagi yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Shu yil bosh miya, yurak va plastik jarrohlik kabi murakkab yo‘nalishlarda 1,5 mingta operatsiya o‘tkazildi.Hududda tibbiy sug‘urta mexanizmi joriy etildi. Tibbiyot muassasalariga 10 million dollarlik jihozlar olib berildi.O‘zbekistonda birinchi marta xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan Nukus tibbiyot ilmiy akademiyasi soha xodimlari bilimini baholash va malakasini oshirishda metodik markaz bo‘ladi.Tibbiyot akademiyasi, Bolalar klinikasi, Onkologiya markazi hamda yangi tashkil etiladigan ko‘p tarmoqli shifoxonani yaxlit tizimga birlashtirib, Universitet tibbiy klasteri tashkil qilinadi.Mo‘ynoqqa kelib ishlayotgan
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    19 сент., 07:35

    Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim qamrovi 84 foizga yetgan. Biroq Amudaryo, Bo‘zatov, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Ellikqal’ada bu ko‘rsatkich hali ham pastligi qayd etildi.Endi Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit beriladi.Qolgan viloyatlarda kredit stavkasi markazdan uzoq-yaqinligiga qarab, 7 foizdan 15 foizgacha bo‘ladi.Facebook|Instagram|X
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    19 сент., 07:35

    Prezidentimiz Nukus shahridagi 1-son texnikumda yo‘lga qo‘yilgan kasbiy ta’lim tajribasini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.Texnikumda “Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan bo‘lib, bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.Tadbirkor Salovutdin Ilyosov bu yerda 37 turdagi kichik asbob-uskuna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yoshlarga uskunasozlikni ham o‘rgatmoqda. Ushbu uskunalarni olgan 4 ming ishsiz daromad topishni boshlagan.Yangi yildan Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qo‘ng‘irotdagi bittadan texnikumda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.1-oktabrdan asbob-uskuna uchun beriladigan ssuda miqdori 20 million so‘mdan 50 million so‘mga oshiriladi.“Usta-shogird” an’anasi asosida kasb o‘rganish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yosh chegarasi 30 yoshdan 40 yoshga ko‘tariladi.Facebook|Instagram|X
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    19 сент., 07:25

    Qoraqalpog‘istonda 1 million 100 ming yoshlar bor, shundan 505 mingi 14-30 yoshda. Davlatimiz rahbari bu katta kuch ekanini, yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berish muhimligini ta’kidladi.Bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.Hududda xorijiy til sertifikatiga ega 98 ming, axborot texnologiyalari bo‘yicha 127 ming, aniq fanlar bo‘yicha sertifikat olgan 5,5 ming yosh bor. Ularning 10 mingi chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.Koreyadagi vatandoshimizning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatib, ularni yuqori daromadli qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb etib, loyihalar boshlash topshirildi.Facebook|Instagram|X
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    19 сент., 07:20

    Kecha Nukus shahrining “Ashshiko‘l” hududida 50 ming aholiga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” massivi – “Nukus siti” qurilishi boshlandi.270 gektarda ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida osmono‘par binolar, biznes, savdo va servis markazlari, yashil xiyobonlar barpo etiladi. Investitsiya loyihalariga xorijdan salohiyatli investorlar jalb qilinadi.Nukusdagi Mustaqillik ko‘chasi tun-u kun ishlaydigan maskanga aylandi. 28 nafar tadbirkor ish boshlab, 50 nafarining faoliyati kengaygani hisobiga bir haftada savdo tushumi 2 karra oshdi.Nur va Elobod mahallalari Olmazorning Qichqiriq mahallasi namunasida obod qilinadi. Navro‘z bayramigacha shu yerdagi istirohat bog‘ida aholini jalb qiladigan zamonaviy maskan barpo etish topshirildi.Kegeylida 3,5 kilometr zovurni yopib, 100 ta servis obyekti qurish boshlangan. Buning hisobiga 320 ta ish o‘rni
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    19 сент., 07:16

    Kelgusi bahordan Nukus tumanidagi 10 ming gektar maydonda qovun yetishtirish boshlanadi.Yil yakunigacha Ispaniya, AQSh, Niderlandiya va Xitoydan qovunning eng yaxshi navlari, urug‘chilik va agrotexnologiya bo‘yicha mutaxassislarni olib kelish topshirildi.Salohiyatli investorlarni jalb qilib, shu yerning o‘zida qovunni qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan xolding tashkil etiladi.Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtirilib, laboratoriya va sinov poligoni bilan ta’minlanadi.Ushbu muassasa Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryodagi qovun yetishtiruvchilar uchun tajriba almashish metodik markazi bo‘ladi.Facebook|Instagram|X
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    19 сент., 07:16

    Qoraqalpog‘istonda 30 ming gektarda sho‘rga chidamli olxo‘ri va kechki o‘rik plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha uch yillik dastur amalga oshiriladi.Prezidentimiz Kegeylidagi 330 gektar sho‘r yerda yaratilayotgan sanoatlashgan bog‘ni ko‘rganini qayd etdi. Yangi dastur doirasidagi 10 ming gektarda ishlar shu yil boshlanadi.Viloyat hokimlari 500 va 1 ming gektardan bog‘ yaratishga mas’ul bo‘ladi. Andijondan yer bo‘yicha mutaxassis va dehqonlar kelib, Kegeylida ishlarni boshlagan.Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyat hokimlari va Bog‘dorchilik agentligi o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar tuziladi. Ikki haftada har bir viloyat uchun yer ajratilib, kafolatli suv ta’minoti yaratiladi. Agentlik 1-oktabrgacha iqlimga mos ko‘chat navlari va ekish texnologiyalarini taqdim etadi.Viloyat hokimlari usta dehqon va agronomlarni jalb qilib, ularga uy-joy qurib beradi. Har bir
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    19 сент., 07:05

    Taxtako‘pirda Shinjon tajribasi asosida ozuqa yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.Mo‘g‘uliston, Turkiya, Xitoy va Avstraliyadan 5 ming bosh qo‘y-echki olib kelinib, Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘paytiriladi. Buning uchun bir oyda 1 ming gektar yerni belgilab berish topshirildi.Yil yakunigacha 10-15 ming gektarda loyihalarni shakllantirib, bir yil ichida 100 ming bosh qo‘y-echki boqishni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.Prezidentimiz kecha “Kegeyli naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan tanishganini qayd etdi. Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlab, bir yil ichida parranda yetishtirish quvvatini 2-3 karra oshirish va korxonani xoldingga aylantirish topshirildi. Zarur mablag‘ masalasi hal qilinadi.Kegeylidagi texnikumda parranda yetishtirishni o‘rgatadigan kurslar tashkil etiladi.Facebook|Instagram|X
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    19 сент., 07:01

    Chorvachilikda yirik komplekslar tashkil etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.May oyida chorva bosh sonini ko‘paytirishga 1 trillion 600 milliard so‘m resurs ajratilgan. Amalda 5 milliard so‘mgacha bo‘lgan loyihalarga o‘n yilga 10 foizli kredit berilmoqda.Qoraqalpog‘istonlik chorvadorlarning 1-2 ming boshli komplekslar tashkil etish uchun kredit miqdorini 50 milliard so‘mgacha oshirish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.Beruniylik chorvadorlar samolyotda qoramol tashish kompensatsiyasining shartlari yengillashtirilsa, 5 ming bosh chorva olib kelishga tayyorligini bildirgan. Endi Qoraqalpog‘istonga samolyotda olib kelinadigan naslli buqalar qiymatining 10 foizi, har bir bosh uchun 4 million so‘mgacha subsidiya qilinadi.Bir oyda joyi, tashabbuskori va mablag‘i aniq bo‘lgan kamida 100 ming boshli chorva komplekslarining loyihalari shakllantiriladi. Qoramol xaridi uchun kredit
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    19 сент., 06:55

    Qoraqalpog‘istonda 4 million 300 ming gektar yaylov yeri bor. Shundan 2,5 million gektaridan aholi daromadini oshirish va chorvani ko‘paytirish uchun yetarlicha foydalanilmayapti.“Beruniy Agrostar” Qo‘ng‘irot, Beruniy va Chimboyda aylanmadan chiqqan 2 ming gektar yerni tiklab, ozuqa yetishtirishga moslashtirmoqda. Kelasi yili yana 5 ming gektar o‘zlashtiriladi. Bu 14 ming bosh qoramol uchun ozuqa bazasi bo‘ladi.Bo‘zatovda ham 7,5 ming gektar yerni ozuqaga moslashtirishga 100 milliard so‘m ajratiladi. Ozuqa yetishtirishga har gektar uchun 500 ming so‘m subsidiya berish bo‘yicha o‘n kunda qaror kiritish topshirildi.Misr tajribasini o‘rganish uchun 200 dan ziyod fermer, jumladan, qoraqalpog‘istonlik 26 nafar fermer ushbu davlatga yuborilgan. Dastlabki bosqichda Qoraqalpog‘istonning 20 ming gektar maydonida Misr tajribasi yo‘lga qo‘yiladi.Cho‘l hududlarida ozuqa yetishtirishni
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz
  • Xorazm.uz

    19 сент., 06:53

    Qoraqalpog‘istondagi 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga 5 milliard 700 million kub metr suv sarflanmoqda. Yo‘qotishlar esa 38 foizni – 2 milliard 100 million kub metrni tashkil etmoqda.To‘rtko‘ldagi “Yonbosh” kanalidan yiliga o‘tadigan 115 million kub metr suvning 44 millioni yo‘qotiladi. Kanal to‘liq betonlansa, yana 9 ming gektarga suv yetkazish va 15 ming bosh qoramol uchun ozuqa bazasini yaratish mumkin.Bo‘zatovdagi “Erkindaryo” kanalining 8 kilometrini betonlash hisobiga foydalaniladigan yer 3 ming gektarga ko‘payadi, 15 ming gektarda suv ta’minoti yaxshilanadi. 3 ta suv inshooti va 22 ta artezian quduq barpo etilishi yana 5 ming gektar ozuqa maydonini yaratish imkonini beradi.Ushbu ishlarga jami 135 milliard so‘m ajratish, ikki kanalni 1-martgacha betonlash topshirildi. To‘rtko‘l va Bo‘zatovda kelasi yil 17 ming gektarda ozuqa ekib, 2 ming odamni daromadli qilish
    Иллюстрация к посту канала Xorazm.uzИллюстрация к посту канала Xorazm.uz