gram news
Аватар канала Xorazm sport | Rasmiy

Xorazm sport | Rasmiy

@xorazmsporti

Xorazm viloyati sport boshqarmasi rasmiy telegram kanali Yagona ishonch telefoni: (62)224-12-02 E-mail: xorazm@minsport.uz E-xat: xorazmsport@exat.uz

ПроектыUZСпорт

1,870подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Xorazm sport | Rasmiy pinned a photo

    22 сент., 17:12

  • Xorazm sport | Rasmiy

    22 сент., 17:11

    Yaponiyada oʻtkazilayotgan XX Yozgi Osiyo oʻyinlari doirasida 23-sentabr kuni start oladigan musobaqalarda atletlarimiz 16 ta sport turi boʻyicha mamlakatimiz sharafini himoya qilishadi.Vakillarimiz ushbu nufuzli musobaqaga puxta hozirlik koʻrishmoqda va yuqori natijalarni qoʻlga kiritishni maqsad qilishgan.Ushbu shiddatli musobaqalarda sportchilarimizga omad va zafarlar tilaymiz!Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • Xorazm sport | Rasmiy

    22 сент., 16:44

    Xorazmda jismoniy tayyorgarlik sinovlariga start berildiXorazm viloyatida 30–70 yosh va undan katta yoshdagi aholi hamda mahalla tizimi xodimlari o‘rtasida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari boshlandi.Xususan, bugun Gurlan tumanida mazkur sport sinovlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Sinovlar belgilangan talablar asosida ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashga qaratilgan.Ma’lumot uchun, sport sinovlari 18-oktabrga qadar davom etadi.Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
  • Xorazm sport | Rasmiy

    22 сент., 15:48

    🇺🇿 Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan og‘ir atletikachilarimiz!🇯🇵Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasining Xorazmlik vakillari medallar uchun kurash olib boradi.Vakillarimizning musobaqadagi ishtirok jadvali:📆 26-sentyabr🏋️ Diyorbek Ro'zmetov — −75 kg ⏰ Boshlanish vaqti: 13:00📆 28-sentyabr🏋️ Hasanboy Berdiyev — −85 kg ⏰ Boshlanish vaqti: 9:30Sportchilarimizga kuch-quvvat, muvaffaqiyat va zafarli chiqishlar tilaymiz!Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
  • Xorazm sport | Rasmiy pinned a photo

    22 сент., 11:01

  • Xorazm sport | Rasmiy

    22 сент., 10:58

    Aichi-Nagoya–2026: Sportchilarimiz Osiyo oʻyinlari medallarini tantanali qabul qilib olishdiYaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida oʻtkazilayotgan XX yozgi Osiyo oʻyinlarida navbatdagi gʻolib hamda sovrindorlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari ham oʻz medallarini qabul qilib oldilar.Tantanali taqdirlash marosimida aralash jang sanʼati bahslarining modern yoʻnalishida Firdavs Atamuradov (-60 kg) muvaffaqiyatli ishtirok etib, Osiyo oʻyinlarining kumush medali bilan mukofotlandi. Modern yoʻnalishida -71 kg vazn toifasida mahorat koʻrsatgan Nodirbek Shavkatov esa musobaqaning bronza medali bilan tantanali ravishda taqdirlandi.Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
  • Xorazm sport | Rasmiy

    22 сент., 10:47изменён

    YANGI SPORT MAYDONCHASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI21.09.2026 ✅
  • Xorazm sport | Rasmiy pinned a photo

    22 сент., 05:40

  • Xorazm sport | Rasmiy

    22 сент., 05:38

    Aichi-Nagoya-2026: Firdavs Atamuradov Osiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdiXX yozgi Osiyo oʻyinlarida Aralash jang san’atining modern yoʻnalishida ishtirok etgan hamyurtimiz Firdavs Atamuradov -60 kg vazn toifasining finalida tojikistonlik Mirzobek Umarovga imkoniyatni boy berdi va ikkinchi oʻrinni egalladi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • Xorazm sport | Rasmiy

    21 сент., 15:22изменён

    Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston amaldagi chempion Hindistonni mag‘lub etdiO‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Samarqandda davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘alabali yurishini davom ettirdi. Oltinchi turda vakillarimiz amaldagi chempion Hindistonni 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.Mazkur bahsgacha har ikki jamoa beshta turda ham g‘alaba qozonib kelayotgan edi. Shu sababli ularning o‘zaro uchrashuvi turning eng muhim qarama-qarshiliklaridan biriga aylandi.O‘zbekiston uchun hal qiluvchi ochkoni Nodirbek Yoqubboyev qo‘lga kiritdi. U uchinchi taxtada Nihal Saringa qarshi partiyada raqibining xatosidan foydalanib, g‘alabaga erishdi.O‘zbekiston — Hindiston — 2,5:1,5Nodirbek Yoqubboyev — Nihal Sarin — 1:0Shu tariqa, O‘zbekiston-1 olti turdan keyin ham yuz foizlik natijani saqlab qoldi. Jamoa 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.Xorazm viloyati
  • Xorazm sport | Rasmiy

    21 сент., 11:21

    xorazmsport.uz
    Xorazm viloyati sport boshqarmasiAichi-Nagoya-2026: Nodirbek Shavkatov — bronza medali sohibi!O‘zbekiston delegatsiyasi yozgi Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi.Aralash jang san’atining modern yo‘nalishi, -71 kg vazn toifasida ishtirok etgan Xorazmlik Nodirbek Shavkatov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.Hamyurtimiz yarim final bahsida…
  • Xorazm sport | Rasmiy

    21 сент., 10:17изменён

    xorazmsport.uzsport.uz/xorazm-sport-boshqarma/news
    Xorazm viloyati sport boshqarmasiU-11 O‘ZBEKISTON KUBOGI: XORAZMLIK SPORTCHILAR 9 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITDI17–21 sentabr kunlari Toshkent shahrida stol tennisi bo‘yicha U-11 yosh toifasidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.Musobaqada Xorazm viloyati sportchilari quyidagi natijalarni qayd etdi:🥇 1-o‘rinAhmedjanov Sulaymon — aralash jamoaviyTursunboyev…
  • Xorazm sport | Rasmiy

    21 сент., 07:03

    Oliy va kasbiy ta’lim muassasalari talabalari hamda o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumi davom etmoqdaBugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining 2026-yilgi mavsumi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Shundan so‘ng olimpiada doirasidagi sport musobaqalariga start berildi.Talabalar sportning quyidagi 5 turi bo‘yicha bellashmoqda:⚽️ Mini-futbol 🏓 Stol tennisi 🏐 Voleybol (erkaklar va ayollar) 🏃 Yengil atletika 🏀 StritbolMusobaqalarda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyon qilmoqdalar.Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
  • Xorazm sport | Rasmiy

    21 сент., 07:03

  • Xorazm sport | Rasmiy

    21 сент., 06:31

    🥉 Aichi-Nagoya-2026: Nodirbek Shavkatov — bronza medali sohibi!🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi yozgi Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi.Aralash jang san’atining modern yo‘nalishi, -71 kg vazn toifasida ishtirok etgan Xorazmlik Nodirbek Shavkatov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.Hamyurtimiz yarim final bahsida Qozog‘istonlik Qodirbek Shinbayevga imkoniyatni boy berib, musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi.Nodirbek Shavkatovni ushbu natija bilan muborakbod etamiz!Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
  • Xorazm sport | Rasmiy

    21 сент., 05:45изменён

    🥊🇺🇿 MMA | FIRDAVS ATAMURADOV YARIM FINALDAO‘zbekiston MMA terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi.60 kg vazn toifasida Xorazmlik sportchi Firdavs Atamuradov Saudiya Arabistonidan bo‘lgan raqibini ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etdi.Ushbu g‘alaba orqali Firdavs Atamuradov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
  • Xorazm sport | Rasmiy

    21 сент., 05:08

    🥋🇺🇿 O‘ZBEK JANG SAN’ATI: XORAZM JAMOASI 26 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITDI19–20-sentabr kunlari Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.Yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida bellashuv yo‘nalishida o‘tkazilgan bahslarda Xorazm viloyati jamoasi munosib ishtirok etdi.viloyat jamoasi musobaqada 26 ta medalni qo‘lga kiritdi:🥇 1-o‘rin — 6 ta 🥈 2-o‘rin — 10 ta 🥉 3-o‘rin — 10 taXorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
  • Xorazm sport | Rasmiy

    20 сент., 05:36изменён

    🏆 O‘ZBEKISTON KUBOGI | U-16🥈 XORAZM FM — 2-O‘RIN SOHIBI!Buxoro viloyatida futbol maktablari o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston kubogi” musobaqasining U-16 yosh toifasidagi final bahsi yakunlandi.🥈 Xorazm FM jamoasi musobaqani faxrli 2-o‘rin bilan yakunladi! Jamoamizni musobaqadagi munosib ishtiroki va qo‘lga kiritilgan 2-o‘rin bilan tabriklaymiz!Kelgusi bahslarda jamoamizga yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
  • Xorazm sport | Rasmiy

    19 сент., 07:59

    🏆 XORAZMLIK VOLEYBOLCHI QIZLAR — O‘ZBEKISTON CHEMPIONI! 🏐🇺🇿🇺🇿 U-18 qizlar o‘rtasida sohil voleyboli bo‘yicha O‘zbekiston chempionati🏆 Final bahsida Xorazm viloyati jamoasi Toshkent viloyatini 2:0 hisobida mag‘lub etib, O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi!🥇 Xorazm viloyati 🥈 Toshkent viloyati 🥉 Buxoro viloyati (BuxDU)Quvonarlisi, Qo‘shko‘pir tuman sport maktabi tarbiyalanuvchilari Mamadsodiqova Go‘zaloy va Karimboyeva Robiya Xorazm jamoasi safida munosib ishtirok etib, O‘zbekiston chempioni bo‘lishdi. 🏆G‘olib sportchilarimizni ushbu natija bilan muborakbod etamiz!Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.