Последние посты

Xuddi Shunday
13 сент., 04:22
❗️VIDEO CHIQDI https://youtu.be/lyQz2_mxXvo?si=1hjQPLx40rGTrHifYuriy Andropov — KGB rahbarligidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri SSSRning eng yuqori hokimiyatiga ko‘tarilgan noyob siyosatchiBugungi sonda Siz nega Andropov SSSR tarixidagi eng qudratli KGB rahbarlaridan biriga aylangani, uning KGBdagi faoliyati, dissidentlarga qarshi siyosati, Afg‘oniston urushidagi roli va Brejnevdan keyin hokimiyat tepasiga kelishi qanday kechgani haqida bilib olasizShuningdek, O‘zbekiston tarixidagi eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzulardan biri — mashhur “Paxta ishi” haqida ham gaplashamizXuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
11 сент., 16:08
1904-yilda Kongodan olib kelingan Ota Benga AQShga olib borildi. U avval Sent-Luisdagi Butunjahon ko‘rgazmasida, keyinchalik esa 1906-yilda Nyu-Yorkdagi Bronx hayvonot bog‘ida odamlar tomosha qilishi uchun namoyish etildi.Uni maymunlar saqlanadigan hudud yaqinida, “ekzotik odam” sifatida ko‘rsatishgan. Bu voqea o‘sha davrdagi irqchilik, mustamlakachilik va insonlarni “ibtidoiy” deb tasniflashga asoslangan qarashlarning dahshatli namunasiga aylandi.Xuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
11 сент., 07:48
Islandiyada tabiatni shunchaki tomosha qilib bo‘lmaydi — uni his qilish kerak.Qora plyajlar, muzliklar, vulqonlar, sharsharalar va cheksiz kengliklar bu mamlakatni go‘yo boshqa sayyoradek ko‘rsatadi. Bu yerda inson tabiatning hukmdori emas, aksincha, uning yonidagi kichik bir mehmondek tuyuladi.Xuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
10 сент., 16:01
1946-yil, Nyu-York. Tug‘ruqxona xodimlari yangi tug‘ilgan uch egizakni baxtiyor otasiga ko‘rsatmoqda. O‘sha davr uchun uch egizak tug‘ilishi juda kam uchraydigan hodisa bo‘lgan.Xuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
10 сент., 09:11
Svalbard — Arktikadagi noyob hududlardan biri. Bu yerda qishda Quyosh bir necha oy davomida umuman ufqdan ko‘tarilmaydi. Bu hodisa qutb kechasi deb ataladi. Svalbardning eng yirik shahri Longyearbyenda qutb kechasi odatda oktabr oxiridan fevral o‘rtalarigacha davom etadi.Ammo yoz kelganda hammasi aksincha bo‘ladi: Quyosh botmaydi va bir necha oy davomida tun bo‘lmaydi.Xuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
9 сент., 16:04изменён
Jeneva, 1985-yil, noyabrAQSh prezidenti Ronald Reygan va SSSR rahbari Mixail Gorbachyovning ilk bor yuzma-yuz uchrashuviXuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
9 сент., 08:10
Bronenosetslar tushgan quruq barglardan o‘z inlarida uya yasab, undan dam olish va bolalarini parvarish qilish uchun foydalanadi. Tanasining o‘ziga xos tuzilishi sababli ular barglarni yig‘ishda g‘alati, ammo juda qiziq usuldan foydalanadi. Barglar in ichiga to‘planib, iliq va qulay to‘shama hosil qiladi.Tabiatda ba’zan eng oddiy materiallar ham hayvon uchun juda foydali “qurilish materiali”ga aylanadi. 🍂Xuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
8 сент., 16:09
Bu surat 1954-yilda Parijdagi psixiatriya klinikasida olingan. O‘sha paytda ruhiy kasalliklar haqidagi qarashlar bugungidan keskin farq qilardi.Xuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
8 сент., 11:07
Saudiya Arabistonining ayrim cho‘l hududlari Mars manzaralarini eslatadi. Qizil-jigarrang qoyalar, ulkan qumtosh shakllari va cheksiz cho‘l kengliklari bu joylarni go‘yo boshqa sayyoraga o‘xshatib qo‘yadi.Bu manzaralar millionlab yillar davomida shamol, yomg‘ir va eroziya ta’sirida shakllangan. Ayniqsa, Al-Ula atrofidagi g‘ayrioddiy qoyalar va vodiylar sayyoramizdagi eng noodatiy tabiiy landshaftlardan hisoblanadi.Xuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
7 сент., 16:13
1914–1915-yillar. Ernest Shackleton boshchiligidagi britaniyalik tadqiqotchilar Antarktida sari ekspeditsiyada edi. Muzlar orasida qolib ketgan paytlarida ular shunchaki omon qolish bilan cheklanmay, bo‘sh vaqtlarida futbol ham o‘ynashgan.Xuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
7 сент., 06:58
Hindistonning Madhya-Pradesh shtatida yashovchi 20 yoshli Bittu Ajnar daryosining ifloslanganidan xavotirga tushib, uni tozalashga o‘zi kirishdi. U yarim yildan ko‘proq vaqt davomida daryodan plastik, maishiy chiqindilar va boshqa axlatlarni qo‘lda yig‘ib chiqdi.U Ajnar daryosining bir qismini ancha tozalagan, ammo odamlar yana daryoga chiqindi tashlay boshlagani haqida o‘zi ham gapirgan. Mahalliy hokimiyat endi uning ishiga qo‘shilgan: texnika bilan chiqindilarni olib tashlashda yordam bermoqda va daryoni tozalash bo‘yicha katta loyiha ham rejalashtirilgan.Xuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
5 сент., 14:02
❗️O'zbek internet segmentida kam tilga olinadigan shaxslardan biri haqida video chiqazdik!!!Mana havolasi: https://youtu.be/9D8JyPNXrmk?si=g5mWK9hgWCOG2OerKim Chen In Shimoliy Koreyadagi eng qudratli inson. Ammo uning yonida deyarli har doim bir odam turadi. Unga boshqa amaldorlarga qaraganda ko‘proq ishoniladi va uning so‘zlaridan hatto yuqori lavozimli rahbarlar ham ehtiyot bo‘lishadiBu — Kim Chen Inning singlisi Kim Yo-JongBugungi videoda Siz Kim Yo-Jongning bolaligi, Kimlar sulolasidagi o‘rni, akasi Kim Chen In bilan munosabatlari, siyosiy faoliyati va Shimoliy Koreya hokimiyatidagi ta’siri haqida bilib olasizLoyiha rivoji uchun videoni maksimal darajada tanishlarga jo'natib, izoh va layklar bilan qo'llab quvvatlab tashlang🫠Xuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
4 сент., 16:05
1973-yil. Mashhur rejissyor Leonid Gayday “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmini suratga olish maydonida.Keyinchalik sovet kinosining eng mashhur komediyalaridan biriga aylangan ushbu film 1973-yilda suratga olinib, 1973-yil oxirida ekranlarga chiqarilgan. Film Mixail Bulgakovning “Ivan Vasilyevich” pyesasi asosida yaratilgan.Xuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
4 сент., 10:14
Tovus o‘rgimchaklari juftlashish davrida urg‘ochisini jalb qilish uchun nihoyatda rang-barang va murakkab raqs ijro etadi.Erkagi qornidagi yorqin rangli qismini ko‘tarib, oyoqlarini harakatlantiradi va o‘ziga xos tebranishlar bilan “raqsga tushadi”.Eng qizig‘i — urg‘ochi bu chiqishni ma’qullamasa, erkakning butun harakati bekor ketadi. Tabiatda juft topish ham oson emas.Xuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
3 сент., 16:01
Bu surat Varshava gettosidagi qo‘zg‘olon paytida olingan. 1943-yilda natsistlar gettoni tugatish va yahudiylarni deportatsiya qilish uchun operatsiya boshlaganida, ko‘plab odamlar qarshilik ko‘rsatgan.Suratdagi inson qo‘lga olinmaslik uchun binodan sakrashga urinayotgan yahudiylardan biri sifatida tasvirlangan. Kadr o‘sha davrdagi dahshatli voqealarning naqadar ayanchli bo‘lganini ko‘rsatadi.Xuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
3 сент., 09:33изменён
Mashinalar ustidan o‘tadigan avtobus!Xitoyda avtomobillar uning tagidan harakatlana oladigan noodatiy TEB (Transit Elevated Bus) avtobusi konsepti namoyish etilgan.Uzunligi qariyb 32 metr, kengligi 8 metr, balandligi esa 4,6 metr bo‘lgan avtobus bir vaqtning o‘zida 900–1200 yo‘lovchi tashishi rejalashtirilgan.Eng qiziq tomoni — avtobus yo‘lning yuqori qismida harakatlanadi, avtomobillar esa uning ostidan bemalol o‘tishi mumkin.Xuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
1 сент., 03:25
🇺🇿 O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin. Har bir xonadonga baxt, fayz va farovonlik tilaymiz!Bayram muborak!Xuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
29 авг., 14:00
YANGI VIDEO SIZNI KUTMOQDA⤵️ https://youtu.be/pjVIE1Y7ARk?si=WL0_3YakwDT-JVbWMerilin Monro — kino tarixidagi eng mashhur ayollardan biri. Ammo uning hayoti faqat mashhurlik, go‘zallik va boylikdan iborat bo‘lmaganU bolaligidan boshlab yolg‘izlik va og‘ir sinovlarni boshdan kechirdi. Keyinchalik esa Gollivudning eng katta yulduzlaridan biriga aylandi. Uning suratlari butun dunyoga tarqalib, filmlari esa rekord daromadlar keltirdi va Merilin XX asrning eng mashhur timsollaridan biri sifatida tan olindiAmmo 1962-yil 5-avgust kuni 36 yoshli Merilin Monro o‘z uyida vafot etadi...Bugungi videoda Siz: o‘sha kecha aslida nima sodir bo‘lgani, o‘limidan oldin u kimga qo‘ng‘iroq qilgani, nega uning telefon qo‘ng‘iroqlari yozuvlari keyinchalik yo‘qolgani hamda Merilin Monro va aka-uka Kennedilar o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi mish-mishlar qanchalik haqiqatga yaqinligi to'g'risida bilib
Xuddi Shunday
28 авг., 06:57
Rajasthan shtatidagi Sambhar — Hindistonning eng yirik ichki sho‘r ko‘li.Ko‘lning pushti va qizg‘ish rangda tovlanishiga undagi yuqori sho‘rlanish sharoitida yashaydigan mikroorganizmlar, xususan ayrim suv o‘tlari va bakteriyalar sabab bo‘ladi.Quyosh chiqishi va botishida esa ko‘l yanada sehrli ko‘rinishga ega bo‘ladi.Xuddi shunday ☑️
Xuddi Shunday
26 авг., 16:13
Bu — Time jurnali tomonidan 1950-yilda chop etilgan dunyo xaritasi.Xuddi shunday ☑️
