Последние посты

Xushnudbek Xolmuhammad
22 сент., 16:07изменён
#fiqh ⏺️Imom G‘azzoliy rahimahulloh aytadilar:"Qancha faqihlar bor-ki, bir kun yoki bir kechani ilm bilan shug‘ullanishni tark etishni arzimas deb biladilar. Shu tariqa kunma-kun o‘zlarini ortga suraveradilar. Oxir-oqibat tabiati fiqhni qabul qilish qobiliyatidan chiqib ketadi".✔️ "Sunani Termiziy"ning sharhini ko'ring, mazhabga ko'ra sharhlangan asar, ichida nimalar borligini o'ylang. O'qish kerak, o'qish. Allohdan so'rang, o'rganishga imkoniyatlarni ochadi...😎 Telegram | Talabaga ta'lim-adab


Xushnudbek Xolmuhammad
22 сент., 12:14изменён
#mutolaa ⏺️O'rta guruh darslaridan!!!
Xushnudbek Xolmuhammad
22 сент., 12:13

Xushnudbek Xolmuhammad
22 сент., 09:56
переслано из @xushnudbek_xolmuhammad
#nasihat ⏺️O'tgan asrdagi Misr diyorining muftiysi Muhammad Buxayt al Mutiy'iy bir kuni darsda talabalarga shunday dedilar: “Uch narsani mahkam tutinglar.Agar bularni qilsangiz men sizlarga ilmda muvaffaqiyatni ham, boylikni ham kafolatini beraman”. Talabalar: “Ular nimalar?” — deb so‘rashdi. Shunda u zot dedilar: - Ilmni Alloh uchun talab qilinglar. - Namozni tark etmanglar. - Avliyolarni va so‘fiylarni haq deb e’tiqod qilinglar (ya’ni ularni inkor qilmay, hurmat va yaxshi gumonda bo‘linglar).🟢Anglaganga dunyooo dunyooo ma'no bor...😎 Telegram | Talabaga ta'lim-adab


Xushnudbek Xolmuhammad
22 сент., 06:58изменён
#hikmat ⏺️To‘rt narsa to‘rt narsaga muhtoj: - Nasab va sharaf — odobga. - Xursandchilik — xotirjamlikka. - Qarindoshlik — mehr-muhabbatga. - Aql — tajribaga.⏺️To‘rt xislatdan kimda bo‘lsa, u komil inson bo‘ladi. Ulardan bittasiga mahkam yopishgan kishi esa o‘z qavmining solihlaridan bo‘ladi: - Uni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan din; - Uni to‘g‘ri qarorga yo‘naltiradigan aql; - Uni himoya qiladigan nasab va sharaf; - Uni boshqarib turadigan hayo.⏺️To‘rt narsadan omon qolgan kishi dunyo va oxiratdagi ko‘ngilsizliklardan omon qoladi: - Shoshqaloqlik; - Sustkashlik; - O‘jarlik va qaysarlik; - O‘zidan ajablanish, kibrga berilish.⏺️To‘rt narsadan oliynasab kishi ham or qilmasligi kerak:


Xushnudbek Xolmuhammad
22 сент., 06:43изменён
#suluk ⏺️«ﻗﺎﻝ ﺍﺑﻦ ﻣﺴﻌﻮﺩ: ﺛﻼﺙ ﻣﻦ ﻛﻦ ﻓﻴﻪ ﻣﻸ ﺍﻟﻠﻪ ﻗﻠﺒﻪ ﺇﻳﻤﺎنًا:1- ﺻﺤﺒﺔ ﺍﻟﻔﻘﻴﻪ. 2- ﻭﺗﻼﻭﺓ ﺍﻟﻘﺮﺁﻥ. 3- ﻭﺍﻟﺼﻴﺎﻡ» . .⏺️Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytdilar:«Kimda uch xislat mavjud bo‘lsa, Alloh uning qalbini iymon bilan to‘ldiradi: - Faqih bilan suhbatdosh bo‘lish. - Qur’on tilovat qilish. - Ro‘za tutish.»✔️Ibn Abdulbarr - Bahjatul majalis😎 Telegram | Talabaga ta'lim-adab


Xushnudbek Xolmuhammad
21 сент., 20:13
#sir ⏺️«Bir olim ilm maqomida kamolga yetmaydi, toki to‘rt narsaga mubtalo bo‘lmaguncha: 1. Dushmanlarning ichqoraligiga; 2. Do‘stlarning malomatiga; 3. Johillarning ta’nasiga; 4. Ulamolarning hasadiga. Agar u bunga sabr qilsa, Alloh uni odamlar ergashadigan
Xushnudbek Xolmuhammad
21 сент., 19:39
#sir ⏺️«Bir olim ilm maqomida kamolga yetmaydi, toki to‘rt narsaga mubtalo bo‘lmaguncha:1. Dushmanlarning ichqoraligiga; 2. Do‘stlarning malomatiga; 3. Johillarning ta’nasiga; 4. Ulamolarning hasadiga.Agar u bunga sabr qilsa, Alloh uni odamlar ergashadigan imom qilib qo‘yadi».✔️Sayyid Abul Hasan Shoziliy, qoddasallohu sirrahul ‘oliy.😎 Telegram | Talabaga ta'lim-adab


Xushnudbek Xolmuhammad
21 сент., 15:07изменён
⏺️ الأستاذ أنس عزت آغا⏺️Istima'asi C1-C2 lar tushuganingizni yozing-chi qani!!!
Xushnudbek Xolmuhammad
21 сент., 14:21
переслано из @xushnudbek_xolmuhammad
#vositailmlar 🔻 Sakkokiy rohimahulloh "Miftahul ulum"da aytadilar: “Ilmlarning kaliti beshta: — Sarf — Nahv — Ma'oniy, Bayon, Badii (Balog‘at ilmlari) — Aruz va she’r — Mantiq.”Diqqat qiling: - Nahvni o'rganmagan qorining qiroatdan boshqa narsa anglamayotganini - Sarfni o'rganmagan talabaning hikmatning mag'ziga yetmayotganini - Balog'atni o'qimagan talabaning, tafsirni tushunmayotganini, fikri va kalomi qanchalar sayoz ekanligini - Adabiyot va she'riyatga kirmagan talabaning "o'lik arab tili" sohibi ekanligini - Mantiqsiz talabaning esa yuqoridagi ilmlardan hech birini tushunmaganligini tajribada ko'p ko'rdik, ko'rib boryabmiz.⏺️Usulni zoye qilgan vusulga yetisholmas.Usul - ilmlarga yetish uchun asos ilmlar Vusul -ilmlardan ko'zlangan haqiqat manzili


Xushnudbek Xolmuhammad
21 сент., 10:23
переслано из @xushnudbek_xolmuhammad
#foyda ⏺️Shayx Favvaz Namr 🇧🇼 bilan suhbatdan xulosalar: - Ilmni uni ulug'laganing miqdorida qabul qilasan - Sunnatlar ularga ergashish uchun o'rganiladi, mustahabi ham muakkadasi ham amal uchundir - Sunnatni lozim tutmagan odam tasavvuf haqida gapirishga haqqi yo'q( gapirib turib yig'ladilar) - Talabalar darsga ustozni imtihon qilish uchun emas, ta'lim uchun kelsinlar - Namozlarni lozim tutish hamma amallar va ibodatlarning avvalida turadi - Allohning diniga husni amallar bilan chaqiriladi - Ulamolar sababidan yurtga baraka yog'iladi, ularni qadrlang - Tahoratsiz dars qilgan talabada ixlos nima qilsin - Zuho namozi o'tkizib yuboriladigan darajadagi ibodat emas - Bomdoddan keyingi uyqu sizni rizqdan man qiladi - Rizqlarning eng buyugi ilmdir, unga shukr-hamd lozimdir - Tunda tahajjud ila Alloh bilan subat qilmagan tolib


Xushnudbek Xolmuhammad
21 сент., 10:23
переслано из @xushnudbek_xolmuhammad
❗️❕‼️#hikmat 🎙 Bugungi Shayx Favvoz Namir 🇧🇼 ning suhbatlarini eshitish kifoya emas, unga amal qilish kerak.⏺Nasihatning xulosasi:➡️ Bu yerda ⬅️😎 Telegram | Talabaga ta'lim-adab
Xushnudbek Xolmuhammad
21 сент., 05:54изменён
#taxassus 🔔 Ilm tolibiga:Ilm talabida maqsad qo'yishda ikki muhim eslatma bor:🔻 Birinchi eslatma: Ba’zi talabalarni ko‘rasiz, hamma fanlarda yetuk darajaga yetishni xohlashadi.Bu erishish qiyin bo‘lishi bilan birga, deyarli kishini biror ilmda puxta olim yoki o'ta muhim mutaxasis shaxs darajasiga olib chiqmaydi. Mujtahid imomlarimiz kabi nodir zotlargina bundan mustasno.Bir kishi har fandan gapira olishi u barcha fanlarni mukammal egallaganini ham, o'sha ilmlarda yetuk ekanini anglatmaydi.Bu gap talabani barch ilmlarni o'rganishni tark etishga undash emas. Albatta bu ilmlar yaxshi o‘rganilishi, o'zlashtirilishi, muhim qismlari esa puxta egallanishi shart, ammo bugungi jamiyatga ixtisoslashuv jarayonida bir ilm doirasida pishgan mutaxasislar zarur.Men ko‘p kishilarni ko'rganman , har fandan har vaqtda foydali


Xushnudbek Xolmuhammad
20 сент., 17:57
#Ilm ⏺️Ilmda yuksaklik va yetuklikka erishishning yo‘li uch narsani jamlashdadir: 1. Tog'ri manhaj 2. Yod olish 3. Tushunish-fahmBularning barchasi esa niyatning to‘g‘riligi va maqsadning xolisligi bilan birga bo‘lishi shart.©️Ustoz Adnon Surchi😎 Telegram | Talabaga ta'lim-adab


Xushnudbek Xolmuhammad
20 сент., 14:56изменён
#reklama 🇸🇦 ARAB TILI ONLINE KURSIArab tilini sodda, tushunarli va ortiqcha qiyinchiliklarsiz o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun online darslar yo‘lga qo‘yilmoqda.📚 Kurs davomida arab tili sodda va tushunarli tarzda o‘rgatiladi.👤 Kimlar qatnashishi mumkin?Arab tilida o‘qishni biladiganlar kursda qatnashishlari mumkin.📖 Agar siz avvaldan Qur’on o‘qib yurgan bo‘lsangiz, yanada yaxshi — arab yozuvini o‘qishga ko‘nikkan bo‘lishingiz kursni yaxshi o‘zlashtirishingizga yordam beradi.✍️ Yozishni mukammal bilish shart emas — kurs davomida yozishga ham yo‘nalish beriladi.🌱Kurs davomida olgan bazaviy bilimlaringiz orqali kundalik duolar, namozda o‘qiladigan duo va suralar hamda Qur’oni Karim oyatlaridagi so‘z va iboralarning ma’nolarini qisman anglay boshlaysiz.⚠️Eslatma: Kursimiz diniy ta’lim berishga yo‘naltirilmagan. Darslarda faqat arab tili va uning asoslari o‘rgatiladi.💻 DTelegramKALIMA | ARABIC
Xushnudbek Xolmuhammad
20 сент., 13:45
😀😀😀😀 #bitiruv 🙂Mezana akademiyasi bitiruv va ijoza olish marosimi 2026 🙂 https://youtube.com/watch?v=rg5SWCx0CKs&si=PtYQ4tc0QXL09M5z
Xushnudbek Xolmuhammad
20 сент., 13:34
😀😀😀😀 #bitiruv 🙂Mezana akademiyasi bitiruv va ijoza olish marosimi 2026🙂 https://youtube.com/watch?v=rg5SWCx0CKs&si=PtYQ4tc0QXL09M5zYouTubeMezana bitiruv va ijoza olish marosimi 20262021-2026 yillarda tahsil olgan Mezana Xalqaro Ilmlar akademiyasi ilk bitiruvchilarining bitiruv va ijoza olish marosimi Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram: https://t.me/mezanauz Instagram: https://www.instagram.com/mezanaakademiyasi/ Facebook:…
Xushnudbek Xolmuhammad
20 сент., 10:01изменён
#ustozlar ⏺️«Kishini biror bir fanning mutaxasisi yoki unda yetuk qiladigan narsa shu fandagi ko'pgina masalalarni bilish emas. Balki, uzoq muddat mashq qilish, mutolaa qilish va ahli fan bilan suhbatlashish natijasida o‘sha fanda shakllanadigan ruhdir».
Xushnudbek Xolmuhammad
20 сент., 10:00изменён
#ustozlar ⏺️«Kishini biror bir fanning mutaxasisi yoki unda yetuk qiladigan narsa shu fandagi ko'pgina masalalarni bilish emas.Balki, uzoq muddat mashq qilish, mutolaa qilish va ahli fan bilan suhbatlashish natijasida o‘sha fanda shakllanadigan ruhdir».©️ Ustozimiz, Shayx Abdulhamid Turkmoniy hafizahulloh✔️Rasmda: - Shayx Abdulhamid Turkmoniy - Shayx Hozim Kiyloniy - Ustoz Husayn Buxoriylar😎 Telegram | Talabaga ta'lim-adab


Xushnudbek Xolmuhammad
20 сент., 08:07
#murabbiy ⏺️Shayx Abdurazzoq Halabiy rohimahulloh shunday der edilar: «Talabaning to‘shagida necha marta o‘girilib yotganini bilmaydigan shayx (ustoz) shayx emas».⏺️Imom Marg‘inoniy rohimahulloh shunday ta’kidlaganlar: «Avvalgi zamon talabalari o‘qishlari va ilmda qanday ilgarilashlariga oid ishlarni ustozlariga topshirishar edi. Bugungi kunda talabalar esa bu borada o‘zlari qaror qiladilar. Shu sababli ko‘zlagan maqsadlariga erisha olmaydilar».😎 Telegram | Talabaga ta'lim-adab

