Последние посты

Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
10 сент., 15:41
переслано из @hudud_inform
#Танлов #Эълон📣 Тадбиркорлар диққатига: 77 та чиқинди полигонида саралаш хизмати бўйича танлов эълон қилинди🗺Чиқиндиларни бошқариш агентлиги Чиқинди полигонларини бошқариш дирекцияси томонидан чиқиндиларни саралаш хизматини ташкил этиш учун 77 та қаттиқ маиший чиқинди полигони давлат харидларининг электрон платформасига танлов жойлаштирилганини маълум қилди.Ҳудудлар кесимида лотлар қуйидагича тақсимланган: Бухоро вилояти – 8 та; Жиззах вилояти – 11 та; Қашқадарё вилояти – 4 та; Қорақалпоғистон Республикаси – 2 та; Навоий вилояти – 7 та; Наманган вилояти – 6 та; Самарқанд вилояти – 2 та; Сурхондарё вилояти – 6 та; Сирдарё вилояти – 2 та; Фарғона вилояти – 6 та; Хоразм вилояти – 9 та; Андижон вилояти – 8 та; Тошкент вилояти – 6 та.
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
10 сент., 13:35
BrifingMavzu: Mahallalarda kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash natijalariIshtirok etdi: Yangiyer shahar hokimining birinchi o‘rinbosari — Sarvar Po'latovTelegram | Instagram | Youtube
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
10 сент., 13:27
Rahbar va yoshlar: ochiq muloqot va amaliy yechimlarBugun Yangiyer shahar hokimining o‘rinbosari Umid Abdullayev tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ta’lim olish hamda o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun kredit olish istagidagi bir guruh yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.Uchrashuvda shahar banklari rahbarlari, mas’ul tashkilot va idoralar vakillari ham ishtirok etib, yoshlarning murojaatlarini bevosita tinglash va ularni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, muloqot davomida yoshlar tomonidan ijtimoiy himoya, tibbiy xizmatlardan foydalanish, ta’lim hamda bandlik bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, mavjud imkoniyat va qonunchilik talablari doirasida amaliy yechimlar belgilandi. Ayniqsa, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning moliyaviy
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
10 сент., 11:52
Yoshlar murojaati: ijro va natijaTelegram | Instagram | Youtube
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
10 сент., 11:13
#Ochiq_muloqotYangiyer shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari Istam Zaxirov ishtirokida "Davlat organlari faoliyatida ochiqlik va tezkor axborot berish" mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi.Telegram | Instagram | YoutubeLive stream finished (5 minutes)
10 сент., 10:59
Live stream started
10 сент., 10:53

Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
10 сент., 09:13
переслано из @press_secretary_uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
10 сент., 08:53
BrifingMavzu: Xotin-qizlarni bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etishIshtirok etdi: Yangiyer shahar hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i — Iroda NavruzovaTelegram | Instagram | Youtube
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
10 сент., 06:47
переслано из @uzauz
⚡Oliy Majlis Senati “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunni ma’qulladiUnga ko‘ra, alifbodagi to‘rtta harf quyidagicha o‘zgartirilishi ko‘zda tutilgan:G‘ g‘ → Ğ ğ O‘ o‘ → Ö ö Sh sh → Ş ş Ch ch → Ç çQonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar muomalada qoladi.Davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavha hamda ko‘rsatkichlaridan esa ular yaroqsiz holga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgacha foydalanishga ruxsat beriladi.Kanalga ulanish: ➖@uzauz
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
10 сент., 05:42
Yangiyer shahrida gaz tarmoqlarini tartibga keltirish ishlari davom etmoqdaYangiyer shahrida gaz ta’minoti tizimining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, mavjud gaz tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda aholiga sifatli va uzluksiz gaz yetkazib berish maqsadida amaliy ishlar jadal davom ettirilmoqda.Xususan, shaharning A.Jomiy mahallasidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida diametri 114 mm bo‘lgan o‘rta bosimli yer usti gaz quvurlarini tartibga keltirish, ularning tashqi holatini yaxshilash hamda korroziyadan himoyalash maqsadida bo‘yoqlash ishlari amalga oshirilmoqda.Shuningdek, T.Malik mahallasining Sitora, Fayzobod va Lutfiy ko‘chalarida mavjud yer osti gaz quvurlarini belgilangan me’yorlar asosida yer ustiga chiqarish, shuningdek, gaz tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
10 сент., 04:51
🏆⚽️ “Yangiyer shahar hokimi kubogi” musobaqalariga start berildi!Joriy yilning 8–10 sentabr kunlari Yangiyer shahar sport maktabining sun’iy qoplamali futbol maydonida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Yangiyer shahar hokimi kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqada Yangiyer shahridagi idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlardan tuzilgan jamoalar ishtirok etmoqda.Musobaqaning asosiy maqsadi — tashkilot va muassasa xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, jamoaviylik va do‘stona muhitni mustahkamlash hamda mini-futbol sport turini yanada ommalashtirishdan iborat.Sport boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Yangiyer shahar hokimi kubogi” doirasidagi bahslarda jamoalar g‘alaba uchun murosasiz kurash olib borib, o‘zlarining sport mahorati va jamoaviy birdamligini namoyish
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
10 сент., 04:26
Tadbirkorlik qilish uchun bino kerakmi? e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan 288 ta ko'chmas mulk binolarni sotib oling va o'z biznesingizni boshlang!➤ Oqoltin tumanidan 20 ta (ko'rish) ➤ Boyovut tumanidan 25 ta (ko'rish) ➤ Sayxunobod tumanidan 34 ta (ko'rish) ➤ Guliston tumanidan 13 ta (ko'rish) ➤ Sardoba tumanidan 21 ta (ko'rish) ➤ Mirzaobod tumanidan 22 ta (ko'rish) ➤ Sirdaryo tumanidan 20 ta (ko'rish) ➤ Xovos tumanidan 44 ta (ko'rish) ➤ Guliston shahridan 60 tа (ko'rish) ➤ Shirin shahridan 8 tа (ko'rish) ➤ Yangiyer shahridan 18 tа (ko'rish)
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
10 сент., 02:48
Yangiyerda gala-konsert o‘tkazildiYangiyer shahar Davlatobod mahallasida joylashgan Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari uchun unutilmas madaniy-ma'rifiy kecha tashkil etildi. "Yangi O'zbekiston taronalari" shiori ostida bo'lib o'tgan ushbu gala-konsert yoshlarga o'zgacha zavq ulashdi.Shahar madaniyat bo'limining xushovoz honandalari tomonidan ijro etilgan dildan taronalar, kuy-qo'shiqlar va jozibali raqslar barchaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi. Vatanparvarlik, yoshlik va mehr-oqibat tarannum etilgan kuy-qo'shiqlar barchada yorqin taassurotlar qoldirdi.Telegram | Instagram | Youtube
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
9 сент., 17:10
Muammolar o‘rganilib, amaliy yechimlar belgilandiBugun Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov T.Malik mahallasida bo‘lib, aholining ijtimoiy holati, bandligi va mavjud muammolarini o‘rganish yuzasidan fuqarolar bilan uchrashdi.Uchrashuv davomida aholining bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaini yaratish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarni qiynayotgan boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi.Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, har bir masala bo‘yicha amaliy yechim topish, ijrosini ta’minlash va belgilangan vazifalarni nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.Telegram | Instagram | Youtube
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
9 сент., 12:53
Yoshlarga imkoniyatlar eshigi ochilmoqda!Aziz yangiyerlik yoshlar!Joriy yilning 10-sentabr kuni soat 10:00 da Yangiyer shahar "Shukrona" mahallasi,16-son Madaniyat markazi (DKS) da bo’lib o’tadigan “Rahbar va yoshlar” uchrashuviga tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlarni taklif qilamiz!Telegram | Instagram | Youtube
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
9 сент., 12:46
#Hokimlik_radiosiBir savolga-bir javobSavol: Ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash samaradorligi qay tartibda amalga oshiriladi?Javob berdi: Yangiyer shahar hokimligi devonxonasi bosh mutaxassisi — Boburmirzo XolmatovTelegram | Instagram | Youtube
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
9 сент., 12:20
переслано из @sirdaryoviloyatidsb
#Ochiq_muloqot #seminar #ELON✅Hurmatli soliq to‘lovchilar!10-sentabr kuni Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan Yangiyer shahrida soliq to’lovchilar bilan seminar tashkil etiladi.Mavzu: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI-ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmoni mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar hamda farmondan kelib chiqadigan ustuvor yo‘nalishlarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazish.Soliq boshqarmasi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirokidaBoshlanish vaqti - 16:00Manzil: Yangiyer shahri, Yangi asr ko'chasi 16-uy, shahar hokimligi binosiТelegram | Facebook | Youtube | Web-site | Instagram
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
9 сент., 11:37
переслано из @ziroat_mirziyoyeva_first_lady
O‘zbekiston va Serbiya Birinchi xonimlarining Belgraddagi uchrashuvi do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi. 2026-yil 8-sentabr. — Встреча Первых леди Узбекистана и Сербии в Белграде прошла в теплой и дружественной атмосфере. 8 сентября 2026 года.Facebook | Instagram
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
9 сент., 09:47
Shukronalik — tinch va farovon hayot qadriTelegram | Instagram | Youtube
