Последние посты

Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
10 сент., 05:00изменён
#BirlikShahri👍Yangi Toshkentdagi bekatlar. U qanday qulayliklarga ega?Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling!👇 🌎 Web| 😎 Facebook |😎 Instagram |👍 Youtube
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
9 сент., 03:59
Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi. — Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling!👇 🌎 Web| 😎 Facebook |😎 Instagram |👍 Youtube
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
8 сент., 11:45изменён
Sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” rasmiy munosabati.Joriy yilning 8-sentabr kuni soat 15.30 atrofida Yangi Toshkent shahri hududida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylarning birida ehtiyotsizlik oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Aniqlanishicha 8 qavatli uyning tom qismidagi qurilish meteriallarida tutun paydo bo‘lgan va alangalagan.Hodisa joyiga zudlik bilan Yangi Toshkent hududiga biriktirilgan Favqulodda vaziyatlar boʻlinmalari yetib borib, yongʻinni 7 daqiqa ichida bartaraf etishdi. Hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan.Hodisa oqibatida fuqarolarga zarar yetmagan.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling!👇 🌎 Web| 😎 Facebook |😎 Instagram |👍 Youtube
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
8 сент., 07:47
#NewTashkent🇺🇿🇪🇸Ispaniyaning yirik mehmonxona biznesi vakillari Yangi ToshkentdaIspaniyaning mehmonxona industriyasida katta tajribaga ega “Barceló Group” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Raul Gonsales Rodriges boshchiligidagi delegatsiya Yangi Toshkentga tashrif buyurdi.👍Mehmonlar Yangi shaharning birinchi bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Xususan, hududda shakllantirilayotgan zamonaviy infratuzilma, turizm va mehmonxona tarmog‘ini rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.🌍Shuningdek, mehmonxona xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda kompaniya tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling!👇
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
3 сент., 06:18изменён
👍#BirlikShahri😄"O‘zbekiston vaqti bilan" ko‘rsatuvining bayram soni. Uning final qismi Yangi Toshkentda foydalanishga topshirilgan "Yangi O‘zbekiston" universitetida tasvirga tushirilgan.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling!👇 🌎 Web| 😎 Facebook |😎 Instagram |👍 Youtube
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
2 сент., 09:26
#online📹Euronews telekanalining “Earth Now” ko’rsatuvi ijodkorlari Yangi Toshkentda.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling! 🌎 Web| 😎 Facebook |😎 Instagram |👍 Youtube
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
30 авг., 08:02
#Axborot24 | 30.08.2026Yangi Toshkentdagi Favvora Ginnesning ikkita rekordini yangiladiRasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling! 🌎 Web| 😎 Facebook |😎 Instagram |👍 Youtube
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
29 авг., 13:44
O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. — За тридцать пять лет независимого развития мы глубоко осознали одну истину: если народ и государство объединят усилия на пути к единой цели, то для них не будет недостижимых рубежей.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling! 🌎 Web| 😎 Facebook |😎 Instagram |👍 Youtube
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
28 авг., 19:18
#BirlikShahriMusiqali favvora jahon rekordini yangilagani to‘g‘risidagi sertifikatni topshirish marosimi.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling!👇 🌎 Web| 😎 Facebook |😎 Instagram |👍 Youtube
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
28 авг., 18:47изменён
#recordYangi Toshkentda barpo etilgan musiqali favvora Ginnes rekordini yangiladi."Guinness World Records" tashkilotining rasmiy hakami Meggi Luo “Ochiq maydondagi eng baland musiqali favvora” — 232,69 metr (avvalgi jahon rekordi 204,7 metr).Shuningdek, “Eng katta aylana shaklidagi suv ekraniga proyeksiya” — 2 617,23 kvadrat metr (avvalgi rekord 2 400 kvadrat metr) jahon rekordlari qayd etilgan sertifikatni topshirdi.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling!👇 🌎 Web| 😎 Facebook |😎 Instagram |👍 Youtube
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
28 авг., 16:54
👍#YangiToshkentBayram shukuhiYangi Toshkentda jahon rekordini yangilagan musiqali favvoraRasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling! 🌎 Web| 😎 Facebook |😎 Instagram |👍 Youtube
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
28 авг., 15:45
#BirlikShahriYangi Toshkent mamlakatimizning taraqqiyot markaziga aylanadi.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling! 🌎 Web| 😎 Facebook |😎 Instagram |👍 Youtube
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
28 авг., 15:40
переслано из @press_secretary_uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqini shunday tilaklar bilan yakunladi:– Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan yana bir bor tabriklayman.Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!Yashasin O‘zbekiston xalqi!Facebook|Instagram|X1,100Открыть в Telegram
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
28 авг., 15:37
переслано из @press_secretary_uz
Davlatimiz rahbari xalqimizga bir fikrni ishonch bilan aytmoqchi ekanini ta’kidladi.– Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz!O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q, – dedi mamlakatimiz yetakchisi.Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘qligi ta’kidlandi.Yagona Vatan va yagona xalq bo‘lib, yangi hayot hamda buyuk kelajagimizni birgalikda barpo etishga da’vat qilindi.Prezidentimiz matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetishiga ishonch bildirdi.Facebook|Instagram|X1,050Открыть в Telegram
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
28 авг., 15:30
переслано из @press_secretary_uz
– O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘p qirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz, – dedi davlatimiz rahbari.Iqtisodiy diplomatiya tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.Mamlakatimiz 2027-2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga ilk marotaba raislik qiladi.Dunyodagi 120 dan ortiq davlatni birlashtirgan ushbu global tuzilma samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar faol ilgari suriladi.Yon qo‘shnimiz Afg‘oniston bo‘yicha konstruktiv siyosat qat’iy davom ettiriladi.Prezidentimiz tantanada ishtirok etgan diplomatik korpus vakillari, xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda AQSh, Turkiya va Singapurdan kelgan yuqori martabali mehmonlarga samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.Facebook|Instagram|X
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
28 авг., 15:22
переслано из @press_secretary_uz
Yettinchi milliy dastur O‘zbekistonning tinchlik va do‘stlik diyori, bag‘rikeng o‘lka sifatidagi nufuzini har tomonlama yuksaltirishga qaratiladi.Yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya a’zolari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashayotgani qayd etildi.– Bugungi notinch zamonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik xalqimizning oltin fondi, bebaho boyligidir, – dedi Prezidentimiz.O‘zbekistonning ochiq, pragmatik va tinchlikparvar siyosati uzoq muddatli taraqqiyotimizni ta’minlashga qaratilgan.Markaziy Osiyoda ahil qo‘shnichilik, strategik sheriklik va do‘stlik aloqalarini kengaytirishda tarixiy yutuqlarga erishildi.Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi, Amerika, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va arab-musulmon dunyosi davlatlari bilan munosabatlar yanada mustahkamlandi.Sharqiy Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasida yangi
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
28 авг., 15:19
переслано из @press_secretary_uz
Prezidentimiz odamlarning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi va tadbirkorlarning tashabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘lishini ta’kidladi.Oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltiriladi.– Endi davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi, – dedi davlatimiz rahbari.Tuman budjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi.Fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi eng asosiy mezon sifatida belgilanadi.Facebook|Instagram|X
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
28 авг., 15:13
переслано из @press_secretary_uz
– Adolat qaror topgan joyda iqtisodiy o‘sish ham, ijtimoiy ishonch ham yuksaladi, – dedi mamlakatimiz yetakchisi.Beshinchi milliy dastur sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini umumiy qadriyatga aylantirishga qaratilgan.Huquqiy tarbiya maktabdan boshlab aniq tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi.Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlar qat’iy davom ettiriladi.Kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish choralari yanada kuchaytiriladi.Yashirin iqtisodiyot, uyushgan jinoyatchilik, ayollar va bolalar huquqini kamsitishga qarshi kurash yangi bosqichga ko‘tariladi.Facebook|Instagram|X
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
28 авг., 15:12
переслано из @press_secretary_uz
Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib borayotgani qayd etildi.To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarning qamrovi 100 foizga yetkaziladi.– Tabiatga munosabat – xalqning madaniyati, davlatning mas’uliyati va taraqqiyotning sifat ko‘rsatkichidir. “Yashil makon” umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz, – dedi Prezidentimiz.Maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi.Yaqin yillarda tuman va shahar markazlarida yashillik ko‘lami 30 foizga yetkaziladi.Facebook|Instagram|X
Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati
28 авг., 15:04
переслано из @press_secretary_uz
– Uchinchi milliy dastur – iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish, – dedi davlatimiz rahbari.Buning uchun kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi.Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’ati saqlangan holda, 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi. Sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi.Yoshlar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda startap, venchur va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylanadi.Kichik biznesning o‘rta biznesga, o‘rta korxonalarning yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylanishi uchun yaxlit ekotizim yo‘lga qo‘yiladi.– Bularning hisobiga kelgusi o‘n yilda jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 10 ming dollarlik marradan oshadi, – dedi Prezidentimiz.Facebook|Instagram|X
