gram news
Аватар канала “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

“Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

@yashilloyiha_uz

“Yashilloyiha” Loyihalash Instituti Davlat Muasasi

ПроектыUZОбразование

3,900подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    21 сент., 13:47изменён

    🚴‍♀️ 22-SENTABR — «AVTOMOBILSIZ KUN» AKSIYASIErtaga, 22-sentabr kuni respublikamizning barcha hududlarida navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi. Mazkur tashabbus avtotransport vositalaridan atmosfera havosiga chiqariladigan zararli tashlamalarni kamaytirish, ekologik barqaror muhitni shakllantirish hamda jamoat transporti va ekologik toza transport vositalaridan foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.📝Telegram 💻Instagram 📱You Tube 🌍Sayt
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    18 сент., 08:02

    Toshkentda shahar muhitini yanada obod va zamonaviy qilish, madaniyat va kino sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayxontohur tumanidagi yangi istirohat bog‘i loyihasi, Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari hamda “O‘zbekfilm” kinostudiyasining faoliyati bilan tanishdi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
    173видео2Открыть в Telegram
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    17 сент., 18:00

    переслано из @rasmiy_xabarlar_official

    Азиз Абдуҳакимов: «Яшил макон» умуммиллий лойиҳаси доирасида 1 миллиарддан ортиқ кўчат экилганПрезидентнинг экология масалалари бўйича маслаҳатчиси — Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси раиси Азиз Абдуҳакимов Корея Республикасида ўтказилган Ўрмонлар ва иқлим масалалари бўйича Корея – Марказий Осиё вазирлар форуми ҳамда Вазирлар диалогида иштирок этди.Форумда Ўзбекистоннинг кўкаламзорлаштириш ва деградацияга учраган ерларни тиклаш соҳасидаги натижалари ва устувор йўналишлари тақдим этилди. Хусусан, «Яшил макон» умуммиллий лойиҳаси доирасида 1 миллиарддан ортиқ кўчат экилгани, мамлакатнинг кўкаламзорлаштириш даражаси 8 фоиздан 14 фоизгача оширилгани ва уни 2030-йилгача 30 фоизга етказиш мақсад қилингани қайд этилди.Шунингдек, Орол денгизининг қуриган тубида қарийб 2 миллион гектар майдонда ўрмонзорлар барпо этилгани, шунингдек, Жаҳон банки билан ҳамкорликда ўрмон
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    17 сент., 13:47

    переслано из @ecogovuz

    ✅Tabiiy sharoitlar aholi turmush sifatiga ta’sir ko‘rsatadi — Saida MirziyoyevaO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayxontohur tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi istirohat bog‘i hududini ko‘zdan kechirdi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/220699✅Природные условия влияют на качество жизни населения — Саида МирзиёеваАдминистрации Президента Республики Узбекистан Саида Мирзиёева ознакомилась с территорией, где планируется строительство нового парка отдыха в Шайхантахурском районе. https://gov.uz/ru/eco/news/view/220699✅Natural Conditions Affect the Quality of Life — Saida MirziyoyevaSaida Mirziyoyeva, Head of the Presidential Administration of the Republic of Uzbekistan, visited the site of a new park planned for construction in
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    17 сент., 07:55

    переслано из @ecogovuz

    📖 Tabiatga munosabatni o‘zgartirish milliy yuksalishning asosiy dasturlaridan biri sifatida belgilandiTaraqqiyot strategiyasi markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida maxsus infografikalar to‘plami tayyorlandi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/220583📖 Изменение отношения к природе определено как одно из ключевых направлений национального развитияЦентром стратегии развития подготовлен специальный сборник инфографики на основе выступления Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественном мероприятии, посвящённом 35-летию государственной независимости страны. https://gov.uz/ru/eco/news/view/220583📖 Changing attitudes towards nature
    118видео11Открыть в Telegram
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    16 сент., 11:25изменён

    Bir oila — bir daraxtBir daraxt ekish — kelajak uchun ezgu iz qoldirishdir. Har bir oila bitta nihol ekib, uni parvarish qilsa, mahallamiz yanada yashil va obod maskanga aylanadi.Bugungi nihol — ertangi avlodga qoldiriladigan yashil meros.Bir oila — bir daraxt. Bir mahalla — bir yashil kelajak.https://yashilloyiha.uz/news/institute-news/158📝Telegram 💻Instagram 😀You Tube 🌍Sayt
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    15 сент., 05:43

    переслано из @sshmirziyoyeva

    Toshkent shiddat bilan kengayib bormoqda, shaharsozlik va ekologiya bilan bog‘liq bugungi vaziyatni inobatga olsak, uning kelajagi har qachongidan ham jiddiy e’tibor va tahlilni talab qilmoqda.Shu maqsadda qator yirik me’moriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdik.Birgalikda yechim topishimiz kerak bo‘lgan masalalar talaygina — muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlar zimmasiga katta yuk tushayotganidan tortib, elektr hamda suv ta’minoti muammolarigacha. Yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishga xizmat qilishi, qo‘shimcha nomutanosiblik keltirib chiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqcha zo‘riqtirmasligi kerak.Oldimizda turgan maqsadlar ulkan, biz Toshkentni har bir yurtdoshimiz hamda shahrimiz mehmonlari uchun yanada qulay,
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    14 сент., 13:09

    Oqova suv — qayta foydalanish mumkin bo‘lgan resurs Suv resurslarini tejash va oqova suvlarni qayta foydalanishga yo‘naltirish bugungi kunning muhim ekologik vazifalaridan biridir. Toshkent davlat agrar universiteti talabasi Charosxon Bekmetova Shixnazar qizi tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihada yog‘-moy ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo‘ladigan oqova suvlarni tozalash va undan texnik maqsadlarda qayta foydalanish taklif etilmoqda. Hozircha prototip bosqichida bo‘lgan loyiha suvni tejash, yashil hududlarni sug‘orish va ishlab chiqarish jarayonlariga qayta foydalanish imkoniyatlarini birlashtiradi.📝Telegram 💻Instagram 😀You Tube 🌍Sayt
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    14 сент., 11:55

    ✅”Green games” musobaqasi va marafonlarda faol ishtirok eting!Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Volontyorlar Assotsiatsiyasi hamkorligida 19-sentabr kuni Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”da “Yoshlar va ekologiya” xalqaro yugurish marafoni, “Ekologiya va velosport” musobaqasi hamda 20-sentabr — Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlab (“World cleanup day”) “Green Games” respublika plogging musobaqasi o‘tkaziladi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/218929📝Telegram 💻Instagram 😀You Tube 🌍Sayt
    135видео2Открыть в Telegram
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    12 сент., 17:39изменён

    Yashil hudud — ko‘zga ko‘ringan manzara, qalbga sezilgan taskin Kasalxonaga inson ko‘pincha dard va xavotir bilan keladi. Bunday paytda atrof-muhitning ham o‘ziga xos ta’siri bor. Daraxtlar, gullar, maysalar va soya-salqin maskanlar bemorlar hamda ularning yaqinlari uchun yanada sokin va qulay muhit yaratadi. Ammo go‘zal va qulay muhit faqat daraxt ekish bilan yaratilmaydi. Har bir daraxtning joylashuvi, o‘simliklarning tanlanishi, sug‘orish tizimi, piyodalar yo‘laklari va dam olish maskanlari yagona landshaft loyihasi asosida rejalashtirilishi kerak. Shifokor bemor holatini o‘rganib, unga mos davolash rejasini tuzgani kabi, har bir shifoxona hududi ham o‘ziga xos yondashuv va puxta loyiha asosida yaratilishi lozim.Chunki yashil makon — shunchaki daraxtlar emas, inson qalbiga taskin beradigan muhitdir.📝Telegram 💻Inst
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    12 сент., 17:34

    RESILAND CA+ loyihasi doirasida ekologik tasniflash natijalari taqdim etildi UNDP (PROON) tashkilotida “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan RESILAND CA+ loyihasi doirasida amalga oshirilgan ekologik tasniflash ishlarining yakuniy natijalari xalqaro ekspertlar ishtirokida taqdim etildi. Taqdimotda tadqiqot natijalari, aniqlangan muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinib, RESILAND CA+ doirasida to‘plangan tajribani yangi ECOLAND loyihasida qo‘llash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Tashrif davomida Aleksandr Bondarev “Yashilloyiha” loyihalash instituti faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuvda institut direktori Olim Hakimov, boshqarma boshlig‘i Olimjon Qaxxorov hamda institut xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuvda o‘rmon va yaylov ekotizimlarini barqaror boshqarish hamda xalqaro tajribani joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Aleksandr Bondarev tomonidan
    181411Открыть в Telegram
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    11 сент., 16:31изменён

    Ilmiy hamkorlik: yangi tajribalar sari qadam Toshkent botanika bog‘i bilan hamkorlikni rivojlantirish doirasida akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘ining yetakchi mutaxassisi, olim-dendrolog Holmirzayeva Atirgul Isaakovna hamda “Yashilloyiha” loyihalash instituti Ilmiy-metodologiya bo‘limi boshlig‘i Regina Lapteva ishtirokida fikr almashildi. Unda botanika bog‘ini tashkil etish, texnik va dendrologik yechimlar, sug‘orish tizimi, muhandislik infratuzilmasi hamda urug‘lik materiallarini saqlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Xitoydan olib kelingan kameliya urug‘lari Botanika bog‘ining innovatsion urug‘chilik markaziga tajriba tariqasida topshirildi. Urug‘larning turi va unuvchanligi keyingi ilmiy kuzatuvlar asosida aniqlanadi. Mazkur hamkorlik noyob o‘simliklarni o‘rganish, ko‘paytirish va yashil kolleksiyalarni boyitish yo‘lidagi muhim qadamdir.
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    11 сент., 15:47изменён

    #Bog‘ParvarishiSentabr — bog‘ga e’tibor berish oyi Sentyabr oyida bog‘dagi daraxt va o‘simliklarni kuzgi mavsumga tayyorlash muhim. Bu davrda ekish ishlarini davom ettirish, o‘simliklarni ob-havoga qarab sug‘orish, bog‘ni muntazam kuzatish va kasallangan yoki shikastlangan novdalarni olib tashlash tavsiya etiladi. Shuningdek, o‘simliklarni qishga tayyorlashda shoshilmasdan, hududning iqlimi va ob-havo sharoitini hisobga olish zarur. Sentyabr — ekish, kuzatish, sug‘orish va qishga xotirjam tayyorlanish oyi.📝Telegram 💻Instagram 😀You Tube 🌍Sayt
    139311Открыть в Telegram
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    11 сент., 15:41изменён

    #DaraxtParvarishi🌿 Sentabrda tuya daraxtlariga e’tibor bering! Kuzning ilk oyida tuya daraxtlarini qishga tayyorlashni boshlash muhim. Sug‘orish, qurigan ignabarglarni tozalash, shoxlarni ko‘zdan kechirish va mulcha qatlamini nazorat qilish — sentyabrdagi asosiy parvarish ishlaridan. Shuningdek, bu davrda azotli o‘g‘it berishga va daraxtlarni juda erta o‘rab qo‘yishga shoshilmang. Eslatma: kuzda ayrim ignabarglarning tabiiy to‘kilishi — har doim ham kasallik belgisi emas.Sog‘lom daraxt — obod bog‘ — toza muhit!Telegram | | YouTube | Instagram
    179511Открыть в Telegram
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    10 сент., 12:55

    переслано из @ecogovuz

    TA’ZIYA!Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Mirzo Botirov xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘ldi.Ma’lumotlarga ko‘ra, Mirzo Botirov 9-sentabr kuni tungi soat 23:00 da Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgan huquqbuzarlarning qarshiligiga uchragan va natijada suvga tushib ketgan. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bugun, 10-sentabr kuni inspektorning jasadi topildi.Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Mirzo Botirovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.Ayni damda marhumning oila a’zolariga zarur moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek, voqeaning barcha tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    10 сент., 06:41

    переслано из @rasmiy_xabarlar_official

    Сенат лотин алифбосидаги тўртта ҳарфни ўзгартиришни маъқулладиОлий Мажлис Сенати лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосига ўзгартириш киритишни назарда тутувчи қонунни маъқуллади.Унга кўра, алифбодаги тўртта ҳарф қуйидагича ўзгартирилиши кўзда тутилган:G‘ g‘ → Ğ ğ O‘ o‘ → Ö ö Sh sh → Ş ş Ch ch → Ç çҚонун кучга киргунига қадар амалдаги алифбо асосида расмийлаштирилган ҳужжатлар, миллий валюта ва қимматли қоғозлар муомалада қолади.Давлат органлари ва ташкилотларининг рамзий белгилари, пешлавҳа ҳамда кўрсаткичларидан эса улар яроқсиз ҳолга келгунига қадар ёки белгиланган муддатгача фойдаланишга рухсат берилади.Каналга қўшилиш 👈Veb-sayt | Facebook | Instagram | Медиабанк
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    9 сент., 11:38изменён

    🚴‍♀️Ertaga respublikada navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi Ertaga, 10-sentabr kuni respublikaning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi. Mazkur tashabbus avtotransport vositalaridan havoga chiqadigan zararli tashlamalarni kamaytirish va bu orqali ekologik barqaror muhitni shakllantirish, shuningdek, jamoat transporti va ekologik toza transport vositalaridan foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/216790📝Telegram 💻Instagram 😀You Tube 🌍Sayt
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    8 сент., 13:29изменён

    «Yashil master-reja»lar ishlab chiqiladi Shaharlarni ekologik jihatdan barqaror rivojlantirish va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida Toshkent, Nukus, Guliston, Termiz va Farg‘ona shaharlarining «Yashil master-reja»larini bosqichma-bosqich ishlab chiqish rejalashtirilgan. Mazkur jarayonda yetakchi olimlar, urbanistlar va ekologlar ishtirokida shaharlarning iqlimi, infratuzilmasi, yashil hududlari hamda aholi ehtiyojlari kompleks o‘rganiladi. «Yashil master-reja»lar orqali mavjud daraxtzorlarni asrash, yangi yashil hududlar va soya-salqin jamoat makonlarini yaratish bo‘yicha zamonaviy yechimlar ishlab chiqiladi. https://yashilloyiha.uz/news/institute-news/153Yashil shaharlar — yaxshi kelajak! 🌿📝Telegram 💻Instagram 😀You Tube 🌍Sayt
  • “Yashilloyiha”loyihalash instituti davlat muassasasi

    8 сент., 04:56

    “Moviy osmon uchun toza havo xalqaro kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi Unda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi maslahatchisi Alisher Salomov, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Kenji Xirata, UNEPning Yevropa mintaqaviy byurosi mintaqaviy direktori o‘rinbosari (onlayn) Xosseyn Fadaei, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili o‘rinbosari Anas Karman, «Zamin» xalqaro jamoat fondi direktori Aziz G‘aniyev, mahalliy va xorijlik mutaxassislar ishtirok etdi.📝Telegram 💻Instagram 😀You Tube 🌍Sayt