Последние посты

FARG‘ONA YOSHLARI
22 сент., 06:04
переслано из @ihma_fargona
☺️ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmatlar haqida nimalarni bilasiz?🎬 Videoda ushbu xizmat turi, undan kimlar va qanday holatlarda foydalanishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berishga harakat qildik.😊 Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqiy masalalarda zarur ko‘mak ko‘rsatish — markazlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.🎬 Batafsil ma’lumotni videomiz orqali bilib oling.📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
FARG‘ONA YOSHLARI
21 сент., 14:30
переслано из @alisher_sadullaev

FARG‘ONA YOSHLARI
21 сент., 12:40
♟️ Samarqandda tarixiy shaxmat olimpiadasi!Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasi — nafaqat sport, balki yoshlar tafakkuri, intellekti va irodasini namoyon etadigan ulkan xalqaro maydon.🌍 Dunyoning turli mamlakatlaridan eng kuchli shaxmatchilar jam bo‘lib, aql va strategiya maydonida o‘zaro bellashmoqda.🇺🇿 O‘zbekiston — shaxmat rivoji, yosh iste’dodlar va intellektual sportni qo‘llab-quvvatlash borasida yana bir muhim qadam tashlamoqda.Bir yurish — bir qaror. Bir qaror — bir g‘alaba!
FARG‘ONA YOSHLARI
21 сент., 11:42изменён
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿#Mustaqillik35 #Uzb35 #Olga_Ozbekiston #Shaxmat♟️ Samarqand — shaxmat olamining markazida!⚡️ Tariximizda ilk bor O‘zbekistonda, go‘zal Samarqand shahrida Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazilmoqda!🇺🇿 Qo‘qon universiteti Yoshlar ittifoqi jamoasi nomidan O‘zbekiston milliy terma jamoamizni ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etayotgani bilan samimiy muborakbod etamiz!💪 Shaxmatchilarimizga kuch-g‘ayrat, omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz. Barchamiz birgalikda terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaylik!🔥 Olg‘a, O‘zbekiston! ♟️ Olg‘a, shaxmatchilarimiz!
FARG‘ONA YOSHLARI
21 сент., 09:50
переслано из @alisher_sadullaev
O‘zbekiston – Hindiston. Shaxmat “El-Klassiko”sini o‘tkazib yubormang!Birozdan so‘ng 6-tur va biz orziqib kutgan O‘zbekiston – Hindiston o‘yini boshlanadi.Hindiston misolida Olimpiadadagi jamoaviy taktika qanday ishlashini kuzatish juda qiziq. Bir necha oydan keyin Javohir Sindorov bilan jahon toji uchun o‘ynaydigan Gukesh bu yerda Hindistonning 4-taxtasida o‘tiribdi. Avvaliga g‘alati tuyuladi. Jahon chempioni nega to‘rtinchida?Oddiy turnirda shaxmatchi o‘zi uchun o‘ynaydi. Olimpiadada esa to‘rtta shaxmatchining natijasi qo‘shilib, jamoaning umumiy natijasiga aylanadi. Hindiston Gukeshni 4-taxtaga qo‘yib, nazarimizda, aynan shu taxtada ustunlik qidirmoqda.Hindiston shu paytgacha Gukesh orqali izlagan ustunlikni bugun Shamsiddin to‘xtatishi kerak.Vohidovning kuchiga shubha yo‘q, u Olimpiadada 4 partiyadan 3,5 ochko jamg‘argan. Gukeshda ham shunday. Demak, bu taxtada jiddiy jang
FARG‘ONA YOSHLARI
20 сент., 17:38
переслано из @alisher_sadullaev

FARG‘ONA YOSHLARI
20 сент., 10:38
переслано из @alisher_sadullaev

FARG‘ONA YOSHLARI
19 сент., 19:47
🔥 Atlas bayramining qizg‘in va unutilmas jarayonlaridan!✨ Musiqa, milliy liboslar, ko‘tarinki kayfiyat va bayramona lahzalar — barchasi bir sahnada!📸 Qizg‘in jarayonlardan fotoreportaj.
FARG‘ONA YOSHLARI
19 сент., 19:40
Atlas bayrami o‘z ishini ko‘tarinki kayfiyatda yakunladi! ✨🎉 Kun yakunida festival doirasida g‘oliblar munosib taqdirlandi. Mehmonlar uchun esa maxsus konsert dasturi namoyish etilib, bayramona kayfiyatga yanada fayz bag‘ishladi.🎶 Kuy-qo‘shiqlar, milliy liboslar va samimiy lahzalar barchaga birdek manzur bo‘ldi.📸 Atlas bayrami — go‘zallik, milliylik va unutilmas xotiralar uyg‘unligi!#AtlasBayrami #Margilon #Fotoreportaj #MilliyLibos #AtlasFestivali
FARG‘ONA YOSHLARI
19 сент., 11:29
♟️🇺🇿 FARG‘ONA YOSHLARI — SHAXMATCHILARIMIZ BILAN BIRGA!🔥 Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 4-tur bahslari davom etmoqda.📺 Ayni damda Farg‘ona yoshlari ham maxsus futbolkalarda birgalikda jonli efirni kuzatib, O‘zbekiston terma jamoasi safida munosib ishtirok etayotgan shaxmatchilarimizni qo‘llab-quvvatlamoqda! 🇺🇿♟️💪 Har bir yurish — e’tiborimizda, 🔥 Har bir g‘alaba — faxrimiz!Farg‘ona yoshlari — O‘zbekiston shaxmatchilari bilan birga! 🇺🇿
FARG‘ONA YOSHLARI
19 сент., 07:24
QO'QON SHAHRIDA YOSHLAR YETAKCHILARI FAOLIYATI O'RGANILDI.Farg‘ona viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan tuman va shaharlardagi mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda o‘rganilmoqda.Navbatdagi o‘rganish ishlari Qo‘qon shahridagi mahallalarda olib borilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar bilan individual ishlash hamda yetakchilarning tashabbuskorligi va mas’uliyati tahlil qilindi.Aniqlangan kamchilik va muammolar Qo‘qon shahar hokimi boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va yoshlar yetakchilari faoliyatida natijadorlikni ta’minlashga qaratilgan o‘rganishlar davom
FARG‘ONA YOSHLARI
18 сент., 19:45изменён
QUVASOY SHAHRIDA BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA MEHNAT YARMARKASI VA "RAHBAR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI O‘TKAZILDI➡️Bizni kuzatib boring: 📱Telegram 📱Instagram 📱Youtube
FARG‘ONA YOSHLARI
18 сент., 18:39
QO‘QONDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMI MUHOKAMA QILINDIQo‘qon shahrida mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.Muloqot davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mahallada yoshlar bilan tizimli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, ayrim yoshlar yetakchilari faoliyatida kuzatilayotgan kamchiliklar, yoshlar bilan ishlashda yuzaki yondashuv, tashabbus va natijadorlikning yetarli emasligi ochiq muhokama qilindi.Yetakchilarning o‘z ustida ishlashi, zamonaviy yondashuvlarni o‘rganishi, mahalladagi yoshlarning muammo va ehtiyojlarini chuqur bilishi hamda har bir yo‘nalishda amaliy natija ko‘rsatishi zarurligi ta’kidlandi.Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish
FARG‘ONA YOSHLARI
18 сент., 13:58изменён
🌱 Sog‘lom avlod — sog‘lom jamiyat, yorug‘ kelajak garovidir! Qo‘shtepa tumani Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi 76- va 79-sonli Madaniyat markazlari to‘garak qatnashchilari hamda Qo‘shtepa tumani “Yoshlar Front Ofisi” jamoasi hamkorligida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida maxsus ijtimoiy video rolik tayyorlandi. 🎬 Ushbu rolikda sog‘lom hayot tarzini tanlashga, bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlarga yo‘naltirishga va zararli odatlardan yiroq bo‘lishga chorlovchi g‘oyalar ilgari surilgan.🤝 Zero, bugungi yoshlar — ertangi kun bunyodkorlaridir. Har bir yoshning sog‘lom, bilimli, ma’naviy barkamol va ezgu maqsadlar sari intilib voyaga yetishi jamiyatimiz kelajagi uchun muhimdir. Giyohvandlik — hayot tanlovi emas! Biz sog‘lom hayotni tanlaymiz! Biz kelajagimizni asraymiz! Biz giyohvandlikka qarshimiz! 📌 Qo‘shtepa tumani Madaniyat bo‘limi
FARG‘ONA YOSHLARI
18 сент., 11:55
Qo'qon shahri mahallalarida o'rganish ishlari tashkil etildi.Qo'qon shahridagi mahallalarida yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar Farg‘ona viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i M.Meliqo'ziyev tomonidan o‘rganildi.Jarayon davomida hududdagi ishsiz yoshlarning bandlik holati, mehnat bozoriga kirib kelgan bitiruvchi yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar, ularning muammo va takliflari, mahallada yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirilmoqda.Shu bilan birgalikda yoshlar bilan ishlashda mavjud muammolar va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni belgilangan tartibda hal etish va ijrosini ta’minlash
FARG‘ONA YOSHLARI
5 сент., 09:58
YUKSALISH MAHALLASIDA YOSHLAR UCHUN YANGI SPORT MASKANI Oltiariq tumanidagi “Yuksalish” mahallasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport bilan muntazam shug‘ullanishi va yangi iste’dodlarni kashf etishi uchun yana bir zamonaviy maskan bunyod etildi. Homiylar ko‘magida barpo
FARG‘ONA YOSHLARI
4 сент., 12:16
🇺🇿 Yosh parlament a’zolari Samarqandda Ayni damda Samarqand viloyatida Oliy Majlis Senati va Parlamentlararo ittifoq hamkorligida Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi bo’lib o’tmoqda. Konferensiyada yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, huquq va manfaatlarini ta’minlash
