Последние посты

Yandex Uzbekistan
9 сент., 12:49
🏫 Yandex Maps endi maktablar yaqinida tezlikni pasaytirishni eslatadiYangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan O‘zbekistonda haydovchilar uchun yangi funksiya ishga tushdi. Avtomobil marshruti maktab yaqinidan o‘tsa, Yandex Maps xaritada «Bolalar» yo‘l belgisini ko‘rsatadi.Haydovchi ruxsat etilgan tezlikdan oshsa, rus tilida «Будьте внимательны, рядом школа» degan ovozli ogohlantirish yangraydi. Bu ogohlantirish tezlikni pasaytirish va bolalar bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarda yanada ehtiyotkor bo‘lish kerakligini eslatadi.Yo‘lda ehtiyot bo‘ling 💛➿➿➿➿➿➿➿➿🏫 Yandex Maps теперь напомнит снизить скорость рядом со
Yandex Uzbekistan
7 сент., 14:06
«Kod yozish osonlashdi, lekin yaxshi kod yozish ancha qiyinlashdi»Yandex Go jamoasining backend dasturchisi Ulug‘bek Baxtiyorov shunday fikrda. U bilan AI davrida muhandis uchun fundamental bilimlar nega muhimligi, matematika va algoritmlar bo‘yicha mustahkam baza esa real tizimlardagi yechimlar sifatiga qanday ta’sir qilishi haqida suhbatlashdik.Ulug‘bekning asosiy fikrlari — kartochkalarda 👆ML bo‘yicha fundamental bilimlaringizni mustahkamlashni istasangiz, eslatib o‘tamiz: 9-sentyabr — Yandex ML School Uzbekistan’ga ariza topshirish uchun so‘nggi kun. Onlayn testni ham shu sanagacha yakunlash kerak.Ariza topshirish ↗️➿➿➿➿➿➿
Yandex Uzbekistan
4 сент., 11:08
🏫 Bugun maktabingizga nima der edingiz?Yangi o‘quv yili munosabati bilan Yandex Uzbekistan’dagi hamkasblarimiz maktab yillarini eslab, Yandex Maps’da o‘z maktablari haqida samimiy fikrlar yozib qoldirishdi. Biz esa ularning maktab davridagi suratlari va xotiralarini shu postda jamladik.Ularning hikoyalarini ko‘ring va siz ham qo‘shiling: Yandex Maps’da maktabingizni topib, fikr qoldiring. So‘ng uning skrinshotini maktab davridagi suratingiz bilan birga Instagram’da ulashing, bizni belgilang va #Back2School xeshtegini qo‘shing. Hikoyangizni sahifamizda ulashamiz ❤️➿➿➿➿➿➿➿➿🏫 Что бы вы
Yandex Uzbekistan
31 авг., 10:28
⭐️ Yandex Uzbekistan Great Place to Work® 2026 sertifikatini oldi!So‘rovda qatnashgan xodimlarning 95 foizi Yandex Uzbekistan’ni ishlash uchun yaxshi joy deb baholadi.Great Place to Work sertifikati xodimlarning ish tajribasi, jumladan ishonch, adolat, hurmat va jamoaga daxldorlik hissi asosida beriladi.Bu e’tirofdan faxrlanamiz va jamoamiz uchun qulay ish muhitini yaratishda davom etamiz 💛➿➿➿➿➿➿➿➿⭐️ Yandex Uzbekistan получил сертификат Great Place to Work® 2026!95% сотрудников, принявших участие в опросе, назвали Yandex Uzbekistan отличным местом
Yandex Uzbekistan
28 авг., 10:01
🌷 Yandex Uzbekistan vakillari dasturiga yangi qabulni boshlayapmiz.Inha’da dasturni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yganimizdan so‘ng dasturni kengaytiryapmiz. Endi Toshkent shahridagi Inha universiteti, TATU, New Uzbekistan University va MDUning Toshkent filiali talabalari ariza topshirishi mumkin. Istalgan yo‘nalishda 2-kurs va undan yuqori bosqichda o‘qiyotgan talabalarni taklif qilamiz.Yandex Uzbekistan vakili sifatida kompaniya loyihalarida qatnashasiz, universitetingizda tadbirlar o‘tkazasiz, kontent yaratasiz va talabalar IT-hamjamiyatini rivojlantirasiz. Dastur onlayn ma’ruzalar va ofisimizdagi uch kunlik oflayn bosqich bilan boshlanib, o‘quv yili oxirigacha davom etadi.O‘zbek, rus va ingliz tillarini biladigan hamda dasturga haftasiga taxminan besh soat ajratishga tayyor talabalarni kutamiz.➡️ Ro‘yxatdan o‘tish
Yandex Uzbekistan
27 авг., 08:22
🔴 Yandex Uzbekistan Dev Camp dasturiga qabulni boshlayapmiz!10–31-oktabr kunlari Yandex Uzbekistan’ning Toshkentdagi ofisida backend dasturlash, AI va algoritmlar bo‘yicha bepul kuzgi intensiv bo‘lib o‘tadi.Avvalo, backend dasturlashga qiziqadigan IT yo‘nalishi talabalari va yaqinda shu yo‘nalishni tamomlagan yosh mutaxassislarni taklif qilamiz. Shu bilan birga, yosh va tajriba bo‘yicha qat’iy cheklovlar yo‘q.⭐️ O‘zbekistonning boshqa shaharlaridan ariza topshirgan va saralashda eng yaxshi natija ko‘rsatgan nomzodlarning yo‘l hamda dastur davomidagi turar joy xarajatlarini qoplaymiz.Ishtirokchilar Yandex Uzbekistan’dagi amaliyot uchun qisqartirilgan saralashdan o‘tish imkoniga ega bo‘ladilar. Mashg‘ulotlarning kamida 70 foizida qatnashgan ishtirokchilar sertifikat ham oladilar.⏰
Yandex Uzbekistan
26 авг., 06:51изменён
🔓 Haydovchining selfisi, yo‘nalishdagi svetoforlar va keskin tormozlanish — ularni nima bog‘laydi?Bularning barchasi katta xavfsizlik tizimining bir qismi, xolos. U yo‘lovchi mashinaga o‘tirishidan oldin ishga tushadi, mos haydovchini tanlashga yordam beradi va safar davomida ham ishlaydi.Yangi videomizda Yandex Taxi’ning O‘zbekistondagi xavfsizlik loyihalari menejeri Adil Gajiyev bular qanday ishlashi va yo‘lovchilarning fikr-mulohazalari nima uchun muhimligini tushuntiradi 👆➿➿➿➿➿➿➿➿🔓 Селфи водителя, светофоры на маршруте и резкое торможение — что
Yandex Uzbekistan
25 авг., 06:10
🔴 Bahorda — vakil, bugun — Yandex Pro’da amaliyotchiJasmina Yandex Uzbekistan vakillari dasturiga qo‘shildi. Keyinroq u vakansiyaga ariza topshirib, saralashdan o‘tdi va Yandex Pro’ning testlash jamoasida amaliyot o‘tashni boshladi.Uni vakansiyaga ariza topshirishga nima undagani, saralash qanday o‘tgani va amaliyot davomida nimalar bilan shug‘ullanayotgani — kartochkalarda.Tez orada Yandex Uzbekistan vakillari dasturiga yangi qabulni e’lon qilamiz. Balki keyingi hikoya sizniki bo‘lar. Yangiliklarni kuzatib boring 🐱➿➿➿➿➿➿➿➿
Yandex Uzbekistan
19 авг., 07:30
🗺 Toshkent xaritalarini 11 kun ichida qanday qilib aniqroq qilish mumkin: Yandex Maps’ni birgalikda tahrirlash yakunlariYaqinda Yandex Maps’da Toshkent panoramalari yangilandi. Shahar shunchalik tez o‘sib bormoqdaki, xaritadagi minglab tafsilotlarni aniqlashtirish muhim edi: podyezdlar raqamlaridan tortib, shlagbaumlar va muassasalarga kirish joylarigacha.Shuning uchun biz birgalikda tahrirlashni boshladik! 146 nafar xalq muharriri 11 kun davomida Toshkent xaritasini qo‘lda tekshirib, yangiladi. Alohida e’tibor «so‘nggi mil»ga, ya’ni manzilga yetib kelganingizdan keyin kerakli eshik yoki avtoturargohni topish uchun bosib o‘tiladigan so‘nggi metrlarga qaratildi.Ishtirokchilar 34 000 ta tuzatish kiritdilar va 12 000 ta yangi obyekt qo‘shdilar! Masalan: • 15 000+ aniqlashtirilgan kirish joylari va podyezdlar. • 1 700+ yangi avtoturargoh va xaritaga tushirilgan kirish
Yandex Uzbekistan
18 авг., 10:00
🍕 Pitchlar, pitsa va netvorking Yandex Uzbekistan ofisida PizzaPitch oqshomi bo‘lib o‘tdi. Unda startap g‘oyalari mualliflari, tadbirkorlar, investorlar va hamfikrlar mazali pitsa ustida uchrashdilar. Har bir spikerga taqdimot uchun roppa-rosa 3 daqiqa,
Yandex Uzbekistan
17 авг., 13:00
🔲 ML bo‘yicha mustahkam bilim olib, uni amaliyotda qo‘llamoqchimisiz?Yandex ML School Uzbekistan — Yandex Ma’lumotlarni Tahlil Qilish Maktabining yuqori akademik standartlari asosida yaratilgan bir yillik dastur.Dastur matematika asoslari va klassik ML’dan tortib, chuqur o‘rganish va mustahkamlovchi o‘qitishgacha bo‘lgan mavzularni qamrab oladi. Nazariya Yandex va boshqa IT-kompaniyalar mutaxassislari bilan amaliy workshoplar orqali mustahkamlanadi.Mashg‘ulotlar Toshkentda kechqurun oflayn formatda, ingliz tilida o‘tkaziladi. Saralashdan o‘tganlar dasturda bepul ishtirok etadi.9-sentyabrgacha ariza topshiring va shu sanagacha onlayn testni ham yakunlang ↗️Yandex ML School Uzbekistan loyihasi doirasida Yandex ta’lim xizmatlarini ko‘rsatmaydi.➿➿
Yandex Uzbekistan
15 авг., 06:00
Jazirama bo‘lsa ham, rejalarni hech kim bekor qilgani yo‘q ☀️Yandex bilan issiq kunni yengilroq o‘tkazishning bir nechta usulini jamladik: salqin safarlardan tortib, salqinlanish mumkin bo‘lgan joylargacha.Eng kerakli tavsiyalar — kartochkalarda.➿➿➿➿➿➿➿➿Жара жарой, а планы никто не отменял ☀️Собрали несколько способов пережить жаркий день с Yandex: от прохладных поездок до мест, где можно освежиться.Всё самое нужное — в карточках.подписывайтесь 🌼 obuna bo‘ling
Yandex Uzbekistan
14 авг., 12:00
🏅Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-avgustdagi farmoyishiga ko‘ra «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.Mukofot mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etishga hissa qo‘shgan tadbirkorlarga beriladi.Farmoyishda aholi bandligi va farovonligini ta’minlash, biznesdagi salmoqli natijalar hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtirok ham qayd etilgan.Izzat Shukurovni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!➿➿➿➿➿➿➿
Yandex Uzbekistan
14 авг., 06:00
🏆 National Transport Hackathon yakunlandi6–8-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda transport sohasi uchun raqamli yechimlar ishlab chiqishga bag‘ishlangan xakaton o‘tkazdik.72 soat davomida 47 ta IT-jamoa o‘z loyihalari ustida ishladi, Yandex Uzbekistan esa xakatonning texnik va ekspert hamkori sifatida ishtirok etdi.Xakaton qanday o‘tgani — yangi videomizda➿➿➿➿➿➿➿➿🏆 Завершился National Transport HackathonС 6 по 8 августа вместе с Министерством транспорта Республики Узбекистан мы провели хакатон, посвящённый цифровым решениям для транспортной отрасли.В течение 72 часов 47
Yandex Uzbekistan
7 авг., 07:08
Ichiga Yandex Auto o‘rnatilgan Li L9 sharhi 🚀Yandex Auto O‘zbekistonda Li Autoning texnologik hamkoriga aylandi! Bizning xizmatlarimiz avtomobil ekranlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydi, shuning uchun smartfonni ulashga hojat yo‘q.Ichida yo‘llardagi joriy vaziyatni ko‘rsatuvchi va oflayn ishlaydigan Xaritalar, yonilg‘i uchun to‘lovni onlayn amalga oshirish mumkin bo‘lgan Yandex Fuel xizmati, shuningdek, Musiqa, Kitoblar, Kinopoisk va Video xizmatlari mavjud. Yandex ID yordamida esa odatiy sozlamalaringiz saqlanib qoladi: manzillar, sevimlilar, pleylistlar va boshqa kontent akkauntingiz bilan sinxronlashtiriladi.Taqdimot qanday o‘tganini va yangi Li L9 modelida Yandex xizmatlari qanday ko‘rinishini suratlarda tomosha qiling 💛➿➿➿➿
