gram news
Аватар канала Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar ishlari agentligi

@yoshlaragentligi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

ПроектыUZРабота и вакансииПодтверждён Telegram

273,000подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Yoshlar ishlari agentligi

    23 сент., 14:27

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi Sunʼiy intellekt markaziga tashrif buyurib, yoshlarning startap loyihalari bilan tanishdi.#Mirziyoyev #tashrif #Andijon #startaplar🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
    Иллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligi
  • Yoshlar ishlari agentligi

    23 сент., 14:09

    🇺🇿 O‘zbekiston – 🇨🇳 Xitoy: 3:1!🔥Olimpiadaning eng markaziy va shiddatli uchrashuvlaridan birida erkaklar terma jamoamiz Xitoy jamoasini 3:1 hisobida ishonchli tarzda taslim etdi!Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboyev o‘z o‘yinlarida yorqin g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Javohir Sindarov va Muhiddin Madaminov raqiblari bilan murosaga kelib, jamoamizning umumiy g‘alabasini ta'minlashdi.Oltin medallar sari yana bir ulkan qadam! Olg‘a, O‘zbekiston!🔴jonli efir🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
    Иллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligi
    8,11937231661Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    23 сент., 13:36изменён

    ⚡️Garvardda o‘qish imkoniyatlari haqida bilishni xohlaysizmi?Xalqaro ta’lim sari navbatdagi qadamingizni tashlang!Karyera maktabi doirasida Harvard University Pedagogika oliy maktabi vakili bilan ochiq uchrashuv tashkil etiladi.Maxsus mehmon — Stanislav Rivkin, Harvard University Pedagogika oliy maktabi Qabul, Hamkorlik va Kommunikatsiyalar yo‘nalishi bo‘yicha katta direktor o‘rinbosari.Uchrashuvda: • Magistratura dasturlari va qabul jarayoni; • Xalqaro talabalar uchun imkoniyatlar; • Teach For Uzbekistan dasturi; • Ta’lim va professional rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumot beriladi.25-sentabr kuni soat 17:00 da Yoshlar ishlari agentligida bo‘lib o‘tadi. Ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
    Иллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligi
    7,46014311Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    23 сент., 12:03

    46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 7-tur o’yinlaridan lavhalar#ChessOlympiad #Samarkand2026🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt
    Иллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligi
    9,810201131Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    23 сент., 11:01

    46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi🇺🇿O'zbekiston vs 🇨🇳Xitoy!🔴Jonli efir🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt
    Иллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligi
    8,180246552Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    23 сент., 10:07

    переслано из @alisher_sadullaev

    ⚡️G‘alaba uchun 200 ming dollar. Bundan ortiq motivatsiya bormi?🇺🇿 Davlatimiz rahbari qarori bilan shaxmat bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqalar g‘olib va sovrindorlari uchun mukofot pullari oshirildi.Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasida endi oltin medal uchun 200 ming, kumush uchun 100 ming, bronza uchun 50 ming dollar beriladi.Yoshlar o‘rtasidagi Olimpiada va paralimpiadada mukofotlar 20 ming, 10 ming va 5 ming dollar etib belgilandi. Jahon va Osiyo miqyosidagi musobaqalar sovrindorlari, shuningdek, xalqaro grossmeyster unvonini olgan shaxmatchilar uchun ham rag‘bat miqdori oshirildi.Bu qarorning aynan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi davom etayotgan kunlarda qabul qilingani shaxmatchilarimiz uchun juda katta motivatsiya bo‘ladi.Qaror jamoamizga qo‘shimcha ruh berishi aniq. Eng muhimi, bu rag‘bat bugungi Olimpiada ishtirokchilarigagina emas, ularning o‘yinlarini kuzatib, shaxmatga havas qilayotgan minglab yoshlarimizga ham katta maqsadlar beradi.🇨🇳 Qolaversa, bugun Xitoyga qarshi muhim tarixiy o‘yin. Yigitlar, Prezidentimizning ushbu qarori ayni pallada shijoatingizga shijoat qo‘shsin.Olg‘a, azamatlar! G‘alaba yor bo‘lsin! Barcha jamoamizga muvaffaqiyat tilaymiz!🔴Jonli efirni Uzchess Youtube kanalida tomosha qiling!@alisher_sadullaev
    Иллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligi
    7,0402312843Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    23 сент., 07:34

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Eco Cotton” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.Shu yerning o‘zida Davlatimiz Rahbariga viloyatda yoshlar bilan ishlash, ularni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish hamda bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va rejalar to‘g‘risida axborot berildi.#Mirziyoyev #tashrif #Andijon #korxona🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
    Иллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligi
    10,50014111031Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    23 сент., 07:09

    🌐 Google bilan hamkorlik yangi bosqichda: O‘zbekistonda AI, raqamli xizmatlar va yangi avlod kadrlari ekotizimi yaratiladiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Google kompaniyasi vise-prezidenti Karan Bxatiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Google o‘rtasidagi texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.Biz so‘nggi yillarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirdik. Buning natijasida O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish uchun keng yo‘l ochilmoqda,- deydi Administratsiya rahbari.❗️ Bugun bu hamkorlik oddiy raqamli xizmatlar doirasidan ancha kengayib, O‘zbekistonning IT salohiyatini oshirish va Markaziy Osiyoda texnologik markaz sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan strategik yo‘nalishga aylanmoqda.Bu hamkorlikning eng muhim natijalari quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi:Google Pay O‘zbekistonda ishga tushadi🔷Visa va Mastercard kartalari uchun Google Pay xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.O‘zbek tili Google Gemini’ga integratsiya qilinadi🔷 Google Cloud Gemini platformasida o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlash mahalliy tildagi AI yechimlarini yaratish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. BigQuery va Dataplex kabi texnologiyalar esa iqtisodiyot tarmoqlarida katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha pilot loyihalarda qo‘llaniladi.Kiberxavfsizlik va raqamli kadrlar🔷 Google texnologiyalari asosida milliy kiberxavfsizlik yo‘nalishida mutaxassislar salohiyatini oshirish, yangi o‘quv dasturlari va xalqaro sertifikatlash imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.O‘zbekiston kadrlari Google ekotizimiga kirib bormoqda🔷 Coursera orqali Google’ning «Inson + AI» kurslarida 737 mingdan ziyod foydalanuvchi ta’lim olgan va sertifikatlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, har yili 25 nafar talabani Google ofislarida stajirovkaga yuborish rejalashtirilgan.Eng muhimi, hamkorlik startaplarni qo‘llab-quvvatlash, xakatonlar o‘tkazish, ta’lim va AI bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash orqali mahalliy IT ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan.🧊 Google bilan hamkorlikning yangi bosqichi O‘zbekistonda texnologiyani shunchaki iste’mol qilishdan uni yaratish, moslashtirish va eksport qilishga o‘tish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.Kompaniya bilan juda ko‘p yo‘nalishda hamkorlik qilish imkoniyati bor. Oldimizda esa katta va muhim vazifalar turibdi,- deb ta'kidladi S.Mirziyoyeva.🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
    Иллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligi
    9,650201031Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    22 сент., 13:20

    Bugun Xalqaro avtomobilsiz kun. Shu munosabat bilan 1000kitob loyihasi doirasida o‘zbek tilida nashrga tayyorlanayotgan ilmiy-ommabop asarlardan birini tanishtiramiz.Jeff Spekning “Piyodabop shahar” (“Walkable City”) kitobi shaharsozlik bo‘yicha eng mashhur asarlardan biri. 2012-yilda chop etilgan kitob o‘n yil ichida ushbu yo‘nalishdagi eng ko‘p sotilgan asarga aylangan, 7 tilga o‘girilgan va Green Prize for Sustainable Literature mukofotiga sazovor bo‘lgan.Muallif piyodaboplikning iqtisodiyot, transport, ekologiya va kundalik hayotga ta’sirini tahlil qiladi. Uning fikricha, piyoda yurish qulay bo‘lgan hududlar yoshlar va ijodkor insonlarni ko‘proq jalb qiladi, transport xarajatlarini kamaytiradi va mahalliy iqtisodiy faollikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.“Piyodabop shahar” tez orada o‘zbek tilida nashrdan chiqadi.Piyoda kezishni xush ko‘radigan kitobxonlar uchun munosib tuhfa.#1
    Иллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligi
    8,03922108Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    22 сент., 09:59изменён

    ⚡️ “2+6”: Yoshlar uchun xorijiy til o‘rganishga yangi imkoniyatYoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan “2+6” loyihasi o‘z natijalarini bermoqda.Loyiha doirasida poytaxtimizdagi yetakchi ta’lim muassasalaridan biri “IELTS ZONE” o‘quv markazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu maskanda 150 nafardan ortiq yoshlar davlat tomonidan ajratilgan subsidiya asosida xorijiy tillarni o‘rganmoqda.Yoshlar dastlabki 2 oy davomida sinov va saralash bosqichidan o‘tadi. Ushbu bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga keyingi 6 oy davomida ta’lim xarajatlarini davlat tomonidan qoplash imkoniyati taqdim etiladi.Loyiha orqali yoshlar: • Xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi; • Ta’lim xarajatlarini qoplash uchun davlat subsidiyasidan foydalanadi; • Bilim va
    28,300видео17133Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    22 сент., 08:46

    Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni
    Иллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligi
    12,700245521Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    22 сент., 07:50

    🎉 📖 5 yurish. 5 ta ishora. 2 ta yashirin kitob.Kamera ortida qizg‘in bahs, ammo bu o‘yinda g‘olib bitta: yashirilgan 2 ta kitobni to‘g‘ri topgan kitobxon!Kitoblarni ishoralar orqali toping va javoblaringizni ushbu post izohlarida qoldiring.To‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar Mutolaa Premium obunasini qo‘lga kiritishi mumkin.🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt
    10,700видео255Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    22 сент., 05:06изменён

    ⚡️22-sentabr — Xalqaro avtomobilsiz kunBugun dunyo bo‘ylab insonlar bir kun davomida shaxsiy avtomobildan foydalanishni kamaytirib, piyoda yurish, velosiped va jamoat transportini tanlash orqali ekologik tashabbusga qo‘shiladi.Yoshlar ishlari agentligi yoshlarni ushbu tashabbusda faol ishtirok etishga, imkon qadar avtomobildan voz kechib, ekologik toza harakatlanish usullarini tanlashga chorlaydi.Bu orqali atrof-muhitga zararli chiqindilarni kamaytirish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va ekologik mas’uliyatni kundalik odatga aylantirishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin.Bugun bir kun avtomobilsiz harakatlaning. Tabiat uchun foydali tanlovni o‘zingizdan boshlang!🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin
    Иллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligi
    14,900281261Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    21 сент., 18:10

    46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 7-tur juftliklari (Erkaklar turniri)!7-turda erkaklar terma jamoamiz o‘ta xavfli Xitoy jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bungacha mag‘lubiyatsiz kelayotgan Germaniyani ishonchli tarzda taslim etgan Xitoyga qarshi bu o‘yin chempionlik poygasida ulkan ahamiyatga ega!Asosiy juftliklar:🇺🇿O‘zbekiston — 🇨🇳Xitoy 🇺🇿O‘zbekiston-2 — 🇫🇷Fransiya 🇺🇿O‘zbekiston-3 — 🇿🇦Janubiy Afrika 🇦🇲Armaniston — 🇺🇸AQSh 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya — 🇮🇳Hindiston🕊Telegram 📱I
    Иллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligi
    13,9003113131Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    21 сент., 18:10

    46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 7-tur juftliklari (Ayollar turniri)!Ertaga barchamizni haqli ravishda dam olish kuni kutmoqda! Dam olish kunidan so‘ng boshlanadigan 7-turda ayollar terma jamoamiz Sloveniyaga qarshi bahs olib boradi. Qizlarimiz ushbu turda bor imkoniyatlarini ishga solib, muhim g‘alaba uchun maydonga tushadilar.Asosiy juftliklar:🇺🇿O‘zbekiston — 🇸🇮Sloveniya 🇺🇿O‘zbekiston-2 — 🇹🇯Tojikiston 🇺🇿 O‘zbekiston-3 — 🇵🇪Peru 🇨🇳 Xitoy — 🇰🇿Qozog‘iston 🇩🇪 Germaniya — 🇮🇳Hindiston🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube
    Иллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligi
    10,7001421Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    21 сент., 17:11

    46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 6-turdan keyingi turnir jadvali (Erkaklar)6 ta turdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston jamoasi ta’qibchilardan yaqqol o‘zib ketib, turnirda peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi!#ChessOlympiad #Samarkand2026🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt
    Иллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligi
    10,50037261353Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    21 сент., 17:01

    🇺🇿O‘zbekiston – 🇮🇳Hindiston: 2.5 : 1.5Erkaklar terma jamoamiz amaldagi chempion Hindiston ustidan ilk tarixiy g‘alabaga erishdi. Bu Olimpiadaning eng muhim va taqdirni hal qiluvchi jangi bo‘lib, oltin medallar sari ulkan qadam tashlandi.Ko’plab tahlillarda hal qiluvchi partiya 4-doska bo’ladi deyilgan o‘yinda Shamsiddin Vohidov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi o‘ta qiyin bahsda durang o‘ynadi, qolgan ishtirokchilarimiz ham o‘z partiyalarini durang bilan yakunladi, Nodirbek Yakubboyev esa Nihal Sarinni mag‘lub etib, jamoamizga hal qiluvchi zafarni taqdim etdi!6-turdagi boshqa jamoalarimiz natijalari:🇪🇸Ispaniya — 🇺🇿O‘zbekiston-2 (Erkaklar): 1.5 – 2.5 🇲🇰Shimoliy Makedoniya —
    Иллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligi
    11,1003910741Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    21 сент., 16:55

    переслано из @alisher_sadullaev

    🤯 Shaxmat Olimpiadasidagi raqiblarimiz:6-tur: 1,5 mlrd aholiga ega mamlakat 🇮🇳 7-tur: 1,4 mlrd aholiga ega mamlakat 🇨🇳
    8,8703917852Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    21 сент., 14:40

    13,7007732191410Открыть в Telegram
  • Yoshlar ishlari agentligi

    21 сент., 14:39

    Nodirbek Yakubbayev Nihal Sarinni taslim etdi va O'zbekiston jamoasiga uzoq kutilgan, olimpiada taqdirini hal qilishi mumkin bo'lgan matchda 2.5-1.5 hisobida g'alaba keltirdi!🔴jonli efir🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt
    Иллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligiИллюстрация к посту канала Yoshlar ishlari agentligi
    14,80067421783Открыть в Telegram