gram news
Аватар канала “Yoshlik” jurnali

“Yoshlik” jurnali

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Saytimiz: yoshlikjurnali.uz

ПроектыUZНовости

5,700подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • “Yoshlik” jurnali

    22 сент., 12:56

    #nazmBu ilhaq ovozlar kimlarning ismi? Hayot qaysi dildan chalayapti bong? Haddidan o‘tolmay, kunlarimgamas, Tushlarimga shoshib kirayapti tong.BaxtinisoShe'rni shoiraning o‘zi o‘qigan✅Telegram 🌐Instagram 🌐Veb-sayt ✅Facebook
    323видео91Открыть в Telegram
  • “Yoshlik” jurnali

    22 сент., 11:44

    #mulohaza“Shahinam, o, mening Shahinam”Buyuk rus shoiri Sergey Yeseninning qisqa muddatli umri va ulkan ijodiga Isadora Dunkan, Galina Benislavskaya, Anna Izryadnova, Nadejda Volpin, Zinaida Rayx va boshqa shu kabi iqtidorli va go‘zal ayollar ilhom bag‘ishlashgan. Biroq hech biri rus tili va adabiyot muallimasi Shahane Talyan singari unutib bo‘lmas darajada taassurot qoldirmagan. Uning go‘zalligi va jozibasi shoirga ijodining eng mashhur va sevimlisi bo‘lgan she’rning yozilishiga ilhom berdi. Shaanduxt (Shahane) Ambartsumyan 1900-yili Axaltsixe (Gruziya)da o‘qituvchilar oilasida tug‘ilgan. Nerses Ambartsumyan va Mariya Karakashyan 30 yoshga to‘lganlarida dunyoga kelgani uchun ham Shahane intiqib kutilgan farzand bo‘lgan. Shahane ota-onasidan (tifo isitmasi tufayli) erta ayriladi. Qizaloq 11 yoshida onasidan, 19 yoshida otasidan judo bo‘lgan. Amakisi uni Batumiga olib borib, yaxshi
  • “Yoshlik” jurnali

    22 сент., 10:22изменён

    #tarjimaSARIQCHAQA (Hikoya)Bolalar judayam sho‘x, qaqajon, mitti mavjudotlardir. Dikkidek aqlli, ziyrak, mehribon, sodda, yoshiga nisbatan anchayin teran fikrlovchi bolakay dab-durustdan, singillarining ta’biriga ko‘ra, o‘zini qaysar eshakdek tutsa-yu, nahot uning sho‘xliklariga chora topish shunchalar imkonsiz?– Dikki bolajonim, kelaqol! Darhol oldimga kel-chi! Onang seni chaqirayotganini eshitmayapsanmi? Dikki!Ammo Dikki kelmadi. Ha, u onasining ovozini yaxshigina eshitdi. Jarangdor, qo‘ng‘iroqdek kulgi uning javobi bo‘ldi. Shu yo‘sin u qochib ketdi. O‘rilmagan pichanlar ustidan kichik o‘rmoncha tomon yugurib berkinarkan, olma shoxlari orasidan, ortda qolib, g‘ira-shira ko‘rinayotgan onasiga qarab qo‘yardi. Ayyorlik bilan qocharkan, xuddi yovvoyi hindudek shoxdan shoxga sakrardi.🔗 BatafsilKetrin MENSFILD Ingliz tilidan Xidirova MUXLISA
  • “Yoshlik” jurnali

    22 сент., 07:58

    #tavalludBugun – shoir Mahmud ABDULHAMIDning tavallud topgan kuni!O‘TTIZ UCH YOSHO‘ttiz uch yosh. Yo‘lovchiman men, Baxt esa ko‘rinmas, mavjlar jiviri. Sen bilan bo‘lganim, baxtli kunim eng, Xiyobonda oshiqlar pichir-pichiri.Sababsiz, beparvo va horg‘in qarash, Taqdir muhabbatdan, berdi bayonot. Ruhim bosilmadi, hali ham sarkash, Hali ham qiynaydi, beshafqat hayot.Pokligim qashshoqlik, sevgim yolg‘izlik, Hukmdor yurakka mute karolman. Meni ezib qo‘ydi, jonim, sensizlik,
  • “Yoshlik” jurnali

    22 сент., 07:40

    #olis_yaqin_ovozlarArzonga sotmayman tuyg‘ularimni, Qimmatga ham aslo sotmayman — ayon. Avaylab yashayman qayg‘ularimni, Sen meni tark etib ketgandan buyon.Tuproq ko‘chalardan ketdi sevgimiz, “Qol”, deb aytolmadim, jovdirab kutdim. Yuzimga boqishib qo‘ydilar tashxis, Ichimni hammadan pinhona tutdim.Davralarga kirib, bo‘lardim baxshi, Qaytgach, ostonada qarshilardi g‘am. Nahot, qolganidan ketgani yaxshi, Dunyodan yuragi ming yamoq odam?!Yo‘lga otlanardim, asli hayotda Armondan uzunroq yo‘l bormi, qani? Mahkumman. Men jimman.
  • “Yoshlik” jurnali

    22 сент., 05:04

    #tarjimaAlyosha tajang (Hikoya)Uning ismi Alyosha emas, u Kostya Valikov edi, lekin qishloq­da hamma uni Alyosha Tajang deb chaqirardi. Nega uni shunday atashardi: bizning kunimizda kamdan-kam uchraydigan mas’uliyatsiz­ligi-yu beboshligi uchun. Shunday bo‘lsa-da, uni batamom mas’uliyatsiz deb bo‘lmasdi: haftada besh kun u bo‘yin tovlamas ishchi edi, kamiga, serhafsala, uquvli ham (yozda kolxoz sigirlarini o‘tlatar, qishda ham molboqarlik qilardi – fermada go‘laxlik qilar, tuyqus tunda tuqqan sigirlarga doyalik ham qilardi), lekin shanba kelishi bilanoq, tamom:🔗 batafsil✅Telegram 🌐Instagram 🌐Veb-sayt ✅Facebook
  • “Yoshlik” jurnali

    22 сент., 03:56

    #iqtibosBilim bilan saodat yo‘li ochiladi, shunga ko‘ra, Ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla.Ahmad YUGNAKIY📱Telegram 📱 Instagram 📱Veb-sayt 📱Facebook
  • “Yoshlik” jurnali

    21 сент., 13:01

    #shoir_qalbiMENI KUTGILMeni kutgil va men qaytarman, Faqat kutgil, juda intizor, Kutgil, yomg‘ir zeriktirganda, Meni kutgil yoqqanida qor, Atrofingni harorat qoplab, Yeru ko‘kni chang tutganda, kut. Boshqalarni uzatgan do‘stlar Kechagina unutganda, kut. Xat kelmasdan uzoq yerlardan, Yuragingni qilganida qon, Kutgil, sen-la birga kutganlar Zerikkandan chekkanda fig‘on.Meni kutgil va men qaytarman, Bo‘lsa hamki, ranging za’faron, Yoring qaytmas, umidingni uz,
  • “Yoshlik” jurnali

    21 сент., 10:10изменён

    #tadqiqotMo‘minlik ham qadriyat…Chingiz Aytmatov o‘zining hikoya, qissa va romanlari bilan allaqachon o‘zbek kitobxonlarining qalbini zabt etgan. Uning ko‘plab asarlari qatori “Oq kema” qissasi (1970) ham o‘z vaqtida juda katta bahs va munozaralarga sabab bo‘lgan edi. Chunki qissaning bola, Mo‘min chol, O‘rozqul kabi qahramonlari, ularning o‘zaro munosabatlari kishida qarama-qarshi o‘y-fikrlar, hislar uyg‘otadi. Zotan, yozuvchining maqsadi ham shu edi aslida. Qissaga “Ertakdan so‘ng” deb ikkinchi sarlavha qo‘yilishi uning ulg‘ayish haqida, ulg‘ayish mashaqqatlari haqida ekaniga ishora qiladi. Qissa bunday boshlanadi: “Uning ikki ertagi bo‘lardi. Biri o‘ziniki bo‘lib, uni hech kim bilmasdi. Ikkinchisini esa bobosi so‘zlab bergandi. Keyin birontasi qolmadi...🔗batafsilMashhura Sheraliyeva, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
  • “Yoshlik” jurnali

    21 сент., 08:25изменён

    #olis_yaqin_ovozlarDil mahbusi, o‘zingiz bilmay, Bu jazoni o‘tab berasiz. Ko‘changizdan o‘tsam, o‘tmasam, Hayolimdan o‘taverasiz.Ishq bu — bozor, so‘zingiz qimmat, Ko‘zdan o‘tgan ko‘zingiz qimmat. O‘tinaman, sal o‘tib bering, Nega shuncha so‘zingiz qimmat.Unutmoqlik, unut xayolmi? Qaysi ipda bog‘landim sizga. Ketmoqlikka uringan sarim, Qulab tushdim kulguchingizga.Sizni sevdim, siz esa uni, Xayol qilib kutaverasiz. Bahringizdan o‘tay deymanu,
    40912431Открыть в Telegram
  • “Yoshlik” jurnali

    21 сент., 07:15изменён

    #qissaPaymonaBir haftadirki, chol ajal bilan olishadi, muttasil dam qismadan joni azobda. Kasal xuruj qilgan paytlar uning qoqsuyak, chuvakkina yuzi taloqdek ko‘karib, dahshatli tarzda bo‘g‘riqib ketadi. Og‘zini katta-katta ochib, yutoqqancha entikar ekan, cholning bo‘yin, peshona, chekka tomirlari o‘qlog‘dek bo‘rtib chiqadi. Xuruj pasaygach, dahshatli azobda to‘lg‘ongan qoqsuyak vujud to‘shakka behol cho‘ziladi. Endi uning ramaqijon rang-ro‘yidan biror ifodani anglash mushkul. Cholning shiftga termulib qolgan so‘niq ko‘zlari sopoldek qotgan, boqishlari loqayd va ma’nosiz.🔗 batafsilTemirpo‘lat TILLAYEV✅Telegram 🌐Instagram 🌐Veb-sayt ✅Facebook
  • “Yoshlik” jurnali

    21 сент., 05:57

    #nigohAks holda, biz yana aldanamizAmmo… xirmontepa endi bizniki, deb o‘ylaganlar chuchvarani xom sanagan edi. Ular boshoq u yoqda tursin, hatto bitta donni Maskovning iznisiz olish vakolatiga ega emasdi. 1937– va 1950-yillar qatag‘oni ularning ham safini juda siyraklashtirib qo‘ydi. Bunga tarix shohid. Zotan, bo‘linganni bo‘ri yer, ayrilganni – ayiq…🔗batafsil✅Telegram 🌐Instagram 🌐Veb-sayt ✅Facebook
  • “Yoshlik” jurnali

    21 сент., 04:09

    #iqtibosAgar iste’dodingni qadrlasang, ommani maftun etadigan vositalar ketidan chopmaysan.Gyustav Flober✅Telegram 🌐Instagram 🌐Veb-sayt ✅Facebook
    3627433Открыть в Telegram
  • “Yoshlik” jurnali

    20 сент., 11:09

    #tarjimaMuhabbat “bomba”siAlbert Eynshteynning qizi Lizerlga yozgan maktubi1922-yili XX asrning eng mashhur shaxs­laridan biri, fizik olim Albert Eynshteyn Yaponiya poytaxti Tokioga ma’ruza o‘qishga keladi. Olim mehmonxonadaligida, eshik taqillab, xat tashuvchi qo‘lida shoshilinchnoma bilan kelib qoladi. O‘shanda Eynshteynning cho‘ntagida choychaqa berishga puli bo‘lmaydimi yoki pochtachi yapon an’analariga ko‘ra choy­chaqadan voz kechadimi, ishqilib, olim, qanday bo‘lmasin, minnatdorlik bildirish niya­tida bir enlik qog‘ozga bir nechta so‘zlarni yozib, pochtachiga beradi.🔗batafsil📱Telegram 📱 Instagram 📱Veb-sayt 📱Facebook
  • “Yoshlik” jurnali

    20 сент., 07:50

    #tavalludBugun – shoir Humoyun Fattohning tavallud topgan kuni!Qachondir suv kelar behizorlarga, Burungi o‘g‘ridek devordan oshib, Men senga atirgul, chechak tutarman Bir bahya tikanlar ketar qonashib. Bu tong kecha kabi sokin va jim-jit, Qiqirlab kulasan, tolmaydi labing. So‘ng uyga qaytasan, shoshib, entikib, Ibodatga qaytgan kampirlar kabi... Ko‘nglimni so‘ramay ketasan, ko‘nglim – Hali qushlar uchib, yetmagan qirg‘oq. Ilonlar chirmashgan koshonalarga Mendan sovchi bo‘lib borar qaldirg‘och! Men senga yetishga ulguray, armon, O‘tib ketmasaydi umrimning yarmi, Axir, men yashashga nomus qilarman Laylak tashlab ketgan baxtlarni!
    677522Открыть в Telegram
  • “Yoshlik” jurnali

    20 сент., 06:05

    #nasrTO‘XTASIN (Hikoya)Bu qishloqqa ilgari kelmaganman.Hozirgi zamonda bir joyga borish muammo emas. “Damas”chilar xohlagan joyingizga eltib qo‘yadi. Ko‘zlangan manzilni va yozilajak maqolamning bosh qahramoni – cholni topish qiyin kechmadi.Eski paxsa uy ko‘nglimda o‘tmish xotiralarini jonlantirdi: bolaligimizda mana shunaqa uylar bo‘lgich edi – qiyshiq paxsa devorlari tors-tors yorilgan, bo‘g‘otdan chiqib turgan yog‘och, shox-shabbalar qo‘ng‘ir tusga kirgan, ko‘kish-qo‘ng‘ir tusli kichik temir darvozaning bo‘yoqlari o‘chib, ko‘chib, zanglagan, biroz qiyshaygan. Uyga olib boradigan yo‘lga qachonlardir tosh bostirilgan, sinch tuproq ostidan unda-bunda ko‘rinadi. Uy ortidagi keksa o‘rik daraxtining quyi qismida shox qolmagan, tepasi salladay, barglari siyrak, qurtlagan, qurigan shoxlari osilgan.🔗 Davomi...✅Teleg
  • “Yoshlik” jurnali

    20 сент., 04:18

    #iqtibosDunyodagi barcha ne’matlardan faqat yaxshi nom qoladi, hatto shuni ham qoldirolmagan odam baxtsizdir.Sa’diy Sheroziy✅Telegram 🌐Instagram 🌐Veb-sayt ✅Facebook
  • “Yoshlik” jurnali

    19 сент., 11:53

    #suhbatTo‘g‘ri tarjima – yaxshi tarjima degani emas…– Nazmda qalam teb­ratganim qursin! Eslasam, uyalib ketaman. So‘zni qofiyalashtirish she’riyat emasligini anglagunimcha… “qancha qog‘ozlarning boshiga yetdim”. Allohga shukr, bu darddan qutilganimga ancha yillar bo‘ldi. Roman tarjimasi jarayonida duch kelganim she’riy parchalarni bir gal Erkin Vohidov, bir gal rahmatli Muhammad Yusuf o‘zbekchalashtirib bergan. O‘zim uchun esa to‘rt satr she’rni tarjima qilishdan ko‘ra o‘n sahifali hikoyani o‘zbekchaga o‘girish yengilroq.🔗 Davomi...📱Telegram 📱Instagram 📱Veb-sayt 📱Facebook
    4483311Открыть в Telegram
  • “Yoshlik” jurnali

    19 сент., 09:10

    #tavalludBugun – shoira Bibigul ADIYEVAning tavallud topgan kuni!DEDIM“Bibim” — deding, hay-hay dedim... Bog‘larimdan uchdi zog‘lar, Ko‘ngilginam quchdi dog‘lar, Tashlab ketding manglay dedim...Hislar yondi olovlanib, Umid yondi qalovlanib, Yo‘llar tutib borolmadim... Qo‘llar tutib borolmadim...“Bibim” — deding, hay-hay dedim... Eshitmasin qo‘shni yangam, Yulib olar qismat tangam Men jimgina ko‘nay dedim...
    4344321Открыть в Telegram
  • “Yoshlik” jurnali

    19 сент., 07:05

    #tarjimaMasalan, men...Motsartning favqulodda iste’dodga ega bo‘lganligi ma’lum. U to‘rt yoshida klavishli cholg‘u asboblari uchun konsert – murakkab musiqa asari yozadi. Bunday asarni mahoratli va tajribali san’atkorlargina ijro etishi mumkin edi. Motsartning mehribon otasi hali yozib tugatilmagan notalarga qarab hayratga tushadi: – Axir, bu kuylaring juda murakkab-ku, uni hech kim chala olmaydi! – Qiziqmisiz, dada, – e’tiroz bildiradi Volfgang, – Uni hatto yosh bolalar ham chala oladi-ku. Masalan, men…🔗 BatafsilHikoyatlarni Orifjon Madvaliyev tayyorladi.✅Telegram 🌐Instagram 🌐Veb-sayt ✅Facebook