gram news
Аватар канала Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

@yozuvchilar_uz

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! Adabiyot yashasa, millat yashaydi! Cho’lpon Fikr va mulohazalaringizni, adabiyot haqidagi maqolalaringizni shu manzilga yo‘llang: @yozuvchilarbot

ПроектыUZРазное

5,560подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    22 сент., 07:26

    O‘ZINGIZGA ISHONING!«Tong yulduzi» bolalar va o‘smirlar gazetasi «Bolalik kunlarimda...» ruknining mehmoni – O‘zbekiston xalq yozuvchisi – Erkin A'zam.«Tong yulduzi» gazetasining 2026-yil 34-sonidan olindi.
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    22 сент., 07:26

  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    22 сент., 07:19

    ODIL OG‘ANING ARMONI Ahmadjon MELIBOYEVOlmaotada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazilganda, qozoqlar bu insonni, yana bir hamrohimiz Nosir Fozilovni bag‘oyat e’zozlashdi. Qozoq adabiyotining yirik oqsoqoli Abjemil Nurpeisovning uyidagi ziyofatda Odil akani tug‘ishgan inilariday hurmat qilishdi. Abjemil og‘a: “Adil, Chingiz senga bejiz xat yozmagan, Ulug‘bek haqidagi romaning shunday e’tiborga sazovor, xo‘b kelishtirib yazgansan, qo‘lingdan keladi, yana shunday romanlar yazaber”, dedi.🔗 Batafsil: jadid.uz/?p=14809
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    22 сент., 06:35

    #Mutolaa«USTOZNING BESHINCHI FASL»I⚡️O‘zbekiston san’at arbobi, shoir, adib, dramaturg va publitsist Olimjon Xoldor hayot bo‘lganida bu yil 94 yoshni qarshi olgan bo‘lardi.✍️»Adabiyot ziyosi» gazetasining 2026-yil 10-sentyabr kungi sonida shoira Xurshida Vahobjon qizining «Ustozning beshinchi fasl»i nomli maqolasi e’lon qilindi.✅Maqolada atoqli adib Olimjon Xoldorning hayot va ijod yo‘li yoritilgan.O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    22 сент., 06:20

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon «O‘zbekiston» radiokanalining «Yaxshi kayfiyat» dasturi mehmoni bo‘ldi. Marhamat, tinglang.
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    22 сент., 05:59

    #Maxsus_reportaj | 18.09.2026Yangi O'zbekiston mushoirasi
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    22 сент., 05:55

    Bugunning she’ri600 MILLIONLI MUALLIMABir maktab bor Qonliko‘lda, bir maktab bor, Shoir bo‘lsang, yetmish elga shu maktabni maqtab bor.Dilbandlarning kamolidir davr-u zamon matlabi, Yangi zamon maktabidir. Yangi zamon maktabi.Har o‘g‘il-qiz baxt-tolei bo‘ynimdagi qarzimday, Yana yuz yil doston qilib kuylab o‘tsam arzigay.Har yangi uy, yangi bino muqaddimalarimdir, Muallimlarimdir mening, muallimalarimdir.Maftun bo‘lib kezgay edim tushib she’riy arshimdan, Yangi Qoraqalpog‘iston nogoh porlab chiqdi qarshimdan.Yangi bog‘cha opalar-u murabbiylari qadar,
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    22 сент., 05:44

    «Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2026-yil 22-sentyabr kungi 196-sonida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning «600 millionli muallima» she’ri chop qilindi. Marhamat, mutolaa qiling.
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    21 сент., 17:25изменён

    ✏️ Perl Bak 📎 SЕRHOSIL ZAMIN RomanVang Lung chiroyli xotinli bo‘lishdan mosuvo qolgani sabab ich-ichidan iztirob chekardi; axir odamlar tabriklaydigan darajada go‘zal xotinga ega bo‘lish ham bir baxt-ku. Otasi esa uning yuzidagi norozilikni ko‘rib baqirgandi: – Chiroyli ayol nima qilib beradi bizga? Oilamizga uy yumushlarini eplaydigan, dalada ishlab, bola tug‘ib beradigani kerak. Chiroyli ayol bunday ishlarni qila oladimi? U umr bo‘yi libosdan boshqa narsa haqida o‘ylamaydi. Yo‘q, bizning uyga bunday ayol to‘g‘ri kelmaydi. Biz dehqonmiz. Qolaversa, boy xonadondagi bokira, ustiga-ustak chiroyli qul haqida kim eshitgan? Yosh, oliynasab erkaklar uning shirasini allaqachon olgan bo‘ladi. Go‘zal ayolning yuzinchisi bo‘lgandan ko‘ra, xunuk ayolning birinchisi bo‘lish afzal. Buning ustiga dehqonning dag‘al qo‘llari boyvachchaning muloyim kaftlaridek yoqimli tuyularmidi?!🌻Inglizchadan
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    21 сент., 17:21

    16–18-sentyabr kunlari ko‘hna va navqiron Xivada — «Yangi O‘zbekiston mushoirasi» bo‘lib o‘tdi.«Xivada» Muhammad Siddiq Rahmatovhttps://t.me/rahmatov_muhammad_siddiq kanalidan olindi.
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    21 сент., 17:09изменён

    «Tong yulduzi» gazetasining 2026-yil 14-sentyabr kungi 37-sonidan olindi. Unda bolalar shoiri Orif To‘xtash ijodidan turkum she’rlar chop qilindi.
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    21 сент., 17:05

    16–18-sentyabr kunlari ko‘hna va navqiron Xivada — «Yangi O‘zbekiston mushoirasi» bo‘lib o‘tdi.«Vatan chegarasi»Shodi Otamurodhttps://t.me/Shodi_Otamurod kanalidan olindi.
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    21 сент., 16:59

    «Qo‘rqma» romani sahnalashtirildi
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    21 сент., 16:51

    https://www.youtube.com/watch?v=QE213ALMK3o
    YouTubeG‘ayrat Majid bilan jonli suhbat | O’zbekiston vaqti bilan (17.09.2026)Rasmiy sayt: https://mtrk.uz/ Telegram: http://t.me/uzbekistan24_tvnews Instagram: http://instagram.com/uzbekistan24_tvnews Facebook: http://facebook.com/share/14p1i7cW3uZ
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    21 сент., 16:48

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon «O‘zbekiston» radiokanalining «Yaxshi kayfiyat» dasturi mehmoni bo‘ldi. Shoir muxbirning hayot, adabiyot va ijod mavzusidagi savollariga javob berdi.
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    21 сент., 12:00

    #tadqiqotMo‘minlik ham qadriyat…Chingiz Aytmatov o‘zining hikoya, qissa va romanlari bilan allaqachon o‘zbek kitobxonlarining qalbini zabt etgan. Uning ko‘plab asarlari qatori “Oq kema” qissasi (1970) ham o‘z vaqtida juda katta bahs va munozaralarga sabab bo‘lgan edi. Chunki qissaning bola, Mo‘min chol, O‘rozqul kabi qahramonlari, ularning o‘zaro munosabatlari kishida qarama-qarshi o‘y-fikrlar, hislar uyg‘otadi. Zotan, yozuvchining maqsadi ham shu edi aslida. Qissaga “Ertakdan so‘ng” deb ikkinchi sarlavha qo‘yilishi uning ulg‘ayish haqida, ulg‘ayish mashaqqatlari haqida ekaniga ishora qiladi. Qissa bunday boshlanadi: “Uning ikki ertagi bo‘lardi. Biri o‘ziniki bo‘lib, uni hech kim bilmasdi. Ikkinchisini esa bobosi so‘zlab bergandi. Keyin birontasi qolmadi...🔗batafsilMashhura Sheraliyeva, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori✅Telegram 🌐Instagram 🌐Veb-sayt ✅Facebook
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    21 сент., 11:12

    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Xurshid Nurullayevning yangi "So‘z — qalb ko‘zgusi" kitobi taqdimotidan fotolar.Muallif – Ahmad To'ra.
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    21 сент., 11:11

    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Xurshid Nurullayevning yangi "So‘z — qalb ko‘zgusi" kitobi taqdimotidan fotolar.Muallif – Ahmad To'ra.
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    21 сент., 11:03изменён

    «So‘z - qalb ko‘zgusi» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdiInson umrini so‘zga bag‘ishlash, so‘z orqali ko‘ngillarga yo‘l topish, hayotning quvonch va iztiroblarini she’rga aylantirish ijodkor zimmasidagi yuksak mas’uliyat. Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Xurshid Nurullayevning yangi «So‘z - qalb ko‘zgusi» kitobi anashunday hayotiy tajriba va ijodiy izlanishlar samarasi sifatida kitobxonlarga taqdim etildi. Bugun Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tgan kitob taqdimoti shoir va yozuvchilar, ijodkorlarni bir davrada jamladi. Tadbir davomida shoirning hayot va ijod yo‘li, yangi kitobining mazmun-mohiyati, she’rlaridagi inson ruhiyati va hayot haqiqatlarining badiiy talqini haqida fikrlar bildirildi. - «So‘z - qalb ko‘zgusi» nomi bejiz tanlanmagan, - dedi uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo. - Kitobdagi she’rlarda hayotning oddiy ko‘rinadigan, ammo inson qalbida chuqur iz
  • Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

    21 сент., 10:32

    Jarayondan suratlar