gram news
Аватар канала Yurist Imomniyozov

Yurist Imomniyozov

@yurist_imomniyozov

Ishingda Allohdan qo'rqqanlar bilan maslahatlash! ©️Umar ibn Xattob (r.a.) Murojaat uchun: @Savolberinguzbot

ПроектыUZПраво

6,170подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Yurist Imomniyozov

    20 сент., 15:19

    II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs haydovchilik guvohnomasi olishi mumkinmi?II guruh nogironligi haydovchilik guvohnomasini olishni taqiqlamaydi. Hal qiluvchi mezon — shaxsdagi kasallik yoki jismoniy cheklov transport vositasini xavfsiz boshqarishga tibbiy qarshi ko‘rsatma hisoblanishi yoki hisoblanmasligidir.“Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonun ilovasida transport vositalarini boshqarishga doir tibbiy qarshi ko‘rsatmalar ro‘yxati belgilangan. Agar shaxsning aniq tashxisi ushbu ro‘yxatga kirmasa, faqat nogironlik guruhi sababli guvohnoma berishni rad etish mumkin emas.Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 44-bandi “v” kichik bandiga ko‘ra, guvohnoma olish uchun tegishli toifadagi transport vositasini boshqarishga yaroqlilik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma talab qilinadi.2472-son Nizomga muvofiq, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan
  • Yurist Imomniyozov

    20 сент., 05:30

    Xususiy OTMda o‘qiyotgan pedagog farzandiga 30 foizlik chegirma beriladimi?Yo‘q, xususiy oliy ta’lim tashkilotida o‘qiyotgan talabaga Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qarorida belgilangan 30 foizlik chegirma qo‘llanilmaydi.Qarorga ilova qilingan Nizomning 1-bandida ushbu tartib nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmasligi aniq belgilangan.Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun pedagogning farzandi: · davlat oliy ta’lim tashkilotida; · bakalavriat bosqichining kunduzgi ta’lim shaklida; · bazaviy, ya’ni oshirilmagan kontrakt asosida o‘qiyotgan bo‘lishi kerak.Shuningdek, chegirma: · xususiy oliy ta’lim tashkilotlari; · O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlar va ularning filiallari; · oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari; · tabaqalashtirilgan yoki oshirilgan kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga berilmaydi.Bu yerda
  • Yurist Imomniyozov

    20 сент., 05:25

    Xususiy maktab direktorining farzandiga ham kontrakt uchun 30 foizlik chegirma beriladimi?Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qaroriga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan farzandlari kontraktiga 30 foizlik chegirma beriladi.Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun: 🔹 ota yoki onaning asosiy ish joyi ta’lim tashkilotida bo‘lishi; 🔹 u pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimda mehnat shartnomasi asosida ishlashi; 🔹 farzand O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi; 🔹 farzand davlat oliy ta’lim tashkilotida bakalavriatning kunduzgi shaklida bazaviy kontrakt asosida o‘qishi kerak.Qarorda pedagog faqat davlat ta’lim tashkilotida ishlashi shartligi belgilanmagan. Demak, nodavlat, ya’ni xususiy maktabda rasman ishlayotgan pedagog ham ushbu imtiyozdan foydalanishi mumkin. Bunda pedagogning lavozimi alohida tasdiqlangan ro‘yxatga
  • Yurist Imomniyozov

    20 сент., 01:57

    Yosh bolali pedagogning ish vaqti qancha?Mehnat kodeksining 184-moddasiga ko‘ra, pedagoglar uchun haftasiga ko‘pi bilan 36 soatlik qisqartirilgan ish vaqti belgilanadi. Olti kunlik ish haftasida bu odatda kuniga 6 soatni tashkil etadi.Biroq budjet tashkilotida ishlaydigan pedagogning 3 yoshga to‘lmagan farzandi bo‘lsa, unga qo‘shimcha kafolat beriladi.Xususan, Mehnat kodeksining 397-moddasiga muvofiq: · 3 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biri yoki vasiysi haftasiga ko‘pi bilan 35 soat ishlaydi; · qisqartirilgan ish vaqtiga qaramay, uning ish haqi to‘liq saqlanadi; · mazkur imtiyoz ota-onadan faqat biriga qo‘llaniladi.Olti kunlik ish haftasida 35 soat kunlar bo‘yicha tasdiqlangan ish jadvaliga asosan taqsimlanadi. Shu sababli xodimni har kuni soat 16:00 gacha ish joyida ushlab turish natijasida haftalik vaqt 35 soatdan oshsa, bu qonunchilikka mos kelmaydi.Mehnat kodeksinin
  • Yurist Imomniyozov

    19 сент., 18:19

    Farzandini tashlab ketgan ota yoki ona ota-onalik huquqidan mahrum qilinadimi?Er yoki xotinning oiladan ketishi, farzandini qarindoshlariga qoldirishi yoxud boshqa turmush qurishi uning ota-onalik huquqidan darhol mahrum qilinishini anglatmaydi.Oila kodeksining 79-moddasiga ko‘ra, ota yoki ona: · ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan, jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa; · bolasini tegishli muassasadan olishdan uzrsiz bosh tortsa; · ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa; · bolaga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa; · muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lsa; · bolaning yoxud eri yoki xotinining hayoti va sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilsa, sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.Demak, boshqa turmush qurishning o‘zi bunday asos hisoblanmaydi. Ammo bolani uzoq vaqt qarovsiz qoldirish, uning tarbiyasi va ta’minotida
    1,150111Открыть в Telegram
  • Yurist Imomniyozov

    18 сент., 15:46

    переслано из @huquq_lecc

    🔥Huquqdan guruhlarga qo'shilish uchun murojaat qiling.☎️+998338810202 ☎️+998914294142 😎@HUQUQ_LECC_ADMIN
    917видео111Открыть в Telegram
  • Yurist Imomniyozov

    17 сент., 13:58

    ​​Qarzingiz bo‘lsa, istalgan mol-mulkingizni olib qo‘yishlari mumkinmi?Qarz uchun faqat uy, mashina yoki pulga emas, ayrim hollarda qarzdorning mulkiy huquqlariga ham undiruv qaratilishi mumkin.Xo‘sh, qaysi mol-mulkni olib qo‘yish mumkin, qaysilarini esa mumkin emas? Yagona uy, umumiy mulk yoki boshqa shaxsdan pul talab qilish huquqi bo‘lsa-chi?Yangi maqolamizda shu savollarga javob berdik.
  • Yurist Imomniyozov

    16 сент., 09:40

    ​​Kelajakdagi narxni bugun kelishib olish mumkinmi?Fyuchers deganda aslida nima tushuniladi? Uni sotib olgan odam kelajakda albatta tovarni qabul qilishi kerakmi? Fyuchers va forvardning farqi nimada? Eng qizig‘i, tavakkalchilikka asoslangan fyuchers qanday qilib aynan tavakkalchilikdan himoyalanish vositasiga aylanadi?Yangi maqolamizda shu savollarga sodda misollar orqali javob berdik.“Fyuchers nima: kelajakdagi narxni bugun kelishib olish mumkinmi?”
  • Yurist Imomniyozov

    14 сент., 06:44

    18 soat darsi bor boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi har kuni soat 16:00 gacha maktabda qolishi shartmi?Ayrim maktablarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan dars yuklamasidan qat’i nazar, ertalab soat 7:30 dan 16:00 gacha, shu jumladan shanba kuni ham maktabda bo‘lish talab qilinmoqda.Keling, buni hisob-kitob qilib ko‘ramiz.Mehnat kodeksining 184-moddasiga ko‘ra, pedagog xodimlar uchun haftasiga ko‘pi bilan 36 soatlik qisqartirilgan ish vaqti belgilanadi.3058-son Yo‘riqnomaga muvofiq, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining bir stavka ish yuklamasi quyidagicha hisoblanadi: · dars yuklamasi — haftasiga 18 soat; · metodik va tashkiliy-pedagogik yuklama — 18 soat; · jami haftalik ish yuklamasi — 36 soat; · yillik ish yuklamasi — 1548 soat.Demak, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga tarifikatsiya bo‘yicha 18 soat dars berilgan bo‘lsa, bu bir stavkani tashkil etadi. Uning haftalik umumiy ish
  • Yurist Imomniyozov

    11 сент., 14:55

    ​​Va’daga vafo, deganlaridek...Bir necha kun avval aliment masalasiga jamiyatimizda munosabat qanday ekanini bilish uchun sizlar bilan kichik ijtimoiy so‘rov o‘tkazgan va uning natijalari asosida maqola tayyorlashni va’da qilgan edik.Va’da qilingan maqola tayyor. Unda so‘rov natijalarini huquqiy tahlil bilan birlashtirishga harakat qildik.“Bugun aliment to‘layman, ertaga bolangdan undiraman”: bu gapdan qo‘rqish kerakmi?Maqola sizlarga manzur bo‘ladi, eng asosiysi, aliment bilan bog‘liq ayrim noto‘g‘ri qarashlarga oydinlik kiritadi, degan umiddamiz.
  • Yurist Imomniyozov

    11 сент., 12:13

    ​​🔄 Matnni lotin yoki kirillga o‘girish kerakmi?👉 lotin.okina.uz — matnni tez va qulay o‘giring.🤖 @okinauz\_bot — botga shunchaki matn tashlang yoki fayl yuboring, qolganini botning o‘zi darhol bajaradi.⚡️ Tez. Oson. Bepul.
    1,5902111Открыть в Telegram
  • Yurist Imomniyozov

    10 сент., 13:51

    ​​Elektrdagi yo‘qotish: kim to‘laydi?Tadbirkor o‘z mablag‘iga 10 km elektr tarmog‘i tortib, transformator o‘rnatgan. Ammo elektr haqini hisoblashda transformator va liniyadagi yo‘qotishlardan tashqari yana 7 foiz qo‘shilmoqda.Bu 7 foiz nimaning haqi?Tarmoqdagi yo‘qotish kimning zimmasida bo‘lishi kerak? Bir xil yo‘qotish ikki marta hisoblanmayaptimi?👉 Yangi maqolamizda ushbu masalani amaldagi qonunchilik asosida tahlil qildik.
  • Yurist Imomniyozov

    10 сент., 11:47

    Kuryer va ofitsiant “xodim”mi yoki “xizmat ko‘rsatuvchi”?Kafe va restoranlarda kuryer, ofitsiant hamda boshqa xodimlarni mehnat shartnomasisiz yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlatiladi. Natijada ularga tungi vaqt va qo‘shimcha ishlagan soatlari uchun haq to‘lanmay qolmaydi.Masalan, talaba soatiga 11 ming so‘mdan, soat 19:00 dan 04:00 gacha ishlagan. Face ID tizimida 15–31-iyul kunlari jami 208 soat ishlagani qayd etilgan. Oddiy hisobning o‘zida unga 2 288 000 so‘m to‘lanishi kerak edi, biroq atigi 1 mln so‘m berilgan. Bu holatda, avvalo, munosabatning huquqiy shakli aniqlanadi.Agar mehnat shartnomasi asosida ishlagan bo‘lsa: · Mehnat kodeksining 189-moddasiga ko‘ra, belgilangan ish vaqtidan ortiq ishlash ish vaqtidan tashqari ish hisoblanadi; · 190-moddaga ko‘ra, ish beruvchi qo‘shimcha ishlangan vaqtni aniq hisobga olishi shart; · 262-moddaga ko‘ra, bir kundagi
  • Yurist Imomniyozov

    8 сент., 12:28

    переслано из @tsulofficial

    🔹🔹🔹🔹🔹Fuqarolik huquqining dolzarb masalalariO‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Omonboy Okyulov bilan suhbat.To‘liq suhbatni ko‘rish... _______________________Актуальные вопросы гражданского праваБеседа с заслуженным юристом Республики Узбекистан, доктором юридических наук, профессором Ташкентского государственного юридического университета Омонбоем Окюловым.Смотреть полную беседу...🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
    1,710видео111Открыть в Telegram
  • Yurist Imomniyozov

    8 сент., 06:45

    Qachon sud nikohdan ajratishda yarashish uchun 6 oy muhlat bermaydi?Oila kodeksining 40-moddasiga ko‘ra, sud nikohdan ajratish ishida er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat berishi mumkin. Biroq oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talab qilsa, sud yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.Buning uchun da’vo arizasida: “Oila kodeksining 40-moddasiga asosan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs sifatida yarashish uchun muhlat tayinlamaslikni so‘rayman”, degan talabni alohida ko‘rsatish lozim.Sudga zo‘ravonlikni tasdiqlovchi quyidagi dalillar taqdim etilishi mumkin: 🔹 MJtKning 59²-moddasi bo‘yicha chiqarilgan sud qarori; 🔹 himoya orderi; 🔹 tibbiy ma’lumotnoma; 🔹 audio, video, yozishmalar hamda guvohlarning ko‘rsatmalari.Oliy sud Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 6-son qarori 16-bandiga ko‘ra, sud oilaning batamom buzilgani va uni saqlab qolish imkoni
  • Yurist Imomniyozov

    7 сент., 15:19

    Meros orqali o‘tgan uy va avtomobilni qanday rasmiylashtirish kerak?Meros guvohnomasini olgan shaxs uy-joyni qaytadan kadastr qilishi, avtomobilni o‘z nomiga o‘tkazishi va kommunal xizmatlardagi abonent ma’lumotlarini yangilashi kerakmi?1. Kvartirani boshqatdan kadastr qilish shartmi?Yo‘q. Mulkdor meros tufayli o‘zgargani uchun kvartirani qaytadan o‘lchash yoki yangi kadastr yig‘majildi tayyorlash talab qilinmaydi. Agar kvartiraning kadastr hujjatlari mavjud, maydoni, tuzilishi va chegaralari o‘zgarmagan bo‘lsa, faqat mulk huquqining meros qoldiruvchidan merosxo‘rga o‘tganligi davlat reyestrida qayd etiladi.Fuqarolik kodeksining: 🔹 84-moddasiga ko‘ra, ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqning vujudga kelishi va boshqa shaxsga o‘tishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak; 🔹 1146-moddasiga ko‘ra, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosxo‘rning huquqini tasdiqlaydi.“Ko‘
  • Yurist Imomniyozov

    7 сент., 12:42

    My.gov.uz’dan kelgan uy-joy bahosi haqidagi xabarni e’tiborsiz qoldirmang!Prezidentning 2025-yil 5-martdagi PF–43-son Farmoniga asosan ko‘chmas mulk obyektlarini bozor narxiga yaqin qiymatda ommaviy baholash tizimi joriy etilgan edi. Dastlabki bosqich 2025–2026-yillarda Toshkent shahrida tajriba tariqasida o‘tkazilmoqda.2026-yil 5-sentabr kuni mulkdorlarga my.gov.uz ilovasi orqali ko‘chmas mulkining ommaviy baholash natijasi yuborildi.Bu xabarni e’tiborsiz qoldirmang. Chunki baholangan qiymat kelgusida: 🔹 mol-mulk va yer solig‘ini hisoblashda; 🔹 uy-joyni sotish yoki sotib olishda; 🔹 ko‘chmas mulkni garovga qo‘yishda; 🔹 davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda kompensatsiya miqdorini aniqlashda ahamiyatga ega.Noto‘g‘ri baholangan qiymat keyinchalik soliq yoki oldi-sotdi jarayonida nizolarni keltirib chiqarishi ehtimoli bor.Shuning uchun my.gov.uz ilovasidagi
  • Yurist Imomniyozov

    6 сент., 08:06

    переслано из @civil_uz

    📚 Ilmiy jurnalingizni professional yo‘lga qo‘ying!✅ OJS asosida zamonaviy jurnal veb-sayti ✅ Crossref tizimiga ulash va DOI olish ✅ Maqolalarni Google Scholar indeksatsiyasiga tayyorlash ✅ ISSN olish bo‘yicha ko‘mak ✅ OAV guvohnomasi olish ✅ Ilmiy jurnalni tashkil etish bo‘yicha to‘liq xizmat🌐 jurnal-konsalting.uz 📲 Telegram: @jurnalkonsalting
    2,190видео21Открыть в Telegram
  • Yurist Imomniyozov

    6 сент., 07:31

    Avgust oyida daftar tekshirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lanadimi?Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 4-bandiga ko‘ra, umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga:🔹 sinfdagi o‘quvchilar soniga qarab sinf rahbarligi uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 26,4 foizdan 52,8 foizgacha;🔹 daftarlar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun 8,8 yoki 17,6 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.Biroq mazkur bandda alohida qoida belgilangan: o‘qituvchilar yozgi yillik mehnat ta’tilidan qaytganidan keyin yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar ularga daftarlar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.Shu sababli avgust oyida, mehnat ta’tilidan qaytgan sanadan yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar daftar tekshirganlik uchun qo‘shimcha haq hisoblanmagan bo‘lsa, bu qonuniy hisoblanadi.📲 Telegram | Instagram | Veb-sayt
    2,520721Открыть в Telegram
  • Yurist Imomniyozov

    5 сент., 15:17

    Maktablarni ham 5 kunlik ta’lim haftasiga o‘tkazish vaqti kelmadimi?Bugungi kunda ko‘plab davlat organlari va muassasalari 5 kunlik ish haftasida faoliyat yuritmoqda. 2026-yil 1-apreldan davlat tibbiyot muassasalarida ham besh kunlik ish rejimi joriy etildi, dam olish kunlaridagi tibbiy xizmat esa navbatchilik asosida tashkil qilinmoqda.Dunyo tajribasiga qarasak, Finlandiya maktablarida o‘quvchilar, odatda, haftasiga 5 kun ta’lim oladi. Shanba va yakshanba kunlari esa dam olish kunlari hisoblanadi.Yaponiyaning davlat maktablarida ham asosiy mashg‘ulotlar dushanbadan jumagacha davom etadi. Ayrim maktablarda shanba kuni qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etilishi mumkin.Germaniyada maktablar, asosan, besh kunlik ta’lim haftasi asosida ishlaydi. Janubiy Koreyada ham umumta’lim maktablarida besh kunlik o‘quv haftasi amal qiladi. Shanba kuni, odatda, majburiy darslar o‘tkazilmaydi,
    2,9801155Открыть в Telegram