Последние посты

Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
9 сент., 14:42
Ta’lim sohasidagi tadbirkorlar uchun yana bir imkoniyatPrezident yigʻilishida tadbirkorlar bogʻcha, maktab va texnikum tashkil etish boʻyicha tayyor loyihalar taklifi bilan chiqib, ehtiyojmand oila farzandlarini bepul oʻqitmoqchi boʻlsa, davlat yer uchastkalarini 1 million soʻm boshlangʻich narx bilan auksionga chiqarishga tayyor ekani taʼkidlandi.Shuningdek, ta’lim tashkilotlari binolarining boʻsh xonalarida, asosiy xonalarning darsdan tashqari vaqtlarida yoshlar, ayollar va ishsiz fuqarolarni kasb-hunar hamda tillarga oʻqitish muhitini yaratish vazifasi belgilandi.👉 @z_amirqulov
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
8 сент., 17:28
📌 JIDUga bu yil maksimal 189 ball to‘plagan 3 200 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi — kelgusi yildan tartib o‘zgarishi mumkinOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga (JIDU) joriy o‘quv yilida reja bo‘yicha 550 nafar abituriyent qabul qilinishi belgilangan edi. Biroq, sertifikatlar va imtiyozlar hisobiga 3 200 nafar abituriyent maksimal — 189 ball to‘plagan.Joriy o‘quv yilida maksimal ball to‘plagan barcha abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan. Biroq vazirning ta’kidlashicha, kelgusi yildan e’tiboran bunday holatlarning oldini olish uchun JIDUga qabul tartibini qayta ko‘rib chiqish o‘ylab ko‘rilmoqda.PS: Bu hali tasdiqlandi degani emas. Takliflar bo‘lsa izohlarda qoldiring, yetkazishga harakat qilaman. Taklif deganda albatta muammoga asosli yechimni nazarda tutmoqdaman.👉
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
4 сент., 07:40
переслано из @raqamli_talim_markazi
✔️ Super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmoqda!🚀 Super-kontrakt asosida o‘qishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun muhim yangilik.♻️ Ayni paytda kontrakt.edu.uz platformasi orqali 10 dan ortiq davlat oliyhohlarida super-kontrakt uchun ariza topshirish imkoniyati mavjud.📌 Qaysi OTMda super-kontrakt uchun arizalar boshlanganini kontrakt.edu.uz orqali tekshirishingiz mumkin.🔗 kontrakt.edu.uz📱Telegram | 📱Instagram
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
3 сент., 12:31
переслано из @baholashuz
#Qabul2026 #Vakant_joy #TanlovVakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.👨💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
2 сент., 18:30
❗️O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari oshirilishi haqida batafsil ma’lumotPrezidentning PF-115-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:➖ budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshirildi; ➖ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 360 000 so‘m etib belgilandi; ➖ bazaviy hisoblash miqdori (BHM) — 440 000 so‘m etib belgilandi; ➖ pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy tarif stavkalari yangilandi.❓OTT huzuridagi akademik litsey pedagoglari maoshi qancha? (1-a ilova)2026-yil 1-sentabrdan boshlab bazaviy tarif stavkalari quyidagicha belgilandi:➖ Bosh o‘qituvchi — 5 503 920 so‘m; ➖ Yetakchi o‘qituvchi — 4 980 320 so‘m; ➖ Katta o‘qituvchi — 4 470 320 so‘m; ➖ Oliy ma’lumotli o‘qituvchi — 3 992 960 so‘m; ➖ O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi — 3 731 840 so‘m.ℹ️ Ustama: Akademik
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
2 сент., 13:22
переслано из @eduuz
#mandat #magistratura #qabul2026⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
1 сент., 11:40
❗️Toshkent davlat yuridik universitetida super-kontrakt narxlari tasdiqlandi #abituriyent2026/2027-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari belgilangan chegaraga 4,05 balldan ortiq yetmagan, lekin 56,7 balldan kam bo‘lmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlari e’lon qilindi.ℹ️ Ushbu miqdorlar 4,05 balldan ortiq yetmay qolgan (56,7 balldan yuqori) abituriyentlar uchun faqat 1-o‘quv yiliga to‘lanadi. Keyingi kurslarda oddiy bazaviy kontrakt to‘lanadi.👉 @z_amirqulov
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
1 сент., 11:35
❗️Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari tasdiqlandi2026/2027-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetida to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.Yangi narxlarga ko‘ra, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida bir yillik kontrakt 22 496 700 so‘m etib belgilangan. 2025/2026-o‘quv yilida ushbu summa 16 695 000 so‘m edi. Ya’ni kontrakt narxi o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 5,8 mln so‘mga yoki qariyb 35 foizga oshgan.Bakalavriatning boshqa ta’lim shakllarida o‘sish yanada yuqori. Sirtqi ta’limda to‘lov 14 868 000 so‘mdan 21 352 800 so‘mga yetib, 43,6 foizga qimmatlagan. Masofaviy ta’limda esa kontrakt 13 860 000 so‘mdan 20 208 900 so‘mga oshgan. Bu 45,8 foizlik o‘sishni tashkil etadi.Magistraturaning kunduzgi ta’lim shaklida ham kontrakt 5,8 mln so‘mga qimmatlab, 18 585 000 so‘mdan 24 403 200 so‘mga yetgan. Ya’ni kontrakt narxi 31,3 foizga oshgan.👉 @z_amir
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
1 сент., 11:23
❗️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida super-kontrakt narxlari tasdiqlandi #abituriyentJahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun oshirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlari e’lon qilindi.🎁 Tabaqalashtirilgan to‘lov qiymatini 2026-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10 foiz chegirma taqdim etiladi.👉 @z_amirqulov
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
1 сент., 06:31
переслано из @shmirziyoyev
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!Yashasin O‘zbekiston xalqi!Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti — Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины!Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость!
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
28 авг., 10:22
O‘qishga kirish bo‘yicha yana bir “bosh og‘riqli” imtiyoz tasdiqlandiAdliya vazirligi “Vatan tayanchi” otryadining a’zosiga, “Vatanparvarlar” va “Shijoat va g‘ayrat” musobaqalarining respublika bosqichi g‘oliblariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3931, 2026-yil 26-avgust).Mazkur hujjatga ko‘ra, tavsiyanoma quyidagi shaxslarga beriladi:🔹 “Vatan tayanchi” harakatida faol ishtirok etgan hamda davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, Prezident maktablari, ijod maktablari, sport maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, akademik litseylar va texnikumlarni a’lo baholar bilan tamomlagan “Vatan tayanchi” otryadining 1 nafar a’zosiga;🔹 “Jasorat maktabi”ni a’lo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining 1 nafar a’zosiga;
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
27 авг., 07:01
Talabalar diqqatiga!Yangi o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi smenadagi o‘quv mashg‘ulotlari soat 08:00 da boshlanadi.Eslatma: OTMda darslar 1-kurslar uchun — 7-sentyabrdan, 2- va undan yuqori kurslar uchun — 14-sentyabrdan tashkil etiladi.👉 @z_amirqulov
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
23 авг., 06:35
❗️Vakant joylar ro’yxati e’lon qilindi #abituriyent2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi.Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTTlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan.OTTlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin.👉 @z_amirqulov
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
22 авг., 11:36
Vakant kvota uchun OTM va yo‘nalishni tanlash bo‘yicha videoyo‘riqnoma👉 @z_amirqulov
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
22 авг., 08:37
❗️Huquqshunoslik fanlari va chet tili blokida bo‘lganlar uchun vakant qolmabdiYurisprudensiya yo‘nalishida raqobat juda yuqori bo‘lgani sababli barcha kvotalar to‘liq yopilgan.Shaxsiy kabinetga kirganda “Kvota mavjud emas” degan yozuv chiqsa, demak, abituriyentning fanlar majmuasiga mos birorta ham vakant o‘rin mavjud emas. Agar fan blokiga mos vakant o‘rin bo‘lsa, tizimda yo‘nalish tanlash avtomatik ravishda ochiladi.Eslatma: Bu yil 80 ta OTTda 31 ming 823 ta vakant o‘rin qoldi. Fanlar majmuasi mos kelgan taqdirda 5 tagacha yo‘nalishni tanlash mumkin.❓Kimlar bunda ishtirok etoladi?1️⃣ kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar; 2️⃣ ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlar.Bunda fanlar
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
22 авг., 06:27изменён
❗️6-yo‘nalish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandiOliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 823 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
22 авг., 05:50
❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha natijalar e’lon qilindiTalabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTTlardan respublikadagi davlat va nodavlat OTTlariga ko‘chirish bo‘yicha 2026-yil 19-20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShSHIR) kiritgan holda bilishlari mumkin.👉 @z_amirqulov
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
20 авг., 06:12
⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:✅ 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan; ✅ 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.👉 @z_amirqulov1,580Открыть в Telegram
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
18 авг., 13:04
❗️Abituriyentlarga “Oltinchi yo‘nalish” tanlovi kelasi hafta ochilishi mumkinAbituriyentlarga vakant o‘rinlardan “oltinchi yo‘nalish”ni tanlash imkonini berish masalasi ham kelasi haftada ishga tushirilishi rejalashtirilyapti. Bunda abituriyent o‘zining fanlar majmuasiga mos va bo‘sh o‘rin qolgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlay oladi.Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi.👉 @z_amirqulov
Ta’lim eksperti | Zafarshoh Amirqulov
18 авг., 08:04
❗️HEMIS tizimida 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar kontingentini shakllantirish boshlandi!2026-yil 17-avgustdan e’tiboran HEMIS axborot tizimida yangi o‘quv yilida o‘qishga tavsiya etilgan talabalar ma’lumotlarini kiritish va shakllantirish imkoniyati yaratildi.📝 Talabalar kontingentini shakllantirish tartibi quyidagicha:1️⃣ Ta’lim yo‘nalishini kiritish (agar avval kiritilmagan bo‘lsa); 2️⃣ O‘quv rejasini shakllantirish; 3️⃣ Akademik guruhlarni shakllantirish; 4️⃣ “Darslarga ruxsat berish (qabul)” turidagi farmoyishni yaratish; 5️⃣ Talaba anketasini kiritish va unda ushbu farmoyishni ko‘rsatish; 6️⃣ Farmoyishga tegishli talabalarni biriktirish; 7️⃣ Farmoyishni imzolash va bajarish.✅ Mazkur bosqichlar to‘liq bajarilgach, talaba 1-kurs 1-semestrining tegishli akademik guruhida “O‘qimoqda” maqomida aks etadi.ℹ️ 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab tizimga faqat tegishli asosga
