Аватар канала ZakovArt

ZakovArt

@zakovart

Art, kino va musiqa. 📅Kanal yaratilgan sana: 20. 08. 2022 Donat uchun: – https://www.tirikchilik.uz/zakovart – 9860010123225889 Reklama: @zakovart_reklama Shaxsiy kanal: https://t.me/+u6r4u3J0sno1NDli

6,180подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • ZakovArt

    22 сент., 10:47

    переслано из @milliy_sertifikat_huquq_n1

    📃 HUQUQDAN A+ olmoqchimisiz? Lekin aniq rejangiz yo'q, qonunlarni o'qiysiz, ammo tushunmayabsizmi?Eng muhimi bularni barchasini BEPULga o'rganmoqchimisiz?Unda bu kurs aynan SIZ uchun.Sizga kim dars beradi?- 5 yillik ta'lim tajribasiga ega - USA certificate sohibi - IDROK respublika turniri g'olibi - Intellektual olimpiada sovrindori - Yoshlar turizmi II xalqaro qurultoyi sovrindori - Talaba-o'quvchilar ligasi g'olibi dars o'tadilar.QISQA VAQT ICHIDA DARSLIKLAR VA QONUNCHILIKNI SODDA TILDA O'RGANAMIZ!Darsga qo'shilish uchun bosing! Darsga qo'shilish uchun bosing!
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    1,020543Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    21 сент., 14:09

    Shirinlik yeb turib, bir vaqtning o'zida miyani ishlatib tursang, semirib ketmaysan.(c) Death note
    1,8101751410432Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    21 сент., 04:06

    "Qoʻye Nortoy Nolan, men senga ishonib, tarafingni olib yuribmana"🎨 ZakovArt
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    2,130193137642Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    20 сент., 13:40

    Onamning eng sevimli multfilmiOnamdan eng yoqtirgan multfilmingiz qaysi deb soʻradim. Javobi: Yashil vodiy sari.Nega dedim? Javobi: "Bolaligimda mittipanjaning o'z soyasini onasi deb o'ylab unga talpinishi va oxir-oqibat muzdek toshni quchoqlab yig'lashi qalbimni yanchib tashlaydigan fojia boʻlgan".🎨 ZakovArt
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    2,330148272013105Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    20 сент., 05:43

    5 kunlik 8 kunlik dunyo​Rey Bredberining "Muz va olov" asarida insonlar atigi 8 kun yashaydi. Ularning butun umri g'orda, koinot sirlarini anglashga ulgurmay o'tib ketadi. Ilm-fan va ijod uchun umrida faqat 12 soat vaqt topa oladi, xolos. Kichik bir bilimni avlodlariga qoldirib ketadi va bu charxpalak davom etaveradi.Bunday hayotga chidolmagan ​asar qahramoni Sim vaqtni to'xtatuvchi kosmik kema sari tavakkal qilib yuguradi.Menimcha, agar SI boʻlmaganida, bugungi hayotimiz ham shunga o'xshardi. U bizga abadiyatni kafolatlamasa-da, shu qisqa umrimizda dunyoni anglash ishtiyoqimizni qondirish uchun yagona real imkoniyatni bermoqda.🎨 ZakovArt
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    2,380601110532Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    18 сент., 07:24

    "Bittasini aytdiz, yana bitta aytib bering..."
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    3,3002456322943Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    17 сент., 07:24изменён

    Isterik kuch Bundan 10-12 yillar oldin togʻam bilan Popga yoʻl oldik. Yoʻlda rels bor, zavodga borish uchun boshqa yoʻl yoʻq. Relsdan oʻtish uchun ichiga qum toʻldirdik. Neksiya old balonlari oʻtib olganidan keyin, mashina tiqilib qoldi, yurmadi. Aynan oʻsha
    3,5709331271254Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    16 сент., 10:29

    Isterik kuchBundan 10-12 yillar oldin togʻam bilan Popga yoʻl oldik. Yoʻlda rels bor, zavodga borish uchun boshqa yoʻl yoʻq. Relsdan oʻtish uchun ichiga qum toʻldirdik. Neksiya old balonlari oʻtib olganidan keyin, mashina tiqilib qoldi, yurmadi. Aynan oʻsha kuni Angren-Pop temiryoʻlining sinovi oʻtkazilayotgan edi. Narigi tomondan poyezd kelishni boshladi. Togʻam jon holatda mashinadan tushib, bir yelkasi bilan ulovni koʻtarib, orqaga tisarildi. Men shokdaman. Xullas, shu narsa haqida qiziq fakt oʻqib qoldim: Odatda tanamiz mushaklarimizdagi bor kuchning atigi 60-70 foizidan foydalanadi. Agar 100% kuchimizni ishlatsak, suyak va paylarimizni uzib yuboramiz. Miya bizni himoya qilish uchun "tormoz" bosib turadi. Lekin hayot-mamot masalasi yuzaga kelganda qondagi kuchli adrenalin bu cheklovni darhol olib tashlaydi. Fanda bu holat "Isterik kuch" (Hysterical strength) deyilarkan.🏆 - ha,
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    3,9802007316633Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    14 сент., 08:43

    Pixar filmlari xronologik ketma-ketlikda.Sizning eng sevimlingiz qaysi?🎨 ZakovArt
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    4,780751913954Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    13 сент., 15:41

    Bertran Rassel aytyapdi:Agar biz faqat o'zimizning kundalik muammolarimiz va shaxsiy tashvishlarimiz (pul, ish, ro'zg'or) bilan o'ralashib qolsak, tez charchaymiz va baxtsiz bo'lib qolamiz. ​ 1. ​Faqat "foydali" narsalarni o'ylayverish zararli: Inson miyasi doim shaxsiy muammolarni o'ylayversa, zo'riqadi va asabiy bo'lib qoladi. Chunki har bir shaxsiy masala zamirida qandaydir xavotir yotadi.2. ​Chalg'ish va xobbi kerak: Inson o'ziga bevosita daxli yo'q, hech qanday "amaliy foyda" keltirmaydigan narsalarga ham qiziqishi kerak. Masalan, astronomiya, tarix, baliq ovi, kitob o'qish kabi mashg'ulotlar. Bu miyaga kundalik tashvishlardan qochib, dam olishiga yordam beradi.3. ​Muammolarni osonroq hal qilasiz: Agar siz qandaydir qiziqarli mashg'ulot bilan chalg'ib, ozgina bo'lsa ham baxt va zavqni his qilsangiz, asablaringiz joyiga tushadi. Keyin yana o'z muammolaringizga qaytganingizda,
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    5,080632211976Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    11 сент., 08:16

    Kuygan non teoriyasiUshbu nazariyaga koʻra, ertalab noningiz kuyib ketsa, metro yoki avtobusga kechiksangiz, xafa boʻlmang. Bu holat sizni qandaydir yomonlikdan asrayotgan yoki yaxshiroq yo'lga burib yuborayotgan bo'ladi. Masalan, noningiz kuygani uchun siz uydan 5 daqiqa kechroq chiqasiz. Balki aynan shu 5 daqiqa sizni ko'chadagi yomon yomg'irda qolishdan yoki biror xavfdan asrab qolar.🏆 - ha, bilardim 🍓 - yoʻq, bilmasdim🎨 ZakovArt
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    5,2703116728733Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    10 сент., 13:38

    Twitterda bir qiziq post koʻrib qoldim. Unda 7 oʻlim gunohi klassik adabiyotda boʻlsa qanday boʻlardi deyilgan. Buni oʻzbek adabiyotida qoʻllasakchi:1. Kibr - Umarali. O'z amal kursisidan turib odamlarga, hatto eng yaqinlariga ham yuqoridan qaraydi. 2. Shahvat - Akbarali mingboshi. To'rtta xotini bo'la turib, go'zal va yosh Zebiga ko'ngil qo'yishi, o'z xirsini va hoyu-havasini jilovlay olmasligi. 3. Ta'magirlik - Mirzakarimboy. Dunyo moliga to'ymaydigan, ochko'zlik va tamagirlikning yorqin misoli. 4. Hasad - Homid va Zaynab. Izoh shart emas menimcha. 5. Dangasalik - Qalandarov. Oblomovning oʻzginasi. Joyidan jilgisi kelmaydi. 6. Ochkoʻzlik - Qori ishkamba. 7. Gʻazab - Abdullatif.🎨 ZakovArt
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    4,890612818543Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    9 сент., 04:02

    Edvard Hopper bu chizmasini rafiqasining sevimli mushugiga boʻlgan rashkini ifodalash uchun chizgan.🎨 ZakovArt
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    4,7002032412962Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    7 сент., 12:37

    Tandirdan yangi uzilgan kitob. Book.uzda bugundan boshlab Gomerning "Odisseya"si sotuvga chiqibdi. Birinchisini oʻzim olaqoldim)Tarjimon Qodir Mirmuhamedov. U yana "Martin Iden", "Dekameron", "Usta va Margarita" hamda "Iliada"ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.Muqovasi qattiq, dizayn yaxshi, sahifalar oppoq.Topshiringlar.🎨 ZakovArt
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    4,74089168644Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    7 сент., 06:12

    Mitti shoʻrva idishga qadoqlangan lavlagi rangli lab balzami. Kreativ.🎨 ZakovArt
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    4,5801294121854Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    6 сент., 14:37

    Xayrli kech.
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    3,900922211943Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    6 сент., 04:59

    Stipendiya olgan kunim va uni ertasi:🎨 ZakovArt
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    4,8202671712822Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    5 сент., 12:17

    Har kimning o'z sayyorasi va unda yashaydigan kichkina shahzodasi bo'ladi - Asteroid B-612 🌅
  • ZakovArt

    5 сент., 08:25

    Koʻp kitob oʻqiydiganlarni turli davlatlardagi nomi ekan)🎨 ZakovArt
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    4,3701272614743Открыть в Telegram
  • ZakovArt

    4 сент., 14:01

    ​"Aql bilan ish tutish uchun shunchaki aqlli bo'lishning o'zi kamlik qiladi." ​– Dostoyevskiy​Sulaymon paradoksi — bu o'zimizning muammolarimizga qaraganda boshqa odamlarning muammolari haqida yaxshiroq mulohaza yuritish moyilligi.​U muqaddas kitoblardagi Shoh Sulaymon sharafiga nomlangan. U o'zining odilona va oqilona hukmlari bilan mashhur bo'lgan, ammo umrining oxirgi yillarida o'z shaxsiy va siyosiy hayotida koʻplab noto'g'ri qarorlar qabul qilgan kishi sifatida tasvirlanadi.​Ushbu atama 2014-yilda Igor Grossmann va Etan Kross tomonidan kiritilgan. O'zaro munosabatlardagi nizolar bo'yicha o'tkazgan tadqiqotlarida ular shuni aniqlashdiki: odamlar o'zlarining emas, balki boshqa birovning muammosi haqida o'ylashayotganda turli nuqtai nazarlarni inobatga olishga, o'zlari bilmagan narsalarni tan olishga va murosaga kelishga ko'proq moyil bo'lishadi. ​Ular, shuningdek, buning oldini
    Иллюстрация к посту канала ZakovArtИллюстрация к посту канала ZakovArt
    4,360591515743Открыть в Telegram