gram news
Аватар канала ZARBDOR 24 |

ZARBDOR 24 |

@zarbdor24kanal

Jizzax viloyati Zarbdor tuman hokimligining telegramdagi rasmiy kanali. Rasmiy veb-sayt: https://gov.uz/oz/zarbdor Instagram: https://www.instagram.com/zarbdortumanhokimligi/ Murojaat va taklif: ✍️https://t.me/send_an_application ☎️ 72 4922505

ПроектыUZПолитика

3,030подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 15:08

    Жиззах вилояти прокурори Б.Иброхимов ва бошқа масъуллар томонидан ҳудудларда камбағалликни қисқартириш, тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш бўйича амалга оширилаётган ишларни ўрганиш давом этмоқда.Хусусан, Янгиобод, Зомин ва Зарбдор туманларида камбағалликни ва ишсизлик даражасини қисқартириш ҳамда аҳоли даромадини ошириш ишларини мувофиқлаштирувчи штаблар фаолияти билан танишилиб, штаб аъзолари фаолияти танқидий-таҳлилий муҳокама қилинди ҳамда аниқ чора-тадбирлар белгилаб олинди.🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Veb-sayt
  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 13:04

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    Yangiobodda sportchilarga zamonaviy sport jihozlari va kiyim-kechaklar topshirildiYangiobod tumanida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.Shu maqsadda Sport vazirligi tomonidan tuman sport maktabiga zamonaviy sport jihozlari, zarur sport inventarlari hamda maxsus sport kiyimlari yetkazib berildi.Mazkur sport anjomlari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etayotgan yosh sportchilarga topshirildi.Yangi sport jihozlari va kiyim-kechaklar sportchilar uchun mashg‘ulotlarni yanada qulay va samarali tashkil etish, mashg‘ulotlar sifatini oshirish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.Bunday e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar tuman yoshlari orasidan iqtidorli sportchilarni kashf etish, ularning mahoratini
  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 13:03

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    🎥 Videoreportaj: Zafarobodda Pistalikent shaharchasi obodonlashtirilmoqdaZafarobod tumanidagi Pistalikent shaharchasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Xususan, shaharchadagi maktabda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, zamonaviy o‘quv jihozlari va doskalar bilan ta’minlandi.Ta’lim muassasasida ichki va tashqi qismi, isitish, deraza hamda tom qismlari ta’mirlanib, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratildi. Amalga oshirilayotgan ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash va yoshlar uchun munosib ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.📹 Batafsil — videolavhada.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 13:02

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    Mirzacho‘lda mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqdaMirzacho‘l tumanining "Do‘stlik” mahallasida aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, ko‘chalar infratuzilmasini yaxshilash hamda hududni obodonlashtirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.Ayni paytda mahallaning Ulug‘bek ko‘chasida yo‘l infratuzilmasini tartibga keltirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi uchun yanada qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.Jarayonga maxsus texnikalar jalb qilinib, ko‘chaning zarur qismlarida tuproq ishlari, tekislash va keyingi obodonlashtirish ishlariga tayyorgarlik tadbirlari amalga oshirilmoqda.Mazkur ishlarni sifatli tashkil etish va belgilangan tartibda yakunlash natijasida ko‘cha yo‘l infratuzilmasi yaxshilanib, hududning obodligi yanada oshadi.Shuningdek, piyodalar va avtotransport vositalari
  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 12:20

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    JIZZAX VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASIGA YANGI RAHBAR TAYINLANDIO'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'iga binoan, Nazarqosimov Sarvar Inatullayevich Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.Tayinlovga qadar Sarvar Nazarqosimov Jizzax viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Sh. Karimov, Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari D. Xudoyshukurov ishtirok etgan yig'ilishda rahbar jamoaga tanishtirilib, kelgusi ishlariga rivoj tilandi.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 12:02

    NUROBOD MAHALLASIDA GAZ TARMOQIDAGI NOSOZLIK BARTARAF ETILMOQDAKuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavsum davomida aholini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash hamda gaz tarmoqlarining soz holatini saqlash maqsadida Zarbdor tumangaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.Ayni paytda Nurobod MFY hududidagi diametri 15 mm bo‘lgan gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqishini bartaraf etish bo‘yicha ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.Mutaxassislar tomonidan nosozlikni qisqa muddatda bartaraf etish va gaz ta’minotini barqarorlashtirish choralari ko‘rilmoqda.Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasidagi texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari tumanning boshqa hududlarida ham davom ettirilmoqda.Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|You tube@Zarbdor24kanal
  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 11:25

    переслано из @jiziib

    Huquqni muhofaza qiluvchi organlari mas’ullari Zarbdor tumanida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi. O‘rganishlar jarayonida ishsiz aholini band qilish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunarga o‘qitish va xonadonlarning daromadini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Fuqarolar murojaatlari va mavjud muammolarga yechim topish, har bir oila bilan manzilli ishlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 11:05

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿 “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildiZarbdor tumaniga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Jamila Bobonazarova, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Nodira Karimova hamda tuman Kengashi deputatlari “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” toifasiga kiritilgan Navoiy mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-son “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida olib borildi. Mazkur qarorda “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”larni
  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 11:03

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    Sharof Rashidov tumani Ushtepa SIU hududidagi «Botir Qilich” fermer xo‘jaligida ham paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqdaTumanda joriy yilda 7 ming 100 gektar maydonga paxta ekilib, mavsum davomida barcha zarur agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirildi.Hozirda hosil zamonaviy "Bashiran” rusumli paxta terish kombaynlari yordamida yig‘ib olinmoqda. Mexanizatsiyalashgan terim hosilni sifatli va tezkor yig‘ish, mehnat unumdorligini oshirish hamda nobudgarchilikning oldini olish imkonini bermoqda.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 11:02

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    Do‘stlikda zamonaviy agrotexnologiyalar asosida yuqori hosil olinmoqda"Parinj” fermer xo‘jaligi rahbari Olim Shukurov Do‘stlik tumanida zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etib kelayotgan ilg‘or fermerlardan biri.Joriy yilda fermer xo‘jaligi a’zolari tomonidan jami 49 gektar maydonda dehqonchilik ishlari amalga oshirildi. Shundan 19 gektar yer maydonida Xitoy tajribasi asosida 67-sxema bo‘yicha qo‘shqator usulda paxta yetishtirildi.Ekinlarni parvarishlash jarayonida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Yerni tayyorlash, chigit ekish, oziqlantirish, sug‘orish hamda zararkunandalarga qarshi kurashish kabi muhim tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarish yuqori hosil olishda muhim omil bo‘ldi.Ayni kunlarda fermer xo‘jaligida paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda. Dastlabki natijalar ham samarali mehnat
  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 11:01

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    Jizzaxda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 283 ta korxona faoliyat yuritmoqdaJizzax viloyatida investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xorijiy sarmoyalarni hudud iqtisodiyotiga keng jalb etish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.Bu jarayonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilayotgan korxonalar muhim o‘rin tutmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1 avgust holatiga Jizzax viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 283 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.Mazkur ko‘rsatkich hududda xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar samaradorligining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.O‘zbekiston
  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 11:00

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    Zafarobodda avtomobil yo‘llarining texnik holati yaxshilanmoqdaZafarobod tumanida avtomobil yo‘llarining texnik holatini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.Xususan, ayni kunlarda Zafarobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan D-049 avtomobil yo‘lining Jizzax shahri va Chimqo‘rg‘on oralig‘idagi 14–18-kilometrlarida to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.Ta’mirlash jarayonida yo‘l qoplamasining yaroqsiz holga kelgan qismlari tiklanib, belgilangan texnologik talablar asosida zarur ishlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, yo‘lning texnik holatini yaxshilash, foydalanish muddatini uzaytirish va transport vositalarining xavfsiz hamda qulay harakatlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Mazkur ta’mirlash ishlari yakunlanishi
  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 10:02

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 09:05

  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 09:05

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    🎥 Videoreportaj: Nuroniylar va yoshlar o‘rtasida samimiy muloqot o‘tkazildiNuroniylarning hayotiy yo‘li va yillar davomida orttirgan boy tajribasi yoshlar uchun o‘ziga xos maktabdir. Shu maqsadda faxriylar, nuroniylar, faol yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.Uchrashuvda nuroniylar yoshlarga ta’lim olish, kasb-hunar egallash, o‘z qobiliyatini namoyon etish va ezgu maqsadlarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladilar. Muloqot davomida milliy qadriyatlar, Vatanga sadoqat va ezgu maqsadlar ruhida tarbiya masalalariga ham e’tibor qaratildi.📹 Batafsil — videolavhada.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 09:03

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    Jizzaxlik merganlar mamlakat kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladiFarg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida sportning kamondan otish turi bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida mamlakat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.Unda yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300 nafardan ziyod mahoratli merganlar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.Musobaqa davomida ishtirokchilar kamondan aniq nishonga otish bo‘yicha o‘z mahorat va tajribalarini namoyish etib, yuqori natijalar uchun kuch sinashdi.Yakuniy natijalarga ko‘ra, yoshlar o‘rtasidagi bahslarda jizzaxlik kamonchilar 8 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.Murabbiy Salohiddin Siddiqov boshchiligidagi jamoaning ushbu muvaffaqiyatiga Shohruz G‘afforov, Yulduz Ismatova, Jo‘rabek Qodirov, Laziz Ergashev va Tohirbek Mamashov munosib hissa qo‘shdi.Musobaqa yakunida g‘olib
  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 09:02

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    Baxmallik ustoz — "Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibiPrezident tashabbusi bilan joriy etilgan "Yil o‘qituvchisi” tanlovining yakuniy natijalari ma’lum bo‘ldi.Unda Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabi kimyo fani o‘qituvchisi Jonzoqov Turg‘un Karimovich g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Tanlovda tuman (shahar) bosqichida birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblarga BHMning 1400 baravari — 616 million so‘m miqdorida pul mukofoti berilishi belgilangan.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 08:04

  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 07:37

  • ZARBDOR 24 |

    22 сент., 07:02

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    Toshkent davlat agrar universiteti Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida “O‘SIMLIKLAR KLINIKASI” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi!🟢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 11 apreldagi PQ–135-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda zamonaviy «O‘simliklar klinikasi» xizmatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan o‘simliklarni himoya qilish, agroxizmatlar ko‘rsatish, issiqxonachilik, bog‘dorchilik, urug‘chilik, ko‘chatchilik hamda qishloq xo‘jaligining boshqa ustuvor yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarini «O‘simliklar klinikasi»ni tashkil etish bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz.UNIVЕRSITЕT TOMONIDAN LOYIHA TASHABBUSKORLARIGA:Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘mak; Laboratoriya va diagnostika bazasini shakllantirish