gram news
Аватар канала ZOMINIY

ZOMINIY

@zominiy_uz

Facebook: 👉🏽https://www.facebook.com/xudoyberdizominiy Facebook: 👉🏽https://www.facebook.com/ZOMINIY?mibextid=LQQJ4d You tube: https://youtube.com/@zominiy Instagram: https://instagram.com/zominiy.uz Murojaat uchun: @Zominiiy

1,700подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • ZOMINIY

    22 сент., 17:03

    ПҚ-345.pdf
  • ZOMINIY

    22 сент., 16:44изменён

    BOSHLIG‘INGIZGA BU XABARNI YETKAZIB QO‘YING! 😅Ishxonada rahbar bo‘ladimi, oddiy xodim bo‘ladimi — hech kim birovni kamsitishga, bosim o‘tkazishga yoki tahqirlashga haqli emas.Prezident qarori bilan ish joylarida tazyiq, ruhiy bosim, kamsitish, shahvoniy shilqimlik va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha yangi tizim joriy etilmoqda. Bunday holatlarga duch kelganlar uchun onlayn murojaat qilish imkoniyati ham yaratiladi.Qisqasi, ishga odam non topgani boradi, asabini yedirgani emas! 😅Insonning qadri va hurmati har qanday lavozimdan ustun.
  • ZOMINIY

    22 сент., 13:19

    #tayinlovNazarqosimov Sarvar Innatullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.U bunga qadar Jizzax viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
  • ZOMINIY

    22 сент., 09:40

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
  • ZOMINIY

    22 сент., 06:46

    переслано из @mirkomil_lapasov_rasmiy

    😎😎😎😎😎😎😎😎🕋 Muqaddas Ka’bani ziyorat qilish orzusi endi yanada yaqin!Allohning mehmoni bo’lish baxtini Centrum Holidays bilan his eting.✈️ To’g’ridan-to’g’ri Jidda reyslari:📍 Termiz — har hafta 📍 Samarqand — har hafta 📍 Toshkent — har kuniSafaringiz davomida: ✅ Qulay aviaqatnovlar ✅ Tajribali hamrohlar ✅ Ishonchli xizmat ✅ Hamyonbop narxlar📌 Umra safariga qabullar davom etmoqda!
  • ZOMINIY

    22 сент., 04:46

    "Yil o‘qituvchisi–2026” tanlovida Zominlik ustoz g‘olib!Zomin tumanida ta’lim sohasida yana bir quvonchli natija!Tumanning 67-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Tursunaliyeva Latofat Baxtiyor qizi "Yil o‘qituvchisi–2026” kasbiy ko‘rik-tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, mutlaq g‘oliblardan biri bo‘ldi.G‘oliblik uchun ustozga 616 million so‘m miqdorida pul mukofoti topshiriladi.Telegram 🔨 Instagram Facebook 🔨YouTube
  • ZOMINIY

    21 сент., 22:20

    POKISTON–HINDISTON CHEGARASIDAGI O‘ZIGA XOS BAYRAMDo‘stlar, sizlarga Pokiston va Hindiston chegarasida o‘tkaziladigan mashhur Vagah–Attari chegara marosimi haqida internet orqali eshitgan yoki koʻrgan boʻlsangiz kerak.Ushbu tadbirda O‘zbekistondan borgan jurnalist va blogerlar delegatsiyasi ham juda ko‘tarinki ruhda kutib olindi. Biz ham bu o‘ziga xos marosimni bevosita kuzatib, uning jo‘shqin muhiti va taassurotli lahzalaridan zavq oldik.Tarixan bir hududda yonma-yon yashab, keyinchalik ikki davlat tarkibida qolgan bu xalqlarga doimo tinchlik, osoyishtalik va farovonlik tilab qolamiz. 🇺🇿🤝🇵🇰🤝🇮🇳Tinchlik bu - barcha xalqlar uchun eng katta ne’matdir!
    396видео2Открыть в Telegram
  • ZOMINIY

    20 сент., 19:18

  • ZOMINIY

    20 сент., 19:18

    500311Открыть в Telegram
  • ZOMINIY

    20 сент., 19:18

  • ZOMINIY

    20 сент., 19:15

    BOBURIYLAR IZIDAN — LAHOR SHAHI QAL’ASIDA 🇺🇿Lahorga kelganimizdan so‘ng ikkinchi manzilimiz — Boburiylar tarixining ulkan yodgorliklaridan biri bo‘lgan Shahi Qal’a — Lahor qal’asi bo‘ldi.Bu maskanda yurganingizda tarixni kitobdan emas, go‘yo o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rayotgandek bo‘lasiz. Bugungi qal’aning asosiy qiyofasi Akbarshoh davrida shakllantirilib, keyinchalik Jahongir, Shoh Jahon va Avrangzeb davrlarida yangi saroylar, darvozalar va boshqa inshootlar bilan boyitilgan.Asrlar osha tabiiy holatda saqlanib kelayotgan mahobatli saroylar, nafis naqshlar va tarixiy obidalarni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib, qalbimizda beixtiyor faxr tuyg‘usi uyg‘ondi. Chunki bu tarix biz uchun begona emas — uning zamirida Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan buyuk Boburiylar sulolasining tarixi mujassam.Pokistonlik hamrohlarimiz bilan bu tarixiy maskanlarni ziyorat qilib, Qur’oni Karimdan tilovat
  • ZOMINIY

    20 сент., 17:57

    OʻZBEKISTONLIK JURNALIST VA BLOGERLAR LAHORDA TINCHLIK VA BAG‘RIKENGLIK RUHIDAGI UCHRASHUV ISHTIROK ETISHDIBugun Lahor shahrida Pokistonning Milliy tinchlik xabari qo‘mitasi — National Paigham-e-Aman Committee vakillari bilan samimiy va mazmunli uchrashuv o‘tkazdik. Qo‘mita tarkibida turli diniy konfessiya va mazhab vakillari faoliyat yuritadi.Uchrashuv avvalida Allohning kalomi — Qur’oni Karim oyatlaridan tilovat qilindi. So‘ng O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi birodarlik, xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish, tinchlik, diniy bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat haqida iliq suhbatlashdik.Yurtimiz, buyuk ajdodlarimiz hamda O‘zbekiston haqida bildirilgan iliq fikrlarni eshitish biz uchun alohida mamnuniyat bo‘ldi.Yaxshi niyat, samimiy suhbat va o‘zaro hurmatga boy chiroyli uchrashuv bo‘ldi.🇺🇿🤝🇵🇰
  • ZOMINIY

    20 сент., 09:56

    ✅ “Yil o‘qituvchisi” tanlovining JIZZAX VILOYATI g‘oliblari💸 gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.Telegram 🔨 Instagram Facebook 🔨YouTube