Latest posts

EFFECT.UZ | Расмий канал
23 Sept, 12:55
O‘zbekistonlik tomoshabinlarning sevimli aktyorlari giyohvand moddalar bilan bog‘liq ishga aralashdi22-sentabr kuni yana bir taniqli turkiyalik aktrisa Afra Saraço‘g‘lining qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. «Yalı Çapkını» («Qushchi») serialidagi roli orqali o‘zbekistonlik tomoshabinlarga tanish bo‘lgan aktrisa giyohvand moddalarni iste’mol qilganlikda gumon qilinmoqda. U Istanbul aeroportida qo‘lga olingan.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
EFFECT.UZ | Расмий канал
23 Sept, 12:45
Ayolni kaltaklab, sochini qaychi bilan kesishdi — Xorazmda “samosud”Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida ayolga nisbatan “samosud” qilingani aks etgan videolar tarqalmoqda.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
EFFECT.UZ | Расмий канал
23 Sept, 12:35
Ichimlik idishini chiqindiga tashlamang. Endi O‘zbekistonda har bir ichimlik idishi uchun 150 so‘m beriladiO‘zbekistonda plastik, shisha va alyuminiy ichimlik idishlarini topshirganlik uchun pul rag‘bati beruvchi fandomatlar ishga tushirildi.Pilot loyiha doirasida 23-sentabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida va Surxondaryo viloyati markazida ikkita qurilma foydalanishga topshirildi.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
EFFECT.UZ | Расмий канал
23 Sept, 12:20
Andijonda 206 ta yirik loyiha ishga tushiriladiPrezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida umumiy qiymati 9 milliard 400 million dollar bo‘lgan 206 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.Shundan 2 milliard 50 million dollarlik 98 ta loyiha ishga tushirildi. Yana 7 milliard 350 million dollarlik 108 ta loyihaning qurilishi boshlandi.Loyihalar energetika, qurilish, to‘qimachilik, mashinasozlik, ta’lim, turizm, logistika, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash kabi muhim sohalarni qamrab oladi.Ular viloyatning barcha 16 ta shahar va tumanida amalga oshiriladi.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
EFFECT.UZ | Расмий канал
23 Sept, 11:50
19 yillik turmush, 4 farzand, 14 yillik boshpana: endi bu oilaning ertangi kuni nima bo‘ladi?Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida 19 yillik turmushi davomida 4 nafar farzandni voyaga yetkazib kelayotgan Sh. Abdurahmonovaning oilasi 14 yildan buyon bir xonadonda yashaydi. Bugun esa ular uchun yillar davomida boshpana bo‘lib kelgan shu xonadon taqdiri sudda hal qilinmoqda.Sh. Abdurahmonovaning aytishicha, uni va farzandlarini uydan chiqarish masalasi ham sudda ko‘rilmoqda. Sudning yakuniy qarori hali ma’lum emas.Ona hokimdan sud ishiga aralashishni so‘ramagan. Uning maqsadi oddiy: o‘z dardini aytish, oilasidagi qiyinchiliklarni tushuntirish va qonun doirasida qanday himoya yo‘li borligini bilish. Shu maqsadda hokimlik axborot xizmati bilan oldindan gaplashdi. 22-sentabr kuni soat 11:00 da hokim qabuli bo‘lishi aytildi. Belgilangan kuni Sh. Abdurahmonovani olib hokim qabuliga bordik. Soat 11:30 da esa qabul tugagani va 17 nafar fuqaro qabul qilingani aytildi.Axborot xizmati vakiliga qayta qo‘ng‘iroq qilib, qabul oldindan kelishilganini aytganimizda: «Sizlarning hokimingiz kutib o‘tiradimi?» degan javob berildi. Natijada Sh. Abdurahmonova hokim qabuliga kira olmadi, ortga qaytdi.Bu yerda gap faqat bir qabul haqida emas. Gap 14 yillik boshpana, shu xonadonda ulg‘ayib kelayotgan 4 nafar farzand va ularning ertangi kuni haqida.Ba’zan odam katta narsa so‘ramaydi. Faqat uni bir marta eshitishlarini istaydi. Bu ona va uning to‘rt farzandining dardini kim eshitadi?EFFECT.UZ kuzatuvi davom etadi.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram


EFFECT.UZ | Расмий канал
23 Sept, 11:31
Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan tangalar chiqariladiSamarqandda o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi — Samarqand 2026 munosabati bilan esdalik tangalari sotuvga chiqariladi.Tangalarni ikki donalik kolleksion to‘plamda yoki alohida xarid qilish mumkin.Dastlabki cheklangan tiraj: 🔸 Oltin tangalar — 100 dona;🔸 Kumush tangalar — 500 dona. Tangalar narxi va banklardagi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yaqin kunlarda e’lon qilinadi.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram

1,230Open in Telegram
EFFECT.UZ | Расмий канал
23 Sept, 11:14
Prezident Shavkat Mirziyoyev “aqlli” hisoblagichlarni ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdiDavlat rahbariga korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida “aqlli” hisoblagichlar ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotlarning texnik imkoniyatlari hamda ishlab chiqarish quvvatlari haqida ma’lumot berildi.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
EFFECT.UZ | Расмий канал
23 Sept, 10:09
«Qorovulni qul qilishganmi?» — Adliya tizimidagi og'riqli haqiqatBo'stonliq tuman adliya bo'limida 2023-yildan beri qorovul bo'lib ishlayotgan 2-guruh nogironi Shahzod Nuriddinovning murojaati jamoatchilikda katta e'tiroz uyg'otmoqda.Hujjatda haftasiga 30 soatlik rejim ko'rsatilsa-da, amalda xodim tibbiy qarshiliklarga qaramay, ortiqcha, tungi va bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilingan. Murojatchining so'zlariga ko'ra dastlab sudya ortiqcha ishlangan soatlar uchun 62 million so'm undirib berilishini aytgan bo'lsa-da, yakuniy qarorda da'vo muddati qo'llanilib, summa keskin kamaytirib yuborilgan.Qonun himoyachisi bo'lishi kerak bo'lgan idoraning o'z xodimlariga nisbatan munosabati shumi? Xodimning haqli mehnati va yuzlab soatlik mashaqqati shunchalik arzon baholanadimi? Biz Toshkent viloyati Adliya boshqarmasidan mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat kutib qolamiz.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
EFFECT.UZ | Расмий канал
22 Sept, 18:06
Mudofaa sanoati qo‘mitasiga yangi rais tayinlandiAkmal Ro‘ziqulovich Jumanazarov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mudofaa sanoati qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.Shu munosabat bilan u Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram


EFFECT.UZ | Расмий канал
22 Sept, 17:52edited
Oltinsoydagi kutubxonachi ishi bo‘yicha rasmiy munosabat berildi. Ammo, ayrim savollar hanuz javobsizAvvalroq EFFECT.UZ Oltinsoy tumanidagi 60-maktabda kutubxona mudiri bo‘lib ishlayotgan, tarix yo‘nalishida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha 4-kursda tahsil olayotgan Alimardonov Nozimbekning murojaatini yoritgan edik.Murojaatchi o‘z mahallasidagi maktabda tarix fanidan 5 soat dars berishni istayotgani, biroq unga bu imkoniyat berilmayotganini bildirgan.Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda maktab rahbariyati va boshqa mutasaddilar ishtirokidagi suhbatlar “rasmiy munosabat” sifatida e’lon qilindi.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
EFFECT.UZ | Расмий канал
22 Sept, 17:11
Buxoro sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi matbuot kotibi tayinlandiBehzod Tursunovich Adizov Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi etib tayinlandi.Tayinlovga qadar u Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida axborot siyosati bo‘yicha mas’ul lavozimda faoliyat yuritgan.Yangi lavozimida u boshqarmaning axborot siyosati va media faoliyatini muvofiqlashtirish, OAV bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda jamoatchilik bilan ochiq muloqotni ta’minlash bilan shug‘ullanadi.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
1,310Open in Telegram
EFFECT.UZ | Расмий канал
22 Sept, 16:47edited
Namangandagi dahshat: 5 yoshli qizchani kim zo‘rladi?Hammadan ham ko‘proq himoya qilinishi kerak bo‘lgan bog‘cha devorlari ichida inson qiyofasidagi vaxshiy munosabat fosh bo‘ldi. Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat bog‘chasining ombor mudiri 5 yashar tarbiyalanuvchi qizchani jinsiy zo‘rlagani aniqlandi.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
EFFECT.UZ | Расмий канал
22 Sept, 16:26
Toshkent havosi yana yomonlashishi mumkinBugun kechqurun Toshkentning aksariyat hududlarida havo sifati yomonlashishi mumkin. Ma’lum qilinishicha, soat 22:00 dan 01:00 gacha havo sifati AQI standarti bo‘yicha «sezgir guruhlar uchun nosog‘lom» darajaga yetishi ehtimoli bor.Ekologiya qo‘mitasi kechki vaqtlarda ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslikni tavsiya qildi. Ayniqsa, havo sifatiga sezgir fuqarolarga ehtiyot choralariga amal qilish tavsiya etilmoqda.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
EFFECT.UZ | Расмий канал
22 Sept, 15:49
O‘zbekiston Respublikasi Мudofaa vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandiAdliya polkovnigi Muratov Jahongir Dilshatovich mudofaa vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.Shuningdek, Zoidov Qahramonjon Obidjonovich mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
EFFECT.UZ | Расмий канал
22 Sept, 14:30
«Yarim litr suv 3 ming so‘m, ming litri esa 3,5 ming so‘m»: hokim suvning qadriga yetishga chaqirdiQashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov bugun Muborak tumanidagi o‘rganishlar davomida fuqarolar bilan uchrashdi. Uchrashuvda ichimlik suvidan foydalanish uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalasiga ham e’tibor qaratildi.«Yarim litr suv uch ming so‘m turadi. Davlat esa ming litr suv uchun uch yarim ming so‘m olyapti. Suvning qadriga yetishimiz kerak», — dedi Murodjon Azimov.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
EFFECT.UZ | Расмий канал
22 Sept, 13:34
«Erkini anglagan elni hech kim oyoqosti qilolmaydi» — Abdurahmon Tashanov«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Telegram-kanalida Harbiy prokuratura, sobiq prokuror Xolboyev va tergovchi Muhitdinovlarga qarshi sud jarayoni yakunlanganini ma'lum qildi.Mirobod sudi uning da'vosini qisman qanoatlantirib, Harbiy prokuraturadan Tashanov foydasiga 5 mln so'm ma'naviy va 10 mln so'm moddiy zarar undirish qarorini chiqardi. Bunga bahorda huquq himoyachisining nohaq ayblanib, jinoyat sudida oqlangani sabab bo'lgan.«Harbiy prokuratura meni internetda yolg'on xabar tarqatishda ayblab, nohaq javobgarlikka tortgandi. Menga ma'naviy zarar qiymatidan ko'ra adolat qaror topishi muhimroq. Kim bo'lishidan qat'i nazar qonun va Konstitutsiyaga amal qilishi zarur»,— deydi u.Huquq himoyachisi asosiy vazifa jamiyatda qonun ustuvorligi va adolat tantanasiga bo'lgan ishonchni


EFFECT.UZ | Расмий канал
22 Sept, 13:02
Milliy sertifikat imtihonlariga joylar cheklab qo‘yildi2026-yil sentabr–dekabr oylarida milliy sertifikat imtihonlari uchun jami 496 303 ta o‘rin ajratildi.Oylar kesimida: — sentabr — 125 753 ta; — oktabr — 129 535 ta; — noyabr — 112 335 ta; — dekabr — 128 680 ta.Shuningdek, imtihonlar soni ham oshiriladi. Bu davrda 15 ta imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘tgan yilning shu davrida esa 11 ta imtihon o‘tkazilgan.Agentlikka ko‘ra, o‘rinlarning cheklanishi infratuzilmaga tushadigan yuklamani kamaytirish hamda imtihon natijalarini o‘z vaqtida e’lon qilishni ta’minlash bilan bog‘liq.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
2,050Open in Telegram
EFFECT.UZ | Расмий канал
22 Sept, 11:10
«Xususiy mulk daxlsizligi buzilmoqda»: tadbirkordan murojaatTadbirkor o‘zining mulkiy huquqlari buzilayotganini bildirib, qurilish jarayoni va egaligidagi noturar joy masalasi bo‘yicha norozilik bildirdi.Uning aytishicha, qo‘lida kadastr hujjatlari, qurilish kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar va mulkning birinchi qavatda joylashganini tasdiqlovchi hujjatlar bor.Murojaatchi ushbu masala yuzasidan prokuratura, ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati va Ombudsmanga murojaat qilganini aytdi.«Prokuratura hal qilmasa, Ichki ishlar hal qilmasa, Davlat xavfsizligi hal qilmasa, Ombudsman aralashmasa, kim hal qiladi?» — deya savol qo‘ygan u.Holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar va boshqa tomonlarning munosabati hozircha keltirilmagan.TO‘LIQ VIDEOTelegram I Facebook I YouTube I Instagram


EFFECT.UZ | Расмий канал
22 Sept, 10:54
Bu xonadondagi hayotni ko‘rib, yurak ezilmay qolmaydi...Kosonsoy tumanidagi bu oilada bir ona uch nafar farzandi bilan og‘ir sharoitda yashamoqda. Onaning o‘zi ko‘krak bezi saratoni bilan kurashmoqda. Bundan tashqari, keksa va II guruh nogironligi bo‘lgan onasining ham tashvishi uning zimmasida.Oilaga yangi uy qurish ishlari boshlangan, ammo qurilish hali yakuniga yetmagan. Hozir ularga qurilish materiallari va mablag‘ ko‘rinishida yordam zarur.🤲 Imkoningiz yetganicha bu oilaga ko‘mak bering. Sizning kichik yordamingiz ham bir ona va uch nafar farzand uchun katta umid bo‘lishi mumkin.Ehson uchun: 💳 Karta: 5440 8103 7953 0719 👤 Karta egasi: Boboyeva Mastonjon 📌 Ehsonga katta-kichik bo‘lmaydi. Murojaatni yaqinlaringizga ham ulashing. Balki aynan sizning ulashuvingiz bu oilaga kerakli yordamni yetkazishga sabab bo‘lar.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
EFFECT.UZ | Расмий канал
22 Sept, 10:33
Mudofaa vaziriga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandiMudofaa vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.Qahramonjon Zoidov mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.Jahongir Muratov esa mudofaa vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi.Telegram I Facebook I YouTube I Instagram

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
